S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov


Yuk ortish va yuk tushurish bo‘yicha hisobot


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana10.04.2020
Hajmi1.76 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

Yuk ortish va yuk tushurish bo‘yicha hisobot. Yuk ortish to‘g‘ri-
sida vagonlarning raqamli hisobi GU-3 shakl Qaydnoma, Vagon varaq-lari, 
yuk topshirish ro‘yxatlari va boshqa dastlabki hujjatlar asosida har bir, yuk 
ortish va yuk tushurish bo‘yicha quyidagi Hisobotlar tuziladi:  
−  vagonlar turi bo‘yicha yuk tashish ishi to‘g‘risida hisobot , GO-1 shakl; 
−  yuklar nomi bo‘yicha yuk ortish to‘g‘risida hisobot, GO-2 shakl;  
−  manzil temir yo‘llari bo‘yicha yuk ortish to‘g‘risida hisobot, GO-3 
shakl;  
−  sutkaviy GO-4 shakldagi va kalendar oy bo‘yicha GO-6 shakldagi 
eksport yuklarni ortish to‘g‘risida hisobot.  
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning “Ma’lumot hisoblash markaz 
IVS” va Mintaqaviy temir yo‘l uzellari “ Ma’lumot hisoblash 
bo‘limlari”da, yuk ortilgan vagonlarning raqamli hisobi GU-3 shakl 
Qaydnomalari va ularga ilova qilingan boshqa hujjatlar asosida barcha 
bekat va uzellar hamda umuman temir yo‘l bo‘yicha, quyidagi sutkaviy va 
kalendar oylik Hisobotlar tuziladi:  
−  GO-10 shakl, yuklar nomi bo‘yicha vagonlarga yuk “Ortish” 
to‘g‘risida hisobot;  
−  GO-10a. shakl, yuklar nomi bo‘yicha vagonlarga yuk “Ortish”  va 
vagonning yuk ko‘tarish quvvatidan foydalanish to‘g‘risida hisobot. 
Marshrutizatsiya hisobi. Yuklar marshrutizatsiyasi bu, belgilangan 
yo‘nalishdagi yo‘lda, yuk tashishni anglatadi. Bekatlarda jo‘natmali va 
zinapoyali yo‘nalishdagi yo‘l bo‘yicha yuklarni ortish rejasi bajarilishi 
hisobi Maxsus kitobida olib boriladi.  
“Jo‘natmali va zinapoyali marshrut bo‘yicha yuk ortishni hisobga 
olish Maxsus kitobi”da, bekatlarda har bir jo‘natilgan yo‘nalish yo‘li 
bo‘yicha, quyidagilar qayd qilib boriladi: manzil bekati va temir yo‘li; 
bosib o‘tgan masofa uzunligi; marshrut guruhlarining zinapoyali marshruti 
uchun ortish bekatlari va ulardagi vagonlar soni; yuk turi; haqiqatdagi va 
norma bo‘yicha massasi; vagonlarning haqiqatdagi va norma bo‘yicha 
soni; marshrutdagi yuk ortish va jo‘natish vaqti. 
Jo‘natmali va zinapoyali marshrut to‘g‘risidagi statistik Hisobotda 
quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlanadi: belgilangan yo‘nalish yo‘li bo‘yicha 
marshrutlar soni – bitta bekatga tushirish va alohida aylantirib borish-dagi 
soni; jo‘natilgan marshrutlarning umumiy soni, jo‘natmali va zina-poyali 
hamda bosib o‘tgan masofa uzunligi bo‘yicha turlarga bo‘lib; bel-gilangan 
bo‘yicha marshrutlangan vagonlar soni; yuk jo‘natuvchilar va alohida 
temir yo‘l aybi bilan uzilgan marshrutlar soni; manzilga yetib borgan 
41

marshrutlar soni. Bunday ko‘rsatkichlar tizimi, nafaqat belgilan-gan 
topshiriq bajarilish darajasini baholashga, balki marshrutizatsiya sifatini 
tahlil qilish, uni takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishga 
sharoit yaratadi. 
Tayanch iboralar: tashish jarayoni; vagon o‘lchov birligi; hisob mo-
menti; qayd etiladigan belgilar; hisob hujjatlari; ortish; hisobotlar; marsh-
rutizatsiya hisobi; nomenklatura; marshrutlar soni; yuk jo‘natuvchilar. 
 
3.4. Yuk tashish hisobini uyushtirish 
 
Kuzatuv obyekti. Yuk tashish statistikasida kuzatuv obyekti bo‘lib, 
huquqiy kuchga ega bo‘lgan Yuk xati hujjati asosida, tashiladigan jami 
tovar-moddiy boyliklar xizmat qiladi.  
Kuzatuv birligi – jo‘natma kuzatuv birligi bo‘lib xizmat qiladi. 
Jo‘natma – bitta jo‘natuvchidan bitta oluvchi manziliga yetkazib berish 
uchun qabul qilingan va alohida yuk hujjati bilan rasmiylashtirilgan, yuk 
to‘plamidan iborat. Har bir yuk jo‘natmasi bo‘yicha, yuk tashish 
to‘g‘risidagi Hisobotga muvofiq, quyidagi xislatlar qayd qilinadi: yuk 
jo‘natish va yuk yetib kelish sanasi, vaqti; tashish kategoriya(daraja)si; 
jo‘natma kategoriya(daraja)si; yetib borish tezligi; jo‘natish va manzil 
bekati va temir yo‘li; yo‘nalish turi; yurish yo‘li; tashish masofasi; yuk 
turi; yuk massasi; tashish haqi summasi. 
Yuk jo‘natuvchi bekat – yukni qabul qilgan va uni umumiy 
foydalanuvdagi temir yo‘l izida tashish uchun rasmiylashtirgan bekat.  
Manzil bekat – yukni bevosita yuk oluvchiga bergan yoki umumiy 
foydalanuvdagi temir yo‘l izidan , yukni topshirgan bekat.  
Jo‘natish va manzil temir yo‘li – mos tarzda ularda joylashgan jo‘natish 
va manzil bekatlari.  
Yuk yurish yo‘li. Yuk tashish uchun tarif to‘lovini olishda, jo‘natish va 
manzil bekatlari orasidagi qisqa masofa bo‘yicha aniqlanadigan, yuk 
yurish yo‘li. Bir necha temir yo‘l ishtirok etadigan to‘g‘ri yo‘nalishda yuk 
tashilganida, qisqa masofa, quyidagi tartibga mos tarzda aniqlanadi: 
9  yuk olib ketishda – jo‘natish va boshqa temir yo‘lga yuk topshirish 
bekati orasi bo‘yicha; 
9  chetdan yuk keltirishda – chegaradosh temir yo‘ldan qabul qilish bekati 
va manzil bekati orasi bo‘yicha; 
9  tranzitda  – har bir temir yo‘lning yukini qabul qilish va topshirish 
bekatlari orasi bo‘yicha. 
Temir yo‘lda tashish uchun, 10 mingdan ortiq nomli yuklar, taqdim 
etiladi. Yuklarni turi bo‘yicha tashish hisobi, Yuklarning umumiy tarif – 
statistik nomenklaturasi (ro‘yxati) YuUTSNga mos tarzda olib boriladi. 
42

Shuni ta’kidlash lozimki, 2004 yil 1-oktyabrdan boshlab xalqaro yo‘nalish-
dagi yuk tashishda, Yuklarning uyg‘unlashtirilgan muhim ro‘yxati YuUMR 
(Актуализованный  текст  гармонизированной  номенклатуры  грузов 
ГНГ) qo‘llanilmoqda, 2005 yildan esa undan mamlakat ichidagi yuk ta-
shishda foydalana boshlandi. Yuklarning uyg‘unlashtirilgan muhim  ro‘y-
xati YuUMR, 22-bo‘lim va 99-bobda joylashgan yuklar umumiy ro‘yxa-
tidan, yuklarning tahlil ro‘yxatidan, yuklarning alfavit ro‘yxatidan iborat.  
Yuk massasi. Yuk jo‘natmasi massasi, temir yo‘l yoki yuk jo‘natuv-chi 
tarozida o‘lchash orqali aniqlanadi va shu birlikda hisobga olinadi. 
Tashish haqi – tashish uchun to‘lanadigan haq, belgilangan Tarifga 
muvofiq har bir jo‘natma bo‘yicha aniqlanadi. 
Hisob momenti – uni aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydala-
niladi:  eltib berish davomiyligi; jo‘natish daqiqasi; kelish daqiqasi. Eltib 
berish davomligi bu, yukni jo‘natishga qabul qilish daqiqasidan, to manzil 
bekatga yetib kelish daqiqasigacha sarflagan vaqt. Jo‘natish momenti  bu, 
temir yo‘l transporti yuk butligi va uni muddatida manzilga yetkazib berish 
majburiyatini, zimmasiga olgan daqiqa.  Yetib kelish momenti bu, yuk 
oluvchiga yukni topshirib, temir yo‘l o‘z zimmasidan yuk uchun 
javobgarlikni olib tashlash, daqiqasi.  
Yuk tashish statistikasida guruhlash. Yuk tashish to‘g‘risidagi 
statistik ma’lumotlariga bo‘lgan turli talablar, ularni ma’lum belgisi 
bo‘yicha, quyidagicha guruhlash zaruratini yuzaga keltiradi: bekatlararo 
yuklar korrespondentsiya, qiya jadval.  
Bekatlararo  yuk  tashish  korrespondentsiyasi.  Bekatlararo  yuk  ta- 
shish korrespondentsiya(aloqa)si, yuk jo‘natish bekatlari va manzil be-
katlari bo‘yicha, tuziladi. U bekatlar yuk jo‘natish aloqasini ifodalaydi. 
Yuk  tashish qiya jadvali – jo‘natish va manzil bekatlar bo‘yicha yuk 
kelish va jo‘natish bo‘yicha aloqalarni ifodalaydi.  
Yuk tashish, yo‘nalish turlari bo‘yicha, to‘g‘ri va mahalliy guruhlarga 
bo‘linadi:  
9  to‘g‘ri yo‘nalish – bunda, yuk tashish ikki va undan ortiq temir yo‘lda 
bajariladi. To‘g‘ri yo‘nalishda yuk olib ketish, yuk keltirish, tranzit 
ajratiladi.  
9  mahalliy yo‘nalish – bunda, yuk tashish bitta temir yo‘l doirasidagi 
bekatlar orasida bajariladi. 
Yuk olib ketish.  Agar, jo‘natish bekati ushbu temir yo‘lda joylashgan 
bo‘lib, manzil bekat esa shu yoki boshqa temir yo‘lda bo‘lsayu, lekin 
tashish qo‘shni temir yo’l uchastkalarida bajarilsa, bunday yuk tashish yuk 
olib ketishga kiritiladi.  
Yuk   keltirish.  Agar,   jo‘natish  bekati boshqa temir yo‘lda joylashgan  
43

bo‘lib, manzil bekat esa shu temir yo‘lda bo‘lsa, bunday yuk tashish yuk 
keltirishga kiritiladi.  
Tranzit – tashish shu temir yo‘lda bajarilgan, lekin uning yuk jo‘natish 
va manzil bekatlari ushbu temir yo‘l doirasidan tashqarida joylashgan.  
Yo‘nalish turlari bo‘yicha tashishni guruhlash, temir yo‘ldan 
foydalanish ishini mahalliy yo‘nalish, yuk olib ketish, keltirish va tranzit 
yuk tashishlar asosida tavsiflashga imkon beradi. Yuk tashish uzoqlik 
masofasi bo‘yicha qisqa va uzoq masofa guruhlariga ajratiladi. 
Tayanch iboralar: tovar-moddiy boyliklar; jo‘natma; yukning yurish 
yo‘li; yuklar nomenklaturasi; qiya jadval; transport balansi; transport 
aloqalari; yuklar korrespondentsiyasi; regionalar iqtisodiyoti; jo‘natma 
kategoriyalari; konteynerli jo‘natmalar; yuk turlari; mayda jo‘natmalar; 
konteynerli jo‘natmalar. 
 
3.5. Yuk tashish statistikasi ko‘rsatkichlari 
 
Yuk tashish statistikasida barcha ko‘rsatkichlar hajm va sifat ko‘rsat-
kichlari guruhiga ajratilib o‘rganiladi. 
Hajm ko‘rsatkichlari – tashilgan yuklar soni va ma’lum masofaga 
qilgan ular harakatini tavsiflaydi, ular “jo‘natilgan yuklar”, “kelgan 
yuklar”,”tashilgan yuklar”, “tarif yuk aylanmasi” kabilardan iborat.  
Jo‘natilgan yuklar – tashishga qabul qilish daqiqasi bo‘yicha yuk 
tashish hajmini ifodalovchi ko‘rsatkich. Jo‘natilgan yuklar tarkibida, Yo‘l 
qaydnomasi koreshogi asosida quyidagi tartibda qabul qilingan yuklar 
hisobga olinadi: bevosita yuk jo‘natuvchilardan umumiy foydala-nuvdagi 
va mijozning yordamchi izlarida qabul qilingan yuklar; suv va avtomobil 
transportidan, foydalanuvdagi temir yo‘lda, temir yo‘l-suv yoki avtomobil 
aralash yo‘nalishda tashishni davom ettirish uchun qabul qilingan yuklar; 
xorij temir yo‘llaridan mamlakat temir yo‘lida tashish uchun qabul 
qilingan va to‘g‘ri xalqaro yo‘nalish hujjatlari bilan rasmiylashtirilgan 
yuklar; yangi qurilishlardan qabul qilingan yuklar.  
Kelgan yuklar – yukning yetkazib kelish momenti bo‘yicha hisobga 
olingan tashish hajmi. Ularni hisobga olishda, Yo‘l qaydnomasi dastlabki 
hisob manbai, bo‘lib hizmat qiladi.  
Temir yo‘l uchun “Tashilgan yuklar” ko‘rsatkichi quyidagicha 
aniqlanadi: 
∑ P
g
= ∑ P gr

 + ∑P 

pr          
tonna 
Bunda, 
∑ P gr
g  
jo‘natilgan yuklar, tonna. 
∑P 

pr  
- boshqa temir yo‘llardan qabul qilingan yuklar, tonna.
       
 
Tarif  yukaylanmasi, temir yo‘l transporti tashish ishini to‘liq tavsiflay- 
44

digan ko‘rsatkich. Tarif yukaylanmasi ko‘rsatkichi, har bir jo‘natma mas-
sasini uning tashish masofasiga ko‘paytirish bilan aniqlanadi va tarif 
tonna-kilometrda o‘lchanadi. Tarif yukaylanmasi ko‘rsatkichini aniq-
lashda, Yo‘l qaydnomasi, asosiy dastlabki hisob manbai bo‘lib xizmat 
qiladi. Tarif yukaylanmasi  (P
g
L) bu, temir yo‘l transporti mahsulotining 
ko‘rsatkichi.  
Sifat ko‘rsatkichlari. Yuk tashish sifat ko‘rsatkichlari qatoriga tashish 
o‘rtacha uzoqligi, yuklarni yetkazish tezligi va davomligi, tashish zichligi, 
vagonning o‘rtacha yuklamasi va boshqalar kiradi. 
Yuk tashish o‘rtacha uzoqligi l
g  
mamlakat iqtisodiyoti ahamiyatiga ega
chunki u ishlab chiqarish ratsional joylashuvini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich, 
shuningdek, temir yo‘l transporti foydalanuv ishi tahlilida qo‘llaniladi. Yuk 
tashish uzoqligi ko‘rsatkichi, temir yo‘l transporti doirasidagi yuk 
harakatining o‘rtacha masofasini ifodalaydi: 
l

=
 
∑ Pl / ( ∑P

gr +
 ∑P

pr 
)     km. 
Tashish o‘rtacha uzoqligi, hisobot davrida umuman barcha tashilgan 
yuklar va alohida yuk turlari uchun, hisoblanadi. Yuk tashish o‘rtacha 
uzoqligi o‘zgarishiga ikkita omil ta’sir etadi: mamlakat ishlab chiqarish 
kuchlari joylashuvining o‘zgarishi va tashilayotgan yuklar tarkibi.  
Yuklarni tashish zichligi – temir yo‘l transporti alohida bo‘linmala-
ridagi yuk oqimi intensivligi, ya’ni jadalligini tavsiflovchi ko‘rsatkich. 
Yuklarni tashish zichligi temir yo‘l uchun , hisobot davrida bajarilgan ta-rif  
yuk aylanmasining ∑P
g 
l foydalanilgan yo‘l uzunligi Le ko‘rsatkichi- 
ga nisbati tarzida aniqlanadi: 

l = 
∑P

l / Le     tonna *km/ km 
Tashish zichligi, alohida yo‘nalish yoki uchastkalarda, foydalanuv 
brutto yoki netto yuk aylanmasini yo‘nalish uzunligiga nisbati tarzda 
aniqlanadi. Foydalanuv zichligi haqiqatdagi yuk oqimini, tashish brutto 
zichligi esa yo‘l yuklamasini tavsiflaydi. Yuklarni tashish zichligi miqdori, 
temir yo‘l texnik qurollanganligi, alohida yuklarni ishlab chiqarish va 
ite’mol qilishning joylashuvi, mamlakat rayonlari iqtisodiy rivoji va 
boshqalarga bog‘liq holda o‘zgaradi.  
Yuk tashish zichligi to‘g‘risidagi statistik Hisobot ma’lumotlari, tahlil 
va amaliy foydalanish uchun, ma’lum dastur asosida tuzilgan 
karidiogrammalar  bo‘yicha guruhlanadi.  Karidiogrammalarda, temir yo‘l 
alohida uchastkalari doirasidagi yuklar harakati har bir yo‘nalishi bo‘yicha, 
yuk oqimi quvvati belgilangan masshtabda ko‘rsatiladi. 
Yo‘nalishlar bo‘yicha  notekislik,  yuk tashish kichik zichligini katta 
zichlikka nisbati tarzda, aniqlanadigan koeffitsiyent bilan tavsiflanadi. 
Notekislik koeffitsiyenti 0-1 orasida tebranishi mumkin.  
45

Yuklarni eltib berish davomligi t
d
 va eltib berish o‘rtacha tezligi S
d
yuk 
jo‘natuvchi va yuk oluvchi nuqtai nazarida temir yo‘l transporti ishi
samaradorligini tavsiflaydi. Yuklarni olib borib qo‘yish davomiyligi mud-
dati bajarilmasa, yuk oluvchi oldida, temir yo‘l moddiy javobgarlikka 
tortiladi. 
Yuklarni eltib berish davomiyligi t
d
,  ko‘rsatkichi, temir yo‘l vositalari 
bilan manzil bekatda yuk tushirish yoki tushirishga olib kelish sanasi bi-lan, 
agar u yuk oluvchi vositalari bilan bajarilayotgan bo‘lsa va yuk jo‘na-tishga 
qabul qilingan sana ayirmasi tarzda aniqlanadi hamda sutkada o‘l-chanadi. 
Har bir aniq jo‘natma bo‘yicha, tashish javobgarligi belgilangan.  
Yuklarni eltib berish S

o‘rtacha tezligi,
 
jo‘natmalar bosgan (jo‘natma-
kilometr) masofasini yuklarning yo‘lda yurish vaqti (jo‘natma-sutka), ya’ni 
yuklarni tashishga qabul qilingan daqiqadan to tushirish daqiqasigacha 
bo‘lgan vaqtga bo‘lish orqali aniqlanadi.  
Yuklarni eltib berish normativi. Har bir jo‘natma kategoriyasi bo‘yicha, 
tezlik tartibi va tashish masofasiga qarab, eltib berish normativi beglgi-
langan. Jo‘natmalarni eltib berish normativi quyidagi vaqt harajatlari jami-
dan iborat: bitta boshlang‘ich va oxirgi opeartsiyalar vaqti; yuk harakati 
vaqti; temir yo‘llar orasidagi uzel va ulashgan bekatlarni o‘tish vaqti.  
O‘rtacha  statik  R
st
 yuklama, tonnada ∑n
gr
 yuklangan yuklar massasini 
bu massa ortilgan vagonlar ∑u 
gr 
soniga nisbati tarzda aniqlanadi:  
R
st = 
∑n 
gr 
∑u 
gr  
tonna / vagon 
O‘rtacha R
st 
statik yuklama, jami va Operativ nomenklaturadagi 
alohida tashilayotgan yuklarni ortish daqiqasidagi, vagonning yuklanish 
darajasini tavsiflaydi. 
Yuklarning tashishlik koeffitsiyenti, hisobot davrida  tashilgan yuklar 
massasining ushbu davrda shu nomda ishlab chiqarilgan tovarlar mas-
sasiga nisbati tarzda, aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich, alohida yuklar qiyma-tida 
transport ulushining tahlilida qo‘llaniladi va u odatda birdan kichik.  
Tayanch iboralar: hajm va sifat ko‘rsatkichlari; jo‘natilgan yuklar; 
yo‘l qaydnomasi; yo‘l qaydnomasi koreshogi; tarif yuk aylanmasi; yuklarni 
tashish zichligi; yuk tashish uzoqligi ko‘rsatkichi; yuklarni eltib berish 
davomiyligi; yuklarni eltib berish o‘rtacha tezligi.   
 
3.6. Yuk tashish to‘g‘risida hisobot, tanlov tahsili 
 
Statistik hisobot tizimi, temir yo‘l transporti barcha bo‘g‘inlarida ha-
rakatdagi tarkib, mehnat va moddiy resurslardan foydalanish bilan bog‘-
lagan holda, umuman va yuk turlari bo‘yicha tashish bajarilishi holatini 
tavsiflashni nazarda tutadi. Hisobot, bekatlarda asosan qo‘lyozma shaklida 
kichik mexanizatsiyani, temir yo‘l uzellari va umuman temir yo‘l transporti 
46

darajasida esa elektron hisoblash vositalari qo‘llagan holda tuziladi. Jo‘na-
tilagan, kelgan yuklar to‘g‘risidagi va bekat ma’lumotlari umumlashtirish 
yo‘li bilan temir yo‘lning alohida bo‘limlar bo‘yicha olingan ba’zi bir 
boshqa hisobot ma’lumotlarni, temir yo‘l tarnsportining “Ma’lumot 
hisoblash markazi” da olish mumkin.  
Yuk tashish temir yo‘l statistikasi, temir yo‘llararo va mintaqalararo 
yuk tashish korrespondensiyasi to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlariga, 
shuningdek, tashish sifatini har tomonlama tahlil qilish va ularni 
takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beruvchi 
boshqa ma’lumot va ko‘rsatkchlarga ega. 
Temir yo‘l foydalanish faoliyatining operativ boshqaruvida 
qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Statistik hisobot esa, yuzaga kelgan 
qiyinchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha, qaror qabul qilishga zarur bo‘lgan 
ma’lumotlarga ega emas. Shu bois, tanlovli tekshirish usuli qo‘llaniladi, bir 
yo‘la qayta ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Tashishdagi yuk va vagonlarni bir 
yo‘la qayta ro‘yxatga olishda ularning quyidagi asosiy belgilari qayd 
qilinadi: qayta ro‘yxatga olish sanasi va vaqti, qayta ro‘yxatga olish bekati, 
manzil bekati va temir yo‘li, yuk turi, turlari bo‘yicha vagonlar soni. Bu va 
boshqa belgilar, qayta ro‘yxatga olish paytida temir yo‘ldagi vagonlardagi 
yuklarni yoki yuklangan vagonlarni, temir yo‘l va yuklarni tushirish 
punktlari yoki xorij temir yo‘llariga, boshqa transport turiga uzatilgan 
yuklarni aniqlashga imkon beradi. 
Tayanch iboralar: yuk tashish to‘g‘risida hisobot; ma’lumot hisoblash 
markazi; yuk tashish koorespondentsiyasi; takomillashtirish chora-
tadbirlari; tanlovli tekshirish usuli; bir yo‘la qayta ro‘yxatga olish; qayta 
ro‘yxatga olish bekati; qayd qilinadigan asosiy belgilar. 
 
3.7. Mustaqil ishlash uchun masalalar 
 
1-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan  Temir yo‘lda tashilgan yuk 
va yo‘lovichlar” shartli statistik ma’lumotlar asosida  tashilgan yuk va 
yo‘lovichlar o‘sish darajasi aniqlansin, mamlakatning boshqa mamlakatlar 
bilan bo‘lgan iqtisodiy aloqalari tahlil qilinsin hamda ularga oid xulosa va 
takliflar bildirilsin.  
3.7.1-jadval 
Yillar 
Tashilgan 
yuklar, mln.t. 
O‘sish darajasi, 2011 
yilga nibatan, % 
Tashilgan 
yo‘lovchilar, 
mln.yo‘lovchi. 
O‘sish darajasi, 
2011 yilga nibatan, 

2011 1057,5 
 
1305,9 
 
2012 1083,7 
 
1270,7 
 
2013 1160,9 
 
1303,5 
 
2014 1220,9 
 
1335,1 
 
47

2-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “Temir yo‘l transportida 
alohida yuklarni tashish o‘rtacha uzoqligi” shartli statistik ma’lumotlar 
asosida , tashish o‘rtacha uzoqligi ko‘rsatkichlari dinamikasi o‘rganib 
chiqilsin. Ushbu ko‘rsatkichlar o‘zgarishi qaysi omillar ta’siriga bog‘liqligi 
va qaysi yuk turi tashish o‘rtacha uzoqligi eng katta qiymatga egaligi tahlil 
qilinsin hamda ularga oid xulosa va takliflar bildirilsin.  
3.7.2-jadval 
Yil 
Barcha yuklar 
bo‘yicha, km. 
Undan, alohida yuklarni tashish o‘rtacha uzoqligi , km. 
Tosh ko‘mir 
Neft mahsu-
lotlari 
Qora metallar
 
O‘rmon 
yuklari 
Non yuklari 
Meta
ll 
rudalari 
Mineral 
qurulish 
mate
ria
llari 
Kimyoviy va 
mine
ral 
o‘g‘itlar 
2009  1196  1282 
1258 
2254 1201 
1283 1018 
558 
1574 
2010  1195  1381 
1301 
2028 1167 
1402 992 
589 
1551 
2011  1231  1451 
1320 
1989 1217 
1441 874 
611 
1506 
2012  1266  1584 
1319 
1906 1270 
1429 899 
598 
1582 
2013  1300  1612 
1342 
1931 1308 
1558 944 
621 
1557 
2014  1332  1789 
2082 
1889 1347 
1384 940 
64 
1613 
 
3-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “Temir yo‘lda alohida yuk-lar 
bo‘yicha tashish o‘rtacha uzoqligi va tashish hajmi ” shartli statistika 
ma’lumotlar asosida umumiy jo‘natmada alohida turdagi yuklar ulushi 
aniqlansin va jadval shaklida ifodalansin, yuklar ulushining va barcha 
yuklar bo‘yicha o‘rtacha tashish uzoqligi ko‘rsatkichlari o‘zgarishi 
o‘rganib chiqilsin. Ushbu ko‘rsatkichlar o‘zgarishi qaysi omillar ta’siriga 
bog‘liqligi tahlil qilinsin hamda ularga oid xulosa va takliflar bildirilsin. 
 
3.7.3-jadval 
Yuklar 
Tashildi, mln.tonna 
O‘rtacha uzoqlik, km. 
2012 y. 
2013 y. 
2014 y. 
2012 y. 
2013 y. 
2014 y. 
Jami yuklar 
834,8 
1160,8 
1220,9 
1123 
1300 
1332 
  shundan: 
1.Tosh ko‘mir 
 
211, 
 
260,9 
 
273,5 
 
1187 
 
1612 
 
1789 
2.Neft mahsulotlari 
137,0 
205,7 
209,1 
1246 
1342 
2082 
3.Qora metallar 
44,0 
67,6 
71,1 
1936 
1931 
1889 
4.Non yuklari 
16,8 
25,4 
21,1 
1383 
1558 
1384 
5.Mineral o‘g‘itlar 
50,1 
38,1 
41,5 
1143 
1557 
1613 
 
4-masala. Quyidagi jadvalda keltirilgan “Yo‘nalish turlari bo‘yicha 
yuk tashishni guruhlash” shartli statistika ma’lumotlar asosida temir yo‘llar 
yo‘nalish turlari bo‘yicha bajargan yuk aylanmasining ulushi tahlil qilinsin. 
Yo‘nalish turlari bo‘yicha temir yo‘ldan foydalanish ishi mahalliy 
yo‘nalish, yuk olib ketish, yuk keltirish va tranzit yuk tashishlar asosida 
tavsiflansin hamda unga doir xulosa va takliflar bildirilsin. 
 
48

3.7.4-jadval 
Temir yo‘llar 
nomi 
Yo‘nalish turlari bo‘yicha bajarilgan t*km yuk aylanmasi ulushi, %. 
Mahalliy 
yo‘nalish 
To‘g‘ri 
yo‘nalish 
undan 
yuk keltirish 
yuk olib ketish 
tranzit 
1. O‘zbekiston 
20,0 
80,0 
20,0 
40,0 
20,0 
2. Oktyabr 
18,0 
82,0 
22,0 
40,0 
20,0 
3. Moskva 
11,0 
89,0 
21,8 
15,0 
52,2 
4. Sverdlovsk 
18,0 
82,0 
24,9 
22,8 
34,3 
5. G‘arbiy sibir 
3,0 
97,0 
14,0 
7,1 
75,9 
Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling