£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Muslim
- Said Xarashiy
O’rta Osiyoda arablarga qarshi xalq qo’zg’olonlari ¾ Sug’diyonada 720-722 yillarda G’urak va Divashtich boshchiligida ¾ Samarqand, Buxoro, Xuttolonda 725-729 yillarda ¾ Tohariston va Sug’dda 736-737 yillarda ¾ Xuroson va Movarounnahrda Abu Muslim boshchiligida 746-749 yillarda ¾ Muqanna qo’zg’oloni 769-784 yillarda ¾ Rafi ibn Lais qo’zg’oloni 806-809 yillarda
720-722 yillarda So’g’diyonada yuz bergan G’o’rak (Samarqand hukmdori) va Divashtich (Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo’zg’olon arablar hukmronlikligiga qarshi yo’nalgan dastlabki shiddatli xalq harakatlaridan biri bo’lgan. Unda arablar siyosati va zulmidan g’azabga kelgan o’n minglab mahalliy xalq vakillari ishtirok etgan. Xurosonning yangi tayinlangan va zolimligi bilan nom chiqargan noibi Said Xarashiy katta muntazam harbiy kuch bilan mazkur qo’zg’olonni shafqatsizlik bilan bostirishga muvaffaq bo’ladi. Qo’zg’olon rahbarlaridan biri - Divashtich ham ushlanib qatl etiladi. 725-729 yillar davomida xalifalikning og’ir soliq siyosatiga qarshi Samarqand, Buxoro, Xuttalon viloyatlarida ko’tarilgan qo’zg’olonlar ham xalq ozodlik kurashida sezilarli iz qoldirdi. Qo’zg’olonchilarning ancha qismi arab ma’murlari siyosatiga norzilik bildirib, islom dinidan chiqadilar. Kesh atrofida yuz bergan mahalliy aholining arablar bilan to’qnashuvi rostmona jangu jadal tusini olgan. 736-737 yillarda Tohariston va Sug’dda yangidan ko’tarilgan kuchli qo’zg’olon o’z safiga aholining turli ijtimoiy qatlamlarini jalb etgandi. Faqat Xuroson va Movarounnahrning yangi xukmdori, usta diplomat Nasr ibn Sayyor (738-748)ning uddaburon siyosati, nizoli masalalarni xal etish borasidagi epchil tadbirlari tufayligina qo’zg’olon harakatlarini bartaraf etish, o’lkada muvozanatni bir qadar saqlash mumkin bo’ldi. Bunda u mahalliy aholiga, ayniqsa uning nufuzli qatlamiga muayyan yon berishga majbur bo’ldi. Jumladan, u arablarning mahalliy aholi bilan qon-qardoshlik aloqalarini kuchaytirishga intildi. O’zi ham Buxorxudot Tog’shodaning qiziga uylandi. Islomni qabul qilgan kishilar juzyadan ozod etildi va barcha musulmonlar huquqiy jihatdan tenglashtirildi. Xiroj solig’i to’lash barcha uchun baravar deb e’lon qilinadi.
89
VIII asr 40-yillarida xalifalikda toju-taxt uchun kurash boshlanadi. 748 yilda Abu Mislimning Xurosonda ko’targan qo’zg’oloni, uning xalifalik poytaxtini egallashi natijasida Umaviy Marvon II taxtdan ag’dariladi. 749 yilda abbosiylar xonadonidan Abul Abbos Saffon taxtga ko’tariladi. Biroq abbosiylar davrida ham mehnatkash aholining ahvoli yaxshilanmadi. Shu boisdan xalq qo’zg’olonlari tez-tez ko’tarilib turdi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling