Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi
Download 1.87 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1- Amaliy mashg‘ulot 1.1. Quvurli pechlar tuzilishini о‘rganish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIQarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi “Neft va gazni qayta ishlash texnologik jihozlari” fanidan AMALIY MASHG‘ULOTLAR BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMA Qarshi – 2017 Ushbu uslubiy ko‘rsatma “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasining ___.___.2017 yil №___-sonli bayonida, “Neft va gaz” fakulteti uslubiy komissiyasi yig‘ilishining __.__.2017 yil №__-sonli bayonida ko‘rib chiqilgan. QarMII Uslubiy Kengashining __.__.2017 №6-sonli bayonida tasdiqlangan va chop etishga ruxsat berilgan. Tuzuvchilar: assistent I.E.Abdiraximov
Annotatsiya Ushbu uslubiy kо‘rsatmada neft va gazni qayta ishlash texnologik jihozlaridagi asosiy texnologik jarayonlar tavsifi, ularning texnik iqtisodiy kо‘rsatkichlari, texnologik rejimlari, sarf kо‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlar va ularni hisoblash usullari, hamda ularga oid qator masalalar keltirilgan. Masalalarni yechishda foydalaniladigan ilova (grafik va jadvallar) keltirilgan. Uslubiy kо‘rsatma «Texnologik mashina va jihozlar» talim yо‘nalishi bakalavrlariga amaliy mashg‘ulotlar uchun mо‘ljallangan. 1-Amaliy mashg‘ulot 1.1. Quvurli pechlar tuzilishini о‘rganish Quvurli pech neft va neft mahsulotlarini isitisliga mo’ljallangan uskuna bo’lib, pechning kamerasida yonilg’ini yoqishdan hosil bo’lgan yuqori haroratli yonish mahsulotlarining issiqligidan foydalanishga asoslangan. Quvurli pechda isitilishi lozim bo’lgan xomashyo zmeevikning quvurlari ichidan harakat qiladi, yonishdan hosil bo’lgan issiq mahsulotlar esa quvurlarning tashqari yuzalarini siypab o'tadi. Zamonaviy quvurli pechlar odatda ikkita kamerali bo’ladi: 1) radiant kamerasi, bu yerda yonilg’i yonadi va issiqlik qizdirilgan yonish mahsulotlaridan va devorlar yuzasidan quvurlarga asosan nurlanish orqali beriladi; 2) konveksiya kamerasi, bu yerda yonishdan hosil bo’lgan issiq mahsulotlarning quvurlar bilan to‘qnashuvi paytida issiqlikning quvurlarga asosan konveksiya yo’li bilan berilishi yuz beradi. Quvurli pechlar neft va gazni qayta ishlash, neft kimyosi, koks kimyosi va sanoatning boshqa tarmoqlarida keng tarqalgan bo’lib, turli texnologik jarayonlar (neft va mazutni haydash, piroliz, katalitik kreking, riforming, gidrotozalash, moylami tozalash va hokazo)da ishlatiladi va ko‘plab qurilmalarning muhim qismi hisoblanadi. Quvurli pechlarning tuzilishi bir qator omillarga bog’liq bo’ladi: issiqlik o ‘tkazishning usullari; yonish kameralarining soni va shakli; radiatsiya zonasidagi seksiyalar (yoki kameralar) ning soni: alanga va quvurlar o ‘qlarining o ‘zaro joylanishi; quvurlarning nurlanish rusumi; isitilayotgan mahsulot oqimlarining soni; konveksiya kamerasining radiant kamerasiga nisbatan joylanishi; radiant va konveksiya quvurlarining uzunligi va hokazo. Quvurli pechlarning asosiy kattaliklari qatoriga quyidagilami kiritish mumkin: pechning ish unumdorligi; foydali issiqlik sarfi; isitish yuzasining issiqlik bo‘yicha kuchlanganlik darajasi; pechning foydali ish koeffitsiyenti. Sanoatda radiant quvurlarining isitish yuzalari 15-2000 m2 atrofida bo’lgan quvurli pechlar ishlatiladi. Turli tuzilishga ega bo’lgan quvurli pechlarning issiqlik bo‘yicha ish unumdorligi 0,12 dan 240 MVt gacha o‘zgaradi, isitilayotgan muhit bo‘yicha ish unumdorligi esa 8 -105 kg/soat ga teng boMadi. Isitilayotgan muhitning pechga kirish va undan chiqishdagi harorati texnologik jarayonlarga bog’liq bo’lib, 70 dan 900 С gacha, bosimning qiymati esa 0,1 dan 30 MPa gacha o ‘zgarishi mumkin. Quvurli pechlarning foydali ish koeffitsiyenti 0,65-0,85 atrofida bo’ladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling