Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 0.96 Mb.
bet1/9
Sana08.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1463278
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
739 21.11.2020


 

[OKOZ:

1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligining:
yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarida hamda ularni tamomlagandan so‘ng akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar (keyingi o‘rinlarda — ta’lim muassasalari), shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya oladigan muddatda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lishi;
ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ularning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida pul mablag‘lari to‘lanishi to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki:
to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ta’lim muassasalarini bitirib, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun nafaqa to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar davlat ta’lim muassasalari faoliyatini moliyaviy ta’minlash uchun tegishli yilga nazarda tutiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi;
to‘liq davlat ta’minoti pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar, shuningdek, transportda yurish kartochkalaridan iborat bo‘ladi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ta’minotiga olingan bolalarga (keyingi o‘rinlarda — o‘quvchi (talaba) ular ta’lim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish hamda yo‘l xarajatlari uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 35 baravari miqdorida pul nafaqasi (keyingi o‘rinlarda — bitiruv nafaqasi) beriladi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori tahriridaQonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
3. Quyidagilar:
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Mehribonlik uyi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Bolalar shaharchasi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling