Tamom bo‘lgan jinoyat


Download 41.95 Kb.
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi41.95 Kb.
#1607813
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nuriddin


JINOYATGA TAYYORGARLIK KO’RISH

Reja :
1 Tamom bo’lmagan jinoyatlar va jinoyat sodir etish bosqichlari tushunchasi va uning turlari


2 Jinoyatga suiqasd qilish
3 Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
4 Xulosa
5 Foydalanilgan adabiyotlar

Tamom bo‘lgan jinoyat Jinoyatni tamom bo‘lgan deb topish uchun Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tegishli moddasida nazarda tutilgan aniq bir jinoyatning barcha belgilari (obyekt, obyektiv tomon, sub’yekt, subyektiv tomon) sodir etilgan bo‘lishi lozim. Moddaning dispozitsiyasida ko‘rsatilgan obyektiv tomonning barcha belgilari va subyektiv tomon (qasd yoki ehtiyotsizlik) to‘liq mavjud bo‘lganda jinoyat tamom bo‘lgan deb topiladi. Jinoyatning tamom bo‘lgan vaqtini aniqlash uchun har bir holatda uning tugallangan vaqtini bilish lozim. Bu jinoyat qonunida belgilangan aniq bir jinoyat tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Moddiy tarkibli jinoyatlarda Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasida ko‘rsatilgan oqibat kelib chiqqan bo‘lishi lozim. Ba’zi bir jinoyatlarda uning tamom bo‘lgan vaqtini aniqlash qiyin. Jinoyat belgisini tashkil qiluvchi oqibatning kelib chiqqanligi va aybdorning qasdi ayni shu oqibatni keltirib chiqarishga qaratilganligi e’tiborga olinadi. Agar qasd qilingan oqibatdan boshqa oqibat kelib chiqqan bo‘lsa (masalan, shaxs qasddan odam o‘ldirish maqsadida jinoyat sodir etsa, ammo badanga og‘ir shikast yetkazsa). Bunday holatda jinoyat sodir etishga suiqasd bo‘ladi. Formal tarkibli jinoyatlar uchun esa, jinoiy oqibat yuz bergan yoki yuz bermaganligidan qat’i nazar, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasida nazarda tutilgan, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi bilan jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi. Masalan, haqorat qilish jinoyatida shaxsning sha’ni, qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar sodir etilgan vaqtdan boshlab jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi. Ba’zi jinoyatlarda oqibatning yuz berishi bilan emas, balki shunday oqibatning yuz berish xavfi ostida qoldirish bilan jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi. Masalan, tanosil yoki OITS kasalligini tarqatish jinoyatida bila turib boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirilgan vaqtdan boshlab jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi (Jinoyat kodeksi, 113-modda, 1-qism). Ba’zan qilmishning ijtimoiy xavfliligi yuqoriligiga qarab, jinoiy guruhni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lsa, jinoyat xuddi shu narsa tashkil etilgan vaqtdan boshlab tamom bo‘lgan hisoblanadi. Masalan, jinoiy uyushma tashkil etish (Jinoyat kodeksi, 242-modda). Bu qil-mish jinoiy uyushma yoki uning bo‘linmalarini tuzish yoki unga rah-barlik qilish, shuningdek, uning mavjud bo‘lishi va ishlab turishiga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish bilan tamom bo‘lgan hisoblanadi. Jinoyat huquqida bunday jinoyatlar kesik tarkibli jinoyat deb yuritiladi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish, ya’ni shaxsning o‘z aybiga iqror bo‘lib, jinoyatni fosh etishga yordamlashgan faol xatti-harakatidan farqlay olish lozim: Birinchidan, bu ikki tushuncha bir-biridan yuridik tabiatiga ko‘ra farq qiladi. Ya’ni jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishda jinoyat-ning ijtimoiy xavflilik, huquqqa xiloflilik va jazoga sazovorlik belgi-lari mavjud emasligi sababli jinoiy javobgarlikni istisno qiluvchi holatlardan biri hisoblanadi. Chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish esa jinoyatning barcha belgilariga ega bo‘lib, quyidagilarda namoyon bo‘ladi: a) jazoni yen-gillashtiruvchi holat (Jinoyat kodeksi, 55-modda, 1qism); b) shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun asos (Jinoyat kodeksi, 66-modda); v) shaxsni jinoiy jazodan ozod qilish uchun asos (Jinoyat kodeksi,71-modda). Ikkinchidan, ixtiyoriy qaytish jinoyat tamom bo‘lgunga qadar amalga oshirilishi mumkin, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish esa jinoyat sodir etilganidan keyingi xulq-atvor hisoblanadi. Uchinchidan, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish ham passiv, ham aktiv shaklda sodir etilishi mumkin. Chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish esa faqat aktiv harakat orqali sodir etiladi
Jinoyat ijtimoiy xavfli qilmish sifatida jinoyatchining u yoki bu qasdi muayyan vaqt (jinoiy niyatning paydo bo‘lishidan boshlab toki uni to‘liq amalga oshirish va jinoiy maqsadga erishishgunga qadar bo‘lgan davr) oralig‘ida amalga oshiriladigan harakat (harakatsizlik) sifatida tushiniladi. Jinoyatning tamom bo‘lganligini aniqlash sodir etilgan jinoyat tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.
Jinoyat sodir etish bosqichlari bu qasddan jinoyat sodir etishning muayyan bosqichi bo‘lib, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, jinoyatga suiqasd qilish va tamom bo‘lgan jinoyatlarda ifodalanadi.
A.S.Yakubovning fikriga ko‘ra, jinoyat sodir etishning dastlabki bosqichi qasdning shakllanish bosqichi hisoblandi.
Jinoyat sodir etish bosqichi sifatida qasdning shakllanishi va aniqlanishi: birinchidan, jinoyatni jinoiy bo‘lmagan qilmishlardan ajratish imkonini beradi; ikkinchidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning profilaktik faoliyati samaradorligiga ko‘maklashadi.
Ijtimoiy xavflilik nafaqat tamom bo‘lgan, balki tamom bo‘lma-gan jinoyatlarning ham asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Bu ji-noyatlar uchun javobgarlik belgilash orqali qonun shaxsning huquq va erkinliklarini, mol-mulkini, jamoat tartibi va xavfsizligini, O‘zbekis-ton Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumi va qonun himoyasida bo‘lgan boshqa obyektlarni himoya qiladi. Barcha jinoiy qilmishlarda ham jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichi mavjud bo‘lmaydi. Jinoyat ehtiyotsizlik orqasida, jumladan, harakatsizlik bilan jinoyatlar sodir etilganida, jinoyatga tayyorgarlik va suiqasd bosqichlari mavjud bo‘lmaydi. Biroq ayrim jinoyatlarda harakatsizlik orqali jinoyatga suiqasd qilinishi mumkin. (Masalan, onaning o‘z chaqalog‘ini o‘ldirish maqsadida ovqatlantirmasligi). Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish dastlabki yoki tugallanmagan jinoiy qilmishda ifodalanadi. Bu qilmishlarning tugal-langan jinoyatdan unda Maxsus qism moddasida ko‘rsatilgan jinoyat belgilari to‘liq bajarilmaydi: obyektiv tomonni ifodalovchi belgilar-ning to‘liq bajarilmasligi yoki ijtimoiy xavfli oqibatning yo‘qligi bilan farq qiladi. Tugallangan jinoyatlarda qilmishning jinoiyligini ifodalov-chi barcha belgilar mavjud bo‘ladi. Tamom bo‘lmagan jinoyat uchun javobgarlik masalasi, shaxs-ning jinoiy faoliyati o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda jinoyatga tayyor-garlik ko‘rish yoki suiqasd qilish bosqichida to‘xtatilgan bo‘lsagina vujudga keladi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd uchun javobgarlikka tortish uchun jinoyat qasddan bo‘lishi kerak. Egri qasdda jinoyat sodir etishning ushbu ikki bosqichi bo‘lmaydi. Chunki jinoyatga tayorgarlik ko‘rish va suiqasd qilishda shaxsning jinoyat sodir etish istagi natijaga erishishga qaratilgan ongli va maqsadli harakatlardan iborat bo‘ladi. Masalan, odam o‘ldirishga suiqasd qilish faqat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi, qachonki shaxs o‘lim yuz berishini anglagan va istagan bo‘lgandagina suiqasd bo‘lishi mumkin.Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish faqat to‘g‘ri qasddan sodir etilgan jinoyatlarda mavjud bo‘ladi. Egri qasd bilan sodir etilgan jinoyatlarda esa jinoyatga tayorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish boqichlari bo‘lmaydi. Jinoyatchi jinoiy oqibat yuz berishini xohlamagan holda jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishi yoki suiqasd qilishi mumkin emas. Bunday hollarda jinoiy oqibat uning harakat ishning maqsadini tashkil qilmaydi. Jinoyatning qasddan sodir etilishi har ikki bosqich uchun ham zaruriy belgi hisoblanadi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd qilish har qanday jinoiy oqibatning yuz berishini istisno etadi. Aynan jinoiy oqibatning yuz bermaganligi tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan jinoyatlar o‘rtasi-dagi farqni belgilab beradi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jinoyat sodir etish uchun shart-sharoitlarni yaratishda ifodalanadi. Jinoyatga suiqasd (harakat bilan, alohida hollarda harakatsizlik bilan) bevosita jinoyatni sodir etishga qaratilgan bo‘lib, jinoyatning obyektiv tomoni amalga oshiriladi, ammo u jinoyatchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra oxiriga yetkazilmaydi. Tamom bo‘lgan jinoyatda jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjud bo‘ladi. Dastlabki ikkita bosqich- jinoyatga tayyor-garlik va suiqasd jinoyat huquqi nazariyasida “taxminiy jinoiy hara-kat” tushunchasi asosida birlashtirilgan. Shaxsning harakatida tamom bo‘lmagan jinoyat belgilarining mavjudligi obyektiv va subyektiv belgilar bilan chegaralangan. Shuningdek, jinoyatni sodir etish bosqichlari jinoyat turlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Jinoyatni sodir etish bosqichi jinoyatchining aniq jinoiy tajovuzni amalga oshirishga qaratilgan jinoiy qasddir. Jinoyatni sodir etish bosqichlari qator obyektiv belgilari bilan farqlanadi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish moddiy tarkibli jinoyatlarga xos bo‘lib, bu jinoyatning sodir etilish shakliga bog‘liqdir. Bu qoida jinoyat sodir etishning ikkinchi bosqichi, ya’ni jinoyatga suiqasd qilishga ham to‘liq taalluqlidir. Harakat orqali amalga oshiriluvchi formal tarkibli jinoyatga suiqasd bu jinoyatning obyektiv tomoni:
a) murakkab, ya’ni bir qancha harakatlardan iborat bo‘lsa;
b) davomli harakatlarda ifodalanadi. Jinoyat huquqi nazariyasiga ko‘ra jinoyatga harakatsizlik orqali ham tayyorgarlik ko‘rilishi mumkin. Amaliyotda esa bunday holatlar uchramaydi, chunki buni isbot qilish juda qiyin, uning xavflilik darajasi esa juda past.
Jinoyat sodir etish bosqichlari bir-biridan obyektiv belgilar – jinoiy harakatning tugash vaqtiga ko‘ra farqlanadi. Bu o‘rinda tajovuzning tamom bo‘lish vaqtiga ko‘ra farq qiluvchi moddiy va formal tarkibli jinoyatlarni farqlash lozim bo‘ladi. Ba’zi amaliyot xodimlari va nazariyotchilar agar formal tarkibli jinoyat harakat orqali sodir etilgan bo‘lsa, unga suiqasd qilish mum-kinligini ta’kidlaydilar. Bu holat jinoyat obyektiv tomonining boshla-nish vaqti bilan tugallanish vaqti o‘rtasida muayyan vaqt o‘tganida ahamiyatga ega. Bunga pora berish jinoyati misol bo‘la oladi. Man-sabdor shaxs bilan bo‘lgan kelishuvga ko‘ra pora beruvchi mansabdor shaxsga poraxo‘rlik jinoyatning predmeti katta miqdordagi pul summasini pochta yoki telegraf orqali yuboradi. Pora berish predmeti yuborilganidan boshlab uni olgungacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida jinoyatga suiqasd qilinishi mumkin. Bunga firibgarlik jinoyati ham misol bo‘la oladi. Firibgarga jabrlanuvchi uchinchi shaxs orqali mul-kiy huquqini o‘tkazadi. Mulkiy huquq uchinchi shaxsga o‘tkazilgan vaqtdan boshlab, firibgar uni qabul qilib olguniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida jinoyatga suiqasd qilinadi. Jinoiy oqibatning kelib chiqishi jinoyatning uchinchi, oxirgi bosqichini ifodalaydi. Moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonning zaruriy belgisi bo‘lgan oqibat kelib chiqqach, jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi. Jinoyatning oqibati-tajovuz obyektiga yetkazilgan turli: moddiy, jismoniy, ruhiy, siyosiy, ijtimoiy zararlarda ifodalanadi. Zararning xususiyati va miqdori Jinoyat kodeksida belgilanadi. Shuning uchun qonun talabidan kelib chiqib jinoyatning tamom bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini belgilash mumkin. Amaliyotda jinoyatning uchala bosqichini ham amalga oshirish zarur bo‘lmagan holatlar ham mavjud. Ba’zi hollarda shaxs jinoyatga faqat tayyorgarlik ko‘radi va shu bosqichning o‘zida jinoiy harakat tugaydi. Ba’zan jinoyatga suiqasd qiladi, ya’ni o‘ziga bog‘liq bo‘lma-gan sabablarga ko‘ra qilmishini oxiriga yetkaza olmaydi. Uchinchisida shaxs jinoyat tarkibi belgilarini to‘liq sodir etadi. Agar shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rib (qurol tayyorlasa), so‘ng jabrlanuvchini poylab unga o‘q uzsa, ammo o‘q tegmasa, qilmish odam o‘ldirishga suiqasd deb baholanadi. Agar o‘q tegib shaxs o‘lsa, jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanib, oldingi ikki bosqichni ham qoplab ketadi. Jazo tayinlashda jinoyat sodir etilishining har bir bosqichini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki ular qilmishning ijtimoiy xavfliligini belgilaydi. Umumiy qoidaga ko‘ra, suiqasdga tayyorgarlik ko‘rishdan, tamom bo‘lgan jinoyat xavfliroqdir. Bu jinoyatning qaysi bosqichda tugallanganligiga qarab og‘irroq jazo tayinlanishini anglatadi. Jinoyatning har bir bosqichi alohida kvalifikatsiyani talab qiladi, bu aybdorning qilmishni to‘g‘ri anglab olish, uning xavflilik darajasini belgilash uchun kerak bo‘ladi. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddasiga muvofiq jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki unga suiqasd qilish uchun xuddi tamom bo‘lgan jinoyatga xos bo‘lgan jazo tayinlangan. Tamom bo‘lmagan jinoyat uchun javobgarlik asosi Jinoyat kodeksi 25-moddasi 1, 2-qismlarida nazarda tutilgan jinoyatga tayyorgarlik yoki jinoyat sodir qilishga suiqasd qilganlik tarkibining mavjudligidir. Shuning uchun mazkur bosqich-larda uzilgan jinoyatni huquqiy baholash uchun Umumiy qism normalariga murojaat qilinadi. Undagi umumiy asoslarning jami tamom bo‘lmagan jinoyat uchun javobgarlikning huquqiy negizini tashkil etadi. Shunday qilib jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishning va suiqasd qilish bosqichlarini baholashda Jinoyat kodeksi Umumiy qisming 25-moddasi, shuningdek, Maxsus qismdagi bunday tamom bo‘lgan jinoyat uchun nazarda tutilgan javobgarlik qo‘llaniladi.

Download 41.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling