Reja: Yuqori mustahkamli beton tayyorlash uchun materiallar


Download 0.61 Mb.
bet1/7
Sana21.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1793049
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-ma\'ruza


3 Ma’ruza Yuqori mustahkam beton. Yuqori mustahkamli beton tayyorlash uchun materiallar. Yuqori mustahkamli betonning tarkibini hisoblash.


Reja:
1.Yuqori mustahkamli beton tayyorlash uchun materiallar.
2.Yuqori mustahkamli betonning tarkibini hisoblash.

So'nggi yillarda barcha sanoatlashgan mamlakatlarda yuqori mustahkamli va yuqori sifatli siqilishga bo’lgan mustahkamligi 60MPa dan yuqori bo’lgan beton ishlab chiqarish va qo'llash kengaymoqda, bu esa mustahkamligi 20...40 MPa bo’lgan oddiy betondan tayyorlangan konstruksiyalarga nisbatan materiallar sarfini sezilarli darajada kamaytirish va bino va inshootlar konstruksiyalarning chidamliligini oshirish imkonini beradi.


So'nggi o'n yil konstruktsiyalarda betonning mustahkamliginii 130 ... 150 MPa gacha oshirish alohida urin tutadi.
Oddiy va yuqori mustahkamli beton o'rtasidagi chegarani belgilashda ikkita qarashlar mavjud. Birinchi qarashga ko'ra, betonning mustahkamlik chegarasi unga ishlatiladigan sementning mustahkamlik chegarasidan katta bo'lganda yuqori mustahkamli betonlar deb nomlanishi kerak (Rb > Rs ≥ 1), ikkinchi qarashga ko'ra, - mustahkamlik chegarasi amaldagi me'yoriy hujjatlarda qabul qilinganlardan yuqori bo’lgan betonlar.
Hozirgi vaqtda betonlarning siqilishgagi mustahkamligi 50...100 MPa va egilishdagi mustahkamligi 5,5MPa bo’lganda yuqori mustahkamli, siqilishgagi mustahkamli 100MPa dan yuqori bo’lganda uta yuqori mustahkam betonlar qatoriga kiradi.
Yuqori mustahkamli betonlar oddiy betonlarga qaraganda, qotish tezligining oshishiga, nisbatan qisqa vaqt ichida mustahkamlikka ega bo'ladi, bu esa zavodda bunday betonlardan tayyorlangan mahsulotlarga issiqlik va namlik bilan ishlov berish muddatini qisqartirishga imkon beradi va ba'zi hollarda issiqlik bilan ishlov berishdan voz kechiladi.
Yuqori mustahkamli beton oddiyi betonga qaraganda tezroq qotish darajasiga ega. Issiq va nam ishlov berish talab qilinmaydi. Uning siqilishdagi mustahkamli 50 MPa dan yuqori. Qurilishda u yuqori mustahkamli armatura bilan birgalikda qo'llaniladi.
Yuqori mustahkamli betonni tayyorlash oson va uning mustahkamligi kichik binolarni tezroq qurish imkonini beradi. Ko'pincha yuqori mustahkamli beton ko'p qavatli binolarni, atom elektr stantsiyalarini qurishda, ulkan va katta ko'priklarni, shuningdek gidroelektr stantsiyalarini qurishda ishlatiladi. Ba'zan u yo'l qurilishi uchun ham ishlatiladi.
Yuqori mustaxkamlikka erishish uchun alohida zich va mustaxkam beton tuzilishini ta'minlash talab qilinadi. Ushbu maqsadga erishish uchun beton tuzilishining shakllanishida quyidagi shartlar bajarilishi lozim:

  • yuqori mustaxkam sement va to‘ldiruvchilardan foydalanish, kompozit bog’lovchilardan foydalanish ayniqsa samaralidir;

  • strukturaning yuqori zichligini ta'minlaydigan , sement-suv nisbati mumkin qadar kam bo‘lishini ta'minlash;

  • materialning uta zich tuzilishini olishga imkon beruvchi, qattiq fazaning turli tarkibiy qismlar nisbatini to'g'ri tanlanishi;

  • betondagi govaklik va bo'shliqni ishonchli to'ldirishni ta'minlashda sement sarfi ruxsat etilganidan ko‘proq bo‘lishi;

  • zich tuzilish xosil qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan superplastifikatorlar va kompleks qo‘shilmalarni qo‘llash;

  • beton konstruktsiyasining zichligini oshirishga va uning tuzilishi shakllanishini boshqarishga yordam beradigan superplastifikatorlar va kompleks qo'shimchalardan foydalanish;

  • o'ta mayda mineral to’ldirgichlardan foydalanish;

  • beton qorishmasini maxsus uskunalar yordamida juda sifatli zichlash;

  • betonning qotishi davrida eng yaxshi sharoit yaratish va qarov o‘tkazish.

An'anaviy (umumiy qurilish) betonlarning o'rniga yuqori mustahkamli betonlardan foydalanish ishlab chiqarilayotgan konstruktsiyalar massasini 25...40% ga kamaytirishi, po’lat armatura sarfini 12...15% ga qisqartirishi, shuningdek, mehnat sarfini. va qurilishning umumiy qiymatini kamaytirishi mumkin va umuman olganda temir-beton buyumlar va konstruksiyalarning og'irligi va materiallar sarfini kamaytiradi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling