Xosiyat ahmedova mehring qalb bulog‘imda xush galibsizla


Download 61.5 Kb.
bet1/10
Sana25.02.2023
Hajmi61.5 Kb.
#1231651
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xosiya Axmedova sherlari


XOSIYaT AHMEDOVA
MEHRING
QALB BULOG‘IMDA

Xush galibsizla

Xush galibsizla mehmonlo,


To‘yingiz muborak bo‘lg‘oy,
Zartaqinchoqlar yarashgan,
Bo‘yingiz muborak bo‘lg‘oy!

Qassob buva qo‘yni so‘ysin,


Boshqa ishlarini qo‘ysin,
Mehmonla yeb-ichib do‘ysin,
To‘yingiz muborak bo‘lg‘oy!

So‘ying aytilg‘on qo‘ylarni,


Qo‘ying g‘am- anduh, o‘yloni,
Xolpo qiz so‘vsin to‘yloni,
To‘yingiz muborak bo‘lg‘oy!

Qizlarimiz galin bo‘lg‘oy,


Yaxshi joya borib ko‘ng‘oy,
Yigit-qizni ko‘ngli to‘lg‘oy,
To‘yingiz muborak bo‘lg‘oy!

O‘g‘il bo‘lsa uylantirsak,


Do‘g‘ri yo‘la yo‘naltirsak,
Har bir ishni go‘naltirsak,
To‘yingiz muborak bo‘lg‘oy!

Uylaringizda to‘y bo‘lg‘oy,


Xosiyat xizmatda durg‘oy,
Go‘z atganni go‘zzi qurg‘oy,
To‘yingiz muborak bo‘lg‘oy!
Yaxshi gun

Yaxshi gunda sozu-suhbat quroli,


Yo‘limizni to‘yxonag‘o buroli.
To‘yingizdo biz xizmatda duroli,
O‘ynang, guling, davru-davron surali.

To‘ya galdik yaxshi niyatlar bilan,


Davra to‘la noz-u ne’matlar bilan.
Hammalani ulli to‘yo yetirgay,
To‘ylo ating hurmat-izzatlar bilan.

Tondirloda issi patir yopilg‘oy,


Yaxshi gunda zar dasturxon yayilg‘oy,
Xolpongizo do‘llir pullar yog‘ilg‘oy,
Bel, bilaka shoyi ro‘mol dang‘ilg‘oy.

To‘y atganni molu davlati doshg‘oy,


Umri uzoq bo‘lib yuz yoshdan oshg‘oy,
Go‘rolmasni go‘zzi chiqqoy, pes ochqoy,
Dushmonlari to‘rt yono qorob qochg‘oy.

Xosiyatxon soz at g‘aripa, boya,


Shukronalar ayt bargani toza joya,
Xush galibsiz mehmonlo toza joya,
Go‘z deymasin husni qomat, chiroya,
Tuf-tufalam go‘z deymasin chiroya.

Yurtim mani qudratli go‘zal diyor,


O‘zbegim ko‘p qudratli go‘zal diyor,
Yoshlar baxtli bo‘lmog‘i bizga shior,
Barcha baxtli bo‘lmog‘i bizga shior.

El yurtimda yoshlarga,


Imkonlar bisyor.
Yoshlarga omad tilang,
Bo‘lsin baxtiyor.
Hammaga omad tilang, bo‘lsin baxtga yor,
Hamma shunday to‘y qilsin.
Aytaylik yor-yor,
Siz ham shunday to‘y qiling, aytaylik alyor.

To‘ylaringiz kutamiz bo‘lib intizor,


Hammaga baxt tilaymiz baxt axir darkor,
Hamma yetsin murodga, olloh bo‘lsin yor.


Galin kuyov

Hammalani yaxshi niyat o‘ylari bo‘lsin,


Sevishgan qiz yigitlarni to‘ylari bo‘lsin,
Mana shunday yarashgan bo‘ylari bo‘lsin.

Kuyov bo‘lgan yigitga baxt qushi qo‘nsin,


Kelin bo‘lgan qizlarga baxt qushi qo‘nsin,
To‘qqiz oy o‘tib o‘tmay farzandli bo‘lsin,
Hohlagancha o‘g‘il, qiz farzandli bo‘lsin.

Shunday baxtli zamonda,


Yayrang yarashar,
Qanday baxtli zamonda to‘ylar yarashar, bunday fayzli davrada
o‘ynang yarashar

To‘yda davra to‘riga barcha qarashar,


Chunki davra to‘riga kelin yarashar.
Chunki davra to‘riga kuyov yarashar.


Download 61.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling