Viii bo‘lim. Ko‘chmas mulkni baholash (8-son mbs) 1-bob. Umumiy qoidalar


Download 28.19 Kb.
bet1/7
Sana29.09.2023
Hajmi28.19 Kb.
#1689889
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8 MBS


VIII BO‘LIM. KO‘CHMAS MULKNI BAHOLASH (8-SON MBS)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-§. Ko‘chmas mulkni baholashning umumiy qoidalari
242. Ko‘chmas mulkni baholash 1 ― 6-son MBSlari talablari asosida amalga oshiriladi. Ko‘chmas mulkni baholash (8-son MBS) (bundan buyon matnda 8-son MBS deb yuritiladi) ko‘chmas mulkni baholashga doir qo‘shimcha talablarni belgilaydi.
243. Ko‘chmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar kiradi.
244. Baholovchilar ko‘chmas mulkni baholashda mazkur Standartning 2-ilovasida kelitirilgan Metodikadan foydalanishlari mumkin.
245. Ko‘chmas mulk qiymati ularga bo‘lgan mulkiy (ashyoviy va majburiyat) huquqlar, ularga boshqa shaxslar huquqlarining yuklanishi va mazkur huquqlarga doir cheklashlarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
246. Baholash jarayonida 1 va 2-son MBS asosida olinadigan axborot xususiyati va manbasi haqidagi talablarga rioya etish maqsadida quyidagi masalalar ko‘rib chiqilishi lozim:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tekshirish uchun zarur ma’lumotlar;
o‘tkaziladigan barcha ko‘zdan kechirishlar hajmi;
yer uchastkasi maydoni hamda binoning barcha qavatlari maydonlari haqidagi axborot uchun javobgarlik;
binoning tavsiflari va uning holatini tasdiqlash uchun javobgarlik;
ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar xususiyati, xususiyatlari va mosligiga nisbatan tekshiruvlar hajmi;
grunt va poydevorlarning holati haqida axborotning mavjudligi;
haqiqatda mavjud va ehtimoliy ekologik xavf-xatarlarni aniqlash uchun javobgarlik;
ko‘chmas mulkdan foydalanish bo‘ytcha huquqlar yoki cheklovlar.
247. Baholanayotgan ko‘chmas mulk obyekti haqidagi axborotni to‘plashda baholovchi yoki uning vakili baholash obyektini baholash sanasiga eng yaqin bo‘lgan davrda ko‘zdan kechiradi, agar baholashga oid vazifada boshqa davr ko‘rsatilgan bo‘lmasa.
Baholash obyekti ko‘zdan kechirilmagan taqdirda baholovchi baholash haqidagi hisobotda baholash obyektini ko‘zdan kechirilmaganligi sabablarini, shuningdek ko‘zdan kechirilmaganligi bilan bog‘liq farazlar va cheklovlarni ko‘rsatadi.
248. Ko‘chmas mulk obyektini baholashga oid vazifa 1-son MBS asosida tuziladi. Bunda, axborotga qo‘shimcha tarzda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
baholanayotgan ko‘chmas mulk tarkibi, shuningdek uning har bir tarkibiy qismini identifikatsiya qilish uchun yetarli bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rsatish (agar mvjud bo‘lsa);
baholash obyekti va uning baholanayotgan qismlari tavsiflari yoki baholovchi foydalanishi mumkin bo‘lgan, bunday tavsiflar ko‘rsatilgan hujjatlarga havolalar;
baholash obyektini baholashda hisobga olinadigan huquqlar, ushbu huquqlarga, shu jumladan, baholash obyektining har bir qismiga doir cheklovlar (majburiyatlar).

Download 28.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling