Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


Download 157.84 Kb.
bet1/54
Sana03.02.2023
Hajmi157.84 Kb.
#1152813
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
тур.маъруза




1 - modul: Turkiy tillarning umumiy xususiyatlari.


Reja:
1. “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fanining mundarijasi, o‘rganish obeykti, fan doirasida hal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar.
2. Turkiy tillarning qiyosiy va qiyosiy-tarixiy jihatdan o‘rganilishi.
3. Oltoy tillar oilasi
Tayanch so’z va iboralar: qiyosiy tarixiy metod, tasnif, manba,turkiy tillar, tipologik o’xshashlik,geneologik o’xshashlik,oltoy tillar oilasi,ural-oltoy nazariyasi,o’il tillar,tirik tillar.
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi fani o‘zbek filologiyasining bakalavr ta’lim yo‘nalishi uchun asosiy ixtisoslik fanlaridan biri hisoblanadi. Bu fanning asosini turkiy tillarning fonetik, leksik grammatik xususiyatlarini yoritish, turkiy tillarning tipologik o‘ziga xosliklarini umumlashtirish, turkiy tillarning taraqqiyot darajasini belgilash, turkiy tillarni tasniflashdagi asosiy mezonlarni aniqlash kabi masalalarni hal etish tashkil etadi.
“Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fani “Turkologiyaga kirish”, “Tilshunoslik tarixi”, “Qadimgi turkiy til”, “Til tarixi”, “Dialektologiya”, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kabi bir qator fanlar bilan uzviy aloqador.Qardosh turkiy tillarni qiyosiy o‘rganish til haqidagi bilimlarni yanada kammallashishiga, tillararo umumiy va xususiy o‘ziga xosliklarni aniqlashga, hamda mavjud nazariy fikrlarni to‘g‘ri hal etilishiga zamin yaratadi. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu fan bir-biriga genetik jihatdan qarindosh bo‘lgan turkiy tillarning o‘ziga xos fonetik, leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlarini qiyosiy-tarixiy usul asosida tadqiq etish va tahlil qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Turkiy tillarni bunday tarzda o‘rganish hozirgi o‘zbek adabiy tilning tarixiy taraqqiyoti hamda bugungi kundagi takomilini chuqur tushunishga yordam beradi. Negaki hozirgi o‘zbek adabiy tilining dialektlari turkiy tillarning qipchoq, o‘g‘uz va qarluq guruhi tillari bilan bog‘liqdir.
Ma’lumki, turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlar son jihatdan slavyan tillarida so‘zlashuvi xalqlardan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Turkiy xalqlarning etnik tarkibi murakkab va xilma-xil bo‘lsa-da, lekin ularning tillari geneologik va tipologik jihatdan bir-biriga juda yaqin tillar oilasini tashkil etadi. Hozir oltoy tillar oilasiga mansub xalqlarning umumiy soni 135,6 mln bo‘lib, shundan 106,5 mln turkiy, 15mln mo‘g’u‘l, 14,1mln tungus –manjur tillarida so‘zlashuvchi xalqlar tashkil etadi. Demak, oltoy tillari oilasida turkiy xalqlar eng ko‘p sonli bo‘lib, ular faqat osiyodagina emas, xatto yevropada (3,2 mln), Afrikada (35 ming), Amerikada (95 ming), Avstraliya va okeaniyada (32 ming) ham istiqomat qiladilar. Turkiy tillar oilasiga ko‘pgina katta va kichik, jonli va o‘lik tillardan 44 tasi kiradi.
Hozirgi jonli turkiy tillarga: o‘zbek tili, qozoq tili, turk tili, qirg‘iz tili, qorqalpoq, turkman, qrim-tatar tili (markaziy osiyo va Qozog‘iston); tatar, boshqird, chuvash tillari (volga bo‘yi); azarbayjon, qo‘miq, qorachoy-bolqar, truxman, no‘g‘ay tillari (kavkaz); yoqut karagas, xakas, shor, tuvin, oltoy, chulim tatar tili (Sibir); gagauz tili (Moldaviya); uyg‘ur tili (Sin-szyan); bolqon turklari tili: surguchlar, qaramanlilar, gajallar, gerlovaliklar, qizilboshlar (Bolqon davlatlari); qaraim, qrim tillari (Litva, Ukraina, Krim). Bundan tashqari, Eron, Afg‘oniston, Mo‘g‘ilistonning ba’zi joylaridagi aholining tillari ham turkiy tildir.
Qadimgi o‘lik turkiy tillarga: bulg‘or tili, xazar tili, eski ozariy tili, pecheneg tili , X-XI asr o‘g‘uz tili, saljuh tili, g‘arbiy oltin o‘rda tili, sharqiy oltin o‘rda tili, eski o‘zbek tili, chig‘atoy tili, qadimgi o‘g‘uz tili, qadimgi uyg‘ur va qadimgi qirg‘iz tili, sharqiy turkiston tili, eski usmonli tili va xakozolar kiradi.
Qadimgi o‘lik va hozirgi jonli turkiy tillarni o‘rganish va tasnif etish jarayonida turli nazariyalar maydonga keldi. Bular oltoy nazariyasi va ural-oltoy nazariyasidir.
Ural-oltoy nazariyasiga ko‘ra oltoy tillari bilan ural tillarining o‘zaro qarindosh til ekanligi e’tirof etiladi. (O.Betling, V.Tomsen, I.Gambots, G.Vinkler Rask R, V.Shoat, ) N.A.Baskavkov, G.R.Sanjiyev, Y.I.Ubrayatova va boshqa olimlar oltoy tillarining genetik jihatdan qarindosh ekanligini , oltoy va ural tillari genetik qarindosh emasligini tipologik o‘xshash til ekanligini e’tirof etadilar.
Ural-oltoy tillarining tipologik o‘xshashligi va qarindoshligi haqidagi fikrni ilk bor Poltova jangida asr tushib, Sibirga surgun qilingan shvet ofitseri Tabber – Stralenberg (1676-1747) olg‘a surgan. U 12 yil Sibirda yashab maxalliy xalq tili, madaniyatini o‘rganadi va ural hamda oltoy tillarining dastlabki tasnifini beradi. Stralenberg o‘sha joyda yashovchi xalqlar va ularning tilini olti guruhga bo‘ladi. Akademik A.N.Kononov bu tillarni bunday guruhlashtirish oltoy tillarining xonaki tasniflash ekanligini va bu tasnif asosida oltoy tillari nazariyasi vujudga kelganligini ta’kidlaydi.1
Oltoy tillari ham uchta katta til guruhini o‘z ichiga oladi: turkiy tillar, mo‘g‘ul tillari, tungus-manjur tillari.2 Demak, bu tillar birgalikda oltoy tillar oilasini tashkil etadi. Bu tilda so‘zlashuvchi xalqlar, asosan, Osiyo qit’asining Sibir, Mo‘g‘iliston, Xitoy, O‘rta Osiyo, Volga bo‘yi, yaqin Sharq, Kavkaz hududlarida istiqomat qiladilar.
Ural tillari oilasi fin – ugor va samodiy tillarini o‘z ichiga oladi. Bu tilda gaplashuvchi xalqlar Ural tog‘i atrofida yashaganlar. Shunga ko‘ra Ural tillari deb nomlangan.
Turkologiyada xanuzgacha Ural-oltoy tillarining o‘zaro qarindoshligi muammosi o‘z yechimini topganicha yo‘q. Ayrim olimlar bu tillarni o‘zaro qarindosh ekanligini e’tirof etsa, ayrimlari esa tipologik o‘xshash deb hisoblaydilar. Darhaqiqat, Ural-oltoy tillari genetik qarindosh emas, tipologik o‘xshashliklarga ega tillardir. Chunki bu tillarda fonetik, grammatik, leksik jihatdan umumiylik mavjud:
1) Unlilar ahangdoshligi; 2) har bir leksik ma’noga ega bo‘lgan singarmonistik juft so‘zlar bor; 3) undoshlar assimilyatsiyasi; 4) so‘z boshida ikkita undoshning qator kela olmasligi; 5) so‘z asosida jarangli undoshlar turg‘un bo‘lib, o‘zgarishga uchramaydi; 6) so‘z yasalishi va tumlanishida qo‘shimchalar so‘z asosiga qo‘shiladi va o‘zgarmaydi; 7) jins kategoriyasi yo‘q; 8) Egalik kategoriyasi taraqqiy qilgan; 9) old qo‘shimchalar yo‘q; 10) fe’l shaklini yasovchi qo‘shimchalarning qo‘pligi; 11) bosh kelishikning qo‘llanish funksiyasi xilma-xil; 12) so‘z asosiga qo‘shiladigan so‘roq yuklamalari mavjud.
Ma’lumki, turkiy tillarning oltoy nazariyasiga ko‘ra turkiy, mo‘g‘ul, tungus-manjur tillari o‘zaro qarindosh hisoblanadi va ular oltoy tillari oilasini tashkil etadi. Oltoy tillaridagi umumiy leksik qatlamning ba’zi jihatlariga to‘g‘ri kelsa-da, lekin bu tillarga xos ayni bir xil grammatik parallellar to‘g‘ri kelmaydi. Bu parallellar mazkur tillarning genetik qarindoshligi bilan izohlanadi. Oltoy tillarining qarindoshligini Polivanov Ye.D., Poppe N.N., G.I. Ramsted, va boshqa olimlar asoslagani holda, bu tillar oilasidagi o‘xshashlik genetik birlik jihatdan azaldan mavjud ekanligini e’tirof etiladilar.
Shu bilan birga, A.L.Kotvich, A.M.Sherbak, G.R.Sanjaayev, kabi olimlar Oltoy tillaridagi umumiylikni tipologik o‘xshashlik sifatida baholaydilar va ularda qarindoshlik yo‘q deb hisoblaydilar.
Darhaqiqat, qardosh va qardosh bo‘lmagan tillarning o‘zaro munosbati va aloqasi natijasida so‘zlar u tildan bu tilga o‘zlashadi. Shu tufayli turkiy tillardan mo‘g‘ul tillariga ko‘pgina turkiy so‘zlar o‘tgan:


Download 157.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling