Reja Generator kuchlanishini sozlash


Download 375.4 Kb.
bet1/9
Sana25.10.2023
Hajmi375.4 Kb.
#1720132
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu regulyator


3-mavzu. Generator kuchlanishini avtomatik rostlash.
Reja
1. Generator kuchlanishini sozlash;
2. Generator qurilmalarining sxemalari
Bayoni
Generator kuchlanishini sozlash.
Demak, yuqorida aytilganlardan ma’lum bo’ldiki generator kuchlanishini ma’lum chegarada ushlab turish talab qilinar ekan. Bu vazifani uyg’otish chulg’amiga ulangan kuchlanish regulyatori bajarar ekan. Endi bu jarayon qanday borishini batafsil ko’rib chiqamiz.
To’g’rilash bloki o’zida o’rnatilgan o’zgaruvchi tok generatori kuchlanishi Ug ni quyidagicha ifodalaymiz:
Ug =Eg - Uo -ZIg = CnF - Uo - ZIg;
Bu yerda, Eg =SnF-generator E.Yu.К.; C-generatorning doimiylik koeffisienti; n - rotorning aylanish chastotasi; F-magnit oqimi; Uo- to’g’rilash moslamasidagi kuchlanish kamayishi; Z-stator chulg’amining to’liq qarshiligi; Ig-generator toki (to’g’rilangan tokning o’rtacha qiymati).
Rotor qutblarining qoldiq magnit oqimini hisobga olmaganda generator magnit oqimini quyidagicha ifodalash mumkin:
F=Iv (a+vIv );
bu erda Iv-uyg’otish toki; a va v- generator konstruksiyasi va magnit materialiga bog’liq doimiylik koeffisienti.
Oxirgi ifodani yuqoridagi formulaga qo’ysak:
Ug = CnIv(a+vIv)-Uo-ZIg;
Bu tenglamadan ko’rinayaptiki, generator kuchlanishining doimiyligi, yuklanish va aylanish chastotasi o’zgarib turganda, uyg’otish tokini shunga mos ravishda o’zgartirib turish orqali erishiladi.Aylanish chastotasi ortganda uyg’otish toki kamayishi, yuklanish ortganda uyg’otish ham ortishi kerak (2.7-rasm).




Download 375.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling