TAQDIMOT
BAJARDI: 401-Guruh (sirtqi TO’M) talabasi Saidov ZARIF
Qadimgi Sharqda xalqaro munosabatlar va diplomatiya - Miloddan avvalgi II ming yillikning ortalarida Yaqin Sharqda siyosiy vaziyat quyidagicha korinish kasb etdi. Malum darajada bir-biroviga teng xisoblangan bir necha buyuk davlatlar mavjud edi: Misr, Kassitlar Bobili, Shimoliy Mesopotamiyadagi Mitanni davlati va Kichik Osiyodagi Xett podsholigi. Suriya, Falastin, Finikiya, Shimoliy Mesopotamiya va Kichik Osiyodagi kichik va mayda podsholiklar yoki knyazliklar yuqorida korsatib otilgan buyuk davlatlarga qaram bolib qoldilar.
- Sovgalar bilan ozaro almashish diplomatik munosabatlarning muhim tarkibiy qismi edi. Ham Bobil, ham Ossuriya, ham Mitanni podsholari oz maktublarida firavndan koproq oltin yuborishni tom manoda yalinib-yolvorib soragan. Korib chiqilayotgan davrning oxiriga kelib Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat sezilarli darajada ozgargan: Mitanni va Xatti yoq bolib ketdi, Bobil va Misr zaiflashdi, Ossuriya va Elam esa ota kuchaydi.
- Diplomatiyaning qadimgi Misrning siyosiy xayotida oynagan roli haqidagi saqlanib qolingan malumotlar asosan giksoslar xukmronligi va keyingi Yangi podsholik davriga oid
Qadimgi Misr va Xett podsholigi ortasidagi munosabatlar - Al-Amarna arxividan topilgan xatlarda Old Osiyo xukmdorlarining firavn bilan dostona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tuzilgan sulolaviy nikohlari togrisida malumotlar mavjud. Misr va Old Osiyoning mustaqil, dostona davlatlari ortasidagi munosabatlarda bir-biriga teng podsholar vaqti-vaqti bilan bir-biroviga qimmatbaho sovgalar yuborishi odat edi, ayniqsa sovga oluvchining taxtga otirishi yoki xukmronligi davrida uning uchun muhim voqealar roy bergan paytlarda. Misrga tobe bolgan yerlarning xokimlari olpondan tashqari firavnga turli sovgalar yuborishlari lozim edi. Mustaqil davlatlarining xukmdorlari ham, firavnning iltifotiga sazovor bolish maqsadida, unga qimmatbaho sovgalar jonatishgan. Misrdan Old Osiyoning mustaqil va dostona davlatlari xukmdorlariga asosan oltin va qora darahtdan yasalgan buyumlar yuborilardi. Firavnning aloxida ishonchini qozongan shaxslar, ularning ayrimlari jirkanch Rechenu mamlakatida Yuqori Misr podshosining kozlari, Quyi Misr podshosining quloglari deb nomlangan rasmiy unvonga ham ega bolib, Osiyoda roy berayotgan jarayonlarni kuzatishardi. Aksariyat xollarda ular firavnning maxfiy topshirigi bilan Misrning Osiyodagi egaliklariga jonatilgan vakillari edi. Xech qanday rasmiy unvoni yoq ayrim shaxslar ham firavnning xabarchilari bolishi mumkin edi.
- Tarix faniga malum bolgan abadiy tinchlik, birodarlik, tashqi tajovuzni qaytarish va ichki siyosiy ixtiloflarni hal etish yolida xamkorlik togrisidagi eng qadimgi shartnomalardan biri mil. avv. XIII asrda Misr firavini Ramzes II va Xettlar podshosi Xattusili III tomonidan tuzilgan. Uzoq muddatli, lekin natijasiz urushdan song ushbu shartnoma muvofiqlashtirildi va tasdiqlandi. Unda abadiy tinchlik, dostlik va birodarlik, xamkorlik, tajovuzdan ozaro voz kechish, ittifoqchilik va biror-bir tomon harbiy tajovuzga uchraganda unga komaklashish ichki tartibsizliklar yuzaga kelganda ozaro yordam berish, qochoqlarni, oqsuyak yoki oddiy inson bolishidan qatiy nazar, ularga muruvvatli munosabatda bolish sharti bilan, qaytarib berish togrisida shartnoma imzolanganligi takidlanardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |