Y o‘ r I q n o m a I. Umumiy qoidalar


Download 51.67 Kb.
bet1/7
Sana02.11.2023
Hajmi51.67 Kb.
#1739603
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
74d8af458978ed405175f43f1aa0edc7


X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktorining 2023-yil -oktabrdagi -um-son buyrug‘iga 3-ilova


X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida
ashyoviy dalillardan ekspertlik faoliyatida foydalanish
va saqlash tartibi to‘g‘risidagi

Y O‘ R I Q N O M A


I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi
12-son “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 1999-yil
29-martdagi 140-son “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi va 2023-yil 21-fevraldagi “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 73-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. Yo‘riqnoma X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining (keyingi o‘rinlarda Yo‘riqnoma deb yuritiladi) ekspertlik faoliyatini amalga oshirishda ashyoviy dalillardan foydalanish va saqlash qoidalarini tartibga solishga qaratilgan.
3. Ashyoviy dalillar hisoblanadigan qimmatbaho metallar, ulardan tayyorlangan buyumlar, pul belgilari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar, zaharli, tez yonuvchi moddalar, portlovchi moddalar, o‘q-otar qurollar, o‘q-dorilar, kiyim, yo‘l-transport hodisasi joyidan olingan transport vositasi yoki uning qismlari, raqamli moslamalar, diktofon, kompaktdisklar, dastxat va imzo namunalarini saqlagan hujjatlar, DNK saqlaydigan odam biologik materiallari bilan bog‘liq protsessual harakatlarni huquqiy tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi asosida amalga oshiriladi.
4. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning qarori, sudning ajrimi sud ekspertizasini o‘tkazish asos hisoblanadi.



Download 51.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling