T o s h k e n t m o L iy a I n s t I t u t I


Dalil  subyekt  va  obyektning  faolligi


Download 40.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/18
Sana15.02.2017
Hajmi40.61 Kb.
#493
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18

Dalil  subyekt  va  obyektning  faolligi 
natijasi  sifatida
Ilmiy ijod jarayoni subyekt(ega) va obyekt(narsa) faoliyatiga bog'liq. 
Subyekt  va obyekt  dalilning ikki qanotidir.
Subyekt  va  obyekt  ham  falsafiy  kategoriyalardir.  Subyekt  —  bu 
obyektiv  olamdagi  narsa  va  hodisalarning  mohiyatini  bilish  va  ularni 
nisbatan  o ‘zgartirishga  ta’sir  etadigan  faoliyat  egasidir.  Obyekt  — 
bu  subyektning  izlanish  manbayi  bo‘Iib,  subyektga  bilim  beradigan 
voqelikdir.
Subyekt  deganda,  ko‘proq  shaxs,  inson  faoliyati tushuniladi.  Shu 
bilan  birga,  ilmiy  izlanishda  ishtirok  etadigan  zam onaviy  texnik 
vositalarni  h am ,  insonning  o ‘zini  ham   subyekt  qatoriga  kiritish 
m um kin.  Asosiy  subyekt  boshqa jonli  m avjudotdan  o ‘zining  amaliy 
faoliyati bilan farq qiladi.
U  voqelikni  bilibgina  qolm aydi,  balki  uni  nisbatan  o ‘zgartiradi. 
Tabiat  va jam iyat  bilan  o ‘zaro  m uloqotda  b o ‘ladi.  Ushbu jarayonda 
subyekt  faol,  obyekt  esa passivdir.  Xuddi shu  faollik  insonni subyektga 
aylantiradi  va subyekt tabiiy ham da su n ’iy vositalar yordam ida tabiat, 
jam iyat  hodisalariga,  narsa ham da jarayonlarga, ya’ni o ‘z faoliyatining 
obyektiga  ta ’sirini  o ‘tkazadi.  Bu  esa  ilmiy  dalil  to ‘plashning  m uhim  
jihatlaridir.  Subyekt  faoliyati  haqida  I.  Kant,  I.  G.  Fixte,  G.  G egellar 
to ‘xtalib,  uning  faolligini  k o ‘p  m arotaba  t a ’kidlaganlar.  Obyekt 
faoliyatini  o ‘zgartirish  subyektga  bog‘liqligini  isbotlashga  harakat 
qilganlar.  Obyektni  tadqiq qilish subyektning ongiga,  tafakkuriga joiz, 
deb tushuntirganlar.  Ongning faolligi obyektga nisbatan birlam chidir. 
Subyekt  tadqiqot  jarayonida  dalillar  asosida  ish  yuritib  obyektga
113

n isb a tan   am aliy,  hissiy,  m oddiy  jih atd an   t a ’sir  k o ‘rsatadi,  uni 
o'zgartiradi.
H ar bir obyektda  dalillar alohida-alohida b o ‘lishi mum kin.  Obyekt 
o ‘z faoliyatida jiddiy e ’tibor berishni talab etadi.  Bunda subyekt obyektga 
nisb atan   an iq   yo ndashadi.  Y a’ni,  tabiat  va  ja m iy at  hodisalarini 
inson(subyekt)  o ‘z  hayotiga  yaroqli  shaklda  o ‘zlashtirib  olish  uchun 
turli  vositalardan,  q o ‘l  va  oyoq,  ong  va  k o ‘z,  quloq  va  hid  bilish 
organlari,  harakat  h am da  boshqa  jarayonlardan  foydalanadi,  ularni 
ishga soladi.  Shu  sababli  subyekt  obyektga  nisbatan tubdan farq qiladi. 
D em ak ,  subyektning  faoliyati  ta d q iq o t  dalillariga  nisbatan  ham  
ta ’sirchandir.  Subyektning  faoliyati  obyektga  nisbatan  payqab  olgan 
qonuniyatlarga ham  bog‘liqdir.
Subyekt va obyektning o ‘zaro ta ’siri dalilning zaruriy tom onlaridir. 
T a ’k id la s h   lo z im k i,  s u b y e k t  o b y e k tn in g   o ‘r n i,  a l o q a la r i , 
munosabatlari,  qonuniyatlari  haqida tegishli bilimga ega b o ‘lmasa dalil 
to ‘play olmaydi.  Shuni esdan chiqarmaslik kerakki,  yakkalangan ayrim 
shaxs  olam ni  bilish  va  o ‘zgartirishga  qaratilgan  faoliyatning  subyekti 
b o ‘la  olm aydi.  Shaxs jam iyat  yaratgan  m ehnat  qurollaridan,  tildan, 
jam g ‘arilgan bilim lardan,  m anbalardan foydalanganligi uchun subyekt 
b o 'lib   qoladi.  Binobarin,  doim o  m a’lum  bir ishlab  chiqarish  usuliga, 
m a’naviy -  madaniy taraqqiyotning m a’lum subyekti sifatida maydonga 
chiqishi  m um kin.  U nutm aslik  kerakki,  dalillar egasi b o ‘lgan  subyekt 
va  obyekt  qaram a-qarshi  tom onlarni  tashkil  etadi.  Q aram a-qarshi 
to m o n lar dalilning  ichki va tashqi  tom onidir,  dialektikasidir.  D alillar 
o ‘z  fao liy ati  p ay d o   b o ‘lishi  b ilan   ham   q a ra m a -q a rs h i  fik rlar 
m ajm uasidan  iboratdir.
Q aram a-qarshi to m o n lar hal  etilsa,  subyekt  tom onidan  dalillarga 
erishiladi.  Subyektning  ijodiy harakatining  natijasi  dalillam ing paydo 
b o ‘lishidir.  Subyekt va obyekt hodisa va narsalar um um iy harakatining, 
tom onlarining  bir  qismidir.  N arsalar  subyektsiz,  jonsiz  tabiatlidir. 
Tabiat va jamiyatni o'zgartirish subyekt dalillariga bog‘liqdir.  M a’lumki, 
jam iyat o ‘z qonunlariga  muvofiq rivojlanadi.  Unga:  ongga,  irodaga ega 
b o lgan, o ‘z oldiga dalillar to ‘playdigan insonlar kiradi.  Ba’zi obyektlarda 
esa  iroda  ham ,  ong  ham ,  m aqsad  ham   yo‘q.  D em ak,  subyekt  bilan 
obyekt o'rtasida ziddiyatlar dalillar asosida hal etiladi, bartaraf qilinadi. 
Natijada obyektlar ilmiy izlanish,  ijod jarayonida subyekt faoliyatining
114

dalil  to'plash  qurollariga  aylanadilar.  Shu  asosda  subyekt  faoliyatiga 
kirib  boradi.  D em ak,  subyekt  va  obyekt  ilmiy  izlanish,  dalil  to ‘plash 
jarayonida diplom atik m unosabatni tashkil etadilar.
S ubyektning  (in so n n in g )  y o rd am ch ilarisiz  hozirgi  zam o n n i 
ta sa w u r  qilish  qiyin.  Insonning  yordam chilarini  esa  sun’iy jihozlar, 
k o m p y u terlar,  h iso b la sh   m a sh in a la ri,  tu rli  m oslam alar,  asbob 
uskunalar  tashkil  etadi.  Ikkinchidan,  inson  faoliyatining  m ahsullari 
obyektlar sifatida ular bilan inson o ‘zaro t a ’sirga  kirishishi yordam ida 
m uhim  dalillarni paydo qiladi.  Oxir oqibat esa subyekt obyektni dalillar 
asosida  o ‘zgartirib,  o ‘zlashtirib  oladi,  o ‘z  m aqsadlariga  m uvofiq- 
lashtiradi.  Shu bilan birga,  subyektning o ‘zi ham  bilim  bilan boyiydi, 
nisbatan dunyoqarashini o ‘zgartiradi. Yangi m aqsadlam i topadi va uni 
bajarish  uchun  yangi  dalillar  izlaydi.
Tayanch  tushuncha  va  iboralar
dalil,  haqiqat,  subyekt,  obyekt,  dalil  turlari,  faraz,  ilmiy  dalil, 
dalil  to ‘plash  va  ilmiy  ijod,  subyekt-obyekt  faolligi,  to iiq   dalil, 
yolg‘on dalil,  dalil  vazifalari.
Mavzuga  oid  savollar
1.  Ilmiy tadqiqot va ijod tizimida dalil nim alarni ifodalaydi?
2.  Dalilda subyekt va obyekt  qanday vazifani bajaradi?
3.  Dalil falsafiy kategoriya sifatida nim alarni izohlaydi?
115

VIII 
bob.  TAJRIBA  IJOD  JARAYONIDAGI  DAL1LLASH  USULI 
SIFATIDA.  IQTISODIYOTDA  TAJRIBA
Tajriba  -  bilish  usuli.  Tajribaning  bilish  va  ijoddagi  o ‘rni
«Eksperim ent»  so‘zi  lotin  tilidan  olingan  b o ‘lib,  uning  taijim asi 
«sinov,  tajriba,  isbot»  degan  m a’nolam i  anglatadi.  Shu  sababli,  biz 
b a’zi adabiyotlardagi chalkashliklami e ’tiborga olib, eksperiment so‘zini 
aynan  taijim asi  «tajriba»  so‘zidan  foydalanam iz.  Sababi  k o ‘pgina 
mualliflar  «tajriba»  bilan  «eksperiment»  so ‘zi  m ohiyatini  alohida- 
alohida tushuntirishga harakat qilib,  so‘zning taijim asini buzib talqin 
qiladilar.  Bu  esa  tu sh unchaning  m azm un  va  m ohiyatini  aniqroq 
ta sa w u r  qilishni  qiyinlashtiradi.
Tajriba  bu  —  narsa va  hodisalarning  mohiyatini  ochish  sharoitida 
qaytadan  hosil  qilish  va  kuzatishga  imkon  beradigan jarayondir.
Tajribada narsa va hodisalarning xilma-xil sharoitlarda tadqiq qilish, 
uni  ayni b ir holatda  va  boshqa turli  holatlarda  istagancha takrorlash, 
ayrim boiaklai^ga b o ‘lish mumkin.  Ba’zi  ilmiy ijodda ay n aa b u  jarayon 
amalga oshirilmasa,  natija olish murakkab kechadi.  Demak, tajribaning 
xususiyati  ham   m urakkab.  U  k o 'p   m ehnat,  vaqt,  shijoat,  tafakkur 
jarayonlarini talab etadi.  Ammo tajriba insonning obyektiga moddiy va 
m a ’naviy  t a ’sir  ko'rsatish  quroli  boMgani  uchun  ilmiy  ijodda  natija 
olishni  tezlashtirishi,  olingan  natijalam ing  haqiqiyligiga  kafolat  b o ‘la 
olishi  m um kin.  Shu  sababli  ham   aytish  m um kinki,  ilmiy  ijodda 
qo'llaniladigan boshqa usullardan farq qiladigan eng muhim  usullardan 
biri bu  - tajribadir.  Tajriba ham  inson  faoliyati  natijasida kelib chiqqan. 
Ushbu uslub ko‘proq tabiat hodisalarini kuzatish  natijasida rivojlanadi. 
Tajriba  qadim   zam onlardan  boshlab  m a’lum  b o'lsa-da,  asosan  yangi 
davrga kelib usul sifatida shakllandi.  Uning paydo bo'lishida  U.  Gilbert,
F.  Bekonlarni  xizmati  kattadir.  Bu  olim lar tajribaning yo‘nalishlarini 
a n iq la b   b erg a n .  U m u m a n ,  ta jrib a   h a q id a ,  u n in g   m o h iy a tin i 
tushuntirish  uchun  turli  falsafiy  oqim lar  paydo  bo'lgan.  Em pirizm , 
ratsionalizm ,  irratsionalizm   shular  jum lasidandir.
116

Em pirizm  oqim i  vakillarining fikricha,  faqat tajribaga asoslangan, 
sezgilar  bergan  bilim gina  obyektiv  olam   narsa  va  hodisalari  haqida 
to ‘g‘ri  ta sa w u r  beradi.  Ratsionalistlarning  fikricha,  haqiqiy bilish  va 
ijodning yagona  manbayi  -  inson  aqli,  nazariy tafakkuridir.  Bulaming 
takidlashicha,  haqiqatni bilishda sezgi  m a’lumotlariga aslo asoslanmaslik 
kerak.  Sezgilar voqelikdagi  narsa va hodisalarning mazmun va mohiyatini 
buzib  ko‘rsatadi.  Voqelik  haqida  yolg‘on  tasaw urlarni  paydo  qiladi. 
K o'rinib turibdiki, bu  ikkala  oqim  bilish jarayonidagi  m azkur m uhim  
talablami alohida-alohida b o ‘rttirib talqin qiladi.  Aslida esa izlanishda, 
bilish  jarayonidagi  ular  bahs  yuritayotgan  ikkala  yo‘nalishni  ham  
unutm aslik  lozim.  Tajriba jarayonida  ikkala jarayon  ham   m uhim dir. 
U lam i bir-biridan  ajratish  m um kin emas.  Yuqorida ta ’kidlanganidek, 
em pirizm   deb  ataluvchi  oqim ,  ijod  jarayonining  m ohiyatini  tajriba 
d o ir a s i  b ila n   c h e k la b   q o 'y a d i l a r   va  s e z g ila r   f a o li y a ti n i 
m ubolag‘alashtiradilar-da,  aql-farosatni  kamsitadilar.  Ratsionalistlar 
esa,  aksincha,  tafakkur rolini  b o ‘rttirib,  sezgilaming  ijod jarayonidagi 
aham iyatini  kam aytiradilar.  H olbuki,  ijodda  tajriba,  kuzatish  faol 
ishtirok etishini nazardan chetda qoldirmaslik lozim.
Kashfiyotlar tajriba va amaliy faoliyat asosida yuzaga keladi, chunki 
k a sh fiy o tla r  ta jrib a   o rq a li  te k s h irila d i,  a n iq la n a d i,  h aq iq atg a 
aylantiriladi.  Ilmiy  ijoddagi  natija  aniq  tajribalar asosida  shakllanadi. 
Demak,  ilmiy ijodda obyektiv narsa va hodisalarning yangi xossa ham da 
xususiyatlarini aniqlash tajriba asosida amalga oshadi.  Shu sababli ham, 
ilmiy ijodda tajribaning tutgan o lrni beqiyosdir. Tajriba esa kuzatishlar 
bilan mustahkam aloqadadir.  Ularni bir-birisiz tasaw ur qilish  mumkin 
emas. Tajriba kuzatishlar orqali am alga oshiriladi.  Tajribaning muhim  
unsuri b o ‘lgan kuzatish haqida faylasuf Omonulla  Fayzullayev o'zining 
«Falsafa  va  fanlar  metodologiyasi»  asarida  quyidagi  m ulohazalarni 
bildiradi:
“A l-F arg‘oniy  ham   olamdagi  voqealam i  o'rganishni  kuzatishdan 
boshlagan:  1)  Nil  daryosida  oqayotgan  suvning  hajm i,  tezligi  va 
balandligini  kuzatib  Nil  o ‘lchagich  asbobini  ixtiro  qilgan.  Bu  ilmiy 
natija  M isr davlati  va  xalqiga  anch a  iqtisodiy  yordam   berdi.  Qishloq 
xo‘jaligi ahli al-Farg‘oniyning o ‘zi tuzgan yil  kalendarida bu oichagich 
ko‘rsatm alariga  am al  qilib,  ko‘p  ishlar  rejalashtirildi.  Davlat  soliq 
tizim ini  joriy  etish  ancha  osonlashdi.  D ehqonlar  soliqni  kam roq 
to ‘laydigan  b o ‘ldi;  2)  Quyosh  va  Yer  harakatlari  m unosabatlarini
I  17

kuzatish  natijasida Yer shari sirtidagi geografik kenglama va uzunlama 
koordinatalariga  qarab,  ularni  kuzatib,  yoz,  kuz,  qish,  bahor  fasllari 
va  Q uyosh  koTinishlari  qonuniyatini  aniqlagan.
Abu  N asr  Forobiy  Yer yuzidagi  davlatlar xususiyatlarini  o'rganib, 
k u zatib,  adolatli  davlat  yaratish  m asalasini  k o ‘targan,  Ptolem ey 
tizim ida  kuzatishdan  shakllangan  nazariyaga  o ‘tishda  yangi  fikrlar 
aytgan, geometrik algebraga asos solgan.  Forobiyning fikricha,  kuzatish 
asbob-uskunalar orqali  amalga  oshiriladi.  Asbob  esa,  tabiiy  va  su n ’iy 
b o ‘lishi  m um kin.  Tabiiylari  ko‘z,  quloq,  sezgi  organlari,  su n ’iylari  - 
odam   yasaydigan  asboblar, jum ladan  m usiqa  asboblari.
Beruniyning  «Osor  al-Boqiya»,  «H indiston  tarixi»  asarlari  ilmiy 
kuzatishlar  va  ularni  m ushohada  qilish  natijasida  paydo  b o ‘lgan.  U 
to shlar  holatlarini  kuzatib  m ineralogiya  fanini,  Y er  sirtining  past- 
balandligini  kuzatib  geodeziya  fanini  yaratdi.  Beruniyning  fikricha, 
bevosita  obyektiv  kuzatish  natijasi  haqidagi  axborotlarda  subyektiv 
fikr  aytilishi  m um kin.
Ibn  Sino  fikricha,  sezgi  narsani  to ‘la  bilolmaydi,  faqat  tafakkur 
to ‘la bilishi  mumkin. Tafakkur narsaning o ‘zi qanday b o ‘lsa, o ‘shanday 
bilib olishi kerak,  undan ortig‘i  kerak emas.  Ko‘z k o ‘rganda narsaning 
rangidan  tashqari  uzunligi,  b o ‘yi,  eni,  shakli,  shuningdek,  harakat- 
dam i  yoki jim   turibdim i,  buni  ham   bilib  oladi.  Ba’zi  sezgi  organlari 
qattiq,  yum shoq,  hid,  tovushlarni  payqaydi.  Sezish  o ‘zgpruvchan- 
likni,  tafakkur  o ‘zgarm as  bog‘lanish lam i  belgilab  beradi.  Sezish 
ak sidensiyalarini,  tafak k u r  substansiyani  bilishda  xizm at  qiladi. 
Nim aniki bilmoqchi b o ‘lsak, bilingani yordamida amalga oshadi, deydi 
Ibn  Sino.
Ibn  Sino  ta ’kidlaydiki,  odam   sezgi  organlari  o ‘zlarini  kuzata 
olm aydilar,  M asalan,  k o ‘z o ‘zini  kuzatm aydi  (bu,  albatta  oyna  ixtiro 
etilguncha).  U  boshqa  narsalarni k o ‘rish  vositasidir.
K asalni  davolash  k u zatish d an   b o sh lan ad i,  deydi  Ibn  Sino. 
D iagnostika  shunga  bog‘liq.  Kasallarning  m ijozlarini  surishtirib,  shu 
asosida  davolashga  o ‘tish  Sharq  tibbiyotining  asosiy  tam oyillardan 
b o ‘lgan.  Shu  asosida  Ibn  Sino  xirurgiya,  terapiya,  nerv  tizim i,  ichki 
kasalliklar  tibbiyotning  boshqa  sohalaridagi  kashfiyotlarni  ro ‘yobga 
chiqarishga  muyassar b o ‘ldi.
Nihoyat,  Ibn  Sino kasallik va uni tuzatish sohasidagi  ilmiy fikrlarini 
qonun darajasiga ko‘tardi.  Darhaqiqat,  uning  10 jildlik kitobining nomi 
ham   «M editsina qonuniyati»  deb ataladi.
1
 
18

U lug‘bek jah o n d a  tcleskopgacha  b o ig a n   astronom iyaning  buyuk 
olim i,  k o ‘p  nazariy  kashfiyotiar  qilgan.  G ap   shundaki,  ularning 
ham m asi  ilm iy  ku zatish d an ,  ilmiy  ek sp erim entd an   boshlangan. 
Kuzatish  deganda,  oddiy  ko‘z  bilan  yoki  mikroskop  va  texnika  bilan 
tabiiy  yoki  jam oa  jarayonlarini  ko‘rib  borish  tushunilishi  m um kin. 
Lekin,  laboratoriya  yoki  observatoriya  sharoitidagi  kuzatish  —  bu 
eksperim entdir.
U lu g 'b e k   Q u y o sh ,  p la n e ta la r ,  y u ld u z la rn i  o ‘zi  q u rd irg a n  
S am arq and   astron om iya  observatoriyasidagi  o 'sh a   zam on  ilmiy 
asboblari  yordam ida  olib  bordi.  Q ozizoda  Rumiy,  G ‘iyosiddin  al- 
Koshiy,  Ali  Q ushchi  va boshqa taniqli  astronom lar ham da shogirdlar 
bu  ishlarni  tadrijiy ravishda bajardilar.
U lug'bek  ilmiy  ijodining o ‘ziga  xos xususiyati  shundan  iboratki,  u 
ilmiy  ishlarini  voqealarni  kuzatishdangina  emas,  balki  oldin  o'tgan 
olim lam ing  kuzatish  natijalarini  o ‘rganib  ularni  tanqid  qilishdan 
boshladi.  Bor kuzatuv xulosalarini to 'q q a va puchga ajrata oldi.  Uning 
y a n a   b ir  x u su siy ati  sh u k i,  o sm o n   jis m la rin i  k u zatish   u ch u n  
observatoriya qurish  zarurligini payqab,  uning konstruksiyasini  fikran 
ek sp erim en t  y o rd am id a  an iq lad i,  osm on  m eridiani  va  quyosh 
ekliptikasi  o ‘rinlarini  aniqladi,  koordinata  sistem asining  barcha 
elementlarini fikran va amalda o ‘matdi.  Observatoriya ishga tushdi.
K uzatish  obyektlari  —  Q uyosh,  Oy,  p lan etalar  va  yulduzlar; 
subyektlari  U lug‘bek  va  boshqa  kuzatuvchilar;  kuzatish  vositasi  — 
sekstant.  Ularning hammasi birgalikda kuzatish tizimini tashkil qildilar.
Ulug‘bek kuzatishlari tabiiy hodisalarni odam  tom onidan yaratilgan 
ja h o n d a   dastlab ki  m u k am m al  s u n ’iy  in sh o o tlar  orqali  fandagi 
in ’ikosidir.
K uzatishdan  boshlab  nazariy  mavqegacha  yetmagan  usulni  goho 
em pirik usul ham  deb yuritildi.  Uning  m a’nosi shuki,  nazariy jihatdan 
bayon  etilishi  qiyin  b o ‘lgan  jarayonlarni  eksperim ent  yordam ida 
qonunlashtirish. Tajriba yo‘li bilan aniqlanadigan voqealar.  Ko‘p faktorli 
h o d is a la rn in g   m e ’yori  b o 'lg a n   o p tim a l  p a ra m e trla r  b o ‘y ich a 
bog'lanishlam i  tajribaviy tadqiq  qilish.
Em pirik  usul  quyidagi  shakllarda  nam oyon  bo‘ladi:  a)  bevosita, 
yuzaki  ifodalash.  Tarixiy voqealarni,  hodisalarni,  esdaliklarni dastlabki 
mantiqiy bayon etish.  Botanika,  arxeologiya moddiy faktlarini dastlabki 
o ‘rganish;  b)  grafik  usul  -  sodda  va  oson.  Param etrlar  orasidagi 
m unosabatlam i  yaqqol  ko‘rsatadi;  v)  ekstra  -  intrapolyatsiya  usuli
119

eksperiment yordamida hosil bo‘lgan sonlar va raqamlami qayta ishlaydi. 
Analitik va kelgusidagi voqealami oldindan bilishda ishlatiladi.  Ko‘pincha 
eksperim ent qilish  im koniyati yo‘q hollarda  ham   ishlatiladi” 1.
Ijod jarayonidagi barcha yangiliklar tajriba va kuzatishga bog‘liq.  U 
ijodiy faoliyatni  m antiqan  ifoda etadi.  Uning haqiqiyligini ta ’minlaydi.
Tajribaning  turlari
Tajriba  o ‘tkazish  ijodkordan  katta  m as’uliyat  va  m ehnatni  talab 
qiladi.  U ni  o ‘tk azish  u c h u n   maxsus  tayyorgarliklar  k o ‘riladi  va 
taxm inan  quyidagilar  zarur:
1.  Tajriba  o ‘tkazuvchining o ‘zi yoki  maxsus tadqiqotchilar guruhi.;
2. Tajriba o ‘tkazadigan  maxsus qurilmaga ega b o ‘lgan joy (labarato- 
riya);
3.  Tajriba  o ‘tkazish  uch u n  olingan  obyekt,  narsa yoki  hodisalar;
4. Tajriba o ‘tkazuvchi yoki o ‘tkazuvchilarga yordam beradigan texnik 
vositalar  (B ular  tajriba  xususiyatiga  qarab  tanlanadi):  m ikroskop, 
teleskop,  kom pyuter,  elektron  hisoblagichlar  va  boshqalar.
5. Tajriba o ‘tkaziladigan vaqtni belgilash. Tajriba o ‘tkazish davomida 
tasodifiy  hodisalarning  oldini  olish  choralarini  k o ‘rish  va  boshqalar.
Tajriba o ‘tkazishda tadqiqotchi  m arkaziy shaxs  “bosh  q ah ram o n ” 
hisoblanadi.  Sababi  u  tajriba  uchun  javobgardir.  Tajriba  davom ida 
tadqiqotchi barcha  m a’lum otlam i b o ‘yriiga oladi.  Kerak bo'lganda o ‘z 
jon in i  ham   ayam aydilar.  M asalan,  fanlar tarixidan  m a ’lum ki,  buyuk 
olim lar M ariya  Kyuri,  P er  Kyurilar radioaktivlik sohasini o ‘rganishda 
o ‘ta  xavfli  ta jrib ala rn i  o ‘tkazganlar.  F alokatni  bilsalar  ham   o ‘z 
hayotlarini  xavf ostida  qoldirsalar-da,  tajribani  o 'tkazganlar yoki  rus 
olimi  iqtisodchi,  faylasuf,  siyosat arbobi, tabiatshunos A.A.  Bogdanov 
(D unyoda birinchi  qon quyish  institutini tashkil qilgan)  qon  quyishni 
o ‘zida tajriba  qilib  o ‘tkazish  paytida vafot  etgan.  Bu  kabi  holatlar fan 
ta rix id a   k o ‘p la b   u c h ra y d ik i,  bu  ta d q iq o tc h ila r n in g   b e g ‘a raz 
faoliyatlaridan darak beradi.
Tajriba  u  yoki  bu  narsa  va  hodisa  ustida  faqat  b ir  m arta  o ‘tkazilib 
qolinrnaydi. Tajriba ko‘p martalab o ‘tkaziladi.  U shundagina haqiqatga 
aylanadi.  Tadqiqotchining faoliyatini o ‘zi haqiqatni topishga qaratilgan
1 O.  Fayzullayev.Falsafa va fanlar metodologiyasi.  Т.,  2006 у.  41 -43 betlar.
120

bo'ladi. Tajriba bunga yordamlashadi.  Shu jihatdan bo'Isa kerak,  ko‘pgina 
olim lar  tajriba  usulini  boshqa  usullardan  ustun  q o ‘yadilar.  Masalan: 
Karl  P o pp er  (1902-1994)  ta ’lim otida  tajribani  («Ilm iy  kashfiyot 
m antiqi»  asarida)  boshqa  usullardan  (jum ladan  induktiv  usul)  ustun 
q o ‘yadi.  Uning fikricha,  farazlami hammasini tekshirishdan, tajribadan 
o ‘tkazish  lozim.  Tajribadan o4kazilm agan tadqiqotlar insonlarni turli 
tom onlaiga chalg‘itaveradi.
Tajriba  o ‘tkazish  obyektiv  xususiyatiga  qarab  tajriba  turlarini 
tanlashni taqozo etadi.  Olinadigan natijalaming kelajagi ham  tanlangan 
tajriba usuliga bog‘liq.  Shu sababli tajriba turlari  ham  tadqiqotda katta 
aham iyat  kasb  etadi.
Tajribaning turlari sifatida quyidagilar hisobga olinadi:
1. Tabiiy tajriba;
2.  Fikriy tajriba;
3.  Real tajriba;
4.  Ideal tajriba;
5.  Paralel tajriba;
6.  Modelli tajriba va boshqalar.
M a’lum ki,  rus olim laridan  I.M .Sechenov,  I.P.Pavlovlarning bosh 
miya faoliyatlari  haqida olib borgan tajribalari tabiiy tajribalardir.  U lar 
insonning  bosh  miyasi  orqali  organizmda  qanday  o'zgarishlar  sodir 
b o ‘lishini,  aynan  oshqozon  tuzilishidagi  o‘zgarishlarni  tabiiy  tajriba 
asosida tushuntirib beradilar.  Ikkala olim  ham  hayvonlarda olib borgan 
tajribalari  orqali  reflekslar jarayonini  ilmiy asoslaganlar.
Ilmiy tadqiqotda shunday jarayonlar borki,  ulam i  o ‘tkazish uchun 
ju d a   k o ‘p  m ablag‘,  xarajatlar  misli  k o ‘rilm agan  harakatlar  talab 
qilinadi.  Demak,  bunday sharoitda obyekt bilan bevosita munosabatda 
b o ‘lishning  imkoniyati  yo‘q.  Shu  sababli  tajriba  o ‘tkazishda  real  yoki 
nazariy jihatdan ishlangan model ustida tajriba o ‘tkaziladi. Asosiy obyekt 
m odel bilan almashtiriladi.
Fikriy tajriba usuli  maxsus xarakterga ega b o ‘lgan tajribadir.  Ushbu 
tajriba  ko'proq  m atem atika,  biologiya,  ximiya,  texnikaviy,  iqtisodiy 
va ijtimoiy—gum anitar fanlarda ko'p foydalaniladi.  Fikriy tajriba shart— 
sharoitlarni  tadqiq  etishning  maxsus  um um ilm iy  usulidir.  Fikriy 
tajribada  barcha  holatlar  inson  tafakkurida  qayta-qayta  ishlanadi. 
U m um iy  holatlar  tahlil  etiladi.  Narsa  yoki  hodisaning  obyektivligi 
haqida xulosalar mantiqan  miyada ishlanadi.  Bunda aql-farosat muhim
121

ahamiyatga egadir.  Boshqa tajribalardagi maqsadlar singari fikriy tajribada 
ham   m aqsad  tajriba  o ltkazilayotgan  obyekt  haqida  to ‘liq  m a’lum ot 
olish,  uning  yangi  xossalarini  ochish,  kashf etishdir,
T a'kidlash  kerakki,  bunday  tajriba  o'tkazishda  tadqiqotchining 
talanti,  tasavvuri,  ilmiy  farazlari  m uhim   rol  o ‘ynaydi.
XX  asm ing  ikkinchi  yarm idan  boshlab  fanlar jadal  su r’atlar bilan 
rivojlandi.  Ayniqsa,  kosmik  fanlarning  rivojlanishi  bunga  misol  b o ‘la 
oladi.  Kosmik fanlarda tajriba o ‘tkazish davr talabidir.  Kosmik stansiyada 
va  yer  sh aroitlarid a  bir  xil  voqelik  ustida  b ir  vaqtni  o ‘zida  olib 
borilayotgan tajribalar o ‘tkazilishi parallel tajribalarga misol b o ‘la oladi. 
Y a’ni,  yerdagi  holatlarni  su n ’iy  ravishda  kosmik  fazodagi  holatlar 
b ilan   solishtirish  jaray o n id a  yangi  xulosalar  olinadi,  kashfiyotlar 
qilinadi.  Ju m ladan,  kosm ik  fazoda  turli  xil  hayvonlarning  yashash 
qobiliyatini o ‘rganish tajriba b o ‘lsa,  ularni yashashi haqida yerda ham  
tajribalar o ‘tkaziladi.  U larda b o ‘ladigan  o ‘zgarishlam ing mosligi yoki 
mos kelmasligi haqida m a’lum  bir fikrga kelinadi.  Bu parallel o'tkazilgan 
tajribalar natijasidir.  “ Ilm iy ijod m etodologiyasi”  mualliflari  iqtisodiy 
tadqiqotlarda fikriy tajribani  asoslash  uchun  quyidagi  fikrlam i o ‘rtaga 
ta sh la y d ila r:  «P ul  m iq d o riy   n azariy asi  iq tiso d iy   ta d q iq o tla rd a  
o ‘tkaziladigan fikriy eksperimentga misol bo'la oladi.  Fikriy eksperiment 
o ‘tkazib,  m azkur jam iyatda  m a ’lum   davrda  M  o ‘rtacha  pul  miqdori 
m u o m a la d a   b o ‘lish in in g   h a r  xil  ijtim o iy —iq tiso d iy   sh a rtla rin i 
m odellashtirib  va  o ‘zaro taqqoslab,  u  quyidagi bog'liqliklam i  keltirib 
chiqaradi:
M V = P Q
Bu yerda:  M  -  pulning o ‘rtacha  miqdori;  V -aholining darom adlari 
aylanm asida pulning m uom alada b o ‘lishi tezligi;  R- tovar va xizmatlar 
narxlarining  indeksi;  Q -  yalpi  yoki  so f  milliy  m ahsulot  jism oniy 
hajm ining  k o ‘rsatkichi.  Bu  fikriy eksperim ent  iqtisodda  obyektning  ( 
bu  yerda  obyekt  -  butun jam iyat)  M ,  V  ,  P,  Q  iqtisodiy  oMchamlari 
o ‘rtasidagi  m u n tazam ,  tak ro rlan u v ch i,  qo nu niy  (ay n an-ch iziq li) 
bog'liqlikni  aniqlash  im konini  beradi»  (89-90  bet).
Download 40.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling