£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Somoniylarning davlat boshqaruv tizimi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shayxulislom
96
Amir
Oliy dargoh
Devonlar
Mustovfiy devoni. Davlat xazinasi
devoni
ishlari nazorati
Amid il-mulk. Davlatlararo munosabatlar Sohibi ash- shu’rat. Harbiy ishlar Sohibi
al-barid. Pochta
aloqalari xizmati
Muhtasib devoni. Bozor, savdo-sotiq ishlari
Davlat mulklari devoni
Vaqf devoni. Diniy muassasa mulklari Qozilik (sud ishlari) devoni
Nuh ibn Nasr (Nasr II) davrida buxoroning Registon maydonida amir qasri qarshisida saroy qurilib, barcha devonlar unga joylashtiriladi. Mahkama xizmatchilari muayyan bilimga ega bo’lgan, arab va fors tilini puxta bilgan zadogon va ruhoniylardan tanlangan.
Pochta-aloqa xizmatidan boshqa hamma devonlarning viloyatlarda vakillari bo’lib, ular ham markaziy devonga, ham viloyat hokimiga bo’ysungan. Har bir shaharda shahar boshlig’i – rais ma’muriyati mavjud bo’lgan.
Davlatda islom dinining ta’siri g’oyatda katta bo’lganligidan, oliy diniy mansab – Shayxul islomning roli yuqori darajada e’tirof topgan.
Somoniylar davrida qishloq xo’jaligi, mahalliy ishlab chiqarish, hunarmandchilik, savdo-sotiq munosabatlari, shaharlar hayoti ancha yuksaldi. O’lkaning Shosh, Farg’ona va Xorazm vohalarida turli xil g’alla ekinlari etishtirish, bog’dorchilik, sohibkorlik, polizchilik, paxta etishtirish ancha kengayib bordi. Ko’plab suv inshootlari barpo etiladi.
Qishloq ahli mavjud xomashyo mahsulotlaridan turlicha ishlov berish yo’li bilan har xil matolar ishlab chiqara boshladi. Jumladan, Zandana qishlog’ida sifatli, tilla rang «zandanachi» deb nom olgan bo’z to’qish (u chetga ham chiqarilgan), Samarqand yaqinidagi Vador qishlog’ida sarg’ish tusli chiroyli yumshoq, pishiq «vodoriy» deb nomlangan matolar tayyorlash yo’lga qo’yilgan. 97 Bu erdagi to’qilgan matodan mamlkatning oliy amaldorlari ham kiyim tiktirishda foydalanganlar. Shaharlarda ko’plab hunarmandchilik korxonalari, o’nlab karvonsaroylar, bozor rastalari mavjud bo’lib, doimiy ravishda ishlab turgan. Shahar maqomiga ega bo’lish uchun mazkur joyda kamida 32 xil hunar-kasb turlari bo’lishi kerakligi o’sha davr uchun xos bo’lgan.
Somoniylar davrida Samarqand, Buxoro, Marv, Shosh, Isfijob, shuningdek, Farg’ona, Xorazm vohasi shaharlari savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlari sifatida g’oyatda ravnaq topgan. Buyuk ipak yo’li bu shaharlarni xalqaro karvon savdosi bilan tutashtirib, ular etishtirgan barcha noyob mato-yu mahsulotlarning jahon bozoriga chiqishini ta’minlagan.
Metall ishlash, nodir metallardan, chunonchi, oltin, kumush, mis va boshqa ma’danlardan qimmatli, bezakli buyumlar, asbob-anjomlar tayyorlash shaharlarda keng rivojlangan. Uch joyda (Buxoro, Samarqand, Farg’ona) kumush pullar zarb etilgan. Shoshda charm mahsulotlari, Farg’ona va Iloqda qurol- yarog’lar yuqori darajada tayyorlangan. Shuningdek, Farg’ona vodiysi, Ohangaron, Samarqand, Nurota tumanlarining tog’li hududlarida kon-ruda ishlab chiqarishi taraqqiy topdi. Ip - yigirish, to’quvchilik va to’qimachilik (gilamlar, poyondozlar v.b) hunarlari rivojlangan bo’lib, bu soha yumushlariga xotin-qizlar ham jalb qilingan.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling