Reja: Rekreatsion faoliyat tushunchasi


Download 204.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana05.05.2023
Hajmi204.15 Kb.
#1431541
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 - Ma\'ruza mashg\'uloti



2-MAVZU: (2 soat) REKREATSION FAOLIYATNING KLASSIFIKATSIYASI. 
O’ZBEKISTONDA REKREASIYA RESURSLARNING RIVOJLANISHI.
 
REJA: 
1. Rekreatsion faoliyat tushunchasi 
2. Rekreatsion faoliyat tarkibi va tasnifi 
3. Rekreatsion hududlarning asosiy tiplari 
4. Rekreatsion hududlarning asosiy turlari. 
5. 
O’zbekistonda rekreasiya resurslarning rivojlanishi.
 
 
 
Tayanch tushuncha va iboralar: Rekreatsion faoliyattasnifi, rekreatsion mashg’ulot, bo’sh vaqt. 
 
Rekreatsion faoliyatning tarkibiy xususiyatlari tasnifi 
Biz rekreatsion geografiyani insonning bo’sh vaqtini ko’ngilli, mazmunli o’tkazishi va dam 
olishi haqidagi fan sifatida tasavvur qilamiz. Odatda, insonning bo’sh vaqtini tashkil qilish ish vaqti yoki 
kundalik belgilangan mashg’ulotini tashkil etishdan ham murakkab jarayon. Chunki, inson ishlashi yoki 
mehnat qilishi davomida o’ziga tegishli vazifani bajaradi, ya’ni biror lavozim yoki vazifani u aniq 
tasavvur qiladi. Nimagaki, u yoki bu kasbda mehnat qilish uchun inson uzoq vaqt nimanidir o’rganadi, 
malaka yoki ko’nikma orttiradi. Bir so’z bilan aytganda, biror kasbga ixtisoslashadi.
Aholining rekreatsion faoliyatini boshqarish yoki tartibga solish uchun soha mutaxassislari 
xuddi shu ixtisoslashishni ta’minlashlari zarur. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu jarayon iqtisodiy
tabiiy, madaniy, tibbiy, psixologik omillar bilan bog’liqligicha qolaveradi. Ayniqsa, asrlar davomida 
orzuga aylangan va nihoyat endigina o’z mustaqilligiga erishgan davlatlarda milliylik (mentalitet) 
muhim tamoyil sifatida qadrlanadi. Shu bois, chetdan kirib keladigan har qanday uqtiruvlarni to’g’ridan 
to’g’ri qabul qilib bo’lmaydi.
Shunday ekan, rekreatsion faoliyat ham o’z xususiyatlariga ko’ra, turli mamlakatlarda turlicha 
bo’lishi mumkin. Chunki, bo’sh vaqtni qanday tashkil qilishi turli mamlakatlarda turlicha kechadi.
Bo’sh vaqtni ikkita asosiy vazifani bajaradi: 1) ishdan ajralmagan holda insonning o’z jismoniy 
quvvatini tiklashi; 2) insonning ruhiy quvvatining tiklanishi. Insonning ruhiy va jismoniy quvvatining 
tiklanishi esa, yaxshi ovqatlanish, uyqu, harakat orqali qanoatlantiriladi. 
Rekreatsion faoliyatning turli shakllari mavjud. Ular cho’milish, piyoda yurish, meva terish
yodgorlik yoki ziyoratgohlarga borish, muzey yoki yarmarkalarni tomosha qilish va boshqalar. Bu kabi 
rekreatsion faoliyat dam oluvchining ixtiyoriga ko’ra amalga oshadi. 

Download 204.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling