Tarbiyaviy ishlar jarayonida xalq ogzaki ijodidan foydalanish


Download 290 Kb.
bet1/8
Sana20.06.2023
Hajmi290 Kb.
#1628309
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar jarayonida xalq ogzaki ijodidan foydalanish



TARBIYAVIY ISHLAR JARAYONIDA XALQ OGZAKI IJODIDAN FOYDALANISH.

MUNDARIJA


Kirish. 2
1. Тarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishga qo’yilgan pedagogik talablar 6
2. Xalq og’zaki ijodidan foydalanish orqali o’quvchilarga milliy qadriyatlarni singdirish va milliy g’ururni tarbiyalash tizimi. 13
3. Ma’naviyat-inson ruhiy, aqliy olamini ifodalovchi tushuncha 24
4. Xalq og’zaki ijodi janrlarida mehnat tarbiyasining targʼib etilishi. 31
5. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq maqollarining tarbiyaviy ahamiyati. 37
Xulosa. 45
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati. 48



Kirish.


O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng mamlakatimizning iqtisodiy-siyosiy faoliyatida, ijtimoiy hayotida, xalqlar, millatlar ongida, ruhida, ma`naviyatida buyuk o`zgarishlar ro`y berdi.
Asrlar mobaynida xalqimiz saqlab kelayotgan umuminsoniy, milliy va ma`naviy-axloqiy qadriyatlarni rivojlantirishda yangi davr boshlandi. Madaniy merosimiz, ma`naviy boyligimizni har tomonlama ilmiy o`rganishga, uni tahlil qilishga keng imkoniyatlar yaratildi. Yoshlarni milliy ruhda ma`naviyatli, axloqli-odobli qilib tarbiyalash masalalariga bo`lgan e`tibor yanada kuchaydi. Chunki, ma`naviy kamol topgan insonlargina barkamol jamiyat qurishlari mumkin. O`zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda va uni rivojlantirishda ma`naviy sog`lom avlodni voyaga yetkazish va ularda axloq-odob haqidagi milliy urf-odatlarimizni shakllantirish zarur. Zero, axloqiy madaniyat vazifalaridan biri komil insonni voyaga yetkazish, uni tarbiyalashdan iborat. Komil insonni shakllantirishda maktabda, oilada sog`lom ma`naviy barqaror bo`lishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki, sog`lom muhit natijasidagina axloqiy fazilatlar tarkib topadi.
O`zbekiston Respublikasining dastlabki Prezidenti I.A.Karimov 1992-yil 4-yanvarda bo`lib o`tgan XII chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdaja tashqari to`qqizinchi sessiyasida so`zlagan nutqida "Kelajak bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e`tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi. Ma`naviy va axloqiy poklanish, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o`z-o`zidan kelmaydi. Hammasining zamirida tarbiya yotadi", degan edi.
Darhaqiqat, o`sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash jamiyatning yashashi va taraqqiyotining zarur shartlaridan biridir. Aql-zakovatli, yuksak ma`naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo`gan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi.
Tarbiya jarayoni jamiyat uchun zarur va foydali sifatlarni shakllantirish maqsadida shaxsga ta`sir etish jarayonidir.
Demak, tarbiya jarayonida shaxsga jamiyat talablari asosida ta`sir qilinar ekan, bu talablar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida I.A.Karimov so`zlagan nutqida va shu sessiyada qabul qilingan ikkita tarixiy hujjat "Kadrlar Tayyorlash Milliy dasturi" va "Ta`lim to`g`risida"gi qonunda bayon etilgan.
Bugungi kunda oldimizga qo`ygan buyuk maqsadlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarali taqdiri bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarch bog`liq.
Tarbiyachilar tarbiya jarayonini tashkil etar ekanlar, tarbiyalanuvchilarning iymon-e`tiqodi, vijdoniga ta`sir eta olishlari va ularni tarbiya jarayoniga qatnashishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyachi o`qituvchilar nafaqat odobnoma, tarbiyaviy soat, o`qish darslarida, balki mehnat darslarida ham o`quvchilarga ma`naviy-axloqiy tarbiya berishlari maqsadga muvofiqdir.
О`zbekistonning mustaqilligi tufayli axloqiy tarbiya mazmunini tashkil etuvchi xalqimizning milliy ruhiyati, yuksak insoniy fazilatlari, ma`naviyati, ezgu orzu-umidlari yorqin ifodasini topishi uchun keng imkoniyatlar paydo bo`ldi. Yangi shakllanib kelayotgan mustaqil O`zbekiston davlatining asosiy maqsadijamiyatni ma`naviy yuksaltirish, madaniyatli, barkamol insonni tarbiyalash, yoshlarda axloqiy fazilatlarni shakllantirishdir.
Xuddi shu maqsadlarni og`ishmay amalga oshirishda "Mehnat ta`limi jarayonida xalq amaliy san`atidan foydalanish" mavzusida ilmiy-tadqiqot ishimizni yoritishni maqsadga muvofiq deb bildik.
Тarbiyada xalqning milliy va ma’naviy qadriyatlariga suyanish, ular orqali 5-6-sinf o’quvchilarida milliy qadriyatlarni shakllantirish-o’ta dolzarb masalalardan biridir. Chunki, bugungi kunda mafkuraviy poligonlarda yoshlar ongi va qalbi uchun kurash keskinlashgan bir paytda o’quvchilarni iloji boricha, maktab yoshidanoq vatanparvar, xalqparvar, fidoiy, Vatani, xalqi uchun jonini ayamaydigan matonatli qilib o’stirish zarur.
Хalq og’zaki ijodida komil inson g’oyasi azal-azaldan kuylanib kelingan va u xalqimizning ezgu orzusi, uning ma’naviyatining uzviy bir qismi bo’lib kelgan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»da halol mehnat komillikning asosiy mezoni sifatida talqin etilgan. Komil inson g’oyasi islom falsafasidan oziqlanib yanada kengroq ma’no-mazmun kasb etgan.
Хalq og’zaki ijodida yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari keng qamrovli bo’lib, o’z zamirida tarbiya usullari, insoniy qadriyatlar va yurtsevarlik tarbiyasi; do’st birodarlik, ahillik, mehnatsevarlik, kasb-hunarga muhabbat, yaxshilik va yomonlikning ta’rifi, yaxshi va yomon so’zning oqibati, halollik, to’g’rilik, olijanoblik tarbiyasi, adolat, insof va insofsizlik, og’a-inichilik va qon-qardoshchilikning ahamiyati, botirlik va qo’rqoqlik, odob-odobsizlik, mehmon va mehmondo’stlik kabi kategoriyalar talqin qilinadi.
O’zbek olimi M. Haydarov yozishicha: “Хalq og’zaki ijodi namunalaridagi odob-axloq, ta’lim-tarbiya borasidagi pandnomalar bag’oyat hayotiy, xalqchil va ibratlidir. Хususan an’anaviy xalq dostonlari va ertaklari, qo’shiqlar va maqollar-odobnoma darslari ekanligini, folklorning boshqa katta-kichik janrlari boshdan-oyoq pandnomaligini unutmasligimiz kerak”
Хalq pedagogikasining sharqona an’analari, oilaviy-maishiy yo’nalishlari, o’ziga xosligi, ommaviy bayram- sayllar, marosimlar, urf-odatlar va udumlarda ifodalanishi o’sib kelayotgan yosh avlod tomonidan o’rganilishi lozim bo’lgan masalalar sirasiga kiradi. Folklorshunos olim S. Тoʻrayev ta’kidlashicha: “Хalq og’zaki ijodida hayotning, tafakkurning, odob-axloq, ta’lim -
tarbiyaning hamma jabhasini, barcha muammolarini qamrab olishi bilan xarakterlanadi"
Darhaqiqat, xalq og’zaki ijodida inson qadr-qimmati va sha’nini ulug’lovchi, ma’naviy kamolotini belgilovchi omillar, iymone’tiqodining butunligi, vatanparvarlik, do’st-birodarlik, yaxshilik, ezgulik, ahillik sahifalari rang-barangdir.



Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling