Tavhid, hamd, na't va munojotlar badiiy matn tarkibida


Download 0.58 Mb.
bet1/10
Sana23.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1385872
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-маъруза

Tavhid, hamd, na't va munojotlar badiiy matn tarkibida

A. Hayitmetov “Badoyi’ ul-bidoya” devonidagi “Debocha”ni tahlil etar ekan, shoir devoniga hamd, na’t va mav’iza g‘azallar ham kiritilganini qayd etadi. Bizning fikrimizcha, Navoiyning o‘zi “mav’iza” deb atagan g‘azallar olimlar “orifona” deb ta’riflagan g‘azallarni ham anglatadi. Devon tuzishda Navoiy o‘ziga xos yo‘l tutgan. Uning o‘zi buni “Badoyi’ ul-bidoya”ga yozgan “Debocha”da maxsus aytgan: “Necha nav’ ishkim, munda mar’iy bo‘lubturur, o‘zga davovinda ko‘rulmaydurur”. Ana shu yangiliklarini shoir “Xazoyin ul-maoniy” devonlarida yanada takomillashtiradi. Bevosita Alloh ta’rif va tavsif etilgan g‘azallar hamd g‘azallar deyiladi. Hamd g‘azallarning aksariyatida shoir Alloh kulli mavjudotning yaratguvchisi ekanini badiiy til bilan ta’riflaydi. SHoir dunyoqarashining mag‘zi bevosita xuddi ana shu tushuncha bilan chambarchas bog‘liq. Demak, nainki olam, nafaqat odam, balki, hamma narsa ana o‘sha YAratguvchiga tobe bo‘lishi kerak. Adabiyot uchun muhim va e’tiborli jihati shundaki, aqidaga ko‘ra, Alloh tobelaridan yomonlik kutmaydi. CHunki YAratgan o‘ziga tobelik uchun yomonlik qilishni emas, pok – yaxshi yo‘ldan yurishnigina ravo ko‘radi.

  • A. Hayitmetov “Badoyi’ ul-bidoya” devonidagi “Debocha”ni tahlil etar ekan, shoir devoniga hamd, na’t va mav’iza g‘azallar ham kiritilganini qayd etadi. Bizning fikrimizcha, Navoiyning o‘zi “mav’iza” deb atagan g‘azallar olimlar “orifona” deb ta’riflagan g‘azallarni ham anglatadi. Devon tuzishda Navoiy o‘ziga xos yo‘l tutgan. Uning o‘zi buni “Badoyi’ ul-bidoya”ga yozgan “Debocha”da maxsus aytgan: “Necha nav’ ishkim, munda mar’iy bo‘lubturur, o‘zga davovinda ko‘rulmaydurur”. Ana shu yangiliklarini shoir “Xazoyin ul-maoniy” devonlarida yanada takomillashtiradi. Bevosita Alloh ta’rif va tavsif etilgan g‘azallar hamd g‘azallar deyiladi. Hamd g‘azallarning aksariyatida shoir Alloh kulli mavjudotning yaratguvchisi ekanini badiiy til bilan ta’riflaydi. SHoir dunyoqarashining mag‘zi bevosita xuddi ana shu tushuncha bilan chambarchas bog‘liq. Demak, nainki olam, nafaqat odam, balki, hamma narsa ana o‘sha YAratguvchiga tobe bo‘lishi kerak. Adabiyot uchun muhim va e’tiborli jihati shundaki, aqidaga ko‘ra, Alloh tobelaridan yomonlik kutmaydi. CHunki YAratgan o‘ziga tobelik uchun yomonlik qilishni emas, pok – yaxshi yo‘ldan yurishnigina ravo ko‘radi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling