Shamollar. O‘lkadagi mavjud shamollarning xususiyatlari


Download 21.3 Kb.
bet1/5
Sana20.01.2023
Hajmi21.3 Kb.
#1103438
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Шамоллар uz-assistant.uz



Shamollar. O‘lkadagi mavjud shamollarning xususiyatlari (yo’nalishi, tezligi) shu joylarga esuvchi havo massalariga (atmosferaning umumiy sirko’lyasnyasiga) va relefiga bog‘likdir.
Maʼlumki, o‘lkaning shimoliy qismidan, xususan 50° sh. k. dan yuqori bosimli barometrik o‘q o‘tadi. Bu, o’z navbatida, shamol ayirg‘ich vazifasini ham o‘taydi. Chunki qishda tekisliklarningo‘sha barometrik o’qdan ham shimolida, ham janubida bosim past bo‘ladi. Shu tufayli o‘sha o‘kdan shimolda bo‘lgan hududlarga janubiy, janubi-g‘arbiy, aksincha janubda bo‘lgan qismiga esa shimoli-sharqiy va shimol tomondan shamol esib turadi. Bu shamollarning O‘rtacha oylik tezligi sekundiga 2,5—6 metrga yetadi. Yilning issiq faslida hududning o‘sha barometrik uqdan shimolda bo‘lgan qismiga janubi-g‘arbiy va g‘arbiy, janubida bo‘lgan qismiga esa shimol va shimoli-garb tomondan shamollar esib, o‘rtacha tezligi iyunda shimolida sekundiga 2—3 m, janubida esa 1—2 m ni tashkil etadi.
O‘lka hududida shamollarning tezligi yil fasllari buyicha bir xil emas. Bahor va yozda shamollarning tezligi ortib, sekundiga o‘rtacha 3 metrga, Kaspiy va Orol deigizlari qirg‘oklarida 6 metrgacha yetadi. Aksincha, kuz va yozning ikkinchi yarmida shamolning tezligi sekinlashib, sekundiga 1—2 m ga tushib qoladi.
Teqisliklarda baʼzan kuchli shamollar sodir bo‘lib, sekundiga 15 metrga va undan ham ortishi mumkin. Lekin, bunday shamollar qisqa muddatli bo‘lib, ko‘prok teqislikning g‘arbiy qismida sodir bo‘ladi, sharqqa borgan sari kamdan-kam esadi. Markaziy Qoraqumda bunday kuchli shamollar bir yilda 10 kun esib tursa, Qizilqumda kun, Kaspiy 11 esa 30—36 kun esadi.
O‘lkada shamollarning yo’nalishiga relef katta taʼsir ko‘rsatadi. Shu sababli tog‘larda tog‘-vodiy shamollari ko‘prok esib turadi. Tog‘larning 2500—3500 (4000 m) m balandliklarida yil davomida g‘arbiy shamollar esib turadi, natijada o‘sha balandliklarda yogin miqdori ortadi. Bu g‘arbiy shamollar Yer kurrasining shu kengliklariga xos bo‘lgan mashhur g‘arbiy shamollardir.
Download 21.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling