Shizofreniya Maniakal depressiv psixoz


Download 77.61 Kb.
bet1/5
Sana06.04.2023
Hajmi77.61 Kb.
#1331995
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Shizofreniya

Shizofreniya Maniakal depressiv psixoz

Shizofreniya

  • Shizofreniya yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, ruhning parchalanishi yoki bo‘linishi degan ma’noni bildiradi.
  • Shveysariyalik olim Bleyler bu kasallikning klinik manzarasini aniqlagan, shuning uchun Bleyler kasalligi deb ataladi.
  • Shizofreniya ko‘p uchraydigan ruhiy kasalliklardan biridir. Aholi o‘rtasida 1—2 %gacha uchraydi va ko‘proq 15—35 yoshdan boshlanadi.

Etiologiyasi

  • Virusli infeksiya
  • bosh miya jarohatlarining asoratlari
  • irsiy omillar
  • Patogenezi
  • bosh miya po‘stlog‘I tormozlanishi natijasida qo‘zg‘aluvchanlik ortadi. Bunda po‘stloq osti sohasi nazoratdan chiqib, qo‘zg‘aluvchanlik holati yuzaga keladi. Bosh miyaning bunday o‘zgarishlariga asab hujayralarining zaifligi va oqsil almashinuvining buzilishlari sabab bo‘ladi. Kasallik ko‘pincha, astenik o‘zgarishlar bilan boshlanadi. Bular darmon qurishi, xavotirlanish, tez charchab qolish, atrofdagilarga shubha bilan qarash, yoqtirmaslik va har xil xatti-harakatlar qilish bilan davom etadi.

Shizofreniyaning klinik kechishiga ko’ra turlari

  • 1. To‘xtovsiz davom etib turadigan shakli. Bunda klinik belgilar asta-sekin kuchayib, zo‘rayib borish bilan o‘tadi. Kasallik davomida nevrozsimon vasvasali gallutsinator, gebefrenik va katatonik alomatlar kuzatiladi.
  • 2. Vaqti-vaqti bilan bo‘lib turadigan yoki sust kechuvchi shaklida kasallik to‘satdan qisqa muddatda psixozlar boshlanib qoladi. Bu ko‘proq o‘smirlik davridan boshlanadi. Dastlab asabiylashish, ortiqcha fikrlash va miyadan ketmaydigan xayollar paydo bo‘lishi bilan kechadi.
  • 3.Xurujsimon-progrediyent shakli bunda kasallik xurujlar bilan bo‘lib turadi va uzoqroq davom etadi. Xurujlar o‘tib ketgandan so‘ng, kasallik belgilari susayib qoladi va yo‘qolib ketadi. Bu shaklida shaxsiyat o‘zgarishi, aqlpastlik tobora zo‘rayib boradi.Kasallik vasvasalar va gallutsinatsiyalar bilan kechadi. Bu shakli 25 yosh va undan katta yoshdagilarda uchraydi.

Download 77.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling