Terapiyada hamshiralik ishi


Download 26.42 Kb.
bet1/8
Sana22.06.2023
Hajmi26.42 Kb.
#1647006
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Asab kasalligi


Terapiyada hamshiralik ishi “ kafedrasi
O’qituvchi : Ataboyev.J
Migren kasalligi etiologiyasi,potogrenezi, klasifikasiyasi, davosi, profilaktikasi


Migren oʻzi nima va u qanchalik darajada xavfli?
Xalq orasida migren kasalligini – aristokratlar kasalligi deb aytiladi, yaʼni kuda koʻp boʻsh vaqti boʻlgan insonlarda koʻp kuzatiladi, degan fikr mavjud. Aksincha, doimo ish faoliyati bilan shugʻullnuvchi insonlarda esa migren kasalligi hech qachon kuzatilmaydi. Ammo, bu fikr nisbiydir.
Migren ba’zi bemorlarda balog‘atga yetish davridan boshlanadi. Kasallik xuruji odatda asabiylashish yoki o‘ta charchash oqibatida yuz beradi. Xurujning tutush muddati, sababi, og‘ir-yengilligi yosh o‘tishi bilan o‘zgara boradi. Bu holatning qaysi tarafga o‘zgarishi bemorning turmush tarziga, dam olish rejimiga, to‘g‘ri ovqatalishiga, mehnat sharoitiga bog‘liq.
Migren belgilari
Migren – boshning barcha sohasidagi ogʻriqlar bilan namoyon boʻladigan patologik holat. Ammo, inson charchagan vaqtida yoki gipertoniya natijasida kelib chiqadigan bosh ogʻriqlari migrenda kuzatiladigan ogʻriqdan ancha farq qiladi.
Ogʻriq lokalizatsiyasi. Ogʻriq joylashuvi kasallikning nomini aks ettirib turadi: migren – fransuz tilidan olingan boʻlib (gemikraniya) – boshning yarim qismi degan maʼnoni anglatadi. Migrenda kuzatiladigan ogʻriq odatda boshning bir yarim sharida yoki uning maʼlum bir sohasida seziladi. Qadimiy yunon tibbiyotida migren kasalligi – “boshning ikkiga boʻlinishi” deb yuritiladi, bu ham haqiqatdan yiroq emas.
Ogʻriq xarakteri. Migrenda ogʻriq doimiy pulsatsiyali (loʻqillovchi) xarakterga ega boʻladi. Koʻpchilik bemorlar migrenda kuzatiladigan ogʻriqni tish ogʻrigʻida seziladigan ogʻriq kabi boʻladi deb taʼkidlaydilar.
Ogʻriq kuchi. Migren xuruji insonni mehnat faoliyatini pasaytirib yuboradi, inson foydali ish darajasi tushib ketadi. Bu holat yorugʻlik yoki shovqindan qoʻrqish bilan birga kechishi mumkin, yaʼni kuchli yorugʻlik va baland shovqin bosh ogʻrigʻini kuchaytirib yuboradi.

Download 26.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling