Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 145.95 Kb.
|
GIDROLOGIYA XOSILBEK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: O’rta Osiyoda gidrologiya va mateorologiyaning rivojlanish tarixi REJA
- -okeanologiya
BUXORO DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIIY FANLAR FAKULTETI GEOGRAFIYA VA IQTISODIY BILIM ASOSLARI 2GIB-21S TALABASI TO‘XTASINOV XOSILBEKNING UMUMIY GIDROLOGIYA VA IQLIMSHUNOSLIK FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI Mavzu: O’rta Osiyoda gidrologiya va mateorologiyaning rivojlanish tarixi REJA: I. Gidrologiya o’zi bu nima? II. Gidrologiya va Mateoroliyaning rivojlanish tarixi. III. Gidrologiya va Mateoroliyaning O’rta Osiyoga kirib kelishi va rivojlanishi. IV. Xulosa V. Foydalanilgan adabiyotlar. I. Gidrologiya Yer to’g’risidagi fanlar turkumiga kiradi. "Gidrologiya" yunoncha so’z bo’lib, "gidro"-suv va "logos"-bilim yoki fan degan ma’noni beradi. Umumiy qilib aytganda gidrologiya suv haqidagi fandir. Yer kurrasining suv qobig’igidrosfera bir necha qismlardan tashkil topgan va undagi har bir suv ob’ekti faqat o’ziga xos xususiyatlargagina ega bo’ladi. Shu sababli gidrologiyaga kengroq ma’noda quyidagicha ta’rif berish mumkin: gidrologiyagidrosferadagi suvlarni, ya’ni okeanlar va den-gizlarni, daryolar va ko’llarni, doimiy qorliklar va muzliklarni, botqoqliklarni, yer osti suvlarini, ular-ning joylashishini, xususiyatlarini hamda ularda sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlarning atmosfera, litos-fera va biosferadagi boshqa hodisalar bilan o’zaro aloqasini o’rganuvchi fandir. Gidrologiya fani o’rganiladigan suv ob’ektlarining turiga ko’ra ikki qismga-okeanologiya (okeanlar, dengizlar gidrologiyasi) va quruqlik gidrologiyasiga bo’linadi. Okeanologiya okeanlar va dengizlarning umumiy xususiyatlarini hamda ularda sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlarni atrofmuhit bilan aloqador holda o’rganadi. Quruqlik gidrologiyasi esa o’z navbatida daryolar gidrologiyasi (potamologiya) ko’llar va suv omborlari gidrologiyasi (ko’lshunoslik-limnologiya), muzliklar gidro-logiyasi (glyatsiologiya) va botqoqliklar gidrologiyasi (talmatologiya)ga bo’linadi. Ko’p hollarda gidrologiya deganda quruqlik gidrologiyasi nazarda tutiladi. Gidrologiyaning bosh vazifalaridan biri suv ob’ektlarining gidrologik rejimini o’rganishdan iboratdir. O’rganiladigan muammolari va tadqiqot usullariga qarab hamda suv resurslaridan foydalanish bo’yicha tarixan vujudga kelgan masalalarni hal etish bilan bog’liq holda gidrologiyadan uning bir necha bo’limlari-gidrometriya, gidrografiya, gidrologik hisoblashlar, gidrologik bashorat(prognoz)lar kabilar mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Oxirgi ikki fan, ba’zan, umumiy nom bilan muhandislik gidrologiyasi deb ham ataladi. Gidrometriya-gidrologiyaning o’lchov qismi bo’lib, suv ob’ektlarining gidrologik rejimi elementlari (suv sathi, suv sarfi, suvning tezligi, suv yuzasi nishabligi)ni o’lchash, kuzatish uslublarini ishlab chiqish va ularni bevosita amalga oshirish ishlari bilan shug’ullanadi. Gidrografiya-esa ma’lum hududdagi suv ob’ektlari-ning o’ziga xos xususiyatlarini joyning tabiiy geografik sharoiti bilan bog’liq holda o’rganib, ularga gidrologik va xalq xo’jaligidagi ahamiyati nuqtai nazaridan yondoshgan holda yozma tavsif beradi. Download 145.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling