Qonunlar loyihalarini tayyorlash va o‘zbekiston respublikasi oliy majlisining qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘G‘risida


Download 23.26 Kb.
bet1/4
Sana04.04.2023
Hajmi23.26 Kb.
#1328251
  1   2   3   4
Bog'liq
jsldhf








O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
QONUNLAR LOYIHALARINI TAYYORLASH VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNCHILIK PALATASIGA KIRITISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 21-avgustda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda


ma’qullangan
I. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) kiritish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi qonunchilik
Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq quyidagilar qonunchilik tashabbusi huquqiga ega:
1) O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti;
2) o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
3) Qonunchilik palatasi deputatlari;
4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
5) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-moddaning 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
8) O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori.

Download 23.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling