Referat mavzu: Huquqiy munosabatlar Bajardi: 101-guruh talabasi Olloyorova S. Qabul qildi: Akaeva N. Toshkent-2021
Download 33.13 Kb.
|
huquqiy munosabatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy munosabatlar
- Konstitutsiyaviy huquq
- Maʼmuriy javobgarlik
- Huquq manbalari
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “Tarix” fakulteti “Milliy g`oya va ma`naviyat asoslari, huquq ta`limi” yo`nalishi “Davlat va huquq nazariyasi” fanidan
Mavzu: Huquqiy munosabatlar Bajardi: 101-guruh talabasi Olloyorova S. Qabul qildi: Akaeva N. Toshkent-2021 Mavzu: Huquqiy munosabatlar Reja: 1.Huquqiy munosabat 2.Huquqiy munosabat elementlari 3.Huquqiy munosabat tiplari va belgilari Huquqiy munosabatlar — huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar. Bunday munosabatlar ishtirokchilari tegishli yuridik huquq va majburiyatlarga ega boʻladilar. Masalan, ishga kirish bilan bogʻ-liq huquqiy munosabatda ishga qabul qilingan xodimda muayyan mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyati, korxona maʼmuriyatida esa tegishli ish haqi toʻlash majburiyati paydo boʻladi. Ayni paytda, ikkala tomon ham qonunda belgilangan qator huquqlardan foydalanadi. Huquqiy munosabatlar yuzaga kelishi uchun moddiy asoslar (tomonlarning xohish-istagi, manfaati) va yuridik asoslar (shu ijtimoiy munosabatni tartibga soladigan tegishli huquq normasinnng mavjudligi, tomonlarning huquq va muomala layoqatiga ega boʻlishligi, yuridik faktning mavjudligi) boʻlishi lozim. Huquqiy munosabatlarning mazmunini tashkil etuvchi, ularning vujudga kelishi uchun zarur boʻlgan tarkibiy qismlari bor. Bular Huquqiy munosabatlarning subʼyekti, obʼyekti, subʼyektiv huquq va yuridik majburiyatlardir (qarang Huquq subʼyekti, Huquq obʼyekti). Subʼyektiv huquq huquqdor shaxsning huquq normalari doirasida hamda konkret yuridik faktlar asosida vujudga keluvchi xatti-harakati, feʼl-atvorining meʼyoridir. Subʼyektiv huquq huquqiy munosabat ishtirokchilarining tegishli huquq normasiga asosan unda koʻzda tutilgan harakatni sodir qilishga haqli ekanliklarini yoki maʼlum harakatlarni amalga oshirilishini talab qilish vakolatiga ega ekanliklarini bildi-radi. Yuridik majburiyat — huquqiy munosabat ishtirokchilarning tegishli huquqiy normaga asosan oʻzlarining burchi (majburiyati) boʻlgan harakatni amalga oshirishlari yoki muayyan harakatni sodir etishdan oʻzlarini tiyishlaridir. Yuridik majburiyatni bajarmaslik yuridik javobgarlikka olib keladi. Subʼyektiv huquq va yuridik majburiyat oʻzaro bogʻliqdir. Huquq majburiyatsiz mavjud boʻlmaydi. Aytaylik, ish vaqtidan tashqari ishlaganlik tufayli oshirilgan haq toʻlash — maʼmuriyat uchun majburiyat, xodim uchun — huquqdir. Huquqiy munosabatlar huquq tarmoqlariga koʻra konstitutsiyaviy, maʼmuriy, fuqarolik-huquqiy, jinoiy-huquqiy, mehnat, oilaviy va boshqa turlarga boʻlinadi. Oʻzining vazifasi, mazmuniga koʻra, umumiy tartibga soluvchi (regulyativ) va qoʻriqlovchi (negativ) Huquqiy munosabatlarga ajratiladi. Huquqiy munosabatlar umumiy va konkret, mutlaq va nisbiy turlarga ham boʻlinadi. Umumiy Huquqiy munosabatlar deganda, avvalo, fuqarolarning asosiy huquq, erkinlik va majburiyatlarini mustahkamlovchi konstitutsiyaviy normalar asosida vujudga keluvchi munosabatlar tushuniladi. Fuqarolar qonunda nazarda tutilgan vakolatlarga ega boʻlgach, barcha huquq subʼyektlari bilan huquqiy aloqadorlikka hisoblanadilar. Mazkur huquq va erkinliklar amalga oshirilsa aniq Huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Mutlaq Huquqiy munosabatlarda bir taraf aniq maʼlum boʻladi — bu subʼyektiv huquq egasidir. Qolgan barcha subʼyektlar majburiyat oʻtovchi maqomida boʻladilar. Bunday Huquqiy munosabatlarga misol tarzida mulkchilik munosabatlarini koʻrsatish mumkin. Nisbiy huquqiy munosabatlarda barcha ishtirokchilar aniq belgilanadi, yaʼni huquq egasi ham, majburiyat oʻtovchi tomon ham (sotuvchi va xaridor, buyurtmachi va pudratchi, korxona rahbari va xodim) maʼlum boʻladi. Konstitutsiyaviy huquq - asosiy ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi, huquq tizimining yetakchi sohasi. Konstitutsiyaviy huquq normalari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va hududiy tuzilishi, uning fuqarolik jamiyati institutlari bilan munosabatlari tartibini, fuqaro va shaxs huquq hamda erkinliklari amalga oshirilishining asosiy tamoyillarini, davlat hokimiyati organlari tizimini belgilaydi. Bir qancha mamlakatlarda (jumladan, OʻzRda ham) ushbu huquq sohasini belgilash uchun davlat huquqi tushunchasi qoʻllanadi. Konstitutsiyaviy huquqning asosiy tamoyillari: boshqaruvning respublika shakli, inson va fuqarolar huquq hamda erkinliklarining ustunligi, hokimiyatlarning boʻlinishi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini; inson va fuqarolarning asosiy huquq hamda erkinliklari, ularning kafolatlarini; maʼmuriy-hududiy va davlat tuzilishini; saylov tizimini; hokimiyat tizimi va davlat organlari tizimini tashqil etish hamda faoliyatining asosiy tamoyillarini; fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish asoslarini mustahkamlaydi. Konstitutsiyaviy huquq manbalari: Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar, xalqaro huquq normalari, Oliy vakillik, ijro etuvchi hokimiyat, mahalliy vakillik va konstitutsiyaviy sud hujjatlari va h.k. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquq manbalari: OʻzRning Konstitutsiyasi, OʻzRning xalqaro shartnomalari, OʻzR Konstitutsiyaviy qonunlari, OʻzR qonunlari, OʻzR Konstitutsiyaviy sudi qarorlari, OʻzR Oliy Majlisi qarorlari, OʻzR Prezidentining farmonlari, OʻzR Vazirlar Mahkamasining normativ hujjatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mahalliy davlat hokimiyati normativ hujjatlari, OʻzR va uning subʼyekti oʻrtasidagi kelishuvlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qarorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ hujjatlari. Konstitutsiyaviy huquq, ayni vaqtda, Konstitutsiya, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati, jamiyatdagi oʻrni haqida maʼlumot beruvchi fan hamdir. Kengroq maʼnoda, u konstitutsiyaviy institutlar haqidagi tasavvur va bilimlar, konstitutsiyaviy normalar va ular orqali tartibga solinadigan munosabatlar hamda qonunchilikni rivojlantiruvchi qarashlar tizimidir. Bu fan konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarga baho beradi, konstitutsiyaviy intlarni oʻrganadi, muammolarni aniqlab, ularni hal kilish yoʻllarini koʻrsatadi. Maʼmuriy javobgarlik - fuqaro yoki mansabdor shaxsning huquqni buzganligi uchun davlat (maʼmuriy organ) oldidagi jinoiy boʻlmagan javobgarligi. Bu davlatning majburlov chorasi boʻlib, davlat faoliyatining turli sohalarida sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllaniladi. Maʼmuriy javobgarlik da odatda, jazo berayotgan maʼmuriy organ bilan huquq normasini buzgan shaxs oʻrtasida xizmat yuzasidan boʻysunish munosabatlari boʻlmaydi. Maʼmuriy javobgarlik shunisi bilan institutizomiy javobgarlikdan farq qiladi. Maʼmuriy javobgarlikga tortilganlar sudlangan hisoblanmaydilar, maʼmuriy jazo choralari yengil va muddati qisqa belgilanadi. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmurii javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, UzR qonunlari, OʻzR Oliy Majlisining qarorlari, OʻzR Prezidentining farmonlari, OʻzR Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri kengashlarining , viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlaridan iborat. Huquq manbalari — huquqiy nor-malarning ifoda etilish shakllari. Huquqning birlamchi manbai xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari va qoidalari hisoblanadi. Bularga BMT Ustavi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948) va boshqa kiradi. Normativ-huquqiy hujjatlar huquqning asosiy manbalari qatoriga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasida nor-mativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlarini koʻrsatish mumkin: Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsi-yasi; Oʻzbekiston Respublikasining kon-stitutsiyaviy qonunlari; Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlari; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning huquqiy hujjatlari; mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari. Huquqning eng qad. manbalaridan biri huquqiy odatdir. Huquqiy odat uzoq davr mobaynida amalda boʻlishi natijasida shakllangan, jamiyatda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan xulq-atvor qoidasi. Huquqiy pretsedent ham huquq manbai hisoblanadi. Huquqiy pretsedent sud yoki maʼmuriy organning yozma yoxud ogʻzaki qarori boʻlib, bu qaror kelgusida barcha shunga oʻxshash ishlarni qoʻrib chiqish va hal qilish uchun asos boʻladigan namuna normadir. Huquqiy pretsedentning sud va maʼmuriy pre-sedent shakllari mavjud. Sud pretse-denti AQSH, Avstraliya, Buyuk Bri-taniya, Kanada va Yangi Zelandiya kabi umumiy huquq amalda boʻlgan davlatlarda huquqning manbai sifatida keng qoʻllanadi. Normativ shartnomalar ham huquq manbai hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil huquq subʼyektlari oʻrtasida tuziladigan hamda ularning huquq va majburiyatlarini oʻrnatadigan, oʻzgartiradigan yoki bekor qiladigan bitimlarga normativ shartno-malar deyiladi. Normativ shartnomalar ayniqsa xalqaro huquqda katta ahamiyatga ega. Normativ shartnomalar qatoriga kiruvchi xalqaro shartnomalar subʼyektlariga koʻra — ikki tomonlama va koʻp tomonlama, xususiyatiga koʻra — norma oʻrnatuvchi va taʼsis etuvchi shartnomalarga boʻlinadi. Huquqning tarixiy rivojlanish davrida huquqiy aqida va gʻoyalar huquqning manbai hisoblangan. Musulmon huquqipl Qurʼon, sunna, ijmo va qiyos huquqning asosiy manbaini tashkil etadi. Huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishi va ularni tartibga solishi masalasi davlat va huquq nazariyasi uchun muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. Jamiyat hayotida kishilar va ularning turli-tuman tashkilotlari o`rtasida son- sanoqsiz moddiy, moliyaviy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlar (aloqalar) mavjud bo`ladi. Ma’rifiy jamiyatda ushbu munosabatlar ahloqiy, diniy, korporativ va boshqa ko`plab ijtimoiy normalar bilan batartiblashtiriladi, tashkillashtiriladi va yo`naltiriladi. Ijtimoiy munosabatlarning muayyan qismi huquq normalari bilan tartibga solinib, ularga barqarorlik, izchillik, maqsad sari yo`naltirilganlik xususiyatlari baxsh etiladi. Ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari yordamida tartibga solinadigan qismi huquqiy munosabatlarni tashkil qiladi. Huquq normalari o`z vazifa va funktsiyalarini huquqiy munosabatlar orqali amalga oshiradi; huquq talablari ijtimoiy munosabatlar shakliga aylantiriladi va tariqa munosabatlar tartibga solinib, huquq hayotga tatbiq etiladi. Download 33.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling