Reja Fon-Neyman biografiya Ser qirra dahoning bu sohaga qo`shgan hissalari Dastlabki fon Neyman-arxitektura kompyuterlari Neyman haqida qiziq malumotlar Tayanch atamalar


Download 370.5 Kb.
bet1/4
Sana11.02.2023
Hajmi370.5 Kb.
#1190288
  1   2   3   4
Bog'liq
Norboyev Firdavs (kompyuterni tashkil etish)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

"Kompyuter injiniring" fakulteti


"Kompyuter tizimlari" kafedrasi
"Kompyuterni tashkil etilishi” fanidan



Mavzu: Fon-Neyman klasifikasiyasi


Bajardi: DI-20-11 guruh talabasi:
Norboyev Firdavs
Qabul qildi: Sobirov R.A
SAMARQAND – 2021


Mavzu: Fon-Neyman klasifikasiyasi
Reja

  1. Fon-Neyman biografiya

  2. Ser qirra dahoning bu sohaga qo`shgan hissalari

  3. Dastlabki fon Neyman-arxitektura kompyuterlari

  4. Neyman haqida qiziq malumotlar



Tayanch atamalar: Fon-Neyman, Manxetten loyihasi,
ENIAK
Fon-Neyman biografiyasi
Yanosh Layosh Neyman - bu Jon fon Neymanning asl ismi-sharifidir. Yanosh Neyman 1903-yilning 28-dekabrida Budapeshtda tug‘ilgan. Uning otasi Miksa Neyman bankir, onasi Margaret Kann esa yirik boy tijoratchining qizi bo‘lgan. Yanosh (uni erkalatib Yanchi deb chaqirishgan) Neyman juda iqtidorli bo‘lib, bolaligidan boshlab matematikaga jiddiy qiziqqanligiga qaramay, otasi uni kimyogar bo‘lishini istagan ekan. U 6 yoshligidayoq hatto sakkiz xonalik sonlarni ham qog‘oz-qalam ishlatmasdan, bemalol dilda qo‘shib, ayrib, ko‘paytish va bo‘lish amallarini bajara olgan ekan. 8 yoshida esa u matematik analizga oid masalalarni mustaqil hal qila olgan. 1911-yilda u lyuteran gimnaziyasiga o‘qishga kiradi. 1913-yilda uning otasi zodagonlik maqomini oladi va endilikda qahramonimiz ham, Avstro-Vengriya Imperiyasi an'analariga muvofiq ravishda, o‘zining asl Yanosh Neyman ismini zodagonlik maqomiga moslab Yanosh fon Neyman shakliga o‘zgartiradi.
Otasining talabi bilan fon Neyman Shveysariyadagi Syurix universitetida kimyo muhandisligi sohasini o‘zlashtirishga kirishadi. Ota Neyman shunchaki matematikaning o‘zi hayotda to‘q yashash uchun yetarli bo‘lmaydi deb hisoblagan va o‘g‘lining o‘sha zamonlarda istiqbolli sanalgan soha - kimyo texnologiyalarni o‘zlashtirishini istagan. Lekin Yanosh fon Neyman matematikaga bo‘lgan qiziqishni ham tashlab yubormaydi. U kimyo yo‘nalishida tahsil olar ekan, matematikani mustaqil o‘rgana boshlaydi va 1926-yilda Budapesht universitetida matematikadan fan doktori darajasini qo‘lga kiritadi. 1927-yilda olim Germaniyaning Gyottingen universitetiga, mashhur matematik David Gilbertning ilmiy maktabiga yo‘l oladi. Fon Neyman o‘zining nazariy fizikaga oid eng muhim ilmiy ishlarini aynan Gyottingenda yuritgan va e'lon qilgan. Yanosh Fon Neymanning Germaniyada yashagan davrlaridagi ilmiy ishlarida uning ismi nemischaga moslanib Yoxann Neyman tarzida qayd etiladi. Fon Neymanning ota avlodi kelib chiqishiga ko‘ra yahudiy millatiga mansub bo‘lgan. 1930-yillarga kelib Germaniyada hukumat tepasiga fashistlar kela boshlagach, mamlakatda antisemitizm illati kurtak yoza boshladi. Bu orada fon Neyman ancha obro‘-e'tibor orttirgan olim bo‘lib tanilib ulgurgan edi va uni 1930-yilda AQSHga Prinston universitetida yangi tashkil qilinayotgan Istiqbolli Tadqiqotlar Institutiga taklif etiladi. Bu uning uchun ayni muddao edi. Fon Neyman 1930-yilda Prinstonga ko‘chib o‘tadi va avvaliga ushbu universitetda o‘qituvchilik qiladi. 1933-yildan boshlab u Istiqbolli Tadqiqotlar Institutida ishlay boshlaydi. Olim ushbu institutning eng yosh ilmiy xodimi bo‘lgan va umrining oxirigacha aynan shu institutda mehnat qilgan.
Amerikaga ko‘chib o‘tgach, Yanosh fon Neymanning ismi asta sekinlik bilan Jon shaklida talaffuz qilina boshladi (olimning ismi pasportida Janosh yozilgan. Shundan avvaliga Jan keyinroq Jon shakliga o‘tgan). 1937-yilga kelib fon Neyman AQSH fuqaroligini qabul qildi. U asl qoni vengr millatiga mansub ekanligini unutmasdi. Fon Neyman oila qurish uchun turmush o‘rtog‘ini albatta vengr millatiga mansub bo‘lishi kerak degan fikrga ega bo‘lgan. U ikki marotaba uylangan va har ikki safar AQSHga Vengriyadan muhojirlikka kelgan vengr qizlari bilan turmush qurgan. Fon Neymanning har ikki turmushidan bittadan qiz farzandi bo‘lgan

Download 370.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling