Samdtu tibbiy kimyo kafedrasi Ma’ruza mavzusi: Tibbiy kimyoga kirish. Eritmalarning kolligativ xossalari. Bufer sistemalar


Download 475.32 Kb.
bet1/15
Sana09.02.2023
Hajmi475.32 Kb.
#1180522
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Tibbiy kimyoga kirish.Eritmalarning kolligativ xossalari.Bufer sistemalar. (1)


SamDTU Tibbiy kimyo kafedrasi Ma’ruza mavzusi:
Tibbiy kimyoga kirish.
Eritmalarning kolligativ xossalari.
Bufer sistemalar.
Asosiy adabiyotlar
1.Alimxodjayeva N.T.,Tadjiyeva X.S Ikramova Z.A Suleymanova G.G Tibbiy kimyo 1qism Bioanorganik kimyo Tashkent “IJOD-PRINT” 2019
2. Alimxodjayeva N.T.,Tadjiyeva X. Tibbiy kimyo 2qism Bioanorganik kimyo Tashkent “ IJOD-PRINT” 2019
3.Bioanorganik va fizkolloid kimyo . Darslik /Olimxodjaeva M.T., T., 2005+2007
4. Tibbiy kimyo : darslik / Djurayev A.D. I-II том. - Toshkent "Faylasuflar milliy jamiyat", 2018. adadi 350
5. Биоорганик кимё. Дарслик / Жураев А. Ж., Махсумов А.Г. -Т., 2007

Kirish

  • Tibbiy kimyo fani ikki boʻlimdan iborat:
  • Bioanorganik kimyo.
  • Bioorganik kimyo.
  • Bioanorganik kimyo fani kimyoning asosiy tushunchalari va asosiy qonunlari, atom va molekula tuzililishi, D.I.Mendeleyevning davriy jadvali, biogen va noorganogen elementlar, yadro kimyosi, eritmalarning konsentratsiyasini ifodalash usullari, eritmalarning kolligativ xossalari, dispers sistemalar, eletrokimyo asoslari, kimyoviy termodinamika va kinetikani oʻrganadi.
  • Bioorganik kimyo fani tirik organizm tarkibiga kiruvchi mod- dalarning kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini, organik birikmalarning tuzilishi va kimyoviy xossalarini, asosiy biopolimerlar oqsillar, uglevodlar, nuklein kislotalar, lipidlar, fermentlar, vitaminlarning tuzilishi, xossalarini oʻrganadi. Xulosa qilib aytganda Tibbiy kimyo fani tibbiyot uchun fundament fan hisoblanib ,kimyoni organizm va tibbiyotdagi ahamiyatini o’rganish, vazifasini o’rganuvchi fan.

Biogen elementlar tasnifi tabiatda tarqalishi.

  • Tirik organizmning normal hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan va ularning tanqisligi ba’zi patologik holatlarga olib keladigan, organik va noorganik birikmalar asosini tashkil etuvchi elementlar biogen elementlar deyiladi. Biogen elementlar - hujayra va organlarni qurilishi va faoliyati uchun organizmga zarur bo`lgan elementlar hisoblanadi.
  • Hozirgi kunda 118 dan ortiq kimyoviy elementlar ma’lum boʻlib, ulardan 92 tasi tabiatda uchraydi. Bu elementlarning yarmidan koʻpi esa biologik sistemalar tarkibiga kiradi. 18 ta element organizmdagi biologik muhim funksiyalarni bajaradi.
  • Ulardan 6 tasi (H, C, O, P, S, N) oqsillar, nuklein kislotalar tarkibiga kiradi.Kislorod, uglerod, vodorod va azot organizm tana massasining 96% ini tashkil qiladi. Kislorod va vodorod asosan, tananing 55–60% qismini tashkil etuvchi element boʻlib, suv tarkibida boʻladi.
  • Qolgan 12 ta element (Na, K, Ca, Mg, Mn, Fe, Co, Cu, Zn, Mo, Cl, I) organizmning hayot faoliyatida ishtirok etadi.

Download 475.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling