Til taraqqiyotida tarixiy va geografik faktorlarning ahamiyati
Download 169 Kb.
|
Baxshulloyeva Moxlaroyim kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.TILNING INSONIYAT TARIXIDA TUTGAN ORNI
OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI XORIJIY TILLAR FAKULTETI INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI 11-1CHI-19 GURUH TALABASI BAXSHULLOYEVA MOXLAROYIMNING “TIL TARAQQIYOTIDA TARIXIY VA GEOGRAFIK FAKTORLARNING AHAMIYATI” MAVZUSIDAGI KURS ISHI 5111400 — Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) Ilmiy rahbar : G.G.Abdullayeva Buxoro - 2022 MUNDARIJA: 1. Tilning insoniyat tarixida tutgan o'rni.....................................................3 2. Tilning kelib chiqishi to'g'risida nazariyalar..........................................7 3.Milliy tillar taraqqiyoti..............................................................................13 4.Til taraqqiyotiga ta'sir etuvchi omillar..................................................17 5. Tilga ta'sir etuvchi geografik faktorlar................................................24 Xulosa..............................................................................................................26 1.TILNING INSONIYAT TARIXIDA TUTGAN O'RNI Rivojlanish — obyektiv ,dialektik jarayon bolib ,bir sifatdan boshqa sifatga o'tish natijasida yuz beradigan ozgarishlar tufayli roy beradi.Dunyodagi har bir predmet , hodisa doimiy harakatdadir. Xuddi shuningdek ,til ham hamisha ozgarishda . Bu esa til bevosita bogliq bolgan jamiyat hayoti, uning doimiy harakati , rivojlanishi bilan bogliq. "Jamiyat bu harakatdan to'xtasa yoki bu aloqa uzilsa , o'sha zahoti til ham rivojlanishdan to'xtaydi, yo'qoladi. "[1, 6] Til kishilar ortasidagi munosabatning eng muhim quroli bolib , jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umum insoniy manfaatlarni ifoda etadi. Tilning paydo bolishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam bogliq Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir .Xalq qardosh qabilalar ittifoqi sifatida shakllangan murakkab tarixiy uyushmadir. Xalqning asosiy belgilari: umumiy til , umumiy hudud , madaniyat va manaviyat muhitning umumiyligidir . Xalqning asosiy belgilaridan biri bolgan milliy til ozaro farqlanuvchi , yetakchi , iqtisodiy va madaniy markaz tili sifatida namoyon boladi .Tilning paydo bolishi masalasi insoniyatni qadimdanoq qiziqtirib keladi . Tilning paydo bolishi juda murakkabdir . Bu masala faqat tilshunoslikning emas , boshqa kop fanlarning: antropologiya , psixologiya va etnografiya kabi fanlarning ham organish obyektidir. Tilning paydo bolishi masalasi — til qachon va qayerda paydo bolgan , dastlab nechta til bolgan , u yoki bu tillar qanday tuzilishda bolgan va shu kabi savollarga hali ilmiy asoslangan mukammal javob topilgan emas. Bazi olimlarning fikricha, til taxminan besh yuz ming yillar ilgari paydo bolgan. Malumki, til boshqa narsa va hodisalar singari ozgaruvchandir. Shunday ekan , besh yuz ming yil ichida tillarda qanday ozgarish sodir bolganini tasavvur qilish , uni ilmiy , ham amaliy , ham nazariy nuqtayi nazardan organish mumkin emas . Til taraqqiyotining yozuv paydo bolishidan avvalgi holati biz uchun qorongidir . Biz faqat yozuv paydo bolgandan keyingi davrda roy bergan til taraqqiyoti togrisida yozma yodgorliklardan foydalanib , fikr yuritishimiz mumkin . Lekin yozuv tilni organish, tilning paydo bolishi togrisidagi muammoni yoritishga toliq imkon bermaydi. Shunday bolsa ham , bazi olimlar bu masalaga oz munosabatlarini , fikrlarini bildirib otishgan.Qadimgi Yunonistonda faylasuflar tilning qay tarzda kelib chiqqanligi ustida uzoq davr qizgin bahs olib borganlar. Tilshunoslik tarixidan malumki , bu masalada grek faylasuflari bir-biriga zid ikki xil farazni ortaga tashlashgan. Demokrit va boshqalar tilda narsa nomi bilan narsa orasida hech qanday boglanish yoq , bu nomlar mazkur tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan , demak , til inson tomonidan yaratilgan, degan fikrni ilgari surishgan . Bu guruh olimlar anomalistlar deb nom olgan. Platon boshliq boshqa bir guruh olimlar “narsa bilan uning nomi orasida muayyan boglanish bor. Bu boglanish narsalarning xususiyatlaridan, tabiatidan kelib chiqqan va bu boglanish ilohiy kuch tomonidan ornatilgan” degan fikrni ilgari surishgan . Tarixda bu oqim anologistlar deb nom olgan.Hozirgi tilshunoslik nuqtayi nazaridan qaralsa, narsalar bilan ularning nomi orasida , umuman olganda hech qanday boglanish yoq. Bu kopchilik olimlar tomonidan qayd etilgan. Chunki narsa bilan uning nomi orasida bogliqlik bolganda tillarning soni 5000 dan ortib ketmasdi . Shuni aytib otish kerakki , ayrim tillarning kelib chiqishini, masalan ozbek , rus , hind , tojik va boshqa tillarning qachon paydo bolganini , qanday tarkib topganligini aniq bilish mumkin. Ammo, biror bir aniq tilning kelib chiqishi masalasini umuman tilning , insonlar nutqining paydo bolishi masalasi bilan tenglashtirib bolmaydi . Hozir dunyoda mavjud bolgan jonli tillarning ham , bazi bir olik tillarning ham kelib chiqish tarixini organish u qadar qiyin masala emas. Anchagina tillarning qachon paydo bolganligi , qachon tarkib topganligi aniqlangan . Biroq, yer yuzida umuman insoniyatga xos tilning qachon paydo bolganligi , dastlabki tillarda qanday sozlar bolganligi , uning grammatik xususiyatlari nimalardan iborat ekanligi hal qilingan emas va hal qilinishi ham mumkin emas . Chunki bundan bir necha yuz ming yillar burun paydo bolib, keyinchalik nom — nishonsiz yoqolib ketgan tillar ham bolgan. Bundan bir necha yuz ming yil burun paydo bolgan tillarning fonetik tizimi, soz boyligi , grammatikasi va boshqa muayyan xususiyatlaridan qati nazar , umuman tilning kelib chiqishi organilar ekan, eng avvalo , tilning kelib chiqishidagi shart — sharoitlarni tadqiq qilish, yani insonlar qanday sharoitda sozlay boshlaganliklarini organish va bu masalani umuman tilning kelib chiqishi masalasi bilan boglagan holda tahlil qilib, xulosa chiqarish lozim . Tilning kelib chiqishi masalasini aniqlashdagi qiyinchilik shundan iboratki, birinchidan, hozirgi til tarixi fani dunyoda umuman tilning qanday paydo bolganligi togrisida hech qanday dalillarga ega emas . Chunki hozir bizga malum tillarning yozuv tarixi 10 -15 ming yildan oshmaydi . Olimlarning faraz qilishicha , inson bundan bir necha yuz ming yil avval sozlasha boshlagan . Ammo, osha davrdagi tillar togrisida hozirgi vaqtda hech qanday malumot yoq. Shuning uchun ham tilshunoslik fani bu masalani togridan — togri organish imkoniyatiga ega emas. Dunyoda eng avval paydo bolgan tilning fonetik tuzilishi , soz boyligi qanday ekanligini , grammatik shakllari nimalardan iboratligini bilish mumkin emas.Umuman, tilning qanday sharoitlarda paydo bolishi masalasini ilmiy farazlarga asoslanib organish mumkin boladi. Tilshunoslik ilmi bir — biriga yaqin bolgan psixologiya , fiziologiya , etnografiya , arxeologiya , tarix va shunga oxshah fanlarning dalillariga suyanib , tilning kelib chiqishi masalasiga yondashishi mumkin .Turli nutq tovushlarini biriktirib , sozlar hosil qilish va sozlar vositasida gap tuzib , istak va maqsadni ifodalash kishilik jamiyatining boshlangich davrlarida yashagan odamlarni oylantirib kelgan . Shuning uchun tilning paydo bolishi togrisida qadimgi kishilar turli rivoyatlarni toqiganlar. Bu rivoyatlarning bazilarida til mabudlar, bazilarida Alloh tomonidan yaratilib , kishilarga taqdim qilinganligi , ayrimlarida esa tilni ajoyib bir donishmand yaratganligi talqin qilingan. Yuqorida takidlanganidek, antik zamonlardan beri tilning kelib chiqishi togrisida bir qancha nazariyalar yaratilgan . Antik faylasuflar tilning kelib chiqishini bir — biriga qarama — qarshi bolgan ikki xil nazariya bilan tushuntirishga harakat qilganlar . Bazi faylasuflar til tabiiy yol bilan paydo bolgan , yani soz va predmetlar ortasida tog ridan — togri tabiiy boglanish bolganligi uchun kishilar predmet va narsalarni tabiiy holda bilib olishgan , deb isbotlamoqchi bolganlar . Bazi faylasuflar esa til kishilarning bir-biri bilan ozaro kelishishi natijasida vujudga kelgan , deb hisoblaganlar , Ana shu bir-biriga qarama — qarshi ikki nazariyaning ozaro kurashi natijasida yana bir qancha nazariyalar vujudga kelgan. Download 169 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling