Sport turlariga o‘quvchilarni tanlash va yo‘naltirishning fiziologik asoslari. Reja


Download 35.88 Kb.
bet1/8
Sana11.03.2023
Hajmi35.88 Kb.
#1259978
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ABDURAXMONOVA MEXRINISO 11-20(1)


Sport turlariga o‘quvchilarni tanlash va yo‘naltirishning fiziologik asoslari.
Reja:
1. Sportga tanlash va yo‘naltirishning fiziologik asoslari.
2. Sportga tanlashda ayrim sistemalarning (tizimlarnig) xususiyatlari.
3. Sportga tanlashda irsiyatning o‘rni va ahamiyati haqida.

1. Sport turlariga o'quvchilarni tanlash va yo'naltirishning fizologik asoslari. Oliy ta’limning fundamentalligi real dunyodagi jarayonlar, ob’yektlar va hodisalar orasidagi munosabatlarni ajratib bila olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda asos sifatida qabul qilingan. Malaka talablari tayyorlanayotgan kadrlarning ko’nikma va malakalariga yuqori talablarni qo‘ymoqda. Shu talablar zamonaviy sharoitlardan bevosita kelib chiqqan bo‘lib, ularning maqsadi ta’lim olayotgan yoshlardan milliy intellektual kadrlarni shakllantirishdan iborat. Gumanitar ta’lim yo‘nalishlari uchun qo‘yilgan malaka talablari ichida jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari faniga doir talablar alohida o‘rin tutadi. Bu esa jismoniy madaniyat ta`lim yo‘nalishi o‘quv rejalarida o‘z ifodasini topdi. Ushbu dasturda jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari fani bo‘yicha talabalarni sportda tarbiyalash, sog‘lomlashtirish, davolash va tiklanishga qaratilgan yo‘nalishlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida xizmat tizimi bilan tanishtirish, kasallik turlariga qarab davolash jismoniy mashqlarni tashkil qilish va uni o‘tkazish, har bir muolajani gigiyenik sog‘lomlashtirish ahamiyatini yuzaga keltirish va sport shikastlanishlarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatish kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida berilgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, gimnastika va uni o‘qitish metodikasi, yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi, sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi, kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi, suzish va uni o‘qitish metodikasi, sport mahoratini oshirish, sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish kabi fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi. Ma`ruza, seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, lobaratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda esa ma`ruza va seminar mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni talabalar amaliy ko‘rib bajarish orqali ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi. Fanning vazifasi – talabalarda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, salomatlikni saqlash, ish qobiliyatini oshirish vaqtidagi shart-sharoitlarni o‘rganish, ularning ta`sirini kuzatishni o‘rgatish. Mashg‘ulotlar uchun gigiyenik, tibbiy-fiziologik qoidalari va me`yorlarini ilmiy asoslangan holda ishlab chiqish va chora-tadbirlar belgilash. Salomatlikni saqlash va ish qobiliyatini oshirish uchun zaxiradagi kuchlardan sport tibbiyoti yo‘l yo‘riqlar asosida foydalangan holda davolash, jismoniy tarbiya va gigiyenik omillaridan foydalanish. Shuningdek 4 ularning me`yorlarini o‘rganishdan iborat bo‘lib, jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari fanini o‘qitishning maqsadiga erishish uchun belgilangan fanga oid topshiriqlarni bajartirish hamda mavzularni mazmun mohiyatini talablar darajasida o‘rgatish va amalga oshirishdan iborat. Jismoniy mashqlar fiziologiyasi fanining maqsadi hamda vazifalari; jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi fanining rivojlanishi; o‘quvchilar sog‘lom turmush tarzining fiziologik asoslari haqida bilimlarga ega bo‘lishi kerak. - jismoniy mashqlar sog‘lom turmush tarzining asosi sifatida; o‘quvchiyoshlar organizmini funktsional imkoniyatlarini rivojlantirish; jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarni chiniqtirishning fiziologik asoslari; adaptatsiyaning fiziologik asoslari; jismoniy mashqlarning fiziologik tavsifi; jismoniy mashqlar erkin harakat sifatida qo‘llanilishini haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. - sport faoliyatida organizmda yuzaga keladigan holatlarning fiziologik ta`rifi; jismoniy harakat ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishning fiziologik asoslari; jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishning fiziologik asoslari va tavsifi; jismoniy tarbiya jarayonida muskullar ishini vegetativ ta`minlash; jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida jismoniy yuklamalarni me`yorlashni fiziologik asoslash; jismoniy sifatlarni rivojlantirishni fiziologik asoslari. Sport turlariga o‘quvchilarni tanlash va yo‘naltirishning fiziologik asoslari; jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi ayollar organizmini fiziologik xususiyatlari; sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning fiziologik asoslari haqida malakalarga ega bo‘lishi kerak.

Download 35.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling