T o s h k e n t m o L iy a I n s t I t u t I


Download 40.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana15.02.2017
Hajmi40.61 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

Ideal  tajriba  m antiq  qonuniyatlariga  asoslanib,  har  xil  sharoitlar 
tashkil  qilish  yo‘li  bilan  o ‘rganilayotgan  hodisani  tushunishdir.  U 
turli m urakkab holatlarda hodisani bir-biridan ajratish va shu hodisani 
«sof k o ‘rinishda» o ‘rganish  im konini beradi.  N atijada o ‘ziga xos yangi 
bilim olinadi va qonuniyatlar aniqlanadi.
122

Tajribaning  iqtisodiy  bilish  va  ijoddagi  o ‘rni
Yuqorida ta ’kidlaganimizdek,  hozirgi zam on fanlarining ko'pchiligi 
tajriba  usulidan  foydalanib,  o 'z   m avzularini  ilmiy  kashfiyotlar  bilan 
boyitmoqdalar.
B undan  iqtisodiy  sohadagi  fanlar  istisno  emas.  Iqtisodiy  fanlar 
h a m   ilm iy  tajrib ad a n   foydalanib  u ning  e lem en tlarig a  e ’tib o rn i 
qaratadilar.  Bu  elem entlar:  obyektning  rivojiga  halaqit  beradigan 
om illardan  xalos  b o ‘]ish,  kerakli  hodisani  turli  su n ’iy  yoki  zaruriy 
vositalar yordamida vazifani  amalga oshirm oq kabilar.  Ilmiy tajribada 
pribor  —  asbob-uskunalarning  o ‘rni  oshib  borm oqda.  U lar  orqali 
statistik m a’lum otlar qisqa m uddatlarda qayta ishlanib ilmiy muloqotga 
olib  kirilm oqda.  Ayni  paytda,  iqtisodiy  nazariyalar  ko‘p  hollarda 
statistikaga ham  suyangan holda ishlab chiqiladi.
Iqtisodiy  tajriba  o ‘tkazish  ham   boshqa  fanlardagi  singari,  tarixiy 
jarayonlam i hisobga olgan holda olib boriladi.  Olib boriladigan tajribalar 
tasodifiy  emas,  balki  zaruratdan  kelib  chiqqandir.  Iqtisoddagi  ilmiy 
tajriba  o ‘zidan  oldingi  o ‘tkazilgan  tajribalam i  hisobga  olgan  holda 
o ‘tkaziladi.  Bu yerda  vorisiylik  holati  mavjuddir.  Vorisiyhk b o im a sa  
edi,  insoniyat  hozirgi  yutuqlarga  erishm agan  b o ‘lar  edi.  Jam iyat 
ta ra q q iy o ti  h o zirg i  h o la td a   b o ‘lrnas  edi.  J a m iy a t  m u ra k k a b  
xususiyatlami o ‘zida mujassamlashtiigan «biologik» jarayondir.  Biologik 
jarayondagi  faoliyat  turli  vazifalam i  bajargani  uchun  organizmlik 
xususiyatini yo‘qotmaydi.  Jam iyat ham  shu kabidir. Jam iyatni ushlab 
turadigan,  uni  rivojlantiradigan  «organ» bu  iqtisoddir.  Iqtisod so‘zini 
m uloqotga  olib  kirgan  olim  Arastu b o iib ,  Arastu  davridan  boshlab  u 
to ‘g ‘risida  bosh  qotirib  keladilar.  Iqtisodning  so‘zm a-so ‘z  taijimasi, 
«ro‘zg‘o r yuritish  san ’ati»  m a’nosini  anglatadi.  Iqtisod  tom  ma’noda 
insonlarning  tovar  ishlab  chiqarish,  ayirboshlash  va  taqsimlash 
borasidagi  xo‘jalik  faoliyatini  o‘rganuvchi  sohadir.
N em is sotsiolog olim laridan Georg Zimmel  (1858-1918)  «Ijtimoiy 
ta b aq alan ish   to ‘g ‘risida»  h am d a  «Pul  falsafasi»  asarlarini  yozib 
qoldirgan.  «Pul falsafasi» asarida jam iyat taraqqiyotida pulning o ‘m ini 
ko‘rsatib  berar  ekan,  zam onaviy  hayotda  fikriy  tajribaning  o ‘m ini 
m ukam m allashtirib  tushuntiradi.  U  ushbu  holatni  «maqsad-vosita» 
s o ‘zlari  o rqali  ifodalaydi.  ijtim o iy  m u n o sab atlard a  pul  xarajati
123

mohiyatini ochib beradi.  Demak,  pul iqtisodiyotning harakatlantiruvchi 
kuchidir.
Iqtisodiy tajribalar asosida Jon Meynard  Keyns XX asr boshlaridagi 
iqtisodiy  krizislarni  tahlildan  o'tkazib  «Bandlik,  foiz  va  pul  um um iy 
nazariyasi»  nom li  asarida  iqtisodiy hayotga davlatning faol  aralashuvi 
orqali  iqtisodiy inqirozdan chiqish  uchun bozor iqtisodiyotini safarbar 
etish  yo‘llarini  ta k lif  etgan.  U ning  fikricha,  davlat  iste’m ol  va 
investitsiyalam i  —  h atto   su n’iy y o i  bilan  b o ‘lsa  ham   rag'batlantirishi 
kerak.  Odamlar m ahsulotlami sotib olishi va pullarini sarflashlari lozim, 
shunda  talab  ishlab  chiqarishning  o ‘sishiga,  bu  esa  o 'z   navbatida 
ishsizlikning kamayishiga olib keladi.  Bu g‘oyalar iqtisodiy tajriba b o ‘ldi. 
Bu tajribani A m erika  Q o‘shm a  Shtatlari  Prezidenti  F.D .  Ruzvelt XX 
asrning  30-40  -  yillarida  ro'yobga  chiqarib,  Amerikani  inqirozdan 
olib chiqdi.
Hozirgi  zam on  iqtisodchi  olim laridan  biri  Frldrik  Fon  Xayek 
boshqacharoq g‘oyalami o ‘rtaga tashladi.  Uning g‘oyasi bo ‘yicha davlat 
iq tis o d n i  n a z o r a t  q ilis h d a n   m u tla q o   b o s h   t o r t i s h i ,  b o z o i 
m unosabatlarining ishiga aralashmasligi kerak.  Bozor munosabatlarida 
m ustaqil  qarorlar  qabul  qilinishi  m uhim   aham iyatga  ega.  Huquqiy 
javobgarlikni  tadb irko r  yoki  biznesm enga  berish  kerak.  Iqtisodiy 
tajribaning  m ohiyati  shundadir.  M azkur  iqtisodiy  tajriba  asosida 
tadbirkorning  tahlili,  uning  his-tuyg‘usi,  irodasi,  bilim  va  malaka 
k o ‘nikm alari,  yutuqlarga  erishish  ishonchi  yotadi.  Binobarin,  bozoi 
m unosabatlarida  tadbirkor  o ‘z  ishini  o ‘z  m anfaatidan  kelib  chiqib 
yuritadi.  Albatta,  u  zarar  ko‘rishni  istamaydi.  Aks  holda,  bankrotga 
uchraydi.  Shu sababli,  u kerakli  m a’lum otlarga e’tibom i qaratadi,  o ‘z 
bilimi, malakasini, qobiliyatini ishga soladi.  Raqobatda g‘olib chiqishni, 
ravnaq topishni  ko‘zlaydi.  Bu esa boshqa tadbirkorlar faoliyati uchun 
amaliy tajriba  maydonidir.
Iqtisodiy tajribada m ahsulotlaming qiymatini  hisoblashda pragmatik 
(harakat)  yondashuv  yaxshi  natija  beradi.  Q iym at  -  bu  qaram a- 
qarshiliklar birligidan tashkil  topadi.  Sotuvchi bilan oluvchi  o'rtasida 
ham isha  tafovut  bor.  Shu  sababli  ham   m ahsulot  qiym ati  tajriba 
mohiyatiga bog'liq.
Iq tiso d iy   ta jr ib a la r d a n   k elib   c h iq q a n   h o ld a ,  0 ‘zb e k isto n  
Respublikasi  o'zining  tajriba tam oyillariga  ega  b o id i.  Bu  tajribaning 
ijobiy  natijalar  berayotganligi  bizga  m a ’lum .  Bu  tajriba  ijodkori
124

I.A .K arim ovdir.  I.A .K arim ov ,  Oliy  M ajlisning  IX  sessiyasidagi 
m a’ruzasida quyidagi  iqtisodiy tajribaga taalluqli boMgan mulohazalami 
o ‘rtaga  tashladi:  «CKtgan  davrda  hayotning  m uhim   to m o n larin i 
e r k i n l a s h t i r i s h n i n g   q o n u n c h i lik   n e g iz in i  m u s ta h k a m la s h , 
fuqarolarning huquq va erkinliklari sohasida zarur kafolatlarni muvofiq 
ravishda  ta ’m in lash ,  davlat  tizim in i  d em o k ra tla sh tirish ,  b o zo r 
islohotlarini  chuqurlashtirish,  shaxsiy  mulkni  va  tadbirkorlam ing 
manfaatlarini,  o ‘rta va kichik biznesni  himoya qilish bo‘yicha muayyan 
chora-tadbirlar am alga oshirildi»  («Xalq so‘zi»,  2002- yil,  30-  avgust). 
0 ‘zb ek isto n d a  iq tiso d iy o tn i  b o zo r  m u n o sab atlarig a  asta-sek in , 
bosqichm a-bosqich,  tadrijiy  yo‘l  bilan  o'tkazish  b o ‘yicha  iqtisodiy 
tajriba  inson  ehtiyojini  qondirishga  qaratilgan  tajribadir.  Jam iyatda 
yashovchi  kishilam ing  tu rm u sh   tarzini  ko'tarishga  yo‘naltirilgan 
sinovdir.  Iqtisodiy  tajribalar  va  iqtisodiy  islohotlar  maxsus  tizim i, 
maxsus  unsurlardan  tashkil  topadi.  Bular  quyidagilardir:
1. 
Ferm er xo‘jaliklarini tashkil etish va ulam ing faoliyatini hisobga 
olish;  2.  Ishlab  chiqarish  korxonalarini  xususiylashtirish;  3.  Og‘ir v a  
yengil sanoat talab va takliflarini inobatga olish,  ularning  istiqbollarini 
hisobga  olish;  4.  Islohotlar  natijalarini  hisob-kitob  qilib  borish  va 
xulosalar  chiqarish;  5.  Iqtisodiyotni  ko‘tarish  uchun  izchil  harakat 
qilayotgan  korxonalarning  faoliyati  bilan  bog‘liq  b o ‘lgan  banklar 
faoliyatini hisobga  olish;  6.  Iqtisodiyotni  rivojlantirishga  muhim   hissa 
qo‘shadigan  sarm oyalam i  (chetel) jalb  etish  va  q o ‘shma  korxonalar 
tashkil etishdagi  faoliyatlarni unutmaslik;  7.  Aksiyadorlik jarayonlariga 
e ’tib o r  qaratish;  8.  0 ‘z  m am lakati  aholisi  talab  va  ehtiyojlarini 
unutm agan  holda dunyo bozoriga chiqish sohalari kabilar.
Bularni  biz  iqtisodiy  tajribalam ing  unsurlari  desak-da,  ularning 
har biri o ‘z o ‘m ida tajriba uchun qim matli boMgan mustaqil sohalardir.
Bu  s o h a l a r n i n g   b a r c h a s i  h a r   b ir   iq tis o d iy o t  s o h a s id a  
izlanayotganlardan  m a ’lum bilimni talab etadi.  Iqtisodiyot  sohasidagi 
bilim  o ‘ta  m uhim   b o ‘lib,  insonning  turm ush  tarzi,  ijtimoiy  faoliyati 
bilan  b o g 'lan g a n .  Bilish  in so n la m in g   ijtim oiy  ishlab  ch iq arish  
faoliyatlarini qam rab oladi.  Bilish jarayonida amaliyot birinchi o ‘ringa 
chiqadi.  Natijada amaliyot ta’sirida iqtisodiy sohalarda yangiliklar miqdori 
oshib  boradi.  Iqtisodiy  sohalarni  inson  ongida  to ‘g ‘ri  aks  etishi 
ziddiyatlarning oldini  olishga  yordam beradi.  Iqtisodiy nazariya bilan 
am aliyotning birligini tushunish  ham  tadqiqotchining bilimga bog‘liq.
125

Bilimlar tajribada,  am aliyot asosida tekshirilgan taqdirdagina obyektiv 
haqiqatga aylanadi. Tadqiqotchi iqtisodiyotni o ‘z bilimi va m a’lum sohada 
tajriba o4kazish bilan baholaydi,  uning rivojini  ifodalaydigan takliflami 
beradi.  O lz tajribasi bilan  iqtisodiy sohalarni  faqat bilibgina qolmasdan, 
ularni  o ‘zgartirish  choralarini  ham   belgilaydi.  Iqtisodiy  sohalarda 
b ilim n in g   yuzaga  kelishi  va  rivojlanishining  b arch a  jara y o n lari 
insonlarning aniq tarixiy-ijtim oiy  ishlab  chiqarish  faoliyatlari  asosida 
amalga oshadi,  Iqtisodiy bilimlar insonlar faoliyatining ajralmas qismidir. 
Insonlarda  iqtisodiy tushunchalam ing paydo bo‘lishi  iqtisodiy bilishga, 
tajribaga bog‘liq.  Iqtisodiy bilim va nazariyalar boshqa sohalarda bo‘lgani 
kabi insonlarning amaliy faoliyatida tajribalar yordamida tasdiqlanganda 
turm ush tarzidan o 'rin  oladi.  Iqtisodiy bilim lar taraqqiyotining sababi
-  insonlar  faoliyatidir.  Insonlar  iqtisodiy  am aliyotdan  kelib  chiqib, 
o ‘z  bilim larini  boyitadilar.  N atijada  bilim lar  takom illashadi,  yangi 
tu sh u n c h a la r  paydo  b o ‘ladi,  n azariy alar  yaratiladi,  k ashfiyotlar 
b o ‘ladi.  Iqtisodiyotni rivojlantirish  uchun yangi  imkoniyatlar ochiladi.
Iqtisodiy tajriba tadqiqotchidan yuksak mas’uliyatni bo‘yniga olishni 
talab  etadi.  C hunki  uning  faoliyati  jam iyatda  yashovchi  insonlar 
turm ush  tarzini aks ettirish bilan bog‘liq.  Shu  sababli,  iqtisodiy tajriba 
o ‘tkazuvchidan  halollik va vijdonlilik,  xolislik talab qilinadi.
Tayanch  tushuncha  va  iboralar
Tajriba,  iqtisodiyot, jam iyat,  bilim,  aqliy  faoliyat,  iqtisodiy  tajriba 
turlari,  m as’uliyat,  ishlab  chiqarish  usuli,  iqtisodiy  tajriba,  em pirik 
va ratsionallik,  amaliyot.
Mavzuga  doir  savollar
1.  Tajribada bilish  usuli.  Tajribani bilish  va  ijoddagi o 'm i  nim ada?
2.  Tajribaning turlarini  tushuntiring.
3. Tajribaning iqtisodiy bilish va ijoddagi o ‘mi  qanday bo'ladi?
126

IX  bob.  Farazning  (gipoteza)  fan  va  ijoddagi  xususiyatlari. 
Farazning  nazariyalar  tuzishdagi  o ‘rni 
Faraz  tushunchasining mobiyati
Farazda  hisobga  olingan taxm inlarni  tasdiqlash ju d a katta  m ehnat 
talab etadi.  Farazda har tomonlamalik mavjud.  Demak,  hartom onning 
o ‘zi  ko'plab  izlanishlarga  m ajbur qiladi.
Faraz_—_bilisb_uchun_obyekt_va_subyektning_holati,_rivojlanishi,_voqelikdagi_o_‘rni_haqida_u_yoki_bu_fikrning_taxmin_qilinishidir.'>Faraz  —  bilisb  uchun  obyekt  va  subyektning  holati,  rivojlanishi, 
voqelikdagi  o ‘rni  haqida  u  yoki  bu  fikrning  taxmin  qilinishidir.
Faraz  bilish  jarayonida  turlicha  xususiyatlarini  namoyish  qiladi. 
C hunki  b iror-bir  narsa  yoki  hodisa  haqida  h ar  xil  fikrlarni  bildirish 
mumkin.  Sababi, uning barcha holatlarini bir paytning o ‘zida zamonda 
ham ,  m akonda  ham  qam rab  olish  qiyin.  Uning  b o ia k lari  haqida 
alohida-alohida  fikr yuritish  talab  qilinadi.  Binobarin,  faraz  ana  shu 
alohida-alohidalikdan kelib chiqib turli  holatlar haqida paydo bo‘ladi. 
N arsa yoki  hodisalam ing xususiyatiga  qarab bir necha  farazlar paydo 
b o ‘ladi.
Faraz qilinishi  um um iy bilim  va dalillarga,  narsa va  hodisalam ing 
rivojlanish  qonuniyatlariga  zid  kelmasligi lozim.  Farazlar oddiy yoki 
m urakkab jarayonlarni  qam rab  olishi  m um kin.  Shunday  b o ‘lsa-da, 
k o ‘p ro q   o b y ek tig a  n isb a ta n   y a q in ro q ,  u n in g   ich k i  va  ta sh q i 
xususiyatlaridan  uzoqlashm asligi  talab  etiladi.  U shbu  xususiyatlar 
hisobga  olinganda  narsa  va  hodisani  tadqiq  etishda  farazning  o ‘m i 
aham iyatli  b o ‘ladi.  Shu jarayonda  farazning  hayotiyligi  uchun zarur 
b o 'lg an   holatlarni  hisobga  olish  kerak.  Jum ladan,  faraz  m a’lum 
obyektga  mos  tushadigan  m azm un  va  m ohiyatga  ega  b o ‘lgan  holda 
fikr qilinishi;  tadqiq  qilinayotgan  narsa  yoki  hodisaning  m a'lum   bir 
qismiga  nisbatan  farazlanishi;  ilmiy,  um um an  bilish  jarayoniga  zid 
kelmasligi  (haqiqatga);  tekshirish  yoki  tafakkur  qilish  jarayonida 
m urakkab  holatlardan  xoli  b o ‘lishi;  faraz  qiluvchi  ilmiy  ijoddan 
xabardorligi,  bashorat  qilish,  o ‘z  fikrlarini  asoslash  qobiliyatiga  ega 
b o ‘lishi  kabilar.
127

F araz  taraqqiyotida  ushbu  ko‘rsatilgan  xislatlar  hisobga  olinganda 
ijodiy  faoliyat  sam arali  b o ia d i.  0 ‘z  navbatida,  m azkur  ko'rsatilgan 
jarayonlarni hisobga  olmaslik ilmiy  ijod jarayonida chalkashlikka  olib 
keladi.  T adqiqot  uch u n   zararli  b o ‘lishi  m um kin.  A niq  faraz  qilish 
uchun  obyektivlik va subyektivlikningbirlashishi yanada  muvaffaqiyat 
keltiradi.  U lar tavsifi mos tushgan holatda natija ko'ngildagidek chiqishi 
m um kin.  Barcha jarayonlarda bo‘lgani singari farazda ham  oddiylikdan 
murakkablikka, bilmaslikdan bilishlikka qarab borish,  pastdan yuqoriga 
chiqish  talab  etiladi.  Bu  faraz  uchun  ham   um um iy  qoidadir.
F arazda  asosiy  xususiyat  shundan  iboratki,  un d a  n o m a’lum dan 
m a ’lum ga,  ehtim ol  tutilgan  bilim dan  haqiqiy  bilimga,  nisbiylikdan 
mutlaqlikka borish yo‘li  hisobga olinadi.  Ilmiy jarayonda faraz, b a’zida, 
tasaw urga sig‘m aydigan holatlam i hisobga olib amalga oshirilmasa fan 
ham   taraqqiy qilmaydi.  Yangilik yaratilmaydi.  T urg‘unlik yuz beradi. 
F arazda  taxm iniylik,  ehtim ollik,  tasodifiylik,  intuitsiya  xususiyatlari 
m ujassam lashsa,  u  yaxshi  natija beradi.  Tadqiq  qilinayotgan  narsa va 
hodisa haqida faqat bitta yoki  ikkita faraz kifoya qilmaydi.  Q achonki, 
shu narsa yoki hodisa haqida bir nechta faraz b o ‘lsa,  o ‘zaro ziddiyatli 
fikrlar  mavjud  b o ‘lsa,  qaram a-qarshiliklar  paydo  b o ‘lsa,  o 'sh and a 
haqiqiy ijodiy m uhit paydo b o ‘ladi.  Ilmiy bilish uchun sharoit yaratiladi. 
Bilimlar chegarasi kengayadi.  O 'zaro zid b o ‘lgan ilmiy farazlami  ijodiy 
tah lildan  o ‘tkazish,  o ‘xshashligini  aniqlash,  haqiqiyligini  tekshirish 
aynan  shu  tadqiq  obyektiga  nisbatan  m uhim   m etodologik  xulosani 
chiqarishga yordam  beradi.  0 ‘z navbatida,  m etodologik xulosa inson 
bilim ini  obyektiv  ekanligini  tasdiqlashga  yordam   beradi.  Hodisalar, 
narsalar  rivojlanishi  haqida  obyektiv  bilim  olishga  k o ‘maklashadi. 
M a’lum ki,  olim   yoki tadqiqotchining maqsadi  farazning haqiqiyligini 
tekshirib  berishdir.  T adqiqotchi  buning  uchu n  m a ’lum  malakaga, 
dalillarga,  fikrlash  xislatlariga  ega b o ‘lishi  talab  etiladi.  Bu  xislatlarga 
ega b o ‘lgandagina taqqoslash, g‘oyalami tushunib ilgari surish osonroq 
kechadi.  N atijada  yangi ijodiy imkoniyatlar paydo b o ‘ladi.
Farazlar to ‘xtab qolmaydi.  Eskisi o ‘m igayangisi paydo b o ‘ladi.  Shu 
tariqa  fanning  rivojlanishi  uchun  ham   im koniyat  yaratiladi.
Farazlar  ilmiy  bilishda  turlicha  xususiyatlarni  bajarar  ekan,  ular 
bir-biridan farq qiladi.  Farazlar ham falsafiy xususiyatga ega bo'lganligi 
u c h u n ,  h a r  b ir  fan d a  xu susiylik,  u m u m iy lik ,  eng  u m u m iy lik
128

xislatlarini  nam oyon  qiladi.  D em ak,  fanda:  a)  xususiy  farazlar,  b) 
umumiy  farazlar,  v)  falsafiy  farazlar  b o ‘lishi  mum kin.
Faraz  qilish  nam oyon  bo'ladigan  narsa  va  hodisalardagi  o ‘zining 
hajmi va tizimi,  holatiga qarab ham  farqlanadi.  Ko‘zga ko'rinmaydigan 
faraz  obyektlari,  yirik  obyektlar  farazlari,  o ‘ta  yirik  faraz  obyektlari, 
metagalaktika  haqidagi  farazlar  va  boshqalar.  Bu  obyektlar  haqida 
tadqiqotchi  faraz qilishi  uchun,  a w alo ,  u  m a’lum tasavvurga,  bilimga 
ega b o ‘lishi talab etiladi.  M asalan,  daladagi dehqondan  metagalaktika 
haqida farazni talab qilish  yoki bog‘cha bolasidan atom  zarrasi haqida 
faraz  qilishni  talab  qilish  o'rinsizdir.  Xalqimizda  «chum chuq  so‘ysa 
ham ,  qassob  so'ysin»  degan  hikm at  bejiz  aytilmagan.  Aks  holda, 
aytilgan  faraz  mevasiz  daraxtdir.
Farazlam i  faqat qanday m akonda tutgan o ‘miga qarab emas,  balki 
vaqt  nuqtayi  nazaridan  ham   yondashib  o ‘rtaga  tashlash  mumkin.
Y a ’n i,  ta rix iy   h o d is a la rn i  o ‘tm ishga  b og‘lab  faraz  qilish; 
ma’Iumotlarga  ega  bo‘lmagan  hoiatlarda  zamonaviy  jarayoniarni 
hisobga olgan holda farazlar qilish;  kelajak narsa va hodisalari haqida 
farazlar  qilish  va  boshqalar.
Farazning ilmiy bilish  va  ilmiy ijoddagi  turlicha xususiyatlari yana 
shunda ko‘rinadiki,  narsa va hodisalam ing tuzilishi,  amaliyotda o ‘zini 
nam oyon  qilishi,  qaysi  tizim ga  mos  kelishi  jihatlarini  ham   qamrab 
oladi.  Ju m ladan,  narsa  va  hodisaning  tuzilishi  haqida;  narsa  va 
hodisalarning  maqsad  va  vazifalari  haqida;  narsa  va  hodisalarning 
bo‘lak  va  xususiyatlari  haqida;  narsa  va  hodisalarning  umumiy 
bog‘lanish  va  aloqadorliklari,  munosabatlari  haqidagi  farazlar.
Shu bilan bir qatorda,  narsa va hodisalarning mazmun va mohiyatini 
ochish  maqsadida ham farazlar qilinadi: tavsifiy farazlar, tushuntiruvchi 
va tushuntiriluvchi farazlar, ti/imli farazlar.  Narsa va hodisalarni bayon 
etish  usuliga  qarab  ham ,  farazlar  qilinadi:  mazmun  va  mohiyatiga 
qarab;  rasm iylashtirilgan  yoki  rasm iylashtirilm agan,  umuman 
rasmiylashtirilmagan;  modelli  farazlar;  farazning  yana  bir xususiyati 
bu  ilm iy  ijodning  o ‘rniga  qarab  ham  farqlanadi:  badiiylikni 
rivojlantiradigan farazlar, texnikaviy sohalarni aks ettiradigan farazlar, 
ijtimoiy  taraqqiyot  farazlari  va  boshqalar.  D em ak,  farazni  evristik 
yoki  turlicha xususiyatlarini  hisobga olish  insonning,  ayniqsa,  fanning 
ilmiylik  darajasini  oshiradi,  olingan bilimlarni  mustahkamlaydi.
1 2 9

Farazlar  nazariyalar  tuzishda  deduktiv  va  induktiv  xususiyatlari 
bilan  k o ‘m aklashadi.  Inson  olamdagi  sir-asrorlam i  o ‘rganar  ekan,  u 
bu jaray on da  osonroq  va  qisqa  y o i  bilan  borishni  afzal  ko‘radi.  Shu 
sababli faraz orqali bilim ham hodisa yoki narsaga shunday yondashishni 
m a ’qul  k o ‘radi.  N atijada  bir  xil  aham iyatga  ega  b o ‘lgan  farazlardan 
aniqroq,  soddaroq,  m urakkab  b o ‘lm agan,  kam   xarajat  qiladigan, 
z ab t  e tis h n i  y a q in ro q   q ila d ig a n   fa ra z n i  ta n la b   o la d i.  Faraz 
asoslanganidan  va uning hayotiyligi  isbotlangandan  so ‘ng  nazariyaga 
aylanadi. Tadqiqotchi o ‘zi tanlab olgan farazga befarq bo‘lmaydi, albatta. 
U ni  h ar to m o n lam a o ‘rganadi,  sinovdan  o'tkazadi, takom illashtiradi, 
kelajakda  m ehnati  natijasiz  ketmasligiga  harakat  qiladi.  Shu  sababli 
farazning diaiektik jihatlariga e ’tiborni qaratadi.  M antiqiy,  ichki, tashqi 
holatlarini tahlil qiladi.  Qarama-qarshi va o ‘zaro tafovutlarini aniqlaydi. 
F arazda  m an tiq iy   ziddiyatlar  b o ‘lsa,  bu  faraz  natijasiz  b o ‘lib,  u 
rivojlanish  qonuniyatlariga ega emas.
Nazariya  tuzishda  gipotetik-deduktiv  usul
Bu  usul  ham   ijodiy jarayonda  qoMlaniladi.  T anlangan  narsa  yoki 
hodisani,  aniqrog‘i m uam m oni  ilmiy dalillar va ular asosida erishilgan 
n a tija   y o rd a m id a ,  ilm iy   farazn i  s h a k lla n tirish   u c h u n   ijo d k o r, 
m antiqdagi  abduktiv  (lotincha  abducere  -  o ‘tkazish)  deb  nom langan 
tafakkur  yuritish  tizim iga  binoan  harakat  qiladi.
“Abduksiya  ilm iy  bilishni  kuzatilayotgan  faktlardan  ularni 
tavsiflovchi va tushuntiruvchi gipoteza (farazlar)lar orqali yangi bilimni 
kashf etishga  o ‘tkazadi.
Boshqa  b ir  m ushohada  yuritish  sxemasi  -  deduksiya  (lotincha 
deductio  -  chiqarish) esa um um iy tuzilm alardan xususiy tuzilmalarga, 
g ip o te zad a n   faktga 
olib  boradi.  H ozirgi  zam on  epistem ologlari 
K .P opper va  K .G em pelning fikricha,  deduksiya eksperim ental  faktlar 
bilan  taqqoslanadigan  ilmiy  qarashlarga  olib  keladi.  Eksperim ental 
faktlar  gipotetik bilimni falsifikatsiyaqilish,  uni  inkor  etishga qodir” 1.
Farazni  o ‘rtaga  qo‘yish,  tajribaviy dalillarni  tushuntirish  imkonini 
beradi.  Farazdan  alohida  xulosalar  keltirib  chiqariladi.  Bu  xulosalar 
esa  tajriba  natijalariga  solishtiriladi.  Ilmiy  bilishning  ushhu  uslubi
1  Saifnazarov  I  Ilmiy  ijod  m etodologiyasi.  Т.:  «Yangi  asr  avlodi” .  2004.,  102-bet..
130

gipotclik-dcduktiv  usul  deb  ataladi.  G ipotetik-deduktiv  m ushohada 
yuritish bilishning bosh bo ‘g‘inini tashkil etadi.  K.Popperning flkricha, 
gipotetikbilim   deduksiyanorm alari  bilan  tartibga solinadi. Deduksiya 
ilmiy yondashishga olib keladi va bu dalillar tajriba dalillariga solishtiriladi. 
Tajriba  esa  farazni  va  unga  asoslangan  gipotetik  bilimni  soxtalash- 
tirishga,  undan  foydalanishning  asosli  ekanligini  inkor  etish  yoki 
aksincha boiishini tasdiqlashga qodir.  Bilish jarayoni (epistemologiya)da 
gipotetik-deduktiv  usul  farazga,  qonunlar,  tamoyiilar,  nazariyalam i 
aniqlashga  olib  boruvchi  tushuntiruvchi  takliflam i  asoslash  uchun 
xizmat  ham   qilad i.G ip otetik -dedu ktiv   uslub  dalillash  usuli  sifatida 
ta ’lim  nazariyasi,  evristika,  dialektika,  fikriy,  eksperim ental  analiz, 
bo‘lg'usi harakatlarni bashorat qilish va shu kabilarda keng qo‘llaniladi. 
Bilish  jarayonining  bunday  holatlarida  (ilmiy  ijodda)  tadqiqotchilar 
boshlang‘ich  farazlardan  iloji  boricha  ko‘proq  deduktiv  xulosalar 
chiqarishga harakat qiladilar va o ‘zlarining keyingi harakatlarida shunga 
qarab tuzatish  kiritadilar. G ipo tetik-d ed u k tiv   usul tabiatshunoslikda 
k o ‘pgina  n aza riy ala rn in g   tu z ilish in i  o ‘rganish  u ch u n ,  ayniqsa, 
samaralidir.  Galiley,  N yutonlar klassik mexanikasining deyarli barcha 
m etodologik  asoslari  g ip o te tik -d e d u k tiv   m u sh o h ad alar  asosida 
qurilgan.

Download 40.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling