Reja: Avtomobillar klassifikatsiyasi o‘rganiladigan avtomobillarning qisqacha tavsifnomasi


Download 2.9 Mb.
bet1/16
Sana14.11.2023
Hajmi2.9 Mb.
#1773312
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

1-mavzu: Avtomobil agregat, tizim, mexanizm, detal, dvigatel tushunchalari
Reja:
1.Avtomobillar klassifikatsiyasi o‘rganiladigan avtomobillarning qisqacha tavsifnomasi.
2.Avtotransport sanoatini rivojlantirish soxasida hukumatlarning qarorlari.
3.Avtomobil dvigatellarining umumiy tuzilishi.
Insoniyat hayoti avtomobilsiz tasavvur qilish qiyin. Avtomobilni bajaradigan fuksiyasiga qarab to‘g‘ri ekspluatatsiya qilinsa, uzoq muddat ishonchli va chidamli xizmat qiladi.
Avtomobil - o‘zi harakatlanuvchi (avto-grekcha o‘zi, mobil- lotincha harakatlanuvchi) degan ma’noni bildiradi.
Avtomobil - mustaqil energiya manbaiga ega bo ‘lgan, quruqlikda relssiz yo‘llarda yuk va odamlarni tashishga yoki unga o‘rnatilgan qurilmalar yordamida maxsus ishlarni bajarishga mo ‘ljallangan, kamfortabellik va xavfsizlikka ega bo ‘lgan g‘ildirakli mashinadir.
Transport avtomobillariga yo‘lovchi, yuk va yuk yo‘lovchi tashuvchi avtomobillari kiradi.
Maxsus avtomobillar ma’lum ishlarni bajarishga mo‘ljallangan mexanizm, asbob va uskunalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Bularga sanitariya, o‘t o‘chirish, ko‘cha supirish, yuk ortish kabi avtomobillar kiradi.
Vazifasiga ko‘ra avtomobillar quyidagi turlarga bo‘linadi.
AVTOMOBIL

Poyga avtomobillari sport avtomobillari bo‘lib, avtomobil sport poygasida qatnashishga mo‘ljallangan.


Yuk avtomobillariga yetakchi avtomobillar, tirkamalar, yarim tirkamalar kiradi va ular yuk tashish uchun xizmat qiladi.
Yo‘lovchi tashuvchi avtomobillari yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular ikkiga bo‘linadi: yengil avtomobillar va avtobuslar. O‘rindilar soni haydovchi o‘rindig‘i bilan birga 8 tagacha bo‘lsayengil avtomobil, 8 tadan ortiq bo‘lsa avtobus deb ataladi.
Yengil avtomobillar dvigatel silindrlarining ish hajmi bo‘yicha quyidagi sinflarga bo‘linadi:



Dvigatel ishchi hajmi, litr

Litraji

1,2 litrgacha

Mikro litrajli

1,2 litrdan 1, 8 litrgacha

Kichik litrajli

1,8 litrdan 3,5litrgacha

O‘rta litrajli

3,5 litrdan yuqori

Katta litrajli

MDH davlatlarida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillarning dvigatel hajmiga qarab sinflanishi quyidagicha:



Dvigatel ishchi hajmi, litr

Modellarining boshlanishi

1,2 litrgacha

11XX

1,2 litrdan 1,8 litrgacha

21XX

1,8 litrdan 3,5litrgacha

31XX

3,5 litrdan yuqori

41XX

Avtomobil - bu agregatlar, mexanizmlar va tizimlar yig‘indisidan iborat murakkab mashinadir.


Avtomobillarning konstruksiyalari turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ularning ko‘pchiligining mexanizm va tizimlarining ishlash prinsipi, tuzilishi bir-biriga o‘xshash.
U tuzilishiga ko‘ra quyidagilardan tashkil topgan:
AVTOMOBIL

i




1




DVIGATEL







SHASSI







KUZOV







I








YURISH QISMI







TRANSMISSIYA







BOSHQARUV QISMI

Agregat-bir necha tuzilmalarni bir butun qilib birlashtirgan qurilma.


Tizim-bitta umumiy vazifani bajaruvchi qismlar yig‘indisi (masalan, ta’minlash tizimi, moylash va sovutish tizimlari va boshqalar).
Mexanizm-harakatni ma’lum tartibda uzatuvchi va o‘zgartiruvchi tuzilma.
Uzel-mashinada ma’lum mustaqil vazifani bajaruvchi bir necha detallar birikmasi.
Detal-mashina va mexanizmlarning yig‘ish operatsiyalarisiz tayyorlangan ayrim qismi.
Avtomobilning asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
dvigatel
transmissiya
yurish qismi
boshqaruv mexanizmi
elektrjihozlari
qo‘shimcha jihozlar.
Dvigatelda yonish jarayonida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi ta’sirida tirsakli valni harakatga keladi, undan keyin transmissiya orqali harakat yurish qismining elementi bo‘lgan yetakchi g‘ildirak uzatiladi va ... avtomobil harakatlanadi. Avtomobil harakatlanish vaqtida haydovchi rul boshqarmasi va tormoz tizimidan foydalanadi (boshqaruv mexanizmi), chiroqlarni yoqadi (elektr jihozlari) va albatta haydovchi o‘rindiqda o‘tirganida xavfsizlik kamarini taqadi (qo‘shimcha jihozlar). Bularning hammasi kuzovga mustahkam qilib mahkamlanadi.
1234 5 6 7 9 10 11

1-rasm. Avtomobilning umumiy tuzilishi.
1-dvigatel; 2-old o‘q; 3-old osma; 4-old tormoz mexanizmi; 5-old g‘ildirak; 6-ilashish muftasi; 7-uzatmalar qutisi; 8- kardan uzatma; 9- asosiy uzatma; 10,11-orqa o‘q; 12-orqa ko‘prik; 13-orqa tormoz mexanizmi; 14-orqa g‘ildirak; 15-rul chambaragi; 16-rul mexanizmi; 17-rul vali; 18-rul trapetsiyasi; 19-kuzov.

Dvigatel - bu agregat hisoblanib, yonilg‘ining yonishi natijasida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi (burovchi moment shaklida).


Transmissiya - burovchi moment va uzatishlar sonini o‘zgartirgan holda yetakchi g‘ildiraklarga harakatni uzatadi. Ular quyidagilardan iborat:
ilashish muftasi
uzatmalar quttisi (taqsimlash quttisi)
kardanli uzatma
asosiy uzatma
differensial
yarim o‘qlar
Yurish qismi transport vositasini harakatini, yo‘llarda silkinish va tebranishlarni bir me’yorda ta’minlaydigan qism hisoblanadi.
oldingi va orqa osmalar
g‘ildirak
Boshqaruv mexanizmi harakatlanish vaqtida yo‘nalishni o‘zgartirish, bekat va to‘xtash joylarida harakatsiz holatga keltirish uchun xizmat qiladi. Boshqaruv mexanizmi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
rul boshqarmasi
tormoz tizimi
Elektr jihozlari elektr ta’minot tizimi, avtomobildagi barcha tok iste’mol qiladigan elektr uskunalarini o‘z ichiga oladi, ular:
tok ishlab chiqaruvchi
tok iste’molchilari
Qo‘shimcha jihozlar haydovchi va yo‘lovchiga qulay va xavfsizlikni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Misol uchun qo‘shimcha jihozlarga avtomobil salonini isitish, oynalarni yuvish va tozalash, oynani isitish kabilar.
Kuzov bu avtomobilning mustahkam elementi hisoblanib, unga dvigatel, transmissiya agregatlari, yurish qismi, boshqaruv mexanizmi mahkamlanadi hamda yo‘lovchi va yuklarni tashish uchun xizmat qiladi.
Kuzov zamonaviy avtomobillarda vazifalari har xil va ko‘p qirrali. Asosan avtomobil ishqibozlarini diqqatini kuzovning tuzili dizaynni o‘ziga jalb qiladi. Yengil avtomobili kuzovning tuzilishi va o‘rindiqlar soniga qarab quyidagi turlari bo‘linadi:
Sedan-uch hajmli (yurgizgich bo‘limi, salon va yuk bo‘limi) bo‘lib, ikki, to‘rt yoki olti yon eshiklardan iborat bo‘ladi . Olti yon tomonida eshikka ega bo‘lgan, salonda haydovchi yo‘lovchilardan ajratilgan sedan - limuzin ham deb ataladi. Bu turdagi kuzovlar eng ko‘p tarqalgan. Masalan: NEXIA, LASETTI, YEPICA, VAZ-2170 kabi avtomobillar kuzovi.

2-rasm. Sedan

Universal-ikki hajmli (yurgizgich bo‘limi, salon bilan yuk bo‘limi birga) uchta yoki beshta eshiklardan iborat bo‘ladi, lekin yuk bo‘limining vertikal eshigi yo‘lovchi kirishiga mo‘ljallanmagan. Yuk tashish uchun orqa o‘rindiqlar yig‘iladi. Sayohatga chiquvchilar va dam oluvchi uchun mo‘ljallangan kuzov turi. Masalan: TACUMA, VAZ- 2102, 2104 kabi avtomobillar kuzovi.



3-rasm. Universal.

Kupe-ikki eshikdan iborat bo‘lib, bir yoki ikki qatorli to‘liq hajmli yoki kalta qilib ishlangan (yosh bolalar uchun) o‘rindiqlar bilan jihozlanadigan kuzov turi . Masalan: Audi TT.



4-rasm. Kupe.

Xetchbek-universial va sedanning gibridi. Ikki hajmli (yurgizgich bo‘limi, salon bilan yuk bo‘limi birga) uch yoki to‘rt eshikdan iborat bo‘lib, hozirgi zamonning eng mashhur kuzov turi hisoblanadi. Unversialga o‘xshab orqa o‘rindiqlar yig‘iladi . Masalan: MATIZ, SPARK, VAZ-2108, 2109 kabi avtomobillar kuzovi.



5-rasm. Xetchbek.

Vagon-uni mini-ven ham deb atashadi. Uning dvigatel bo‘limi kuzovdan ozgina chiqib turadi yoki umuman chiqmaydigan dvigatel va yuk bo‘limlaridan iborat bo‘lib, uch yoki besh eshikli kuzov . Mini-ven oilaviy avtomobil kuzovi. Hozirgi kunda bu turdagi kuzovli avtomobillardan yo‘lovchi va yuk tashishda keng foydalanilmoqda. Masalan: DAMAS, HUNDAI H-1, VAZ-2120 kabi avtomobillar kuzovi.



6-rasm. Mini-ven.

Kabriolet - tepa qismi yig‘iladigan, oynalari tushiriladigan usti ochiq avtomobil kuzovi . Eng chiroyli va ixcham avtomobil kuzovi hisoblanadi. Masalan: NEXIA Asakar kabi avtomobillar kuzovi.



7-rasm. Kabriolet.

Jip - mashhur avtomobillar turiga kirib, kuzovi tepaga cho‘zilgan xetchbek. Bu kuzov turidagi avtomobillarni xavfsizligi yuqori hisoblanib, o‘tag‘on avtomobillar hisoblanadi. Masalan: CAPTIVA, VAZ-2121 Niva kabi avtomobillar kuzovi.



8-rasm. Jip.

Pikap - yopiq kabinali (o‘rindiqlar bir yoki ikki qator joylashgan) va ochiq yuk platformasi ega bo‘lgan, bort orqaga ochiladigan kuzov Masalan: DAMAS labo kabi avtomobillar kuzovi.



9-rasm. Pikap.

2-mavzu: Dvigatelning nazorat ko‘rigi


Reja:
1.Dvigatel kompressiyasi bo‘yicha nazorat ko’rigi.
2.Moyning kamayishi bo‘yicha nazorat ko’rigi.
3.Dvigatelni diagnostikasi

Dvigatelning asosiy nosozliklari. Quvvat sezilarli kamayganda, yonilg'i va moy sarfi ko'payganda, taqillash paydo bo'lganda, notekis ishla- ganda va lutaganda dvigatel diagnostika qilinadi. Undagi nosoz- liklarning sabablari hamda rostlash va ta’mirlash ishlariga bo'lgan ehtiyoj aniqlanadi.


Dvigatelni diagnostikalashda и ko'zdan kechiriladi va yurgazib ko‘riladi, quvvat miqdori o'lchanadi, krivoship-shatun mexanizmi va gaz taqsimlash mexanizmining texnik holati tekshiriladi. Dvigatelni ko'zdan kechirish va yurgazib koTish moy. yonilg'i yoki suvni sizib chiqishini ko'z bilan aniqlashga hamda dvigatelni oson yurishini, bir maromda ishlashini va tutashishini baholasbga imkon beradi. Dvi- gatelning ishlashini eshitish bilan shovqin va taqillashning bor-yo‘qligi aniqlanadi. Bunday tekshirish yordamida dvigatelning odatiy nuqson- larini chuqurlashtirilgan diagnostika o‘tkazilgunga qadar aniqlash mumkin.
Amaliyot shuni ko'rsatadiki, ko‘p holatlarda sizib chiqishni, birik- malarni qotirish yoki shikastlangan qistirmalarni almashtirish bilan tuzatish mumkin. Dize! dvigatelining tutashi yoki benzinli va gazli dvigatellarning chiqindi gazlari tarkibidagi CO miqdorini ko'payib ketishi, ko'p hollarda yonilg'i apparatlarining nosozligi natijasida vujudga keladi. Taqillash va qattiq tovushlar porshen barmoqlarim, porshen bo'rtmasidagi teshiklarni, shatunlarning yuqorigi kallagidagi vtulkalarni, shatun va o‘zak podshipniklarning ichqo'ymalarining yeyilishi natijasida hosil boMishi mumkin. Ular silindr va porshen yuzalari tirnalganda hamda klapan yuritmasidagi issiqlik tirqishlari ko'payganda yoki klapan prujinalari singanda ham vujudga keladi.
1-TXK va 2-TXKning vazifasi-nazorat - diagnostika, moylash, qotirish, rostlash va boshqa ishlarni o‘z vaqtida bajarish yo'li bilan dvigatelning mexanizmlari hamda tizimlaridagi nosozliklarni o‘z vaq­tida, aniqlash shuningdek, buzilishlarning oldini dish hisoblanadi.
1-TXKda bajariladigan ishlarni ko“p qismini mahkamlangan jihozlardagi, shovqin so'ndirgich quvurlaridagi hamda dvigatel tayanch-laridagi rezbali birikmalarni tekshirish va mustahkamligini tiklash ishlari tashkil etadi.

10-rasm. Chuqurlashtirilgan diagnostika posti:
V-shamolparrak; 2 boshqansh pulii; J-yuguruvchi barabatilar.

2-TXKda silindriar kallagi tekshiriladi, lozim bo‘lsa mahkamlanadi va gaz taqsimlash mexanizmining issiqlik tirqishi rostlanadi. Generatorni yurituvchi tasmaning tarangligi tekshiriladi va rostlanadi. TXK jarayonida moylash ishlari moylash xaritasi asosida bajariladi.


Chuqurlashtirilgan diagnostika ishlari ko'rish chuqurligiga o‘rna- tiladigan yuguruvchi barabanli (3) stendda bajariladi), Bu post boshqarish pulti (2), shamolparrak (1) hamda yuklash qurilmasi va diagnostikalash uchun lozim bo‘lgan asboblarni o‘z ichiga oladi. Postda dvigateldagi quvvat va yonilg‘i sarfi, karterga kirayotgan gaz miqdori aniqlanadi ( gaz hisoblagich bilan).
Dvigateldagi taqillashlarni eshitish uchun stetoskopdan foyda- laniladi. Mexanik stetoskoplar quloqqa tutiladigan eshitish uchlari (4) va tekshirilayotgan mexanizmni har xil nuqtalariga qo‘yi- ladigan sterjenga (1) ega. Elektron sletoskop sterjen (1), telefon (6) kristall datchik, tranzistorli kuchaytirgich va batareyali man- badan tuzilgan.
Dvigatel taqillashini eshitish zonalari ko'rsatilgan. Shuni yodda tutish lozimki, dvigateldagi taqillashlar tavsifi bo'yicha noso2liklarni bilish, katta malaka talab etadi.
Texnik xizmat ko‘rsatish. Dvigatelning kompressiyasini (silindrdagi maksimal bosimni) kompressometrda, tirsakli valni startyor yordamida aylantirib aniqlanadi, bunda kompressometrning rezinali konussimon uchi yondirish svechasi yoki forsunka o‘tiradigan teshikka o‘rnatiladi



25.2-chizma. Stetoskoplar (a,h) dvigatelning taqillashini eshitish zonalari (d):

25.3-chizma. Kompressometrlar (a,b) va kompressograf (d):
11-rasm. Kompressograf (11-rasm d) silindrlar bo'yicha kompressiya miqdorini yozish mexanizmiga ega Aniqroq natijalarni olish uchun, kompressiya miqdori qizdirilgan dvigatelda aniqlanadi. Bunda dvigateldagi barcha yondirish svechalari va forsunkalar yechib olinadi. Valning berilgan aylanishlar chastotasini yaxshi zaryadlangan akkumulator batareyasi yordamida ta'minlash lozim. Har bir silindrdagi kompressiya miqdorini aniqlashdan avval manometr strelkasini no! holatga keltiriladi.
Dizel dvigatellari uchun ruxsat etilgan kompressiya miqdori 2 MPa atrofida, bcnzinli va gazli dvigatellar uchun esa uning miqdori siqish darajasiga bogiiq bo‘lib, 0,60 - 1,00 MPa ni tashkil qiladi. Alohida silindrdagi kompressiya miqdorining farqi dizellar uchun 0,02 MPa dan. benzinli va gazli dvigatellar uchun esa 0,1 MPa dan oshmasligi lozim.
Dvigatel texnik obyekt sifatida energetik qurilma kabi uning sifatini aniqlaydigan xususiyatlari majmuasi bilan bo'linadi, uni miqdorli baho- lash uchun tejamkorlik, quvvat, ekologik va foydalanish ko'rsatkichlari ishlatiladi. Dvigatelning ishlashida bu ko'rsatkichlaming boshlang'ich qiy- matlarini muqarrar ravishda yomonlashishi kuzatiladi, chunki ishqala- nuvchi sathlaming yeyilishi, ayrim detallaming plastik deformatsiyala- nishi va toliqishdan buzilishi, tizim va mexanizmlaming rostlanishini buzi- lishi va boshqalar tufayli uning lexnik holatini uzluksiz o'zgarishi sodir bo'ladi. Dvigatelning texnik holati strukturali parametrlarining qiymat- larini xarakterlaydigan, foydalanish jarayonida o'zgaradigan xususiyatlar majmuasi bilan aniqlanadi: texnik hujjatlarda o'rnatiladigan SI, S2, Si, ..., Sn. Dvigatelning ishchi jarayoni va uning alohida tizimlari asosan bog'liq bo'lgan bunday struktura strukturali, yoki ulaming to'g'ri parametlari deb ataladiganiga quyidagilar kiradi
yeyilishi mumkin bo'lgan detallaming geometrik o'lchamlari;
detallaming shakli va ular sathinining holati;
tutashmadagi tirqishlar;
rostlanadigan parametrlar qiymatlari va boshqalar
Me’yorlar bilan strukturaviy parametrlaming nominal S„ va chegara Sch qiymatlari o'matiladi. Yangi dvigatelning texnik holatiga strukturaviy parametming nominal qiymati, texnik va iqtisodiy sabablarga ko'ra keyin- chalik foydalanishga noloyiq bo'lgan texnik holatiga esa strukturaviy pa­rametming chegaraviy qiymati mos keladi.Foydalanish boshlangan paytdan dvigatelning ishlashini davomiyligi motosoat yoki o'tilgan kilometr masofalarda ifodalanadi va ishlash mud- dati deb ataladi. Texnik hujjatlarda aniqlanadigan, dvigatel ishlash mud- datining chegaraviy qiymati motoresurs deb ataladi.Texnik hujjatlarda o'matilgan oraliqda berilgan parametrlaming qiymatini saqlagan dvigatelning holati ishlash qobiliyati deyiladi. Agar dvigatelni mo­toresurs chegarasidan o'tkazib foydalanislii davom ettirilsa, ishlamay qolishi, ya’ni ishlash qobiliyatining buzilish holati sodir bo'ladi. Ishlash qobiliyati bilan foydalanish davrida sodir bo'ladigan dvigatelning texnik holatining barcha o'zgarishlarini aks ettiradigan uning eng muhim sifati bo'lgan ishonchliligi bog'Iangan. Ishonchlilikning eng muhim xususiyati bo'lgan dvi- gatellaming buzilmaslik va uzoqqa chidamliligini yaxshilash foydalanishda uchraydigan buzilishlarining sinchkovlik bilan o'rganishga asoslangan Buzilishlami asta-sekin va to'satdan buzilishlaiga bo'lish qabul qilin-

.

3-Mavzu: Siqilgan havoning slindrdan chqib ketishi bo‘yicha, shovqin va tebranishlar bo‘yicha dvigatel nazorati. Reja:


1.Siqilgan havoning slindrdan chqib ketishi bo‘yicha dvigatel nazorati.
Shovqin va tebranishlar bo‘yicha dvigatel nazorati.
3.Digatelni umumiy diagnostikalash


'1211 Ю 9 g
K-69M asbobi halqalarni haddan tashqari yeyilib ketganligmi, elastikligini yo'qolganligini, qurum bosganligini yoki sinib ketganligini, porshen ariqcha- larini yeyilganligini. shuning- dek, klapanlar va silindr kal- lagi qistirmasi germetikligini yo'qolganligini aniqlashga im- kon beradi.
Avvalo. porshen halqala- rining yeyilganligi tekshiriladi, buning uchun tekshirilayot- gan silindrdagi porshen, siqish taktining boshlanishiga mos kelgan holatga o'rnatiladi (hamma klapanlar yopiq boMadi), forsunka yoki o‘t oldirish svechasi o'rnashadigan teshikdan uchlik (6) orqali, siqilgan havo 0,4 MPa bosim ostida yuboriladi. Porshen halqalari yeyilgan bo‘lsa, havoning ko'p miqdorda sizib chiqishi sodir bo‘ladi, shuning uchun monometr (8) qayd etib turgan silindrdagi bosim 0,4 MPa dan kichik boladi. Zonalarga ajratilgan manometr shkalasi (dvigatelni holati yaxshi, qoniqarli va ta'mirtalab), foizlarda ifodalangan sizib chiqishni ko'rsatadi. Ikkinchi tekshirishni, siqish laktida porshenni YCHNga yaqin holatida bajariladi. Havoning 15 foizdan ko‘p sizib chiqishi, silindrlarni ortiqcha yeyilganligini ko'rsatadi,
Klapanlarning o‘z o'rinlariga zich o’tirmasligi oqihatida ular orqali havoni sizib chiqishi, eshilib ko'rib aniqlanadi. Silindr kallagi qistir- masining germetikligi esa radiator bo'g'zida yoki kallakning silindrlar bloki bilan tutashgan (sovunli eritmada ho'llangan) qismida havo pufakchalarining paydo bo'lishiga qarab aniqlanadi.
Kallak, silindrlar blokiga gayka va shpilkalar yoki boltlar yordamida mahkamlanadi. Gaykalar yoki boltlarni bo'sh tortilishi, dvigatel silindr- larining germetikligini buzilishiga, qistirmani kuyib kyetishiga va sovu- tish suyuqligini silindrlarga tushib qolishiga olib kelishi mumkin. Shu­ning uchun dvigatelni ishlatish jarayonida, davriy ravishda, kallakning gaykalari yoki boltlari tortib turiladi: cho‘yanli kallak dvigatel qizigan paytda, aluminiyli kallak esa sovigan paytda tortiladi. Kallaklarni tortish, dinamometrik kalit bilan, zavod ko'rsatmalarida belgilangan ketma-ketlikda (25.5-chizma, a, e) amalga oshiriladi. Tortish momenti 3M3-53 va 3M3-24 dvigatellari uchun ( ГАЗ-53 va ГАЗ-24 “Волга” avtomobillari) 73-78 N m, ЗИЛ-130 dvigateli uchun (ЗИЛ-130 avto- mobili) 70-90 Nm, КамАЗ-740 dvigateli uchun (КамАЗ-5320 avto- mobili) 190-210 N m boladi. Diagnostikalashda samarali quwat bilan parallel ravishda yonilg'ining sarfi ham oMchanadi. Yonilg'i sarfini aniqlash uchun o'lchov idishi, massali qurilma, rotometrlar yoki taxometrik fotoelektrik sarf о ‘Ichagichlari ishlatiladi.Samarali quwat va yonilg'i sarfi dvigatelning umumiy holatini muhim obyektiv ko'rsatkichi hisoblanadi, lekin bu tizimlar va mexanizmlaming, shuningdek, ularning rostlanishini texnik holatini aks ettiruvchi majmua parametrlaridir.Dvigatelning texnik holati to‘g‘risida uning akustik nurlanish xarakteri bo'yicha ham fikr yuritish mumkin. Ishlayotgan dvigatelda shovqin o‘zak va shatun podshipniklarini porshen barmoqlarini, porshenlaming taqillashi, klapanlarning tebranishi, tirsakli valning buralma tebranishi, chiqarish va kiritish uzatuvchi quvurlarida gazlarning tebranishi, karbyuratorli dvigatelda detonatsiya to‘g‘risida guvohlik berishi mumkin.Rostlanishlaming buzilishi va yeyilishning mavjudligi tufayli detallar tutashmasida tirqishning o'zgarishi keltirib chiqaradigan, dvigatelning texnikholatini yomonlashishi, shuningdek, aralashma majburiy o‘t oldiriladigan dvigatellarda ta’minlash va o‘t oldirish tizimlarining nosozligi ham shov- qinning yuqori bo‘lishini, uning nobarqaror ishlashini keltirib chiqaradi.Dvigate' shovqinining asosiy tavsifi sifatrda dvigatel yuklamasiz va yuklama bilan ishlayotganda uning atrofida o‘lchangan shovqin darajasini qabul qilish mumkin.
Hozirgi paytda ishlatilgan gazlarni zararli moddalari bilan atrof- muhitning ;floslanishini aniqlaydigan parametrlari bo‘yicha dvigatelni di- agnostikalash ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ishlatilgan gazlaming tarkibi asosan silindr-porshen guruhi detallarining yeyilishi va ta’minlash tizimining texnik holatiga bog’liq. Shuning uchun gazlar tahlilining na- tijalari bo’yicha dastlab ta’minlash tizimi rostlanadi,so‘ngra yeyilish keltirib chiqaigan dvigatelning nosozligini baholash mumkin bo’ladi.Dvigatelni umumiy diagnostikalash tugallanganda, uning chiqish parametrlari me’yoridan chetlangan bo‘lsa, mexanizm, uzel, detallami ishga yaroqliligi yo’qolishini izlash maqsadida elementlari (mahalliy) bo’yicha diagnostikalashda amalga oshiriladi. Elementlar bo’yicha diagnostikalashda odatda, KSHM va gaz taqsimlash mexanizmi, ta’minlash tizimining detallari tekshiriladi. Bunda mahalliy diagnostikalash dvigatelning foy- dalanish ko’rsatkichlariga ko'proq darajada ta’sir qiladigan detallaridan boshlanadi. Bunday detallarga birinchi navbatda silindr-porshen guruhi detallari va tirsakli valning ichquymasi kiradi.Foydalanish jarayonida silindr-porshen guruhi detallarining texnik holatini yomonlashishi halqasimon zichlanish orqali gazlaming karterga yorib o’tishi tufayli ishchi jismning bir qismini isrof bo’lishiga, indikator ishning kamayishiga, havoning ortiqlik koeffitsiyentini pasayishiga, yonilg’ining parchalanish va chala yonish mahsulotlari bilan moyning to’yinishini tezlashishiga olib keladi. Bunda moyning kuyishga bo'lgan solishtirma sarfi ko’payadi. Ishlatilgan gazlarda uglerod oksidi va vodorod kabi yonilg'ini chala yonishini xarakterlaydigan tashkil etuvchilarining miqdori kesxin ortadi

4-mavzu: Krivoship shatun mexanizmi.


Reja:
1.Umumiy ma’lumotlar.
2. Slindrlar.
3.Porshen, porshen halqalari va barmog’i
4.Tirsakli val
Krivoship-shatunli mexanizm silindrda yonilg‘i aralashmasi yonganidan hosil bo‘lgan gaz bosimini qabul qilib porshenning ilgarilama-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga o ‘zgartirib beradi.
Krivoship-shatunli mexanizmning barcha detallari harakatlanuvchi va harakatsizlarga bo‘linadi. Harakatsiz detallari dvigatelning korpusini tashkil etib, ularga silindr, uning kallagi va karterlar kiradi. Harakatlanuvchi detallari, porshen, uning barmog‘i, shatun, tirsakli val va maxoviklardan tashkil topadi.
Avtomobil dvigatellarida keng tarqalgan krivoship-shatunli mexanizmi bir qatorli silindrlari vertikal joylashgan turidir (“Neksiya”, VAZ-2108, “Tiko”, “Damas”, “Matiz” avtomobillari).
Silindrlar bloki.
Dvigatelda ish siklining barcha jarayonlari silindr ichida sodir bo‘ladi. Silindrlar bloki yaxlit bo‘lib, u o‘z navbatida karter bilan birga quyib tayyorlanadi. Silindrlar bloki dvigatelning asosi bo‘lib, uning ichki qismida krivoship-shatunli mexanizm va gaz taqsimlash mexanizmlarining detallari, shuningdek, sovitish tizimining suv g‘iloflari va moylash tizimining moy kanalchalari joylashgan. Uning tashqi qismiga esa dvigatel mexanizmi va uning tizimlariga kiruvchi ba’zi

-Klapan qopqog’i -Klapan qopqog’ining qistirmasi


-Silindrlar bloki kallagi -Silindrlar bloki kallagining qistirmasi -Silindrlar bloki
13-rasm. Dvigatelning harakatsiz detallari.

я I

14-rasm. Bir silindrli benzinli ichki yonuv dvigateli.


a) stakan ko‘rinishi; b) ko‘ndalangkesimi.
1-silindrlar kallagi;4 2-silindr; 3-porshen; 4-porshen halqalari; 5-porshen barmog‘i;
6-shatun; 7-tirsakli val; 8-moxovik; 9-posangi; 10-taqsimlash vali;
taqsimlash valining turtkisi; 12-koromislo; 13-klapan; 14-o‘t oldirish shami.
Silindrlar blokinng kallagi silindrlarning tepasini yopadigan qopqoq hisoblanadi. Zich yopilishini ta’minlash uchun ularning yuzalariga tekis ishlov beriladi. Silindrlar blokining kallagi murakkab konstruksiyaga ega bo‘lib, porshen YUCHN ga yetganda uning tepasidayonish kamerasi hosil bo‘ladi. Yonish kamerasining shakli, klapanlarning joylashuvi va soni, sovitish tizimining turi, shuningdek silindrlar kallagiga yondirish o‘t oldirish shamini yoki forsunkani o‘rnatilishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun yonish jarayonining effektivligini oshirish maqsadida yonish kamerasi turli shaklda ishlanadi. Deyarli barcha benzinli dvigatellarning silindrlar kallagi yaxlit holda quyib tayyorlanadi.
Porshenlar. Silindrda sodir bo‘la- digan ish siklining barcha jarayonlari porshen vositasida bajariladi. Ish sharoitida, ayniqsa siqish va ish yo‘li taktlarida yuqori bosimga va harorata ega bo‘lgan gazlar ta’sirida porshen qiziydi va yediriladi, bundan tashqari, unda massasidan uzluksiz o‘zgaruv- chan inersiya kuchlari vujudga keladi
Porshen xalqalari yuqori harorat va bosimga ega bo‘lgan gazlar, shuningdek o‘zgaruvchan qiymatga ega bo‘lgan inersiya kuchlari ta’sir etadigan og‘ir ish sharoitida ishlaydi. Porshen xalqalari ko‘pincha maxsus cho‘yandan, ayrim xollarda po‘latdan ham tayyorlanadi. Porshen halqalari vazifasiga ko‘ra kompression va moy sidirgich bo‘ladi. Kompression halqalar silindr va porshen oraliqlarini zichlashtiradi hamda silindrda hosil bo‘lgan gaz bosimini karterga o‘tishidan salaydi
Moy sidirgich xalqalar silindr devoridagi ortiqcha moylarni sidirib ularni yonish kamerasiga o‘tishini cheklab turadi
Porshen barmog‘i porshenni shatun bilan sharnirli holda tutashtirish vazifasini bajaradi. Ish taktida barmoq gazlarning bosim kuchini porshendan shatunga, yordamchi taktlarda esa (kiritish, siqish va chiqarish) shatunning tirsakli valdan olgan harakatini porshenga uzatadi. Porshen barmog‘i porshen bilan birgalikda tezlanishini va yo‘nalishini o‘zgartirib harakatlanadi. Shuning uchun uning massasi og‘ir bo‘lmasligi kerak, aks holda mexanizmga salbiy ta’sir etuvchi inersiya kuchlari ortib ketadi
Shatunlar porshenni tirsakli valning shatun bo‘yni bilan biriktirgan holda ish taktida porshendan tirsakli valga, yordamchi taktlarda esa (kiritish, siqish va chiqarish) tirsakli valdan porshenga harakat uzatadi.
Shatun murakkab harakatga ega bo‘lishi bilan birga yana unga katta inersiya kuchlari ham ta’sir etadi. Shatun yo‘nalishi va qiymati bo‘yicha o‘zgaruvchan katta yuklanishda ishlaydi.
Tirsakli val porshen orqali shatundan kelayotgan kuchni qabul qilishi bilan o‘zida vujudga kelgan burovchi momentni avtomobil transmissiyasiga uzatadi. Undan tashqari yana tirsakli valdan dvigatelning turli mexanizm va tizimlari harakatga keladi. Yuqorida aytilgan vazifalarni bajarish jarayonida valga eguvchi, burovchi va boshqa kuchlar ta’sir etadi. Shuning uchun tirsakli val ana shu kuchlarga bardosh beradigan mustahkam va chidamli materiallardan tayyorlanishi kerak. Bundan tashqari uning shatun va o‘zak bo‘yinlari yeyilishga chidamli bo‘lishi kerak. Tirsakli valni shtamplash usuli bilan yuqori uglerodli yoki legirlangan po‘latdan, shuningdek ayrim dvigatellarda sifatli cho‘yandan (Damas, Tiko avtomobillari) quyish usuli bilan tayyorlanadi. O‘zak va shatun bo‘yinlarining qattiqligini hamda yeyilishga chidamliligini oshirish maqsadida ularga termik ishlov beriladi, ishqalanishni kamaytirish uchun esa silliqlash va jilvirlash bilan pardozlanadi.
SHATUN BO’YIN

O’ZAK BO’YIN
14-rasm. Tirsakli val.

Tirsakli valning o‘zak va shatun podshipniklari. Tirsakli valning yeyilishini kamaytirish va ishlash muddatini oshirish maqsadida uni o‘rindig‘iga odatda (sirpanish) podshipniklarida o‘rnatiladi


.

5-Mavzu: Krivoship shatun mexanizmidagi nosozliklar.


Reja:
1.Dvigatelning asosiy nosozliklari
2.Silindr porshen guruhidagi nosozliklar.
3.Moyning kuyish holati.
Dvigatelning asosiy nosozliklari. Quvvat sezilarli kamayganda, yonilg'i va moy sarfi ko'payganda, taqillash paydo bo'lganda, notekis ishla- ganda va lutaganda dvigatel diagnostika qilinadi. Undagi nosoz- liklarning sabablari hamda rostlash va ta’mirlash ishlariga bo'lgan ehtiyoj aniqlanadi.Silindr-porshen guruhi detallarining yeyilishini, klapanlarning o‘tirish zichligini baholash uchun foydalaniladigan yonish kamerasi zich bekilishini aniqlash usuli gazlarning karterga yorib o'tishini baho­lashga, klapanlar berk bo'lganida silindrlardan siqilgan havoning sizi- shiga, shuningdek, siqish takti oxirida silindrdagi gazlarning bosimiga ham asoslangan.Gazlarning karterga yorib o‘tishini o'lchash moy quyish bo‘g‘ziga o'matilgan gaz hisoblagich bilan amalga oshiriladi. Bu usul karter gaz- larining mumkin bo'lgan boshqa barcha chiqish joylarini jipsliligini talab qiladi. 0‘lchashda dvigatelning to‘liq yuklamasiga va bu turdagi IYOD ning berilgan aylanishlar chastotasiga mos keladigan ish rejimi hosil qilinadi. Dvigatelni ta’mirlash davrigacha foydalanishda gazning karterga sizishi 7... 12 martaga ortishi o'matilgan. Bu usulning kamchiligi gazlarning karterga sizishini ko'payish sababini aniqlash qiyinligi, shuningdek, sizishini tez- lik va yuklama rejimlariga bog'liqligi hisoblanadi.Yonish kamerasining jipsligini va mos holda silindr-porshen guruhi detallarining, klapan zichligini va silindrlar kallagi qistirmasining texnik holatini forsunka yoki o‘t oldirish shami uchun teshikdan siqilgan havo berish bilan aniqroq baholash mumkin. Tekshiriladigan silindr porshenini siqish jarayonini boshlanish holatiga mos keladigan qilib o‘matilganda (barcha klapanlar yopiq) havoning ko‘p miqdorda sizishi porshen halqala- rining yeyilganligi to‘g‘risida guvohlik beradi. Siqish taktida porshen holati YUCHN ga yaqin bo'lganda havoning sizishi 15% dan ortiq bo‘lsa, bu silindrlaming ko‘p yeyilganligini ko'rsatadi. Klapan orqali havoning sizi- shini eshitisn, silindr kallagi qistirmasining holati radiator bo‘g‘zida Dufak- chalar sodir bo'lishi bo‘yicha aniqlanadi.
Yonish Kamerasining jipsliligi tirsakli valni startyor bilan aylantirishda kompressometr bilan siqish oxirida o'lchangan silindrdagi bosim kattaligi bo'yicha ham tekshiriladi. Bunday diagnostikalashning ishonchliligiga tir­sakli valning aylanishlar chastotasini o‘zgaruvchanligi ta’sir qiladi. Bundan tashqari yonish kamerasining jipsliligi yetarlicha boMmaganligiga javobgar bo'lgan aniq tutashmani ko‘rsatib, nuqsonni mahalliylashtirishga imkon bermaydi
Dvigatelni diagnostikalashda и ko'zdan kechiriladi va yurgazib ko‘riladi, quvvat miqdori o'lchanadi, krivoship-shatun mexanizmi va gaz taqsimlash mexanizmining texnik holati tekshiriladi. Dvigatelni ko'zdan kechirish va yurgazib koTish moy. yonilg'i yoki suvni sizib chiqishini ko'z bilan aniqlashga hamda dvigatelni oson yurishini, bir maromda ishlashini va tutashishini baholasbga imkon beradi. Dvi- gatelning ishlashini eshitish bilan shovqin va taqillashning bor-yo‘qligi aniqlanadi. Bunday tekshirish yordamida dvigatelning odatiy nuqson- larini chuqurlashtirilgan diagnostika o‘tkazilgunga qadar aniqlash mumkin.
Amaliyot shuni ko'rsatadiki, ko‘p holatlarda sizib chiqishni, birik- malarni qotirish yoki shikastlangan qistirmalarni almashtirish bilan tuzatish mumkin. Dize! dvigatelining tutashi yoki benzinli va gazli dvigatellarning chiqindi gazlari tarkibidagi CO miqdorini ko'payib ketishi, ko'p hollarda yonilg'i apparatlarining nosozligi natijasida vujudga keladi. Taqillash va qattiq tovushlar porshen barmoqlarim, porshen bo'rtmasidagi teshiklarni, shatunlarning yuqorigi kallagidagi vtulkalarni, shatun va o‘zak podshipniklarning ichqo'ymalarining yeyilishi natijasida hosil boMishi mumkin. Ular silindr va porshen yuzalari tirnalganda hamda klapan yuritmasidagi issiqlik tirqishlari ko'payganda yoki klapan prujinalari singanda ham vujudga keladiGazlaming karterga o'tishi silindr-porshen guruhi (SPG) detallarining yeyilishiga bog'liq bo'lib, ish jarayonida ko'payib boradi. Gazning hajmi, diagnostikalash jihozi yordamida, yuklanish va eng katta burovchi momentda aniqlanadi. U gaz hisoblagichigi yordamida aniqlanib, moy o'lchash tayoqchasi o'miga ulanadi va ma'lum vaqt ichida karterga o'tgan gaz miqdori aniqlanadi Kiritish taktidagi havo siyrakligi havo to'ldirish tezligiga, kompressiyaga, havo tozalagich karshiligiga, klapanlaming egarida to'liq o'tirmasligiga va ish jarayonining notekis borishiga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun havoning siyrakligi va uning doimiyligi dvigatel texnik holatini xarakterlaydi. Havoning siyrakligi vakuummetr yordamida, kiritish kollektori orqali anilanadi. Dvigatel mexanizmlari holatini aniqlash, ta'minot va o't oldirish tizimlari sozlangandan so'ng bajariladiDvigatelning soz holida, uni starter bilan aylantirganda ko'rsatgich 0.5­
57 MPa ni hamda salt yurishda 0.64-0.745 MPa ni tashkil etishi va bu ko'rsatgich o'zgarmay turishi kerak.Siqilgan havoning silindrdan chiqib ketishi bo'yicha: bu vaqtda porshen yuqori yoki pastki o'lik nuqtada, klapanlar berkilgan holatda bo'ladi, diagnostikalash natijasida porshen halqalarining yeyilganligini, ular egiluvchanligining yo'qolganligi, singan yoki qurum bosib qolganligini, silindming yeyilganligini, klapanlar va porshenlar zichligi buzilganligini aniqlash mumkin.
3.Moyning kuyishini aniqlash usuli tekshiriladigan dvigatelning moyi to'kilganidan so‘ng olingan moy massasi, dvigatelning mos kelgan davrda foydalanishda, ulaming shunday modeli uchun etalon chegarasi bo'lgani bilan taqqoslashga asoslanadi. Bu usul, asosan, silindr-porshen guruhi detallarining texnik holatini baholashda qo'llaniladi. Ulaming chegaraviy yeyihshida moyning sarfi 3...5 martaga va undan ko'pga ortadi. Biroq bu parametming diagnostik parametr sifatidagi ahamiyati ko'rsatilgan guruh detaParining yeyilishidan tashqari moyning sarfiga dvigatelning yuklamasi va issiqlik rejimlari, karterdagi gazlar bosimi, zichlagichlar holatini yo- mon bo'lishida (salniklar, qistirmalar) blok-karterdagi nozichlik orqali moyning silqishini ta’sir qilishi tufayli kamayadi. Bulaiga bog‘liq holda moyning anchaga kuyishida silindrlar, porshenlar, halqalaming texnik holati to‘g‘risida yakuniy xulosa chiqarish uchun uning boshqa usullar bilan tasdiqlanishi talab qilinadi Sinovga olingan karter moyini tahlil qilish usuli dvigatel detallarining yeyilishini baholash (porshenlar, porshen halqalari, silindrlar, tirsakli val podshipniklari), shuningdek, havo va moy tozalagichlarini nazorat qilish uchun ham ishlatiladi.Dvigatel ishlash paytida moylash moylariga tutashmalaming ishqala- nuvciii detallarini yeyilish mahsulotlari doimo tushadi. Dvigatel detallari turli metall qotishmalaridan tayyorlangan, shuning uchun karterdagi moyda boMgan alohida kimyoviy elementlaming miqdori bo'yicha aniq detallar- ning chegaraviy yeyilishini o'matish mumkin. Masalan, ishlatilgan moydagi temii miqdori (konsentratsiyasi)ning o'zgarishi bo'yicha silindr gilzalari, tirsakli vallar bo'yinlari, porshenning moy sidiruvchi halqalari va shu kabi detallarining yeyilishi to‘g‘risida mulohaza yuritish mumkin.Aluminiy miqdorini o'zgarishi bo‘yicha porshenlaming yeyilish tezli- gi, xiom miqdorini o'zgarishi bo'yicha kompression halqalar, qo‘rg‘oshin miqdorini o'zgarishi bo'yicha tirsakli valning podshipniklarini yeyilish tezligi to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Kvars va abraziv zarrachalaming mavjud bo‘lishi havo trakti va filtr (tozalagich) laming holatini, shuningdek, moy tozalagichlaming holatini va ishlashini ham xarakter- laydi. Motor moyi qo'shilmalarini boshlang‘ich majmuasiga kifuvchi ele- mentlar miqdorini (bariy, fosfor, oltingugurt, molibden) o‘zgarishi bo'yicha, uning ishga yaroqliligi to‘g‘risida fikr yuritish mumkin.Dvigatelni diagnostikalash uchun moydagi yeyilish mahsulotlarini konsentratsiyasidan foydalanish quyidagi holatlar bilan mustahkamlanadi:
metall zarrachalarining bir tekis taqsimlanishi va karter moyining barcha hajmida uzoq vaqt bo'lish xususiyati bilan;
tutashmaning yeyilish jadalligiga konsentratsiyaning proporsional bogMiqligi. Oxiigisi tozalagich elementlari ushlab qolgan yeyilish zarra- chalarini tushishi va kuyadigan moy bilan olib ketiladigani orasida balans- ni doimiyligi bilan tushuntiriladi, biroq moy kamayganida quyishlar va moy almashtirish faqat bu jarayonni vaqtincha buzadi.

.

6-Mavzu: Krivoship-shatun mexanizmiga texnik xizmat ko‘rsatish.


Reja:
1.Maxovik, shatunga texnik xizmat ko’rsatish.
2. Slindrlar, tirsakli valga texnik xizmat ko’rsatish.
3.Porshen, porshen halqalari va barmog’iga texnik xizmat ko’rsatish

Kompressiyani birdaniga sayishi (30 - 40% ga), halqa- larning singanligini yoki por- shendagi ariqchalarga yopisbib qolganligini ko'rsatadi.


K-69M asbobi halqalarni haddan tashqari yeyilib ketganligmi, elastikligini yo'qolganligini, qurum bosganligini yoki sinib ketganligini, porshen ariqcha- larini yeyilganligini. shuning- dek, klapanlar va silindr kal- lagi qistirmasi germetikligini yo'qolganligini aniqlashga im- kon beradi.
Avvalo. porshen halqalarining yeyilganligi tekshiriladi, buning uchun tekshirilayot- gan silindrdagi porshen, siqish taktining boshlanishiga mos kelgan holatga o'rnatiladi (hamma klapanlar yopiq boMadi), forsunka yoki o‘t oldirish svechasi o'rnashadigan teshikdan uchlik (6) orqali, siqilgan havo 0,4 MPa bosim ostida yuboriladi. Porshen halqalari yeyilgan bo‘lsa, havoning ko'p miqdorda sizib chiqishi sodir bo‘ladi, shuning uchun monometr (8) qayd etib turgan silindrdagi bosim 0,4 MPa dan kichik boladi. Zonalarga ajratilgan manometr shkalasi (dvigatelni holati yaxshi, qoniqarli va ta'mirtalab), foizlarda ifodalangan sizib chiqishni ko'rsatadi. Ikkinchi tekshirishni, siqish laktida porshenni YCHNga yaqin holatida bajariladi. Havoning 15 foizdan ko‘p sizib chiqishi, silindrlarni ortiqcha yeyilganligini ko'rsatadi Klapanlarning o‘z o'rinlariga zich o’tirmasligi oqihatida ular orqali havoni sizib chiqishi, eshilib ko'rib aniqlanadi. Silindr kallagi qistir- masining germetikligi esa radiator bo'g'zida yoki kallakning silindrlar bloki bilan tutashgan (sovunli eritmada ho'llangan) qismida havo pufakchalarining paydo bo'lishiga qarab aniqlanadi.
Kallak, silindrlar blokiga gayka va shpilkalar yoki boltlar yordamida mahkamlanadi. Gaykalar yoki boltlarni bo'sh tortilishi, dvigatel silindr- larining germetikligini buzilishiga, qistirmani kuyib kyetishiga va sovu- tish suyuqligini silindrlarga tushib qolishiga olib kelishi mumkin. Shu­ning uchun dvigatelni ishlatish jarayonida, davriy ravishda, kallakning
gaykalari yoki boltlari tortib turiladi: cho‘yanli kallak dvigatel qizigan paytda, aluminiyli kallak esa sovigan paytda tortiladi. Kallaklarni tortish, dinamometrik kalit bilan, zavod ko'rsatmalarida belgilangan ketma-ketlikda (25.5-chizma, a, e) amalga oshiriladi. Tortish momenti 3M3-53 va 3M3-24 dvigatellari uchun ( ГАЗ-53 va ГАЗ-24 “Волга” avtomobillari) 73-78 N m, ЗИЛ-130 dvigateli uchun (ЗИЛ-130 avto- mobili) 70-90 Nm, КамАЗ-740 dvigateli uchun (КамАЗ-5320 avto- mobili) 190-210 N m boladi.
ВАЗ dvigatellarida, silindrlar kallagiga taqsimlash vali podship- niklarining korpusi mahkamlangan bo‘lib, uning mahkamlovchi gaykalari ham ma’lum bir ketma-ketlikda qotirilishi kerak Bu gaykalarni yakuniy tortish momenti 22 N m ga teng.
Silindr, silindr kallagi, shtanga va klapanlarning yuritma mexaniz- midagi boshqa detallar dvigatelni isishiga qarab 80 I50°C gacha, klapanlar esa 300^600°C gacha qiziydi. Karterdagi moyning ko'rsatgichlari bo'yicha: dvigatel detallarining yeyilishi, havo va moy filtrining ishlash sifati, sovutish tizimining zichligi, moyning yaroqli yoki yaroqsizligi aniqlanadi. Buning uchun vaqti-vaqti bilan karterdagi moydan namuna olib turish, uning qovushqoqligini, tarkibidagi suv, kremniy va yedirilgan mahsulotlar miqdorini aniqlab turish kerak. Moydagi bu mahsulotlarning miqdori bilan birikmalarning texnik holati aniqlanadi. Kremniy miqdorining oshishi — havo tozalagichlaming nosozligini, suvning paydo bo'lishi — sovutish tizimining nosozligini, qovushqoqlikning kamayishi — moyning yaroqsiz holga kelib qolganligini ko'rsatadi.
Dvigatellarda KShM bo'yicha sozlash ishlari klapan steijenining yuqori qismi bilan turtgichlar yoki koromislolar oralig'idagi tirqishni sozlash, dvigatel tayanchining rama bilan birikmasini qotirish, silindrlar kallagi va kartemi silindr bloki bilan birgalikda qotirish ishlaridan iborat bo’lib, diagnostikalash ishlari natijasiga ko'ra bajariladi.
Silindriamingyonilg'i aralashmasibilan to'lishini ta'minlaydi. Bularo'znavbatida dvigatelning quwati va kompressiyaning oshishiga imkon yaratadi.
Silindr, silindr kallagi, shtanga va klapanlaming yuritma mexanizmidagi boshqa detallar dvigatelning isishiga qarab 80-150°C gacha, klapanlar esa 300-600°C gacha kiziydi. Bunda detallar orasidagi issiqlik tirqishi kamayadi, bu esa detallaming issiqlik ta'sirida deformatsiyalanishiga, klapanlaming o'z uyasiga zich o'tirmasligiga olib keladi.
Dvigatel ishlaganda chiqarish klapanida issiklik tirqishi haddan ziyod kichik bo'Isa, tarelka o'ta qizib ketadi, unda yoriqlar paydo bo'ladi, klapan



15-rasm. Siqilgan havoning sizib chiqishi bo'yicha dvigatel texnik holatini aniqlovchi K-69M asbobishing shakli:
I-bosim reduktori, 2-kollektor, 3- sizishni o'lchash ventili, 4-chiqarish shtutseri, 5-sizishni eshitish ventili, 6-sinash uchligi, 7-teskari klapan, 8-monometr, 9, 10, ll-kalibrli teshiklar, 12-rostlash ninasi, 13— saqlash klapani
cgiiri yumshab. gazlar chiqib ketishi oqibatida uning yeyilishi tezlashadi. Ikkinchidan, yuqori harorat ta'sirida klapanlar ishlashida kuchli taqillashlar paydo bo'ladi va gaz taqsimlash mexanizmi detallari jadallik bilan yeyila hoshlaydi. Issiqlik tirqishi, odatda, po'lat shchup yordami bilan 20-25°C haroratda aniqlanadi (51-rasm).
Buning uchun porshen siqish taktida silindrdagi yuqori chekka nuqtaga keltiriladi va birinchi silindrga tegishli klapanlar bilan koromislo orasidagi tirqish shchup yordamida aniqlanadi va zarur bo'Isa sozlanadi, qolgan klapanlar va koromislolar orasidagi tirqish esa silindrlaming ishlash ketma- ketligi bo'yicha bajariladi.

.

7-Mavzu: Krivoship shatun mexanizmini diagnostikalash.


Reja:
1.Porshen va silindr orasidagi tirqishni rostlash.
2.Shatunni tekshirish va to’g’rilash.
3.Porshen halqasi va ariqchasi orasidagi tirqishni tekshirish

Dvigatelni joriy ta'mirlashdagi eng asosiy va muhim ishlar quyidagilardan iborat: porshen halqalari, porshenlar, porshen barmoqlari, o'zak va shatun bo'ynidagi vkladishlar (ta'mirlash o'lchamlariga moslab), blok qistirmasini almashtirish, klapanning egarini silliqlash, so'ngra maxsus aralashma bilan artish, maxsus eritmalar bilan moy yo'llarini yuvish va tozalash, reduksion klapanni tozalash yoki almashtirish va boshqalardir.


Silindr bloki gilzalarini almashtirish ishlari uning pastki va yuqori qo'nim o'lchamlarining yeyilishi, darz ketishi, chuqurchalar hosil bo'lishi natijasida bajariladi. Shu bilan birga, hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan ko'pgina yengil avtomobillaming gilzalari silindr bloki bilan birgalikda quyma tarzida bo'ladi. Gilzalaming yeyilishi natijasida, o'lchamlar me'yoriy ko'rsatgichlardan farq qilib qoladi, shu bilan birga yeyilish gilza diametri bo'yicha notekis bo'ladi, bu holda ular mexanik ta'sir ko'rsatish yo'li (rastochka) bilan keyingi o'lchamlarga keltiriladi hamda porshen va halqalari gilzaning yangi o'lcham gunihiga mos keluvchilari tanlab olinib o'rnatiladi.Gilzani silindr blokidan yechib olish juda og'ir ish hisoblanib, u pastki qismidan yuqoriga tortib chiqaruvchi maxsus yechgich yordamida siqib chiqariladi. Gilzalarni boshqa usullar bilan chiqarish, silindrlar blokidagi qo'nim teshigi va gilzalarning shikastlanishiga olib keladi. Rezinali germetiklovchi halqalar o'matilgan gilzalar silindrlar blokiga press yordamida o'rnatiladi. Bu ishni maxsus moslamalar yordamida bajarish ham mumkin. Bunday moslanialardan birining tuzilishi 16-rasmda keltirilgan. Rezinkali halqalami gilzaga kiygazishda uning ariqchada cho'zilib va buralib ketmasligiga e'tibor berish zarur.Porshenlami almashtirish uning yubkasida chuqurchalar hosil bo'lganda, tag qismi va kompression halqa atrofidagi yuza qismi kuyganda hamda halqalami o'rnatish ariqchalari kengayib ketganda bajariladi. Gilzalarda yeyilish kam bo'lib, porshenlarda yuqorida keltirilgan kamchiliklar yuzaga kelganda, dvigatelni avtomobildan yechmasdan turib, porshenlami almashtirish mumkin. Bunda karterdagi moy to'kib olinadi, karter va silindr bloki kallagi yechiladi, shatun boltlarining gaykasi burab olinadi, shatunning pastki qopqog'i yechiladi va porshen shatun bilan birgalikda yuqori tomondan sug'urib olinadi. Keyin porshen bobishkasidan press yordamida porshen barmoqlari yechib olinadi, porshen shatundan ajratiladi. Agar kerak bo'Isa,

17-rasm. Shatunni tekshirish va to'g'rilash moslamasi:
]-shatunni to'g'rilash uchun tayanch; 2-mosIama korpusi; 3- shatun, 4-shatunning yuqori kallagi uchun tiqin; 5,7-indikatorlar; 6,8- tayanchlar; 9-to'g'rilash uchun kalit; lO-shotunning pastgi kallagi uchun tiqin.

17-rasm. Porshen va silindr orasidagi tirqishni tekshirish shakli
shatunning yuqori qismidagi bronza vtulkasi ham press yordamida yechib olinib almashtirilishi mumkin.
Buning uchun porshen yassi shup bilan birgalikda yuqori qismi bilan silindrga kiritiladi. Shup porshen barmog'i o'rnatilish teshigi o'qiga perpendikulyar joylashishi zarur. Keyin dinamometr yordamida shup tortiladi va shupning chiqish vaqtidagi kuch aniqlanadi- Aniqlangan kuch avtomobil dvigatellarining turiga qarab, ekspluatatsiya yoki ta'mirlash qo'llanmasida keltirilgan me'yoriy ko'rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Masalan, «ZIL-130» dvigateli uchun shupning qalinligi 0,08 mm, eni 13 mm va uzunligi 200 mm bo'lishi, uni silindr bilan porshen orasidan tortib chiqaruvchi kuchning kattaligi 35-45 N ni tashkil qilishi kerak. Agarda tortib chiqaruvchi kuch me'yoridagi ko" rsatkichdan farq qilsa, porshen boshqasiga almashtiriladi.
Poishenni almashtirishdan awal uni silindrga moslab tanlab olish zarur, buning uchun gilzaning o'lchamlar guruhiga mos keluvchi porshen tanlab olinadi va lentasimon shup yordamida silindr hamda gilza orasidagi tirqish tekshiriladi .
«ZIL-130» dvigateli gilza va porshenlari me'yoriy va ta'mirlash o'lchamlari bo' yicha oltita guruhga bo'linadi. Xuddi shunday boshqa turdagi dvigatellaming ham ta' mirlash o' lchamlari turlichadir.
ATK sharoitida silindrga poishenni tanlashda yuqoridagilardan tashqari porshen bobishkasidagi teshik, poishen barmog'i va shatunning yuqori kallagidagi bronza vtulka diametriari bir xil o'lchamlar guruhida bo'lishi kerak.
Shuning uchun «porshen-barmoq- shatun» to'plamini yig'ishda ularga bo'yoq yordamida qo'yilgan belgilar bir xil rangda bo'lishiga e'tibor berish kerak. To'g'ri tanlangan porshen tepa qismi bilan silindrga qo'yilganda o'zining og' irligi bilan asta-sekin pastga tushishi lozim.
Porshen bilan shatunni bir-biriga biriktirishdan awal shatun kallaklari parallelligini tekshirish zarur, u indikatorli tekshirish moslamasida (17- rasrn) tekshiriladi.
Tekshiruvdan so'ng, porshen 60”C haroratdagi moyli vannaga solinibqizdiriladi, keyin esa porshen barmog'i porshen bobishkasi va shatunning yuqori kallagiga presslanadi. Presslangandan so'ng babishkadagi ariqchaga chegaralovchi halqalar o'rnatiladi. Porshen bilan shatun yig'masini silindr blokiga o'matishdan awal porshen halqalari porshen ariqchasigajoylashtiriladi. Porshen ariqchasi bilan porshen halqasi orasidagi tirqish shup yordamida (57-rasm) aniqlanadi. Bundan tashqari, halqaning yorug'lik nurini o'tkazishi tekshiriladi, buning uchun halqa silindming yedirilmagan yuqori qismiga joylashtiriladi va silindr bilan uning orasidan yorug'lik nuri o'tishi aniqlanadi.
Porshen halqasini tutashish joyidagi tirqish shup yordamida (58-rasm) aniqlanadi. Agar u me'yoridan kichik bo'Isa, halqaning tutashish joylari egovlanadi. Bu ishlarni bajargandan so'ng halqa porshenga o’rnatiladi. O'matilgan halqalaming tutash joylari har tomonga aylana bo'yicha qo'yib chiqiladi. Porshen yig'masini silindrga o'rnatish maxsus moslama yordamida amalga oshiriladi.
Tirsakli val vkladishlari podshipniklar taqillagandavareduksion klapan hamda moy nasosi soz bo'lib, tirsakli valning 500-600 ayl./daqiqa tezligida magistralidagi moy bosimi 0,05 MPa dan kam bo'lganda almashtiriladi. Vkladishlarni almashtirish ular bilan tirsakli valdagi tayanch hamda shatun bo'yinlari orasidagi tirqish me'yoridan ko'payib ketganda ham amalga oshiriladi. Avtomobil dvigatellarining turiga qarab, tayanch bo'yni bilan vkladish orasidagi me'yoriy tirqish 0,026-0,12 mm, shatun bo'yni bilan vkladish orasidagi me'yoriy tirqish esa 0,026-0,11 mm oralig'ida bo'ladi.

18-rasm. Porshen halqasi va ariqchasi orasidagi tirqishni tekshirish shakli
19-rasm. Porshen halqasini tutashish joyidagi tirqish o'lchamini aniqlash:
I-shup; 2-silindr ichki yuzasi; 3- porshen halqasi

.

8-mavzu: Krivoship shatun mexanizmini ta’mirlash.


Reja:
Maxovik, shatunga texnik xizmat ko’rsatish.
2. Slindrlar, tirsakli valga texnik xizmat ko’rsatish.
3.Porshen, porshen halqalari va barmog’iga texnik xizmat ko’rsatish

KShM joriy ta'mirlash. Dvigatelni joriy ta'mirlashdagi eng asosiy va muhim ishlar quyidagilardan iborat: porshen halqalari, porshenlar, porshen barmoqlari, o'zak va shatun bo'ynidagi vkladishlar (ta'mirlash o'lchamlariga moslab), blok qistirmasini almashtirish, klapanning egarini silliqlash, so'ngra maxsus aralashma bilan artish, maxsus eritmalar bilan moy yo'llarini yuvish va tozalash, reduksion klapanni tozalash yoki almashtirish va boshqalardir.


Silindr bloki gilzalarini almashtirish ishlari uning pastki va yuqori qo'nim o'lchamlarining yeyilishi, darz ketishi, chuqurchalar hosil bo'lishi natijasida bajariladi. Shu bilan birga, hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan ko'pgina yengil avtomobillaming gilzalari silindr bloki bilan birgalikda quyma tarzida bo'ladi. Gilzalaming yeyilishi natijasida, o'lchamlar me'yoriy ko'rsatgichlardan farq qilib qoladi, shu bilan birga yeyilish gilza diametri bo'yicha notekis bo'ladi, bu holda ular mexanik ta'sir ko'rsatish yo'li (rastochka) bilan keyingi o'lchamlarga keltiriladi hamda porshen va halqalari gilzaning yangi o'lcham gunihiga mos keluvchilari tanlab olinib o'rnatiladi.Gilzani silindr blokidan yechib olish juda og'ir ish hisoblanib, u pastki qismidan yuqoriga tortib chiqaruvchi maxsus yechgich yordamida siqib chiqariladi. Gilzalarni boshqa usullar bilan chiqarish, silindrlar blokidagi qo'nim teshigi va gilzalarning shikastlanishiga olib keladi Iirsakli val podshipniklaridagi tirqish nazorat qiluvchi jez plastinkalari yordamida aniqlanadi . Moylangan plastinka ichquyma va val bo'yni or.tsiga qo'yiladi hamda qopqoq boltlari dinamometrik kalit yordamida har bii dvigatel uchun belgilangan me'yoriy burovchi moment bilan tortiladi. («/II 130» dvigatelida tayanch podshipniklari 110-130 Nm, shatun podshipniklari 70-80 Nm). Agar 0,025 mm li plastinka qo'yilganda tirsakli val juda bo'sh aylansa, bu — tirqishning katta ekanligini ko'rsatadi. U hokla, tirsakli val bo'yni orasiga har biri 0,025 mmga qalinroq bo'lgan moylangan plastinkalar qo'yib borilib tirsakli val his qilinadigan kuch bilan aylanadigan bo'lguncha davom ettiriladi va plastinkaning qalinligiga qanib kerakli o'ichamdagi vkladishlar tanlanadi.
irsakli val bo'yinlarining holati tekshirilgach (yuzada yeyilish va timalish i/lari bo'lmasligi kerak), tanlangan vkladishlar yuviladi, artiladi va motor moyi bilan moylanib joyiga o'rnatiladi.
Tirsakli valningo'q bo'yicha siljishini sozlash ishlari ko'pgina dvigatellarda tayanch shaybalarini tanlash yo'li bilan amalga oshiriladi. «ZMZ-53» dvigatellarida orqa tayanch shaybasi va tirsakli val orasidagi tirqish 0,075­
175 mm, «ZIL-130» dvigatellarida esa 0,075-0,245 mm ni tashkil etadi.
YAMZ» va «VAZ» dvigatellarida esa siljish (0,08-0,23 mm) yarim shaybalar yordamida sozlanadi. Ekspluatatsiya jarayonida o'q bo'yicha siljish kattalashib lionidi shuning uchun JT da shayba va yarim shaybalaming qalinligi keyingi
mu lash o'lchamdagisidan foydalaniladi.
Illok kallagining asosiy nosozliklariga blok oilan birlashuvchi yuza qatlamidagi

21-rasm. O'zak podship- ■niklarining diametral tirqishini tekshirish:
1 -podshipnik qopqog'i, 2- nazorat plastinkasi
20-rasm. Porshen yig'masini silindrga o'rnatish:
1-silindr blokidagi gilza; 2- moslama; 3-porshenning shatun va halqalar bilan birgalikdagi yigmasi

Keyin kallak elektropech yordamida 200°C gacha qizdiriladi, undan so'ng yoriq temir cho'tka bilan tozalanadi va payvandlanadi. Sovutish ko'ylagi yuzasida uzunligi 150 mm gacha bo'lgan yoriqlar epoksid yelimi yordamida yelimlanadi. Yelimlashdan awal yoriqqa xuddi payvandlashdan awalgidek ishlov beriladi, atseton bilan moysizlantiriladi, ikki qatlam alyuminiy kukunlari aralashtirilgan epoksid yelimi surtiladi va 18-20°C haroratda 48 soat bostirib qo'yiladi.


Kallakni silindrlar bloki bilan tutashish joyidagi o'yilish va chuqurliklami frezalab yoki silliqlab ta'mirlanadi. Ishlov berilgan kallak nazorat plitasida tekshiriladi. Bunda 0,15 mm li shup plita va kallak orasidan o'tmasligi kerak.
Yo'naltiruvchi vtulkalarning teshigi yedirilgan bo'Isa, yangisiga almashtiriladi. Almashtirishda gidravlik press va maxsus moslama ishlatiladi. Klapan faskalarining yeyilishi va o'yilishi tozalash yoki silliqlash yo'li bilan bartaraf qilinadi. Tozalash ishlari uchiga klapanni o'ziga majburan tortib turadigan «so'rg'ich» o'rnatilgan pnevmatik drel yordamida bajariladi. Klapanlarni tozalashda tozalash pastalaridan (15 g M20 yoki M12 elektrokorund kukuni, 15 g M40 bor karbidi va motor moyi aralashmasi) va GOI pastasidan foydalaniladi. Tozalangan klapan va uning egarida aylana bo'ylab a>l,5 mm kenglikda xira iz hosil bo'ladi .
Tozalangan yuza sifatini klapanning yuqori qismida bosim hosil qiluvchi asbob yordamida ham tekshirish mumkin (62-rasm). 0,07 MPa ga yetgan bosim 1 daqiqa ichida sezilarli darajada tushib ketmasligi kerak.

22-rasm. Tozalangan klapan yuzalari
23-rasm. Klapanni tozalash sifatini tekshirish

Aji.n klapan egarlarining faskasini tozalash yo'li bilan tiklab bo'lmasa, vii/ii yo'nish yo'li bilan ta'mirlanadi. Yo'nish 15, 30, 45, 75° li yo'nuvchi ы1< ihl.ii yordamida bajariladi (63-rasm). 30° li asbob kirituvchi klapan egarlari in Inin 45 li asbob chiqaruvchi klapan egarlari uchun mo'ljallangan. ^ и ni .lui.ш so'ng faska silliqlanadi va tozalanadi.

.

9-Mavzu: Gaz taqsimlash mexanizmining nosozliklari.


Reja:
1.Gaz taqsimlash mexanizmining umumiy nosozliklari.
2.Klapanlari yuqorida joylashgan gaz taqsimlash mexanizmidagi nosozliklar.
3.Klapanlar pastda joylashgan mexanizm qismlari va o‘zaro ta’sirlanishi.

Dvigatel ish jarayonining buzilishi gaz taqsimlash mexanizmida klapanlarning uyaga zich o’tirmasligi va taqsimlagich valining o’qiy siljishining ko’payishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Klapanlarning uyaga zich o’rnatilishini buzilish sabablari klapanlar o’zagi ichi bilan koromislo orasidagi tirqishning o’zgarishi; klapanlar o’zagining yo’naltiruvchi vtulkasiga siqilib qolishi; klapanlar belchalarida va uya egarlarida qurum hosil bo’lishi yoki buzilishlar; klapan prujinalari elastikligining yo’qotilishi yoki sinishidir.


Klapan o’zaklari bilan koromislo mushtumi orasidagi tirqish qiymatining ko’payishida klapan mexanizmida taqillashlar paydo bo’ladi, slindrlarni aralashma yoki havo bilan to’ldirish va ularni ishlatilgan gazlardan tozalash yomonlahsadi. Tirqishlarning kamayishida, klapan o’zaklarining yo’naltiruvchi vtulkada tiqilib qolishida, klapanlar kallagining belchasida va ularning uyasida qurum yoki buzilishlar bo’lganda, prujinaning elastikligi yuqolganda yoki singanda dvigatelning slindrlarida kompressiya yomonlashadi, kiritish va chiqarish quvur o’tkazgichlarida davriy ravishda taqillashlar paydo bo’ladi.
Bunday nosozliklar natijasida dvigatelning quvvati kamayadi va yoqilg’I sarfi ko’payadi.
Texnik xizmat ko’rsatish qoidasiga binoan slindrlar kallagining mahkamligini, koromislo o’qining tayanchlarini va gaz taqsimlash mexanizmining boshqa detallarini davriy ravishda tekshirish va tortib turish, dekompressiya mexanizmida klapanlar o’zaklarining uchlari bilan koromislo mushtumi orasidagi tirqishlarni hamda taqsimlash valining o’qiy siljishini tekshirish va rostlab turish kerak.
Klapanlarning o’zak uchlari va koromislo mushtumi orasidagi tirqish, odatda, dvigatelning sovuq holatida rostlanadi. Klapanlardagi tirqishning belgilangan qiymatlardan chetga chiqishi dvigatel tejamkorligigga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ya’na bunda quvvat kamayadi, yoqilg’I sarfi esa oshadi. Undan tashqari gaz taqsimlash mexanizmining detallari ishdan chiqadi. Klapanlar tirqishining katta bo’lishi va ularning egarlarga zich o’tirmasligi klapan kallagi belchasi va egarining kiyishiga olib keladi. Tirqish katta bo’lganda klapan joylahsgan tomonga taqillashlar paydo bo’ladi.
Klapanlari yuqorida osma joylashgan dvigatellarda, bu tirqish quyida ketma-ketlik asosida rostlanadi:
Dekompressiya mexanizmining tortqichi bo’shatiladi va slindrlar kallagining qalpog’I olinadi.
Gaykali kalit bilan dekompressiya mexanizmi qo’shiladi.
Birinchi slindr porsheni YUCHNga o’rnatiladi. Buning uchun birinchi slindrning kiritish va chiqarish klapanlari yopiq holatiga kelgunga qadar dizelning tirsakli vali aylantiriladi. Keyin maxovik karteridan o’rnatuvchi shpilka burab chiqariladi va uning rezbasiz qismi bilan yana shu teshikka maxovik sirtiga taqalguncha tiqiladi. Shpilkani bosib turib, maxovik sirtidagi chuqurga tushguniga qadar tirsakli val asta-sekin aylantiriladi.
Dekompressiya mexanizmi ajratiladi va shu bilan birinchi slindrning ikklala klapanlarida klapan o’zak uchi va koromislo tayoqchasi orasidagi tirqish tekshiriladi. U 0,25….0,30 mm bo’lishi kerak.
Rostlash vintining kontrgaykasi bo’shatiladi. Undan keyin kontrgaykani kalit bilan tutib turtib vintni burab kiritiladi yoki burab chiqariladi.

10-Mavzu: Gaz taqsimlash mexanizmiga texnik xizmat ko‘rsatish.


Reja: .
1.Mexanizmdagi oraliq tirqishini rostlash (zazor).
2.Gaz taqsimlash fazalari va uning dvigatel ishiga ta’siri
3.Gidrokompensatorga texnik xizmat ko’rsatish
Silindr, silindr kallagi, shtanga va klapanlarning yuritma mexaniz- midagi boshqa detallar dvigatelni isishiga qarab 80 I50°C gacha, klapanlar esa 300^600°C gacha qiziydi. Bunda detallar orasidagi issiqlik tirqishi kamayadi, bu esa detallarni haroratli de- formatsiyalarida, kla- panlarni o‘z uyalariga zich o'tirishini kafolatla- maydi.




23-chizma. Gaz taqsimlash mexanizmlaridagi issiqlik tirqishni rostlash va shchup bilan tekshirish shakli:

a-rostlash vinti va klapan qalpog'i oraligini, 6-kulachok va
turtkich kirgizmasi oralig‘ini; d-klapan o zag'i va koromislo
tumshug i oralig‘ini. /-shchup; 2-rostlash vinti; J-klapan
qalpog’i; 4-anqcha; 5-kulachok; t^kirgizma; 7-lurtkich;
8-gayka; 9-orveitka. Л-yeyilishni e'tiborga olgandagi kir^izma
qalinligi; b-kirgizma qalinligi; fi-issqlik tirqishi.
Masalan, dvigatel ishlaganda, chiqansh kiapanida issiqlik tirqishi haddan ziyod kichik boisa, tarelka o‘ta qizib ketadi, unda yoriqlar paydo bo'ladi, klapan o'rindig'i yumshab, gaz- lar chiqib ketishi oqiba- tida uning yeyilishi tez- iashadi. Ikkinchi tomon- dan, agar issiqlik tirqishi zarur miqdordan katta bo'lsa, klapanlar ishla- shida kuchli taqillashlar paydo bo'ladi va gaz taqsimlash mexanizmi detallari jadallik bilan eyila boshlaydi. Ama- liyotda issiqlik tirqishi, odatda, po‘lat shchup yordami bilan 20 25°C
da aniqlanadi .
Agar klapan yuritmasining po‘lat detallari hamda ular o‘rnatilgan aluminiy detallar harorati ko'rsatilgandan farq qilsa, u holda tirqishga tuzatish kiritish lozim bo‘ladi, chunki detallarning harorati kamayganda o'lchangan tirqish kichik, harorat ortganda esa katta bo'ladi. Shu- ningdek, quyidagilarni ham e’tiborga olish zarur, tutashuvchi sirtlarning yeyilishi hisobiga ariqcha (4) hosil bo'ladi va u o'lchash jarayonida shchup ostida qoladi. Natijada haqiqiy tirqish shchup bilan o'lchangan tirqishdan katta bo'ladi . Shuning uchun yuritma richagini klapan bilan tutashadigan zonasidagi yo'lini o'lchash uchun indikatordan foydalangan ma’qul.
Issiqlik tirqishini va uning qiymatini rostlash lartibi har bir dvigatelni ishlatishga doir ko‘rsatmalarda beriladi. Misol uchun, КамАЗ-740 dvigatelining klapan mexanizmidagi issiqlik tirqishini rostlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Yonilg‘i berish ulanadi.
Silindrlar kallagining qopqog‘i yechib olinadi.
Silindrlar kallagini mahkamlash boltlari tekshiriladi, zarur bo'lsa tortib (qotirib) qo'yiladi.
Maxovik fiksatori pastki holatga o'rnatiladi (25.7-chizma, a).
Ilashma karteridagi darchaning qopqog'i bo'shatib olinadi.
Maxovikdagi teshikka uzun temir (lomcha) tiqiladi va fiksator (25.7-chizma, a) maxovik bilan ilashgunga qadar tirsakli val aylantiriladi.
Purkashni ilgarilatish muftasi korpusining (I) tores qismidagi hamda yuqori bosimli yonilg'i nasosi yuritmasining yetaklovchi yarim muftasi (2) flanesidagi chiziqlar holati tekshirib koTiladi (25.7-chiz­ma, b).

34 - rasm. Taqsimlash valining o'qiy siljishini cheklovchi qurilma:
a—SMD-14 dvigateliniki; b—24D dvigateliniki; 1—taqsimlagich valining oldingi vtulkasi; 2—taqsimlagich vali; 3—taqsimlagich valining tirak burti;
4—flanes; 5—13 boltlar; 6—tirak vintining tovon tagligi; 7—tirak vinti; , 8—kontrgayka; 9—karter shesternyalari qopqog'i; 10—o'rnatish shtifti; 11—taqsimlagich vali shesternyasi; 12—tirak qistirma; 14—kergi halqa; 15—taqsimlagich valining tayanch bo'yini; 16—blok-karter;
17—taqsimlagich shesternyasi gupchagi.
Vint (13) kontrgayka (12) bilan mahkamlab qotiriladi va tirqish yangidan tekshiriladi. Shanga (14) ni uz uqi atrofida burab uning erkin aylanishiga amin bulgan holda tirqish yangidan tekshiriladi. Birinchi slindr klapanlarini rostlashni tugallab , shpilkani sug’urib olinadi va uni maxovik karteridagi rezbali teshikka burab kirgiziladi.
Undan keyin birinchi slindr dekompressiya mexanizmi rostlanadi. Vint (6) ning uqi vertical holatga kelgunga qadar valik (1)

ni (24-e rasm ) va kontrgayka (7) ni bushatiladi. Klapan uzak uchi bilan koromislo mushtumi orasidagi tirqish 0,25-0,30 mm bulgunga qadar vint (6) ni burab kiritiladi yoki chiqariladi. Keyin vint bir aylanganda qaytariladi va kontrgayka (7) qaytariladi. Undan keyin dizelning boshqa slindrlari klapanlarining tirqishlari tekshiriladi hamda rostlanadi. Tirsakli valni birinchi yarim aylanagan burab, uchinchi slindr klapanlarining tirqishlari rostlanadi va h.k.
ZIL-130 karbyuratorli dvigatel klapanlarining tirqishlarini rostlash
ZIL-130 karbyuratorli dvigatel klapanlarining tirqishlari quyidagicha
rostlanadi. Dvigatel tirsakli vali dastak (1) (4.9- rasm) bilan YUCHN
ko'rsatkichi (5) dagi belgi shkiv (3) dagi teshik (4) ka mos kelgunga
qadar aylantiriladi. Bunda birinchi silindr porsheni siqish taktida YUCHN
da turgan bo'ladi. A-41 dvigatelining klapanlar tirqishini tekshirishdagi
usul bilan birinchi, to'rtinchi va beshinchi silindrlarning kiritish klapanlari
tirqishlari va birinchi, yettinchi hamda sakkizinchi silindrlar chiqarish
klapanlari tirqishlari tekshiriladi va rostlanadi. So'ngra valni 180°
burchakka burab, silindrlarning ikkinchi chiqarish va beshinchi kiritish
klapanlari tirqishlari rostlanadi. Valni yana 180° ga burab uchinchi,
oltinchi va yettinchi silindrlarning chiqarish klapanlari va ikkinchi,
to'rtinchi, oltinchi silindrlar kiritish klapanlarining tirqishlari tekshiriladi
hamda rostlanadi. Yana valni 180° ga burab, qolgan ikki klapan tirqishlari
rostlanadi. ,

25- rasm. ZIL-130 dvigatelidagi birinchi silindr porshenini siqish taktining YUCHN da turish holatiga keltirish:
1—yurgizish dastasi; 2—xrapovik; 3—tirsakli valdagi shkiv; 4—teshik (belgi); 5—o't oldirishni o'rnatish ko'rsatkichi.



Download 2.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling