Qisasi Rabg‘uziy


Download 101 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi101 Kb.
#1585377
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“Qisasi Rabg‘uziy” da turli hayvon , qush va jonivorlar haqidagi qarashlar


MUNDARIJA:
Kirish……………………………………….................................3 – 6 – betlar.
I bob: “Qisasi Rabg‘uziy” da turli hayvon, qush va jonivorlar haqidagi qarashlar…………………………………………………………7 – 37 – betlar.
1.1. “Qisasi Rabg‘uziy” haqida........................…..........................7 – 19 – betlar.
1.2. Asarda turli hayvon, qush va jonivorlar xususida.................19 – 37 – betlar.
II. bob: “Qisasi Rabg‘uziy” da daraxt va o‘simliklar bilan bog‘liq qarashlar talqini…………………………………………………………...38 – 59 – betlar.
2.1. Asarda tilga olingan daraxtlar..............................................38 – 45 – betlar.
2.2. “Qisasi Rabg‘uziy” da turli o‘simlik va gullarga bo‘lgan munosabatning ifodalanishi ………......................................................................46 – 59 – betlar.
Xulosa………………………………………………………….60 – 62 – betlar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati..............................................63 – 65 – betlar.

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mumtoz adabiy yodgorliklarimiz xalqimiz poetik tafakkurining o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi qadriyatlar tizimi bo‘lishi bilan birgalikda, uning ma’naviy - ruhiy komillikka erishuvida muhim rol o‘ynagan manbalardan biri ham hisoblanadi. Ijodiy merosi benazir bo‘lgan qadim ajdodlarimizning asrlar davomida yaratgan milliy qadriyatlari orasida alohida o‘rin tutadigan “Qisasi Rabg‘uziy” asarida xalqning ezgulikni ulug‘lab yashash bilan bog‘liq eng yaxshi an’analari o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun ham “Qisasi Rabg‘uziy” asarida mujassamlashgan ulug‘vor g‘oyalar zamiridagi hayotsevarlik tabiatga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usi ko‘p asrlar mobaynida xalqimiz taraqqiyotining eng kuchli va o‘ziga xos jihati bo‘lib kelgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: «xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan».1
U kishining “Jahon madaniyati yutuqlariga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning madaniy va ma’naviy merosi teranligi va chuqurligi anglab olinganligi, har bir avlodning o‘z o‘tmishiga oliyjanob milliy va diniy an’analarga hurmat bilan qarash, ularni asrab avaylash ruhida tarbiyalanayotganligi ayni chog‘da hozirgi zamon jahon svilizatsiyasi ma’naviy qadriyatlarini o‘zlashtirish va ularga oshno bo‘lish zarurligi ravshan anglab yetilganligi mana shularning hammasi hayotbaxsh bir zamindirki bizning yangilanish va xalqimizning milliy o‘zligini anglashini oshirish, aholining milliy ma’naviy yetukligi va faolligini kuchaytirish borasidagi siyosatimiz mana shu zaminga tayanadi”2, degan fikrlari ma’naviyatimizning mustahkam poydevori sanalgan mumtoz adabiy merosimizni chuqur tadqiq etish va unga yangicha yondashishni talab etmoqda.
Ma’lumki, Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asari bo‘yicha qator ilmiy ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, bu esa ijodkor merosini to‘laligicha ochib beradi degani emas. Ushbu bitiruv malakaviy ishida XIII-XIVasrlar adabiyotining eng yirik vakili bo‘lgan mumtoz adabiyotimiz tarixida alohida e’tirof etiladigan adibimiz Nosiruddin Rabg‘uziy va uning bebaho asari “Qisasi Rabg‘uziy” “Qissasul-anbiyo” asari haqida bo‘lib, undagi hayvonot va o‘simliklar dunyosi bilan bog‘liq mushohadalar talqin qilingan. Rabg‘uziy qissalaridagi har bir jonzotning asardagi o‘rni va ahamiyati u bilan bog‘liq qarashlar haqida, asarda keltirilgan daraxt va o‘simliklar bilan bog‘liq qarashlar talqini, daraxtlar haqida qiziqarli ma’lumotlarni berishga baholu qudrat harakat qilindi. Asar sinchiklab o‘rganib chiqildi. Unda uchraydigan daraxt, o‘simliklar, hayvon, turli jonivorlar nomlari aniqlandi. Har bir qissadagi jonzodlarning o‘ziga xos tomonlari o‘rganildi.
Yozuvchining ularga munosabati islomiy g‘oyalar bilan bog‘liqligi, Kur’oni karim ta’siri asosida o‘rganildi. Bu mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Asar o‘zbek badiiy nasrining ilk namunasi sifatida katta ahamiyatga ega. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Rabg‘uziy haqida ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilga bo‘lib, ular mazmunan mutafakkirning ijtimoiy – siyosiy faoliyati, boy adabiy va tarixiy merosi tadqiqiga bag‘ishlangan.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda Rabg‘uziy ijodini yanada kengroq yoritish imkoni paydo bo‘ldi.“Qisasi Rabg‘uziy” asari xususida ayrim tadqiqotlar yaratilgan. Ular kitoblar, maqolalar shaklidadir. Bu jihatdan adabiyotshunoslar Fitrat, N. Malayev, T.G‘afurjonovalarning ishlari e’tiborlidir. Ayni paytda I.Ostonaqulovning “Qisas ar-Rabg‘uziy – adabiy asar.”1 H.Safarova “Rabg‘uziyning “QissaiYusufSiddiq alayhis – salom ” asari manbalari va g‘oyaviy – badiiy tahlili”2Usmon Qobilov “Qisasi Rabg‘uziy”da tabiat va inson uyg‘unligi”1 Rahmatulloh qori Obidov “Payg‘ambarlar tarixi islomiyat tarixidir”2 kitoblarini ham alohida ko‘rstish mumkin. Bu ishlarda mavzuga oid jihatlar juda ham yoritilgan bo‘lsada ushbu bitiruv ishini yozishda ularga suyanildi.

Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling