Buxoro amirligining ag’darilishi Buxoro amirligida ham ijtimoiy-siyosiy vaziyat Xiva
xonligidagiga o’xshash tarzda kechdi. Amirlik ham Rossiyaga tobe, vassal davlat edi.
Ichki siyosatda mustaqil bo’lgan amirning mutlaq hokimiyati hukm surib, bundan oddiy
xalq ommasi behad zulm tortib kelardi. XX asr boshlarida bu erda ham amirlik tuzumiga
qarshi demokratik harakatlar yuzaga kela bordi. Mamlakatning ilg’or, taraqiyparvar ziyoli
yoshlaridan tashkil topgan Yosh buxoroliklar tashkiloti bu harakatlarga etakchilik
qildilar. O’z saflarida Abduvohid Burhonov, Fayzulla Xo’jaev, Abdurauf Fitrat, Sadriddin
Ayniy, Muhitdin Mansurov, Po’latxo’ja Usmonxo’jaev kabi yurt fidoyilarini birlashtirgan
Yosh buxoroliklar harakati keng xalq manfaatlari foydasiga muhim siyosiy o’zgarishlarni
ro’yobga chiqarishga intilganlar. Ular ishlab chiqqan islohotlar loyihasida mamlakatda
konstitutsion monarxiya tuzumi o’rnatish, ijtimoiy-siyosiy erkinliklar joriy qilish, maorif
ishini yaxshilash masalalariga alohida urg’u berilgandi.
Keng xalq ommasi tazyiqi va Yosh buxoroliklar islohiy talablari asosida amir
1917 yil 7 aprelida ba’zi yon berishlarga borib manifest chiqarishga majbur bo’ladi.
209
Do'stlaringiz bilan baham: |