£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


XIII BOB.  MUSTABID SOVET TUZUMINING O’ZBEKISTONDAGI


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

XIII BOB.  MUSTABID SOVET TUZUMINING O’ZBEKISTONDAGI 

QATAG’ONCHILIK SIYOSATI VA UNING OQIBATLARI 

 

Tayanch so’z va iboralar: Totalitar tizim. Milliy kuchlarni bo’lish. «18-lar 

guruhi». «Inog’omovchilar». «Qosimovchilar». Ziyolilar qatag’onligi. Diniy 

ta’qiblar. Qatag’onlikning yangi to’lqini. Fan va madaniyatga bosim. 

 

1. Sobiq Ittifoqda ma’muriy-buyruqbozlik, totalitar tizimning qaror topishi. 

Respublika huquqlari, manfaatlarining cheklanishi 

 

Totalitar rejimining qaror topishi  XX asrning 20 – yillari ikkinchi yarimlariga kelib 

sovetlar mamlakatining hokimiyat boshqaruv - idora tizimida ham keskin o’zgarish 

hollari yuz berib bordi. Partiya va davlat boshqaruvi muruvvatlarini o’z qo’li ostiga kiritib 

borgan I. V. Stalin asta - sekinlik bilan o’zining yakka xokimligini butun choralar bilan 

qaror toptirish harakatida bo’ldi. Shu maqsadga erishish yo’lida u o’z atrofiga bir guruh 

hushomadgo’y, labbaychi rahbar kadrlarni to’plab, ularni ishga solib, partiyaning ko’plab 

tajribali, inqilobiy kurashlarda jarayonida toblangan, g’oyaviy va siyosiy jihatdan etuk, 

nufuzli arboblarini obro’sizlantirishga intildi. 20-yillarda atayin avj oldirilib, odatiy tusga 

kirgan «partiyaviy tozalashlar» bahonasida mamlakat hayotining u yoki bu muhim 

masalasida sog’lom, xolis fikr bildirgan kadrlarni  egallab turgan yuqori vazifalaridan 

chetlattirib borildi. Stalin o’z yo’liga g’ov bo’lgan bunday muxolifatchi kuchlar, kadrlarni 

tor - mor etish, o’z shaxsiy hokimiyati rejimini qaror toptirib borishda V.M.Molotov, 

K.E.Voroshilov, L.M.Kaganovich, L.P.Beriya singari maslakdoshu hamfikr safdoshlari 

xizmatidan ustamonlik bilan foydalandi. Mamlakatda yuz berayotgan barcha o’zgarishlar, 

yangilanishlar Stalin nomiga nisbat berildi. Hukmron Markaz mafkurasi bu nomni zo’r 

berib ko’klarga ko’tarib maqtash, madh qilishga yo’naltirildi.  

20-yillar oxirlariga kelib Stalin tomonidan yangi nazariy qarash sifatida ilgari 

surilgan «sotsializm mustahkamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham 

shunchalik kuchayib boradi», degan soxta g’oya butun mamlakat uchun halokatli 

oqibatlarga olib keldi. Stalin va uning yaqinlari mamlakat va partiya hayotiga oid har bir 

masalada o’z irodasi, hukmini boshqalarga majbur etib bordilar. O’z davrida kompartiya 

va sovet hokimiyati rahbariyatining o’zak – negizini tashqil etgan Trotskiy, Buxarin, 

Kamenov, Zinovev, Rikov, Tomskiy singari taniqli arboblar shunday muxolifatchi guruh 

vaqillari sifatida egallab turgan lavozimlaridan olinib, keyinchalik qatag’onlik domiga 

duchor etildilar.  

Shu tariqa, sobiq Ittifoqda 1917 yildan boshlab shakllanana boshlagan totalitar 

siyosiy rejim 20-yillarning oxiri 30-yillarning boshlarida to’liq qaror topdi. Totalitar 

rejimning mazmun-mohiyati, belgilari quyidagilardan iborat: 

¾  ko’ppartiyaviylik tugatiladi, bitta partiya (VKP(b)) butun mamlkatda yagona 

hukmron partiyaga aylanadi, uning qarorlari, ko’rsatmalari barcha hokimiyat 

organlari tomonidan so’zsiz bajarilishi majburiy bo’ladi; 

¾  davlat boshqaruvi markazdan, diktator tomonidan ma’muriy-buyruqbozlik tarzida 

amalga oshiriladi, mahalliy hokimiyat organlari amalda qo’g’irchoq bo’lib qoladi; 




 

261


¾  ijtimoiy munosabatlar siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy, jismoniy zo’rovonlik asosda 

tartibga solinadi, xususiy mulkni milliylashtirish orqali shaxsning iqtisodiy 

erkinligi tugatiladi, rejali iqtisodiyot qaror topadi; 

¾  oshkoralik, turli xil fikr bildirish, muxolifatchilik harakatlari qat’iyan man etiladi; 

¾  ommaviy axborot vositalari, ta’lim tizimi, ijodiy uyushmalar orqali targ’ibot-

tashviqot ishlari kuchaytirilib, aholi rasmiy  (kommunistik) mafkura nuqtai 

nazardan qayta ishlanadi, ular ongiga mafkuraviy aqidalar singdiriladi; 

¾  siyosiy qatag’onlik shaxsning ongi va hatti-harakatlarini nazorat ostiga olish, 

mavjud tuzumga nisbatan xayrixohlik, sodiqlik, qo’llab-quvvatlash tuyg’usini 

singdirishning asosiy vositasiga aylanadi

¾  rasmiy mafkuraga mos bo’lmagan barcha nashriy mahsulotlarni yo’q qilishga, 

intellektual va ijodiy faoliyatni bo’g’ishga yo’naltirilgan tsenzura organi faoliyat 

yuritadi; 

¾  siyosiy qatag’onlikni amalga oshirish uchun maxsus hokimiyat organlari, mehnat 

va axloq tuzatish lagerlari tarmog’i tuziladi va faoliyat yuritadi, birga ishlovchi, 

qo’ni-qo’shnilardan kuzatuvchi, ig’vogar-chaqimchilar yollanadi, aholi qo’rquv 

ostiga olinadi. 

 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling