Qo’qon Universtiteti Xorijiy til 7/23


Download 464.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana20.11.2023
Hajmi464.32 Kb.
#1789238
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Psixologiya fanining predmeti,maqsadi va vazifalari Psix



Qo’qon Universtiteti 
Xorijiy til 7/23
1-bosqich talabasi 
Mirzayeva 
Muxlisaxonning 
Umumiy psixologiya 
fanidan 
REFERATI 


Mavzu: Psixologiya fanining predmeti,maqsadi va 
vazifalari.Psixologiya fanining tarmoqlari va tadqiqod 
metodlari. 
Reja: 
1.Psixologiya fani haqida umumiy tushuncha 
2.Psixologiya fanining sohalari va boshqa fanlar 
bilan aloqasi 
3.Psixologiya fanining prinsiplari vatadqiqot 
metodlari 
"Agar ko‘z tirik mavjudot bo‘lsa, uning 
ruhi ko‘z nuri bo‘lar edi." 
Arastu 
Tayanch so‘z va iboralar 
Psixologiya, psixika, ruxiyat, miya, ong, sezgi, idrok, xotira, hayol, fantaziya 
xolat, xususiyat, jarayon, motivatsiya. 
 
Psixologiya fani haqida umumiy tushuncha.
 
Psixologiya – grekcha «psyche» - jon, rux va «logos» - ta’limot, ilm 
so‘zlaridan iborat bo‘lib, inson ruxiy dunyosiga aloqador barcha xodisalar va 
jarayonlar uning predmetini tashkil qiladi. 
Biroq hozirgi davrda “jon” tushunchasi o‘rniga “psixika”ni qo‘llashda 
davom etmoqdamiz. Lingvistik nuqtai nazardan jon, psixika tushunchalari aynan 
bir xil ma’noni bildiradi. Lekin psixika tushunchasi bugungi kunda jondan kengroq 
ko‘lamga ega bo‘lib ham ko‘zga ko‘rinuvchi ham ko‘zga ko‘rinmovchi 
tomonlarini o‘zida aks ettiradi. Demak, qisqa qilib, psixologiyaning predmeti 
konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o‘ziga xos 
tomonlaridir, deb ta’riflash mumkin.
Psixologiya fan sifatida psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va 
mexanizmlarini o‘rganadi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Hozirgi vaqtda psixologiya o‘zi 
o‘rganadigan alohida predmetiga, o‘zining alohida vazifalariga, o‘zining maxsus 
tadqiqot metodlariga egadir; uning psixologik muassasalar tarmog‘i (institutlari, 
labororiyalari, psixolog kadrlarni tayyorlovchi o‘quv yurtlari), ixtisoslashtirilgan 
kitob nashiriyotlari mavjud. Psixik faoliyat mexanizmlari u yoki bu psixik 
jarayonni amalga oshiradigan konkret anatomik-fiziologik apparatlarning 
ishlashini taqazo qilgani uchun ham psixologiya bu mexanizmlarning tabiati va 
harakatini boshqa fanlar (fiziologiya, biofizika, bioximiya, kibernetika va 
boshqalar) bilan birgalikda ochib beradi. 


Psixika to‘g‘risidgi dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun dastavval psixika 
mohiyati bilan tanishamiz. Odatda, psixik xodisalar deganda ichki, sub’ektiv 
tajriba faktlarining (voqelikning) namoyon bo‘lishi tushuniladi, boshqacha 
aytganda psixika hayotning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, hayol kabi har bir olingan 
yaqqol shakllaridan iboratdir. Ichki, sub’ektiv tajribaning o‘zi nimani anglatadi? 
Insondagi quvonch yoki zxerikish tuyg‘ulari, uning nimalarinidir esga tushirishi, 
biron bir hohish yoki intilish kechinmalari, xotirjamlik yoki hayajonlanish, 
xadiksirash hislarining barchasi shaxsning ichki dunyosi tarkibiy qismlaridir, ya’ni 
ularning hammasi sub’ektiv psixik hodisalar sanaladi.
Subyektiv hodisalarning asosiy xususiyati – ularning bevosita sub’ektga 
taalluqliligidir. Agar inson idrok qilsa, sezsa, fikrasa, eslasa, xohish bildirsa, 
albatta ana shu hodisalarni bir davrning o‘zida tushunib (kuzatib) ham turadi. Inson 
intilsa, ikqilansa, bir qarorga kelsa, biz ularning barchasini sodir bo‘layotganligini 
anglab turamiz ham shuning uchun psixik hodisalar bizning ruhiyatimizda sodir 
bo‘lishidan tashqari, ular bevosita ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘lib turadi. Obrazli 
qilib aytganda, odamning ichki dunyosida turli hodisalar vujudga keladi, kechadi, 
odatda, shaxs bunday hodisalarni harakatlantiruvchi kuchi hamda ularning 
tomoshabini hisoblanadi. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan sub’ektiv hodisalar xususiyatidan kelib chiqqan 
holda ayrim psixologlar psixologiya fani sub’ektiv kechinmalarning paydo bo‘lishi 
va ularning kechishi bilan shug‘ullanishi zarur, uning asosiy metodi o‘zini-o‘zi 
kuzatish (shaxsning o‘z fikrlari, xis-tuyg‘ulari, xatti harakatlarini o‘zi kuzatishi) 
bo‘lmog‘i kenrak, degan xulosaga keladilar. Lekin psixologiya fanining keyingi 
davrdagi taraqqiyoti bunday cheklanganlik fanni mutlaqo ta’minlay olmasligini 
tasdiqladi.
Psixologiya fanining o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadigan muammolari juda 
xilma-xil bo‘lib, u eng avvalo, psixik faoliyatning asosiy qonunini belgilash, uning 
rivojlanish yo‘llarini aniqlash, xar-bir psixik jarayonning asosida qanday 
mexanizm borligi, uning o‘zgarish jarayonlarini ochib berish masalalarini 
o‘rganadi. Shuning uchun ham ilmiy psixologiya boshqa barcha o‘rganilayotgan 
fanlar orasida eng asosiy fanlardan hisoblanadiki, uning jamiyat rivojlanishi bilan 
ahamiyati yanada ortib va takomillashib boraveradi. 
Psixologiya – inson ruhiy olamini o‘rganuvchi fan. Psixika – ruhiy holatlar 
yig‘indisi.
Psixologiyani o‘rganish insonlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy 
boyliklarni jamiyatdagi ilg‘or g‘oyalar va ta’limotlarni ta’lim –tarbiya, falsafa, 
huquk nafosat, adabiyot va shuningdek o‘quvchi yoshlarning kasbiy ruhiy 
kechinmalari, aqliy qobiliyati, idroki, xullas insonparvar psixologiyaning barcha 
qonuniyatlarini o‘z ichiga oladi. Mustabid tuzum rahbarlari uzoq yillar davomida 
insonning haq-huquqlarini cheklashga, eski andozalarga asoslangan ijtimoiy 
tarbiya – milliy psixologiyamizni so‘zsiz itoatkorlikka moyillik ruhida totalitar 
mavko‘raning ta’siri bilan yashashga odatlantirib keldi. Shuning uchun ham ular 
milliy psixologiya va umumpsixologik qonuniyatlarni jamiyat a’zolaridan mutassil 
sir to‘tishga harakat qildilar. Shunga qaramasdan istiqlol sharofati bilan 
Respublikamizning etachi psixolog olimlari E. G‘oziev, G‘. Shoumarov, V. 


Karimova, B. Qodirov, M. Davletshin, A.Jabborovlar amaliy psixologiyani keng 
ko‘lamda rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdilar. 
Psixologiya fani oldiga hayot va turmush tomonidan yangi-yangi vazifalar 
qo‘yila boshladi. Bu yangi vazifalar, birinchidan, respublikamzda yuzaga kelgan 
yangi ijtimoiy muhit, mustaqillik sharoiti tufayli bo‘lsa, ikkinchidan, 
mamlakatimiz xalqlari ongidagi sifatiy o‘zgarishlar istiqlol mafkurasi tufayli sodir 
bo‘ldi. Bu ikki hol insoniyat tarixida yangi mazmundagi o‘zaro munosabatlarni va 
yangicha faoliyat formalarini vujudga keltirdi.
Psixologiya fanining boshqa fan sohalaridan farqli tomoni shundan iborat 
uning amaliy-tadbiqiy jihatlari mavjud bo‘lib, ijtimoiy turmushning barcha 
javhalarida bevosita qatnashadi, muayyan darajada ta’sir o‘tkazadi. Psixologiya 
boshqa fanlardan farqli o‘laroq o‘z tadbiqiy ma’lumotlari natijalarining ko‘p qira 
ko‘p yoqlama ekanligi bilan tubdan ajralib turadi va mutlaqo boshqa sifat 
ko‘rsatikichiga ega. Ayniqsa bu borada o‘zini o‘zi boshqarish alohida ahamiyat 
kasb etadi. Shuning uchun u tabiatni o‘rganish ilmidan tafovutlanib o‘zining psixik 
jarayonlari, funksiyalari, holatlari, xissiyoti, irodasi, xarakteri, temperamenti 
kabilarni boshqarishda o‘z aksini topadi. Inson o‘zini anglab borib, o‘z insoniy 
hislatlari, xususiyati, sifati xulqini o‘zartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Xozirgi kunda zamon psixologiyasi fani o‘zini o‘zi boshqarish va 
takomillashtirish, o‘zini o‘zi qo‘lga olish, o‘ziga o‘zi buyruq berish, o‘zini o‘zi 
tarbiyalash bo‘yicha boy materiallar to‘plagan, bu esa o‘z navbatida inson 
munosabati, maqsadi, holati, kechinmalari o‘zgarishi va yangidan yaralishi haqida 
ilmiy tadbiqiy ma’lumotlar beradi, kundalik turmush psixiologiyasi rang-
barangligini ta’minlab turadi. Psixologiya inson psixikasining aniqlash, 
shakllantirish, yangi sharoitga ko‘chirish, takomillashtirish, rivojlanish 
dinamikasini ta’minlash, yangi sifat bosqichiga o‘tishini qayd qilish imkoniyati 
borligi bilan o‘ta amaliy, tadbiqiy fanga aylangandir. 
Umumiy psixologiya boshqa sohalar kabi shartli ravishda qabul qilingan 
nomdan iborat. Psixologiya fanining ilmiy tushunchalarini, kategoriyalari (Shaxs, 
motivatsiya muomala, ong)ni, tadqiqot metodlarini umumiy psixologiyada 
umumlashtirish uchun uning boshqa sohalaridagi tekshirish natijalarini
mavhumlashtirish maqsadga muvofiq. 
Umumiy psixologiya fani asosiy kategoriyalar, tushunchalar, psixik 
jarayonlar, xolatlar, xodisalar, individual tipologik hususiyatlarni o‘z ichiga oladi. 
1.Psixik jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, hayol va boshqalar. 
2.Irodaviy jarayonlar: motiv, motivatsiya, extiyojlar, intilishlar, qaror qabul qilish 
kabilar. 3.Xissiy jarayonlar: emotsiya his-tuyg‘ular kayfiyat, emotsional ton, stress, 
affekt singarilar. 
 Psixik holatlarga psixik jarayonlarning ma’lum bir sifatlarining
ko‘rinishlari kiradi. Masalan, hissiy jarayonlardan psixik holat isfatida kayfiyat, 
psixik hususiyatlarga qobiliyatlar va boshqalar kiradi. 
Psixik holat tushunchasi psixik xolatlarga nisbatan nisbiy statikligini
anglatadi. Psixik hususiyat tushunchasi esa tadqiq qilinaytgan xodisaning
mustahkamligini, qaytaruvchanligini aks ettiradi va bu narsa shaxs tuzilishida o‘z 
ifodasini topadi. 



Download 464.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling