«sanoat marketingi» kafedrasi


Iqtisodiyotda ekonometrik usullarni qullanilishi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana14.04.2020
Hajmi0.62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9

6.Iqtisodiyotda ekonometrik usullarni qullanilishi 

XVIII  asrga  kelib,  tovar-pul  munosabatlarining    rivojlanishida  iqtisodiy 

ko‘rsatkichlarning  miqdoriy  o‘zgarishda  o‘zaro  bog‘liqlikda  qonuniyatlar 

asosida ro‘y berishi tulik va anik ayon bo‘ldi. 

Bu  qonuniyatlarni 

matematik  izoxlashdagi 

dastlabki 

mukammal 

tadqiqotlar Fransiyalik olim antuan ogyusten kurpo (1801-1877) ning “Boylik 

naxzariyasi  matematik  prinsiplarining  tadqiqoti”  (1838)  asarida  bayon  etildi. 

Kurpo bozordagi xaridor va sotuvchining  turlicha imkoniyatlari asosida tovar 

baxosining iste’molchi-xaridor talabiga bog‘liqlik masalasini taxlil etdi. 

Ma’lumki,  bozor  munosabatlari  amaliyotida  tovar  baxosi  hamda  talab 

orasidagi  bog‘liqlik  kuyidagicha  namoyon  bo‘ladi.  Ya’ni,  tovar  baxosining 

oshuvi iste’molchi talabining kamayishiga olib keladi. Aksincha, baxo pasaysa, 

talab ortadi. 

Kurpo  bu  bog‘liqlikni  “Talab  qonuni”  deb  xisoblaydi  va  uni  talab 

funksiyasi ko‘rinishida kuyidagicha ifodalaydi: 

D k f(r) 

Bunda, D- iste’molchi talabi, 

r-tovar baxosi 

Tovar  sotuvidan  tushgan  pul  tushumi  (R)  funksiyasi  esa  kuyidagi 

ko‘paytmadan iborat bo‘ladi: 

Rkr x D k r x F (p) 

Bu  funksiya  o‘zluksiz    bo‘lib,  baxoning  xar  bir  cheksiz  o‘zgarishiga, 

talabning  cheksiz  o‘zgarishi  mos  ishlashi  aks  ettiradi.  Talab  funksiyasi 

differensiyalanadi.  Differensiyalning    maksimum    qiymati    yukori  daromad 

olishga qaratiladi. 

Kurpo iqtisodiyotga birinchi marta elastiklik tushunchasini tadbiq etdi. 

Talab  funksiyasining  baxoga  nisbatan  elastikligi  tovar  baxosining  bir 

foizga o‘zgarganda talab  miqdorining qanchaga o‘zgarishini anglatadi. Kurpo 

talabning   baxoga  nisbatan va past elastiklik mavjudligi bilan izoxlaydi. 



     

51 


1. 

Baxoning  nisbati  katta  bo‘lmagan  o‘zgarishiga  talabning  shakli 

o‘zgarishi ro‘y beradi, talabning yukori elastiklik xolati xisoblanadi. 

2. 


Baxolarning  sezilarli  o‘zgarishidan    kat’iy  nazar  talabning 

o‘zgarishi sekin bo‘lsa, past elastliklik xolati deyiladi. 

   Masalan,  tor  doiradagi  muxlislar  uchun,  skripka  yoki  astronomik 

teleskop  narxining  ikki  barovar  o‘zgarishi,  ularga  bo‘lgan  talaba  jiddiy 

o‘zgarishga olib kelmaydi. 

   Shuningdek, narx keskin o‘zgarishidan kat’iy nazar, transport vositalari, 

oziq-ovqat maxsulotlariga talab deyarli kam o‘zgaradi. 

  Kurpo  o‘z  tadqiqotlarida,  tabiiiy  monopoliya,  ya’ni  noyob  ma’danli  suv 

chiqaradigan  buyuk  egasining,  yukori  daromad  olish  uchun  qanday  baxo 

kuyish masalasini taxlil etadi. Bunda yangi omillar-ishlab chiqarish chikimlari, 

raqobat kabilar ham xisobga olinadi. 

  Shuningdek,  kurpo,  2ta  raqobatli  monopoliya-duopoliya,  chekli  va  ko‘p 

raqobatchilar xolatlarini ham taxlil qilgan. 

   Taxlil  matematik  aniklik  va  kuchli  mantikiylik  asosida  amalga 

oshirilgan. 

Kurpo  tadqiqotlarining  eng  muxim  jixatlaridan  biri,  ishlab  chiqarish 

sohasidagi  qiymatning  mexnat  nazariyasi  emas,  muomala  sohasidagi  baxolar  

taxlil etilgan. 

   Iogan  Genrix  Fon  Tyunen  (1783-1850)-shimoliy  Germaniyalik  Yunker 

(pomeshchik) qishloq xo‘jaligi bilan bevosita shugullangan. Kurpo g‘oyalarini 

amaliy  material  bilan  tuldirgan.  Iqtisodiy  model  yaratgan.  Modelga  ko‘ra, 

xo‘jalik doira shaklidan iborat bo‘lgan. Markazda qishloq xo‘jalik maxsulotlari 

iste’molchisi-shaxar,  atrofda  esa,  bir  xil  tuprok  unimdorligida  bo‘lgan  yopik 

xudud tushuntiriladi. 

  Qishloq  xo‘jaligi  tarmoqlari  samaradorligi  pasayib  boruvchi  konsentrik 

doiralarga joylashtirilgan. 

  Belgilangan baxo bilan ishlab chiqarish va tarnsport xarajatlari orasidagi 

farq  asosida  qishloq  xo‘jalik  maxsulotlari  yetishtirishning  norentabelligi 

xisoblangan. 

  Tyunenning fikricha, iqtisodjiy jarayon ketma-ket kichik ortirmalar yo‘li 

bilan rivojlanadi. Rivojlanishning ma’lum xolatiga kelib keskin sifat o‘zgarishi 

ro‘y  beradi.    Bu  usul  ishlab  chiqarish  optimal  tarkibining  ya’ni,  mexnat  va 

kapitalining o‘zaro tuldirish jarayonining shakllanishigna imkon beradi. 

  Tyunen  qullagan  usul  keyinchalik  iqtisodiyotda  kichik  ortirmalar  va 

cheklangan sharoitlar uslubi marjinalizm nomini oldi. 

  Tyunen  davlatning  qishloq  xo‘jaligi  va  milliy  iqtisodiyotga  munosabati 

yoritilgan yagona asar yozgan. U Smitning daromad taksimoti g‘oyasini hamda 


     

52 


Rikardodan  bexabar  xolda  diferension  renta  g‘oyasini  qiymatning  mexnat  

nazariyasi asosida rivojlantirdi. 

  Umuman  olganda  19-asr  kelib,  iqtisodiyotga  matematiqaning  targibi 

mustaxkam asosga ega bo‘ldi. 

  Natijada,    keyingi  tadqiqotlarning  ilmiy  negizda  bo‘lishiga  katta  xissa 

kushildi.  Iqtisodiy  jarayonlar  taxliliga  sinfiy-siyosiy  tus  berilishidan 

chetlashildi. 

  19-asr  oxiri  20-asr  boshlarida  Lozanna  maktabi  (L.Valras,  V.  Poreto,   

K.Viksell  va  boshqalar)  vujudga  keldi,  ular  tomonidan  matematiqani 

iqtisodiyotga  qullash  yuksak  darajagi  ko‘tarildi.  Xozirgi  davrda  bu  usul 

ekonometrika  sifatida alohida rivojlangan.    

 

Xulosa 

XIX asrning 70-yillarida iqtisodiy bilimlar tarixi fanida bir nechta nazariy 

maktablar  vujudga  keldiki,  ular  o‘z  maksad  vazifalari  va  uslubiyatlari  bilan 

o‘zaro  farq  qilar  edilar.  Ularning  ayrimlari  Marks  va  Engels  asarlari  bilan 

yaqindan tanish bo‘lib, ularnitankid qilgan bo‘lsalar, ayrimlari  tamomila yangi 

yo‘nalishni  taklif  etdilar.  Biz  yukorida  yangi  tarixiy  maktabning  uch  avlodi 

bilan  yaqindan  tanishib  chikdik,  uning  dastlabki  vaqillari  tadqiqot  mavzusini 

faqat  belgilagan  bo‘lsalar,  ikkinchi  avlod  vaqillari  boy  manbalarni  tupladilar. 

Lekin  undan  tulik  foydalanib,  mavzuni  yoritib  bera  olmadilar.  Faqat  uchinchi 

avlod vaqillarigina jami manbalarni umumlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 

Bunday ijodiy yondoshuv iqtisodiy bilimlar tarixida tarixiy usulning o‘z urnini 

belgilab berdi. 

 XIX  asrning  70-yillarida  avstriya  maktabining  shakllanishi  iqtisodiyot 

fanida katta vokea bo‘ldi. Uning nazariyotchilari fanda «marjinalizm» deb nom 

olgan iqtisodiy nazariyani ilmiy asoslab berdilar. Bu nazariya koidalari klassik 

iqtisodiy  maktabdan  shu  darajada  farq  qiladiki,  u  ayrim  xollarda  fandagi 

tuntarish  deb  baxolanadi  va  xozirgi  zamon  iqtisodiy  bilimlarining  asosini 

tashqil etadi. 



Nazorat va muloxaza savollari. 

1.XIX  asrning  oxiri  va  xx  asrning  boshlarida  vujudga  kelgan  iqtisodiy 

bilimlarga xos xususiyatlar nimadan iborat? 

2. XIX asrning 70- yillarida shakllangan qaysi nazariy maktablarni bilasiz? 

3.  G.Shmoller  va  L.Brentanoning  iqtisodiy  mavzudagi  asosiy  asarlari  va 

uslubiyati xaqida gapirib bering. 

4.  Marjinalizmning  iqtisodiy  bilimlar  tarixida  tutgan  urni  xaqida  aytib 

bering? 


5. Kembridj maktabining uslubiyatiga xos xususiyatlari nimadan iborat. 

     

53 


6. A.Marshallning asosiy asari va unda ko‘tarilgan bosh mavzu nimalardan 

iborat? 


7. Klarkning iqtisodiy nazariyasnga ta’rif bering. 

Adabiyot 

Asosiy adabiyotlar. 

1.Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari t., O‘zbekiston, 1998 . 

2.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., TDIU, 2000. 

3.Iqtisodiy bilimlar tarixi. T., Fan, 2001. 

Qo‘shimcha adabiyot. 

1.Istoriya 

ekonomicheskix 

ucheniy. 

Chast1. 


Uchebnik. 

Pod. 


Red.a.G.Xudokormova.M.M.  Gu,  1994.  

     


        

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


     

54 


7- Mavzu. Sovet davri iqtisodiy bilimlari    shakllanishining dastlabki 

boskichlari 

 

Reja 

 

1. Sotsializm kurilishi iqtisodiy nazariyalarining yaratilishi. 



2.  Sovet  davri  iqtisodiy  bilimlarini  o‘rganishdagi  dastlabki  kadamlar  va 

ularning xususiyatlari. 

3. Alternativ iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi, a.v.chayanov va uning 

ayrim iqtisodiy bilimlari. 

4. Xulosa. 

Tayanch ibora va tushunchalar. 

Xalq xo‘jaligini rejalashtirish konsepsiyasi

CHayanov  va  Kondratev  qarashlari;  20-30  yillardagi  agrar  munozaralar; 

Chayanovning tashqiliy ishlab chiqarish maktabiga munosabat: dexqon mexnat 

xo‘jaligi, kooperatsiya va qollektivlashtirish, xo‘jalik xisobi, rejali iqtisodiyot; 

ma’muriy- buyruqbozlik  iqtisodiyoti;1 turgunlik. 

 

1. Sotsializm kurilishi iqtisodiy nazariyalarining yaratilishi. 

Mazkur fan tizimida kapitalizm davrining iqtisodiy bilimlari bilan bir qator 

sotsialistik  deb  atalgan  jamiyat  iqtisodiy  nazariyalari  ham  muxim  o‘rinlardan 

birini  egallaydi.  O‘z  navbatida,  sotsializm  iqtisodiy  bilimlarining  rivojlanishi 

jarayonida markscha-lenincha iqtisodiy qarashlar tarixi asosiy o‘rinni tutadi. 

Tarixda  1917  yilgi  oktyabr  tuntarilishidan  sung  ilk  bor  vujudga  kelgan 

sovet  iqtisodiy  bilimlarining  rivojlanishi  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  egadir. 

Ya’ni  bu  davr  iqtisodiy  bilimlar  tarixi  markscha-Lenincha  iqtisodiy  qarashlar 

boskichi sifatida belgilanadi. Sovet davri iqtisodiy bilimlarning rivojlanishidagi 

asosiy  boskichlarni  ko‘rsatib  berish  bilan  birga,  iqtisodiy  bilimlar  tarixi  fani 

ularni,  markscha-lenincha  metodologiyaga  asoslangan  xolda  o‘rganadi.  Shu 

bilan  birga,  avvalgi  yillar  marksizmiga  zid  bo‘lgan  nomarksistik 

nazariyalarning  barchasi  burjuaziya  nazariyalari  deb  ta’kidlanadi  va  burjua 

nazariyalarini  tankid  qilish  maksadida  alohida  bo‘lim  sifatida  fan  tarkibiga 

kiritilgan. 

Sovet  xoqimiyatining    birinchi  yillarida  V.I.Lenin  sotsializm  iqtisodi 

rivojlanishining amaliy prinsip va metodlarini yaratish o‘stida ish olib bordi. U 

kapitalizmdan  sotsializmga  o‘tishning,  sotsialistik  iqtisod  asoslarini  yaratish 

asoslarini ishlab chikdi.  

Dastlabki  yillardagi  tarixiy  tajribani  umumlashtirib,  V.I.Lenin  o‘z 

asarlarida  kapitalizmdan  sotsializmga  o‘tish  davrining  zarurligini  alohida 

ta’kidlab  utadi.  Jamiyatning  shu  davrga  xos  bo‘lgan  iqtisodiy  va  sinfiy 



     

55 


tuzilishii  taxlil  etgan.  "Proletariat  diktaturasi  davrida  ekonomika  va  siyosat", 

"Oziq-ovqat  soligi  to‘g‘risida"  va  boshqa  asarlarida  rossiyada  o‘tish  davriga 

xos  bo‘lgan  ko‘p  ukladlilik  ,  ya’ni  besh  ukladlilik  bir-biri  bilan  o‘zviy  xolda 

bog‘liqligini  ko‘rsatib  beradi.  1918  yilning  boshlaridayok  "Sovet 

xoqimiyatining  navbatdagi  vazifalari",  "Kommunizmda  bolalarcha  sullik 

kasali"  asarlarida  iqtisodiy  muammolarni  xal  etishda  yangi  iqtisodiy 

siyosatning asosiy konturlari berilgan edi. 

V.I.Lenin  sanoatning  barcha  tarmoqlarini  to‘la  natsionalizatsiya 

qilish(milliylashtirish)  tarafdori  bo‘lmagan.  Shuning  uchun  ham  bank,  og‘ir 

sanoat,  transport,  tashki  savdo(ya’ni  asosiy  sohalar)  sovet  xoqimiyati  quliga 

olindi,  qolgani  xususiy  qullarda  edi.  Lenin  rus  burjuaziyasining  qarshiligi 

xalqaro  imperializmning  sikuvi  natijasida  boshlanib  ketgan  fukarolar  urushi, 

chet el intervensiyasi, Lenin tomonidan 1918 yilning baxorida ishlab chiqilgan 

rejalarni  asta-sekinlik  bilan  xayotga  tadbiq  etishga  imkon  bermadi.  Ammo 

xayot rejalarga o‘zgartirish kiritdi. Favqulotda chora ko‘rish zarur bo‘ldi. 1918-

1920  yy.  Barcha  sanoat  tarmoqlari,  transport  milliylashtirilgan.  Yer 

to‘g‘risidagi dekret bo‘yicha yer dexqonlarga jon boshiga qarab bo‘lib berildi. 

Bunday axvolda "xarbiy kommunizm" siyosatini qullashdan boshqa chora yo‘q 

eti. Fukarolar urushi tugashi bilan Lenin yangi iqtisodiy siyosat (nep) ga o‘tish 

masalasini  kundalang  kuyadi.    "Oziq-ovqat  soligi"to‘g‘risida  va  1921-1923 

yillarda  yozilgan  qator  boshqa  maqolalarida  Lenin  NEP  ning  mazmuni, 

mohiyati va tarixiy ahamiyati xaqida izox beradi. 

Yangi iqtisodiy siyosatning  mohiyatidan kelib chikqan xolda "Oziq-ovqat 

razvertkasi"  siyosati  urniga  "prodnalog"  ,  ya’ni  yagona  "oziq-ovqat  soligi" 

joriy etildi. Bu esa ekin ekishdan avval e’lon qilinadigan, ma’lum  miqdordagi 

soliqdan  qolgan  maxsulot  bilan  erkin  savdo  qilish  imkoniyatini  berar  edi, 

dexqonning  moddiy va  manaviy  manfaatdorligi  keskin oshdi. NEP davrining 

o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  bu  "davlat  kapitalizmi"  va  uning  shakllari 

masalasi  edi.  Bunda  "davlat  kapitalizmi"  iqtisodiy    jixatdan  mavjud  bo‘lgan 

iqtisoddan  ancha  yukori  darajada  ekanligi  xaqida  gapirib,  Lenin  aynan  shu 

sharoitda  davlat  kapitalizmi  oldinga  tashlangan  ulqan  kadam  bo‘lur  edi,  deb 

yozgan edi. 

"Davlat  kapitalizmi"  shakllari:  konsessiya,  kooperatsiya,  kapita    listik 

savdo-sotik    ishlariga  va  baxolar  erkinligi,davlat  korxonalarini,  kapitalistik 

ishbilarmonlarga topshirish(ya’ni privatizatsiya) va boshqalar. 

Demak,og‘ir  axvoldagi  iqtisodiyot  aslida  bozor  munosabatlarini  qisman 

joriy  etish  bilan  ham  kiska  vaqt  ichida  (1925y)tiklandi,bozor  kuchi  o‘zini 

namoyon 


qildi.uning 

tamoyillari 

Tayvan,Vetnam 

keng 


qullanilgan.                                                                                                        

 

2.Sovet  davri  iqtisodiy  bilimlarining  o‘rganishdagi  dastlabki 

kadamlar va ularning xususiyatlari.  

     

56 


Mamlakatda  yangi  jamiyat  kurilishi  jarayonida  iqtisodiy  nazariyalarni 

rivojlantirish,  boyitish  borasida  sovet  olimlari  ilmiy  izlanishlarni  davom 

ettirdilar. Sovet davri iqtisodiy bilimlarini  o‘rganishga bagishlangan dastlabki 

ilmiy  maqola  va  asarlar  1960  yillar  o‘rtalaridan  chika  boshladi.  Panomaryov 

1964 yilda, Bogomazov, Kanevich 1966 yilda, Yevseev, Pankov - 1967 yildan 

boshlab sovet davri iqtisodiy bilimlari tarixi bilan shugullana boshladilar. 

50  -  yillardan  boshlab  ayrim  iqtisodiy  masalar,  avvalo,  tovar  xo‘jaligi, 

sotsialistik  mexnat  xarakteri,  ayirboshlash,  taksimot  munosabatlari  va  boshqa 

iqtisodiy  kategoriyalarning  rivojlanishi  tarkibiga  oid  ilmiy  izlanishlar  vujudga 

keldi.  Bu  esa  o‘z  navbatida,  60  -  yillardar  boshlab  iqtisodiy  bilimlar  tarixini 

o‘rganish  bo‘yicha  maxsus  ilmiy  ishlarning  rivojlanishiga  zamin  yaratdi.  Bu 

esa  o‘z  navbatida  ijtimoy  fanlarni  o‘rganishda  bir  yoklamalikka,  ob’ektiv 

xayotiy faktlardan ko‘z yumib o‘tib ketishlarga sabab bo‘ldi.  

Markscha 

nazariyalarning 

tub 


ma’nosiga 

yetarlicha 

ahamiyat 

bermaslik,unga ijodiy yondoshmaslik va bu bilimlardan, sovet davlatini ko‘rish 

jarayonidan o‘zoqlashuv, ikkinchi tomondan, markscha-lenincha nazariyalarga 

yagona  dogma  sifatida  qarash,  bu  nazariyalarni  bir  tomonlama  o‘rganish, 

iqtisodiy  muammolarni  yechishni  osongina  markscha-lenincha  bilimlar 

panasida  qoldirish  kabi  negativ  xolatlar  vujudga  keldi.  Natijada,  markscha 

bilimlar xayotdan, yangi jamiyat ko‘rish amaliyotidan o‘zilib qoldi. Bo‘larning 

barchasi, nafaqat butun bir davlat ijtimoy-iqtisodiy xarakat praktikasiga salbiy 

ta’sir  ko‘rsatdi,  balki  boshqa  ko‘plab  mamlakatlarning  iqtisodiy  siyosatini 

izdan chikib ketishiga sabab bo‘ldi. 

Sotsializm  iqtisodiy  qonunlari  va  ishlab  chiqarish  munosabatlari 

to‘g‘risidagi ta’limot qanday shart-sharoitlar va sabablarga ko‘ra vujudga keldi, 

rivojlandi.  Bu  jarayon  sotsialistik  kurilish  va  xo‘jalik  yuritish  amaliyotida 

qanday  ahamiyatga  ega  bo‘ldi.  Masalaning  shu  tarzda  kuyilishi  ma’lum 

konkret  tarixiy  davr  ichida  vujudga  kelgan  iqtisodiy  bilimlar,  ularning 

rivojlanishi  tarixini  o‘rganishni  takozo  etadi.  Bu  esa  o‘z  navbatida  fanni 

o‘rganishga,  metodologiyasining  chegaralarini  yanada  kengaytirishga, 

birmuncha  bo‘lsada,  "G‘oyalar"  ko‘rashidan  "CHalgitishga"  yordam  beradi. 

Chunki iqtisodiy bilimlar, chunonchi, sovet iqtisodiy bilimlari tarixiga oktyabr 

tuntarilishidan ancha avval  markschilar tomonidan nazariy poydevor kuyilgan 

edi. 

Bundan  ko‘z  yumish  -  iqtisodiy  bilimlar  tarixini  inkor  etish  bilan  teng 



bo‘lur edi.yangi iqtisodiyotda bozor munosabatlariga qarama-qarshi ishlar olib 

borildi.  Bo‘lar    kat’iy  baxolar,              davlat  mulki  asosiy,  ya’ni  xususiy  mulk 

inkor  etildi,  raqobat  musobaka  bilan  almashtirildi,kat’iy  rejalashtirish  joriy 

etildi va boshqalar. Oqibatda boqimandalik kayfiyati ustun keldi va iqtisodiyot 

inkirozga uchradi. 


     

57 


Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sotsializm deb ataladigan davr siyosiy 

iqtisod  tarixini  boskichlarga  bo‘lib  o‘rganish  masalasida  bir  fikrga 

kelinmaganligi  hamda  turlicha  iqtisodiy  konsepsiyalarning  mavjudligi  bu 

masala xal etilmagan deb aytishimizga asos bo‘la oladi. 

Ma’muriy-buyruqbozlik va yakka partiyaviylik asosidagi iqtisodiyot xayot 

sinovlaridan uta olmadi.  



3. Alternativ iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi A.V.CHayanov va 

uning ayrim iqtisodiy bilimlari. 

Xozirgi  paytda  boshqa  ijtimoy  fanlarda  bo‘lgani  kabi  iqtisodiy  bilimlar 

tarixi  fani  ham  qayta  ko‘rib  chiqilmoqda,  tarix  fanini  xaddan  ziyod 

"G‘oyalashtirish",  ob’ektiv  vokelik  hamda  tarixiy  faktlarga  siyosat  nuktai 

nazaridan  qarashlik  kabi  nuksonlardan  asta-sekin  xalos  bo‘linmoqda.  Sovet 

davlatining  dastlabki  davrlaridayok  yangi  jamiyat  iqtisodiyotini  yaratish, 

xo‘jalik  yuritishning  yangi  metodlari  va  tamoyillari  o‘stida  ilmiy  izlanishlar 

olib borgan olimlarning nomlari qaytadan tiklanmoqda. 

O‘z  davrida  «Xalq  dushmanlari»  bo‘lgan  olimlarning  xayoti,  ilmiy 

faoliyatlari va nazariyalariga ob’ektiv baxo berilmoqda. 

Shuni  alohida  ta’kidlab  utamizki,  usha  paytlarda  shurolar  davlati  va 

kommunistik  partiyaning  olib  borayotgan  rasmiy  siyosatiga  alternativ  - 

muqobil  iqtisodiy  g‘oya,  fikr,  konsepsiya,  ta’limot  va  nazariyalar  bor  edi. 

Lekin ularning fikrlari antimarksistik, antisotsialistik nikob ostida inkor etildi, 

olimlar jismonan yo‘q qilindi. Endilikda katagon yillari mavjud bo‘lgan barcha 

ilmiy  qarashlarni  akl  tarozisi  bilan  yangidan  o‘rganish  uchun  sharoit  tugildi. 

Shunday iqtisodchilardan biri A.V.CHayanovdir. 

Aleksandr  vasilevich  chayanov  1888  yil  17  fevralda  moskvalik  savdogar 

oilasida  dunyoga  keldi.  Bilim  yurtini  bitirgach,  1905  yili  moskva  qishloq 

xo‘jaligi  instito‘tiga  ukishga  kiradi  (u  davrda  Moskva  qishloq  xo‘jaligi 

instito‘ti  ,  "Petrov  qishloq  xo‘jaligi  akademiyasi",  kiskacha  "Petrov 

akademiyasi" deb atalar edi). 

Talabalik  davrida  Italiya  (1908),  Belgiya  (1909)  va  keyinchalik  G‘arbiy 

Yevropadagi boshqa qator davlatlarda bo‘lishi, yosh olimning dunyo qarashi va  

ilmiy  tasavvuriga  ta’sir  etdi.  1908  yilda  Italiyada  kooperatsiya  masalasiga 

bagishlangan ilmiy ishi nashrdan chikdi. 

1912 yili "Mexnat xo‘jaligi nazariy ocherklari" asarini yozib, bu asar bilan 

rus  iqtisodiy  bilimlarida  yangi  tashqiliy  ishlab  chiqarish  yo‘nalishini 

rivojlantirishni belgilab berdi. 

A.V.CHayanov  va  uning  hamfikrlari  bo‘lgan  Makarov,  Ribinkov  kabi 

dexqon mexnat xo‘jaligini yaxshilash uchun ishlab chiqarishni ratsioanl tashqil 

etish,  ilgor  texnologiyaga  asoslangan  xolda  uning  intensivligini  oshirish, 

qishloq 

xo‘jaligi 

maksulotlarini 

qayta 


ishlash 

va 


realizatsiyani 

     

58 


kooperativlashtirish  lozim,  deb  ko‘rsatgan  edilar.  Bu  olimlar  dexqon  mexnat 

xo‘jaligining  asosi  oilaviy  mexnat  yacheykasidir  deb  tushuntirdilar.  Bu 

tushunchani  ular  kooperatsiya  to‘g‘risidagi  nazariy  va  amaliy  bilimlar  bilan 

bogladilar,  mustaxkamladilar.  Ular  erkin  iqtisodiy  kooperativ  barpo  etish 

tarafdorlari edilar. 

20-yillarning  o‘rtalarida  Chayanovning  dexqon  xo‘jaligini  tashqil  etishga 

bagishlangan  "Ijtimoy  agronomiyaning  asosiy  g‘oyalari  va  metodlari"  kabi 

asari  bosilib  chikadi.  1927  yilda  "Kooperatsiyaning  asosiy  g‘oyalari  va 

shakllari" nomli asari chikadi. 

CHayanovning ilmiy faoliyati, uning yozgan asarlari uning yirik iqtisodiy 

olim,  progressiv  ijtimoy  iqtisodiy  isloxotlar  tarafdori  ekanligining  yaqqol 

dalilidir.  Avval  aytganimizdek,  olimning  ilmiy  faoliyati  bevosita  "tashqiliy 

ishlab  chiqarish  maktabi"  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  uni  ba’zida  "CHayanov 

maktabi"  deb  ham  atadilar.  Bu  iqtisodiy  maktabning  boshqa  maktab  va 

bo‘linmalardan  asosiy  farqi  shunda  ediki,  maktabda  xayotiy  tajriba  va 

dexqonlarning  kundalik  extiyojlarini  nazarda  tutgan  xolda  ish  olib  borildi.bu 

g‘oyalar  «Antisotsialistik»  deb  baxolandi  va  olim  katagon  qilindi.xuddi 

shunday  yakun  bir  qancha  boshqa  olimlar  (N.Kondratev,N.Voznesenskiy) 

xayotiga zomin bo‘ldi. 

 Xulosa. 

Rossiyadagi  1917  yil  oktyabr  tuntarishi  Shurolar  davri  iqtisodiyotini 

boshlab  berdi.  Bu  iqtisodiyotning  nazariy  asosini  markscha-lenincha  iqtisodiy 

ta’limot  tashqil  etadi.  Bu  ta’limot  tarafdorlari    nomarksistik  (G‘arb) 

nazariyalarni  (masalan, marjinalizm) burjuaziya nazariyalari deb ta’kidladilar. 

Bu davr iqtisodiy bilimlari dastlabki boskichini "Xarbiy kommunizm", "Yangi 

iqtisodiy  siyosat"  tashqil  etadi.  Iqtisodiyotda  ma’muriy-  buyruqbozlik  tizimi 

20-30 yillardayok shakllandi.  

30-  yillarda  sotsializm  iqtisodiy  qonunlari  xarakteri  xaqidagi  masala  ilk 

bor  kuyildi  va  "sotsializm  siyosiy  iqtisodi"  tushunchasi  ilmiy  amaliyotga 

kiritildi.  Sovet  xo‘jaligi  nazariyasi  (N.Voznesenskiy)  va  iqtisodiy  siyosati 

yo‘llari  shakllantirildi.  Abstrakt  mexnat  xaqidagi  munozara  boshlandi.  U 

siyosiy  iqtisod  predmetining  ma’nosi,  ishlab  chiqarish  kuchlari  va  ishlab 

chiqarish munosabatlari dialektikasi xaqidagi munozaraga usib utdi.  

Dastlabki  sotsialistik  jamgarish  qonuni  (E.Preobrajenskiy)  va  mexnat 

sarflari qonuni (N.Buxarin) konsepsiyasi taklif etildi. 

Xalq  xo‘jaligini  rivojlantirish  konsepsiyalari  rivojlantirildi.  Tarmoqlararo 

balans  (L.Kritsman,  P.Popov,  L.Litoshenko)  g‘oyasi  va  rejalashtirilgan  balans 

(V.Bazarov, V. Grossman)uslubi ishlab chiqildi. 

S.  Strumilin  tomonidan  "Optimal  reja"  xaqidagi  masala  ilk  bor  kuyildi. 

Shurolar  iqtisodiyotida  reja  va  iqtisodiy  muovozanat  (D.Yurovskiy) 


     

59 


muammolari  hamda  rejali  ravishda  tartibga  solib  turish  konsepsiyasi 

(N.Kondratev) xususiyatlari bayon etildi. 

Tovar  ishlab  chiqarish  va  uning  muomalasi,  qiymat  qonuni,  pul,  savdo-

sotik  va  xo‘jalik  xisobi  muammolari  yangicha  (N.Voznesenskiy)  kuyildi. 

Tashqiliy-ishlab 

chiqarish 

maktabi 

olimlarining 

asarlari 

(A.CHayanov,A.Selinsev)va agroindustrial kombinatlar (Ya.Niqulikin) g‘oyasi 

taklif etildi. 

Iqtisodiy  matematik  tadqiqotlar,  statistika  va  statistik  ta’minot 

muammolari ko‘rib chiqildi.  

60-80  yillardagi  mamlakat  iqtisodiy  xayotidagi  turgunlik  xolatlari 

sabablari va shakllari taklif qilindi. 

 Iqtisodiy  islaxatlar,qayta  ko‘rish(perestroyka)  muammosi  munozara 

qilindi (L.Abalkin, L.Bunich, S.Shatalin, G.Yavlinskiy va boshqalar). 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling