Sementli, ohakli, silikatli va elimli bo’yoqlar. Reja


Download 40.33 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi40.33 Kb.
#1618487
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sementli, ohakli, silikatli va elimli bo’yoqlar


SEMENTLI, OHAKLI, SILIKATLI VA ELIMLI BO’YOQLAR.



Reja:

  1. Bo‘yoq tarkiblarning turlari.

  2. Noorganik bog‘lovchilar asosidagi bo‘yoqlar



1. Bo‘yoq tarkiblarning turlari
Moyli bo‘yoqlar. Moyli bo‘yoqlar pigmentlarni oliflarda maxsus bo‘yoq qorgich mashinalarda sinchiklab aralashtirib tayyorlanadi. Qorish natijasida bir xil tarkibli suspenziya hosil bo‘ladi. Bunda deyarli har bir pigment zarrachasi atrofida qisman unga shimilgan olif bog‘lovchisi asosidagi qobiq hosil bo‘ladi. Moyli bo‘yoqlar quyuq qorilgan (pastasimon) va suyuq qorilgan tarkiblarga bo‘linadi. Quyuq qorilgan bo‘yoq tarkiblari ishlatishdan oldin olif yoki emulsion suyultirgichlarda normal konsistensiyagacha suyultirib olinadi.

Suyuq qorilgan bo‘yoq tarkiblarida 40-50% gacha olif bog‘lovchisi bo‘lib, ishlatishga tayyor holda ishlab chiqariladi.
Tayyorlangan bo‘yoqlar quyqalarsiz bir jinsli bo‘lishi, ma’lum muddat konsistensiyani saqlab turishi, rangi bo‘yicha etalonga mos bo‘lishi kerak.
Moyli bo‘yoqlar nurga va atmosfera muhitiga chidamli bo‘lishi, tekis yuzali qoplama hosil qilishi kerak.
Moyli bo‘yoq tarkiblari ishlatilgan pigmentlar va bog‘lovchilar hamda qo‘shimchalar turiga qarab ishlatilish sohalari belgilanadi.
Qo‘rg‘oshinli belila va surik asosida metall, yog‘och va boshqa konstruksiyalarni korroziya muhitidan himoyalash uchun ishlatiladigan bo‘yoq tarkiblar tayyorlanadi. Juda sifatli moyli bo‘yoqlar tabiiy (natural) oliflar va tabiiy mineral pigmentlar yoki nodir metall oksidlari asosidagi pigmentlarni ishlatib olinadi.
Sun’iy oliflar asosida olingan bo‘yoq tarkiblar atmosfera muhitiga chidamsiz bo‘lgani uchun asosan binolarni ichki tomondan bezashda ishlatiladi.
Moyli bo‘yoqlarni odatda metall konstruksiyalarni korroziyadan saqlashda, yog‘och konstruksiyalarni, rom va eshiklarni namdan himoyalashda, pollarni va nam tegishi mumkin bo‘lgan devorlarning pastki qismlarini bezashda ishlatish tavsiya etiladi.
Moyli bo‘yoqlar qurishi davrida hajmi o‘zgarmaydi va mayda yoriqlar hosil bo‘lmaydi.

Download 40.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling