Temperaturaviy uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari. Reja: Uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari


Download 1.57 Mb.
bet1/7
Sana12.03.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1264675
  1   2   3   4   5   6   7

Temperaturaviy uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari.
Reja:

  1. Uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari.

  2. Qurilish konstruksiyalarini static sinash

  3. Konstruksiyalarni statik sinashning usullari va vositalari

  4. Foydalanilgan adabiyotlar

Materiallar va konstruksiyalarni sinash uchun asbob-uskuna va priborlar. Presslar va sinov mashinalari. Presslar – talab qilinadigan tezlikda oshib boruvchi katta qiymatli (100 MN gacha) teng tarqalgan kuch sodir qiladigan statik ta’sirli mashinalardir. Presslar yordamida materiallarning mustahkamligi aniqlanadi. Presslarning asosiy tavsiflari – ular yordamida sodir qilinadigan maksimal kuchlardir. Presslar uzatish (privod) turiga qarab gidravlik, mexanik (vintli, friksionli) va gidromexanik bo’ladi. Qurilish materiallarini sinashda ko’proq 25 dan 5000 kN gacha maksimal kuch beradigan gidravlik va vintli presslar qo’llaniladi.


Pressning staninasi 1 (4.1-rasm) traversa 3 va ikkita ustun (stoyka) bilan birgalikda butun mexanizm uchun asos, qo’zg’almas plita 4 uchun esa tayanch bo’lib xizmat qiladi. Тalab qilinadigan kuchni beradigan yuklash mexanizmi elektr dvigateli 9, o’zgartiruvchi qurilma (gidravlik pressdagi moyli nasos 8 yoki vintli pressdagi friksion muftasi bilan) va tayanch plitalari 4 va 5 dan tashkil topgan. Gidravlik uzatuvli (privodli) presslarda (4.1, a-rasm) qo’zg’aluvchi tayanch plitasiga 5 kuchni uzatish uchun ishchi suyuqlik, odatda mineral moydan foydalanishadi. Moy bakdan press staninasiga biriktirilgan gidrotsilindrga nasos 8 bilan yuqori bosimda uzatiladi. Gidrotsilindrdagi moy pressning ostki qo’zg’aluvchi plitasiga 5 joylashgan porsheniga 6 bosim beradi. Porshen nisbatan katta yuzaga F ega, shuning uchun, Paskal qonuniga muvofiq moy bosimi rm porshenga katta kuch bilan ta’sir qiladi:
R = RmF. (4.1)
Vintli uzatuvchili (privodli) presslarda (4.1,b-rasm) kuch qo’zg’aluvchi plitaga 5 yuk vinti 10 yordamida uzatiladi, qaysikim friksiyaviy muftali reduktor 11 orqali elektr dvigateli va ilonchakli uzatmani 12 aylanishiga olib keladi. Reduktor va ilonchakli uzatma tufayli vintning aylanish chastotasi (va tegishlicha uning yuqoriga ketma-ket harakat tezligi) bir necha barobar elektrdvigatel aylanish chastotasiga nisbatan kam, ammo bunda vint yordamida sodir qilinadigan kuch elektr dvigateli yordamida sodir qilinadigan kuchga nisbatan shuncha marta ko’p bo’ladi. Friksiyaviy mufta elektr dvigateli bilan yuk vintini keragidan ortiqcha yuklanishidan cheklab, yumshoq birlashishi (aloqasi)ni ta’minlaydi. Ko’p hollarda dastaki yuklash uchun elektr dvigateli bilan parallel ravishda har qanday kichik tezlikda yuklash va katta aniqlikda qayd qilish imkonini beradigan qurilma qo’llaniladi.




Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling