Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana15.04.2020
Hajmi0.54 Mb.
1   2   3   4   5   6

Imom  Nisoiy  (830-915). 

Imom,  hofizi  Qur‘on,  shayx-ul-Islom.  Abu 

Abdurahmon  Ahmad  ibn  Ali  ibn  Shuxab  al-Xurosoniy  al-Qoziy.  Hadis  ilmida 

zamonasining imomi, eng fozillarining eng muqaddami bo‘lgan. 

Xurosonning  Niso  shahrida  tug‘ilgan.  Shu  yerning  mashhur  olimlaridan 

dars  olgan,  Qur‘onni  yod  olgan.  Keyin  talabi  ilm  yo‘lida  15  yoshligida  Hijoz, 

Iroq,  Shom,  Misr  va  al-Jazira  (Mesopotamiya)ga  yo‘l  olgan.  Bu  shahar  va 

mamlakatlar  olimlaridan  dars  olgan.  Hadis  ilmi  va  hadislarni  bilishda  zamonasi 

yagonasining yagonalaridan bo‘ldi. U Misrni ma‘qul topib, o‘ziga vatan qilib oldi. 

Umri oxirida Damashqda yashadi. Bu yerda undan xalifa Muoviyaning fazilatlari 

haqida  yozishni  talab  qilishdi.  U  Alining  fazilatlari  haqida  kitob  yozdi.  Uni 

kaltaklab,  qattiq  azob  berishdi,  masjiddan  chiqarib  yuborishdi.  Bundan  keyin 

Nisoiy meni Makkaga olib boringlar degan. U yerga og‘ir ahvolda olib borishgan 

va Makkada vafot etgan. Safo va Marva orasiga dafn qilingan. 

Nisoiy bir qancha asarlar yozib qoldirgan. Ulardan eng muhimlari: 


 

72 


 

1. «as-Sunan  al-kubro»  (Payg‘ambar sunnatlarihaqida katta kitob). 

2. «as-Sunan al-sug‘ro» (Payg‘ambar sunnatlari haqida kichik kitob). 

3. «al-Xasos» (Xos narsalar) kabi. 

Bulardan eng mashhuri «as-Sunan al-kubro» asaridir. 

Imom  ad-Dorimiy  (797-869). 

Mashhur  hofiz,  shayxulislom  Abu 

Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon at-Tamimiy as-Samarqandiy ad-Dorimiy. 

Samarqandning Dorim degan joyida tug‘ilgan. Ilm va hadis talabida Misr, Shom, 

Iroq, Makka va Madinani kezgan. Yetuk mufassir, faqih va olim bo‘lib yetishgan. 

Samarqand  qoziligiga  talab  qilinganda  unamagan.  Sulton  uni  yoqtirib  qolib,  o‘z 

huzuriga oladi va bir oz qozilik ham qiladi,  keyin iste‘foga chiqib, Marvga ketib, 

shu yerda vafot etadi. 

Uning asarlaridan: 

1. at-Tafsir. 

2. «al-Jome» (Majmua) kabilar. 

Bandor degan olimning aytishicha, dunyoning hofizi Qur‘oni to‘rtta bo‘lgan 

ekan:  Rayda  -  Abu  Zar‘a,  Nishopurda  -  Muslim  ibn  Hajjaj,  Samarqandda  - 

Abdulloh ibn Abdurrahmon ad-Dorimiy va Buxoroda - Muhammad ibn Ismoil. 



Abu  Abdurrahmon  Abdulloh  ibn  al-Muborak  Marvaziy(736-

798). 

Mashhur  hadis  va  fikh  olimi,  Marvda  tug‘ilgan.  Marvdagi  katta  hovlisi 

hadis va fikh bo‘yicha dars tinglovchilardan xoli bo‘lmagan. U Kufa va Hijozga 

safar  qilib,  u  yerlarda  ham  undan  diniy  va  dunyoviy  masalalarda  ma‘lumotlar 

olganlar. Marvga qaytib keladi. Bu yerning bir qancha kishilariga bosh bo‘lib haj 

safariga  otlandi.  Bag‘dod,  Makka  va  Madina  shaharlarini  ziyorat  qiladi.  Abu 

Abdurrahmon  fiqh  va  hadis  ilmi  bilan  shug‘ullanuvchilar  uchun  ikkita  alohida 

bino  kurdirgan,  har  yili  kambag‘al  va  beva-bechoralarga  yuz  ming  dirham  pul 

ulashgan. Asarlaridan: 

1. «Kitob az-zuhd va raqoiq« (Zohidlar va xorlan-ganlar uchun kitob). 

2. «Kitob al-jihod» (Jihod haqida kitob). 


 

73 


III-Bob: “Arab – musulmon madaniyatining jahon tarixida 

tutgan o’rni” mavzusini o’rganish usuli 

 

3.1.Tarix darslarida yangi ped-texnologiya asosida mavzuni  tizimini joriy 

etish 

 

Pedtexnologiya  ta‘limni  tizimli  usuli  xisoblab,  xozirgi  kunda  ta‘lim  tizimi 



va  amaliyotida  keng  kullanilayotgan  "Ped-texnologiya"  so‘zi  inglizcha  "an-

educational  technology"  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  aynan  tarjimasi  "Ta‘lim 

texnologiyasi" degan ma‘noni  bildiradi. 

 

Yangi ped-texnologiyaning asosiy xususiyatlari kuyidagilardan iborat: 



 

1.  Ta‘lim  tarbiya  jarayonida  oldindan  loyixalash  va  auditoriyada  kayta 

ishlab chiqish imkonini beradi. 

 

2. Tizimli yondashuv asosida o‘quvchining bilimi faoliyatini tasvirlaydigan 



ta‘lim jarayoni loyixasini to‘zish. 

 

3.  Ped-texnologiyaning  muxim  belgisi  o‘quvchining  bilim  uzlashtirish 



sifatida obьyektiv baxolash imkonini beradi. 

 

4.  Ta‘lim  jarayonining  to‘zilishi  va  mazmuni  jixatidan  yaxlitligi  uzaro 



boglik va uzaro ta‘sirida bulishi. 

 

5.Ta‘lim shakllarini optimallashtirish. 



 

6.Ta‘lim  jarayonida  texnik  vosita  va  inson  saloxiyatining  uxaro  ta‘sirini 

xisobga olish. 

 

7.O‘quvchi faolligiga karab o‘qitish. 



 

8.Bilim  uzlashtirish  jarayonida  yo‘l  qo‘yilgan  xatolarni  aniklab  tuzatib 

borish. 

 

9.Belgilanagan mezonlarga imkon berish. 



Shulardan  kelib  chiqqan  holda  "Ped  texnologiya  "  tushunchasiga  mukammalroq 

ta‘rif beradigan bo‘lsak Ped. texnologiya tizimli, texnologik yondashuvlar asosida 

ta‘lim  shakllarini  qulaylashtirish  natijasini  kafolatlash  va  ob‘yektiv  baholash 

uchun inson saloxiyati va texnik vositalarning o‘zaro ta‘sirini inobatga olib, ta‘lim 



 

74 


maskanlarini  oydinlashtirib  o‘qitish  va  bilim  o‘zlashtirish  jarayonlarida 

qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir. 



Yangi ped-texnologiyaning vazifalari. 

 

-Ped-texnologik amaliyot jarayonlarini belgilash va tasvirlash 



 

-O‘quvchi kelgusi faoliyatida duch keladigan vazifalarni aniqlash 

 

-O‘qitishning xar bir bosqichida ta‘limning mazmunini belgilash 



 

-O‘quv  yuklamasi  o‘quvchining  kuchiga  moslik  darajasini  aniqlash 

va  o‘quvchining o‘zlashtirish tizimini aniqlash 

 

-Ta‘lim shakllari va vositalari - o‘quv qo‘llanmalari, ta‘limning tenik 



vositalarini tanlash. 

 

-O‘quvchining  bilim  malakalarini  egallash  sifatida  ob‘yektiv 



baholash uchun test vazifalarini tayyorlash. 

 

-Darsda  va  darsdan  tashqari  o‘quvchiga  beriladigan  vazifalarni 



rejalashtirish. 

 

-Mustaqil  mashg‘ulot  tuzilmasi  va  mazmunini  ishlab  chiqish  va 



hakozolardir. 

 

Yangi  ped-texnologiyaning  afzalligi  shundaki,  har  bir  o‘quvchi 



bevosita  dars  mobaynida  chetda  qolmay,  uz  fikr  mulohazasi,  bilimi  va  xarakati 

bilan darsning faol qatnashchisiga aylanadi. 

 

Dars  mobaynida  o‘qituvchi  o‘quvchilarning  esda  yaxshi  olib  qolish  



samaradorligini  oshirish  maqsadida  turli  xil  usul,  vosita  va  o‘yinlardan 

foydalanishi  mumkin.  Bunda  o‘quvchi  o‘z  algoritimini  mustaqil  tuzadi,  kerakli 

axborotni  topadi,  tanlaydi,  ishlatadi  va  qayta  o‘zgartiradi,  nosozlarni  mantiqan 

izlaydi,  zaruratiga  ko‘ra  ta‘mirlaydi.  Muammoni  mustaqil  ravishda  belgilaydi. 

Qarama-qarshiliklarni  yechish  yo‘llarini  topadi,  muammolarni  yechish  uchun 

yangi  axborotlarni  topadi  va  qo‘llaydi,  yangi  mavzu  bo‘yicha  bilimlarni  o‘zi 

izlaydi va topadi. Xullas darsda o‘z faolligini ko‘rsatadi. 

 

Yangi davlat ta‘lim standartlari va o‘quv dasturlarini joriy etilishi va 



ta‘lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarning, kompьyuter, yangi axborot 

 

75 


texnologiyalari  va  texnik  vositalarning  qo‘llanishi  bilan  dars  ishlanmalariga 

qo‘yilgan talablar ham o‘zgarib bormoqda. 



Yangi pedagogik texnologiya asosida mavzu tizimini joriy etish 

I.Darsning mavzusi: "Arab – musulmon madaniyatining jahon tarixida 

tutgan o’rni". 

 

II.Darsning  maksadi:  O‘zbekiston  tarixini  o‘qitishda,  arab  xalifaligining 

tashkil  topishi,  xalifalik  hukmronligining  Misr,  Suriya,  Eron,  O‘rta  Osiyo, 

Hindiston  va  Yevropa  mamlakatlariga  yoyilishi  haqida  ma‘lumotlar  berish  kerak 

bo‘ladi. 

Yangi  pedtexnologiya    usullaridan  foydalangan    holda  yangi  mavzuni  

chuqurroq tushuntirish va  o‘quvchilarning faolligini oshirish. O‘quvchilarni yangi  

mavzu bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish. 

III. Dars uchun zarur jixozlar va ma’lumotlar manbalari: 

 

Dars  mavzusini  yoritib  berish  uchun  mavzu  nomi  va  rejasi  yozilgan 



ko‘rgazmali qurol. O‘tilgan mavzuni takrorlash uchun savollar yozilgan kartochka 

va  testlar.  Yangi  pedtexnologiya  usulidan  foydalanib    Klaster  usulini  qo‘llashda 

lozim  bo‘lgan  plakat  va  turli  xil  rangli  rasmlar.  Mavzuni  yoritish  uchun 

foydalanilgan adabiyotlar. 



IV. Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti. 

 

Zamonaviy  dars  turidan  foydalangan  holda  yangi  ped-texnologik  usul  va 



metodlar asosida tuziladi. 

1-soatlik dars uchun 

№  Darsning 

borishi 

Darsning maqsadi 

Metod 

Vaqt 

Tashkiliy 



qism 

1.O‘quvchilar  bilan  salomlashish  va  

sinfni darsga xozirlash 

 

2-3 



minut 

Vazifani 



tekshirish 

(utgan 


mavzu 

O‘quvchilarga  kartochka  va  test 

topshiriqlari 

tarkatib 

chiqish 

va 


javoblarini  tinglash.  O‘quvchilarni 

qo‘shimcha  mulohazalarga  chorlash. 

Kartochka 

va 


test 

topshiriqlar

10-12  


minut 

 

76 


bo‘yicha) 

O‘tgan mavzuni mustahkamlash. 

Yangi 


material 

bayoni 


Tayyorlab  kelingan  konspekt  asosida 

yangi mavzu haqida ma‘lumot berish. 

Tekst 

15-18 


minut 

Mustaxkam



lash, 

takrorlash 

Arab xalifaligiga oid-nomli klaster 

tuzish. 


A.Klaster. 

Xalifalikning yoyilishi, bosqichlari. 

B.Viyen diogrammasi. 

Arab-musulmon madaniyatining 

vujudga kelishi, madaniyatning      

ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o‘rni 

V.Savol. 

Savol guruxga umumiy tarzda beriladi? 

Masalan: 

Xalifalik qaysi mamlakatlarda keng 

tarqalgan? 

Xalifalikning asosiy maqsadi? 

a)Klaster 

b)Viyen 


Diagramma

si. 


v)Savol-

javob 


 

 

Viyen 



diagramma

si 


 

 

Savol 



7-9 

minut 


Darsni 


yakunlash 

va baholash 

Dars maqsadini yana bir bor eslatish va 

unga qanchalik erishganlikni 

o‘quvchilar bilan birgalikda  aniqlash 

o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha 

savollariga javob berish faol 

qatnashgan  o‘quvchilarni tilga olish va 

baholash. 

 

 



Uyga 


vazifa 

Yangi mavzuni o‘rnagib savollarga 

javob topib mukammal va puxta  

tayyorlanib kelish hamda qo‘shimcha 

ma‘lumotlar topib kelish. 

 

2-3 



minut 

 


 

77 


Xulosa 

Bizga  ma`lumki,  Islom  dinining  Movarounnahrga  kirib  kelishi    Markaziy 

Osiyoning VIIIasrda  arablar tomonidan istilo etilishi bilan bog`liq. Arab xalifaligi 

deb  nom  olgan  bu  nulkan  imperiya    tarkibiga  Markaziy  Osiyodan  tashqari  yaqin 

va O`rta sharq mamlakatlari, Arabiston yarim oroli, shimoliy Afrika, Ispaniya va 

Kavkazorti  davlat5lari  kirar  edi.  Xalifalikning  rasmiy  tili  hisoblangan  arab  tili, 

uning  tarkibiga  kirgan  barcha  xalqlar  uchun  o`zaro  muomala  vositasiga  aylandi. 

Natijada  ushbu  til  yordamida  turli  xalqlar  bir  birlarining  fan  va  madaniyat 

yodgorliklari  bilan  tanishdilarva  bu  sohalardagi  yutuqlarini  o`zaro  barham 

ko`rdilar. 

             Biz  ushbu  BMIda  Arab-musulmon  madaniyatining  jahon  tarixida  tutgan 

o`rni xususida bir muncha kengroq to`xtalishga harakat5 qildik. 

IX-XI  asrlarda  musulmon-madaniyatida  umumiy  madaniy  yuksalish 

Movarounnahr va Xuroson olimlari ijodida o`zining yuqori cho`qqisiga ko`tarildi. 

Ellinistik  davrning  oxirlarida  fan  va  madaniyat  markazi  Misrning  Iskandariya 

shahri  deb  hisoblangan  bo`lsa,  IX-XI  asrlarda  esa,  musulmon  madaniyatining, 

―oltin davri‖ bo`lmish fan va madaniyat rivoji Xuroson hamda Amudaryo ortidagi 

o`lka –Movarounnahyr (Markaziy Osiyo) hududiga ko`chib o`tdi.  

IX  asrga kelib  Islom  dini  bilan bevosita bog`liq  bo`lgan  hadis, tafsir, fiqh, 

kalom kabi ilmlar ham jadallik kabi rivojlana bordi. Markaziy Osiyo olimlarining 

bu  sohalarda  qoldirgan  ilmiy  merosi  hozirga  qadar  ham  eng  ishonchli  ilmiy 

manbalardan hisoblanadi. Yuqorida aytganimizdek, Islomning Markaziy Osiyoga 

tarqalishi  tufayli  bu  yerda  juda  ko‘p  mahalliy  Islom  olimlari-hadisshunos 

(muhaddis),  Qur‘on  tafsirshunoslari  (mufassir)  va  Islom  dini  qonun-qoidalari, 

yo‘l-yo‘riqlari  bilan  shug‘ullanuvchi  yuzlab  mashhur,  Islom  dunyosi  tan  olgan 

olimlar yetishib chiqdilar. Bular Islom dini borasida jahon faniga o‘zlarining ulkan 

hissalarini qo‘shib ketdilar. Ularning asarlari hozirgacha Islom dini hukmron yoki 

xalqi  shu  dinni  qabul  qilgan  davlatlardagi  diniy  madrasa  va  institutlarda  asosiy 



 

78 


qo‘llanma sifatida o‘qitilib kelmoqsa. Ular Markaziy Osiyo shuhratini musulmon 

dunyosi miqyosiga ko‘targan mashhur olimlardir. 

Ayni  paytda  fikrimizning  mantiqiy  yakuni  sifatida  Prezident  Islom 

Karimovning  quyidsagi so`zlarini keltirib  o`tmoq  joiz:  ―Bir  haqiqatni  barchamiz 

eslab  olishimiz  zarur.  O`zbek  zaminida  asrlar  davomida  fan  va  madaniyatning 

turli sohalarida buyuk is`tedodlarning parvarish topgani bejiz emas,albatta. 

Jamiyat  taraqqiyotidagi  har  qanday  o`zgarishlar,  yangiliklar,  ayniqsa, 

insoniyat  rivojiga  katta  turtki  beradigan  jarayonlar,  kashfiyotlar  o`z-o`zidan  yuz 

bermaydi. 

Buning  uchun,  avvalo,  asriy  an`analar,  tegishli  shart-sharoit,  tafakkur 

maktabi,  madaniy  ma`naviy  muhim  mavjud  bo`lmog`i  kerak.  Millatning 

tabiyatida,  kamida,  nasl-nasabiga  ezgulik  va  ma`rifat  sari  intilish  mafkurasi  va 

qonuniyat jo`sh urishi lozim‖.

34

  



Arabiston  yarimorolining  ayrim  tumanlarida  yahudiylar  va  xristianlarning 

yashaganligi  tarixdan  ma'lum.  Shu  bois  yahudiylik  Yaman  arablari  o'rtasida 

qadimdan  keng  tarqalgan.  Yahudiylikka  e'tiqod  qiluvchi  qabilalar  markaziy  va 

g'arbiy  Arabistonning  ayrim  vohalarida  ham  bo'lgan.  Xristian  dini  esa  asosan 

yarimorolning  shimoliy  qismida  Shorn  yurti,  Falastin,  Mesopotamiyada 

yashaydigan arab qabilalarining ba'zilari o'rtasida tarqalgan edi. 

Movarounnahr  hududida  yashagan  ajdodlarimiz  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy 

va  madaniy  taraqqiyotda  sahroyi  arablarga  qaraganda  anchagina  oldinda  edilar. 

Nima  sababdan  ularni  arab  istilochilari  nisbatan  tez  va  oson  bosib  ololdilar? 

Buning  sabablari  —  birinchidan,  o'lka  xalqlari  o'rtasida  ijtimoiy-iqtisodiy  va 

siyosiy  birlikning  bo'lmaganligi  va  tarqoqlikning  mavjudligidir.  Arablar 

Movarounnahr yerlariga bostirib kelgan paytda o'lkada bir-biriga dushman bo'lgan 

15  dan  ortiq  kichik-kichik  feodal  davlatchalar  bor  edi.  Bu  holdan  arablar  ustalik 

bilan foydalandilar. 

                                                 

34

 Karimov I.A. Axmad al-Farg`oniy haykomining ochilishiga bag`ishlangan marosida so`zlangan nutq. Biz  



   kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. T. ―O`zbekiston‖, 1999, 189-bet. 

 

79 


Diniy mazhablar, falsafiy ta‘limotlar bilimdoni   Shahrizuriy   bunday deb 

yozadi:  "Falsafa -   bu buzilish   va   aqlsizlik manbaidir, oqyalik va adashishiiing 

asosidir,  dindan  chiqaradigan  va  bid‘atga  yuz  tutiladigan  joydir.  Mantiq  esa 

falsafa     ostonasidir, yomonlik      ostonasi yomonlikdir

35

.  Shuning  uchun  ham uni 



o‘rganish  va  undan  ta‘lim  berishga  qozikalom  tomonidan  ruxsat  yo‘q.  Mantiq 

so‘zlaridan  shariat  asoslarini  o‘rganishda  foydalanish  esa  kechirib  bo‘lmaydigan 

qabihlikdir...  Sulton  musulmonlarni  bu  shaytonlarning  yomonligidan  himoya 

qilishi,  ularni  maktablardan  chetlashtirishi,  surgun  qilishi,  ularning  hunari  bilan 

kimki  shug‘ullansa,  ja‘zolashi  kerak,  agarda  kimda-kim  faylasuflar  aqidalariga 

ochiqdan-ochiq  e‘tiqod  qilsa,  ularni  o‘ldirish  yoki  bo‘ysinishga  majbur  qilish 

kerak,  toki  ularning  fanlaridan  asar  qolmasin".  Shu  davrlardan  boshlab,  xalifalik 

markaziy nohiyalaridagi madaniyat, ilm-fan, falsafa, dunyoviy adabiyot va san‘at 

ahli,  me‘morlar,  muxandislar,  hattotlar,  hunarmandlar  toxiriylar,  safforiylar, 

somoniylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahr,   Xuroson   va Eronga ko‘cha 

boshladilar. 

O‘rta  asr  manbalaridagi  ba‘zi  ma‘lumotlar  «Bayt  al-hikma»  Xorun  ar-

Rashid davrida ta‘sis etilgan, degan xulosaga kelishga asos bo‘ldi. Jumladan, Ibn 

an-Nadim o‘zining «al-Fixrist» kitobida vazir Saxl ibn Horun, astrolog Abu Saxl 

al-Fadl  ibn  Navbaxt  va  nusxa  ko‘chiruvchi  A‘lon  ash-Shu‘uvbiylar  haqida  so‘z 

yuritar ekan, ularni Xorun ar-Rashidning «Bayt al-hikma»sida faoliyat ko‘rsatgan, 

deb ma‘lumot beradi.  

Umuman,  Xorun  ar-Rashid  davrida  «Bayt  al-hikma»  turli  adabiyotlar 

saqlanadigan maskandan tarjima va tadqiqotlar olib boriladigan markazga aylandi. 

U yerga kelgan taniqli ulamolar, tadqiqotchilar nafaqat turli mavzulardagi kitoblar 

bilan tanishish, balki ularni mutolaa qilish imkoniyatiga ham ega edilar. Bu davrda 

tarjima  ishlariga  bo‘lgan  ahamiyat  bag‘oyat  ortib,  «Bayt  al-hikma»dagi  asarlar 

soni yanada ko‘paydi. 

                                                 

35

 Абдуқодир Зоҳидий. ―Ўрта аср араб-мусулмон маданияти‖. 13-бет. 



 

80 


Xulosa  shuki,  Markaziy  Osiyo  fani  tarixiga  oid  kelajakda  biz  amalga 

oshirishimiz  lozim  bo`lgan  tadqiqotlar  o`z  zamin  ilmiy  merosining  hali 

o`rganilmaganligi qirralarini ochilishiga imkon yaratadi. 

 

 



 

 

81 


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 

 

1.Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T., ―Sharq‖, 1998. 



2.Karimov I.A. Axmad al-Farg`oniy haykomining ochilishiga bag`ishlangan  

   marosida so`zlangan nutq. Biz    kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. T.  

   ―O`zbekiston‖, 1999. 

3.Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T., ―O‘zbekiston‖, 1996. 

4.Karimov I.A. Yuksak manaviyat yengilmas kuch. T., ―Ma‘naviyat‖, 2008. 

5. Abduqodir Zohidiy. ―O‘rta asr arab-musulmon madaniyati‖. T., ―Fan‖, 1993. 

6. Qamchibek Kenja. Andijondan Bog‘dodgacha. T., ―Sharq‖, 2007. 

7. Bahrom Abduhalimov. Bayt-al-hikma. T., ―O‘zbekiston‖, 2010. 

8.Xayrullayev  M.M. O`rta Osiyoda ilk uyg`onish davri madaniyati.  T.   1994. 

9.R.Shamsutdinov, Sh.Karimov. Vatan tarixi. 1-qism. T., ―Sharq‖, 2010. 

10. R.Shamsutdinov, Sh.Karimov. Vatan tarixi. 2-qism. T., ―Sharq‖, 2010. 

11.U.Uvatov.  Muslim  ibn  al-Hajjoj.  T.,  A.Qodiriy  nomidagi  xalq  merosi 

nashriyoti. 1995. 

12.Hoji  Ismatulloh  Abdulloh.  Markaziy  Osiyoda  islom  madaniyati.  T.,  ―Sharq‖, 

2005. 

13.Buriyev  O.,  Vahobova  B.  Yozma  manbalar  al-Farg‘oniy  haqida.  T.,  ―Fan‖, 



1998. 

14.Nosirov A, Xikmatullayev. Ahmad Farg‘oniy. T., ―Fan‖, 1966. 

15.Islom ilmlari va mashhur allomalar. Sharqshunoslik. FAShI. 2000. №10. 

16.Qayumov A.P. Ahmad al-Farg‘oniy. T., ―Cho‘lpon‖, 1998. 

17.Imom al-Buxoriy. Al adab – al muhrat. T., ―Sharq‖, 1992. 

18.Forobiy Risolalar T., ‗Fan‘ , 1975  



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling