Suvning tabiatda aylanishi bosqichlari Jaxon bo‘ylab suv taqsimlanishi


Download 0.75 Mb.
bet1/14
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1443209
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Suvning tabiatda aylanishini xakida xulosa


Suvning tabiatda aylanishini xakida xulosa


Reja:


  1. Suvning tabiatda aylanishi bosqichlari

  2. Jaxon bo‘ylab suv taqsimlanishi

  3. Okeanlardagi xarakat

  4. Bug‘lanish

  5. Transpiratsiyaga ta’sir qiluvchi atmosfera omillari.

  6. Suvning atmosferada bug‘ kabi to‘planishi, bulutlar va namlik.

  7. Yog‘ingarchilik


  8. Yer usti oqimlari

  9. Chuchuk suv xavzalari

  10. Infiltratsiya

  11. Grunt suvlari xavzasi
  12. Umum jaxon suvlarinig taqsimoti




Suvning tabiatda aylanishi nima? Men bunga onsongina javob beraolaman - bu barcha yerdagi “men”! Suvning tabiatdagi aylanishi shu bilan birga gidrologik doira sifatida xam ko‘pchilikka tanish, u suvning yer ichida, ustida va osmondagi xarakatini va mavjudligini tasvirlaydi. Yerdagi suv xar doim xarakatda va xar doim o‘z shaklini o‘zgartirib turadi, suyuq xolatdan gaz xolatiga, undan muzga va boshlang‘ich xolatga qaytadi. Suvning tabiatdagi aylanishi milliardlab yillar davomida mavjud bo‘lgan va Yerdagi barcha xayot unga bog‘liq, yerda usiz xayot mavjud bo‘lmasdi.
Suvning aylanishi boshlang‘ich nuqtaga ega emas, lekin o‘rganish uchun boshlang‘ich nuqta deb okeanni olish maqsadga muvofiqdir. Suvning tabiatdagi aylanishini xarakatga keltiruvchi quyosh okeandagi suvni isitadi. Bunda ma’lum qism suv xavoga gaz xolida bug‘lanadi. Bug‘lanish shu bilan birga ko‘llarda va daryolarda xam yuz beradi. Quruqlikda o‘simliklardan va turpoqdan katta xajmda suv parlanishi yuz berib, o‘z navbatida xavodagi suv bug‘lariga kelib qo‘shiladi. Atmosferadagi ma’lum kichik xajmdagi suv sublimatsiya orqali yuzaga keladi, muz va qor erish fazasini mutloq chetlab o‘tib gaz xolatiga bug‘lanadi. Xavo oqimlari bug‘(gaz)ni atmosferaning shunday qatlamiga olib chiqadiki, u yerdagi sovuq xarorat uni bulutlarga aylanishiga sabab bo‘ladi.
Xavo oqimlari bulutlarni yer yuzi bo‘ylab xarakatlantiradi va bulut parchalari birlashib, o‘sadi va yomg‘ir sifatida osmondan qaytib tushadi. Bazi yog‘inlar qor sifatida yerga tushadi va muz parchalari va muzliklar sifatida to‘planishi mumkin. Qor issiq o‘lkalarda baxor kelishi bilan erishni boshlaydi. Yog‘inlarning asosiy qismi okeanlarga tushgani holda, ma’lum qismi yerning ustiga tushadi, bu yerda gravitatsiya yordamida suv yer yuzasi bo‘ylab oqadi.
Ba’zi yer yuzasi bo‘ylab oquvchi suv daryolarga kelib qo‘shiladi va okean tomon oqib boradi, ba’zilari chuchuk suv sifatada ko‘l va daryolarda to‘planadi. Barcha suv yer yuzasi bo‘ylab oqmaydi. Suvning ko‘pkina qismi tuproqga so‘riladi (infiltratsiya). Ba’zi suvlar tuproqning chuqur qatlamiga infiltratsiyalanadi va yer osti suv qatlamini to‘ldiradi, u yerda toza, katta xajmdagi yer osti suvlari uzoq vaqt davomida saqlanadi.
Ba’zi yer osti suvlari yer yuziga yaqin joylashgan bo‘lib va yer usti suvlariga oqib chiqishi mumkin, kishilar yer yuzasiga yaqin bo‘lgan suv xavzalarini qidirib topib, yangi chuchuk suv quduqlarini yaratishadi. Vaqt o‘tishi bilan suv xarakatlanishni davom ettirar ekan, suv okeanga qaytib suvning tabiatdagi aylanishini “yakunlaydi” ..... va qaytadian boshlanadi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling