Савол: Ўрта аср сиёсий-ҳуқуқий ғояларининг ўзига хос хусусиятларини ёритиб беринг


Download 22.58 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi22.58 Kb.
#188375
  1   2   3
Bog'liq
Siyosatshunoslik yakuniy 2 (копия)


A-bo’lim 3-savol:
Уйгониш ва Реформация даврини қамраб олувчи XV асрдан XVII асрнинг ўрталаригача бўлган даврни сўнгги Ўрта асрлар ва Янги давр бошларига киритиш фикри кенг тарқалган.

Савол: Ўрта аср сиёсий-ҳуқуқий ғояларининг ўзига хос хусусиятларини ёритиб беринг.
O`rta asrlar diniy qarashlarning ustinligi va uning yuksak davri bo`ldi. Bu omilning davr siyosiy-huquqiy g`oyalariga tasiri yaqqol namoy bo`ladi. Shuningdek O`rta asr feodalizmning paydo bo`lishi, hukmronligi va parchalanishi davri hisoblanadi. Bu atama dastlab Italian olimlari tomonidan qo`llangan bo`lib Yevropada 12 asr davom etgan bo`lsa, Osiyo mamlakatlarida uzoqroq davom etgan. Ular O`rta asrlarni ijtimoiy regressiya va johillik davri sifatida tavsiflaydilar.

XVIII asrga kelib, marifatparvar olimlar bu davrni feaodalizmning yuksalish davri deya etirof etishdi. Feodalizm sharoitida ular "tabiiy huquqlar" haqidagi g`oyalarga zid bo`lgan va bir qator belgilar bilan ajralib turadigan ijtimoiy tartiblarni tushundilar. Bular:



  1. Siyosiy hokimiyatning bo`linishi;

  2. Siyosiy hokimiyatning yerga egalik qilish bilan uyg`unligi;

  3. Jamiyatdagi munosabatlarining ierarxik tuzilishi;

  4. Fuqarolik huquqiy asoslarining mavjud emasligi;

  5. Yerlaridan mahrum bo`lgan feodal-dehqonlarning, ijarachi sifatida faoliyat yuritishi va yerdan foydalanganlik uchun soliq to`lash tartibi.

  6. Diniy qarashlarning ustunligi va din vakillari mavqeining yuqoriligi.

O`rta asrlarda siyosiy va huquqiy g`oyalarning o`ziga xos tamoni davlat va huquq to`g`risidagi qarashlarning huquqiy asoslari va manbalari o`zgarishi bilan tavsiflanadi. Antik davrdagi davlat va huquq hodisalarining mohiyatini mifologik-falsafiy va axloqiy izohlash din tomonidan rad etildi. Diniy dunyoqarash muqaddas kitob va Cherkov qonunlariga qat'iy asoslangan dogmatik fikrlashning1 ustunligi bilan ajralib turadi. O`rta asr siyosiy-huquqiy fikri tarixida diniy an'analarning eng klassik (mumtoz) ko`rinishi katolik cherkovi asoschilari va da'vatchilaridan biri Avreliy Avgustin (345-430) ning siyosiy nazariyasida o`z ifodasini topdi. A.Avgustinning fikricha, insoniyat tarixi ilohiy bashorat orqali belgilab qo`yilgan bo`lib, ezgulik va yovuzlik kuchlarining o`zaro kurashidan iboratdir. Ilohiylikdan faqat ezgulik taraladi, yovuzlik va zulm esa o`zbilarmonlikka intiluvchi, ilohiy aqidalarni tan olmaydigan erkin iroda mahsulidir.2Katolik cherkovining hukmronligiga qaramay, o`rta asrlarda siyosiy va huquqiy g`oyalar rivojlandi. O`rta asrlarda siyosiy, madaniy va diniy o`zgarishlar yuz berdi, bu davlat va qonunga munosabatni o`zgartirdi.

Birinchidan, uyg`onish davri madaniyatida umumlashgan teologik dunyoqarashni aqlan tanqid qilish kuchaydi. Faylasuflar, olimlar, siyosatchilar, uyg`onish davri mutafakkirlari xudo, cherkov, muqaddas kitoblarning o`rniga inson, uning axloqi va psixologiyasini o`rganishga almashtirishdi. Gumanizm g`arb tafakkurining asosiy mavzusiga aylandi, shu munosabat bilan davlat va huquq inson tabiatiga qarab oqilona yoritildi. Bundan tashqari, ularni o`rganish ustida kuzatuv va tajribalar o`tkazildi.

Ikkinchidan, ayni paytda diniy inqilobga olib kelgan reformatsiya kengayib bordi. Islohotning natijasida kapitalizmning poydevoriga bo’lgan diniy erkinlik tamoyilini targ`ib qilgan protestantizmning paydo bo'lishi edi.

Ikkala madaniy hodisa ham jamoatchilik ongining, diniy dunyoqarashning dunyoviy tus olishiga yordam berdi. Shunday qilib, ular yangi asrning keyingi siyosiy va huquqiy ta'limotlarining doktrinal asosiga aylangan mafkuralarning paydo bolishiga asos bo’ldi.



Download 22.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling