£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Somoniylar davrida er
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
Somoniylar
davrida er egalari ¾ Mulki sultoniy (davlat tasarrufidagi erlar) ¾ Mulk erlari (xususiy erlar) ¾ Mulki xos (oliy martabali ruxoniylar va sayyidlar tasarrufidagi erlar) ¾ vaqf erlari (diniy muassasalarga tegishli) ¾ jamoa erlari
Somoniylar davrida davlat boshlig’i o’z farzandlari, yaqinlariga, amirlar, hokimlar, lashkarboshilarga ularning xizmatlari evaziga tuman, shahar, hatto viloyatlarni ham in’om qilgan. Bunday mulk iqto, ularning egalari iqtodorlar deb atalgan. Iqtodorlar o’ziga in’om etilgan hududlarda yashovchi aholidan olinadigan soliqlarning bir qismini o’ziga olish evaziga daromad olgan. Aholi iqtodorga bug’doy, paxta, quruq meva, gazmol yoki pul shaklida soliq to’lagan. Iqtodan foydalanish muddati davlat boshlig’iga bog’liq bo’lgan. Avvallari iqto vaqtincha berilgan, iqtodor bunday mulkdan mahrum ham etilgan, ayrimlar esa iqtodan umrbod foydalanganlar. Kam erli yoki ersiz aholi katta er egalaridan erlarni ijaraga olib mehnat qilganlar. Ular barzikor-qo’shchilar deb atalardi. Barzikor ijaraga olgan erda o’z urug’i va qo’shi bilan dehqonchilik qilsa hosilning 1/3 – 1/5 hissasini, urug’ va qo’sh er egasi hisobidan bo’lsa hosilning 1/10 – 1/12 hissasiga ega bo’lgan. 98 Somoniylar davlati muayyan tarixiy bosqichlarda ijtimoiy-siyosiy va boshqa sohalarda qanchalik yuksalish, muhim o’zgarish jarayonlarini boshdan kechirmasin, biroq keyinchalik asta-sekin tushkunlik, parokandalik sari yuz tutib bordi. X asrning ikkinchi yarmidan boshlab, xususan keyingi Somoniy hukmdorlar: Abdumalik ibn Nuh (954-961), Mansur ibn Abdumalik (961-976), Nuh ibn Mansur (976-997), mansur ibn Nuh (997-999), Abdumalik ibn Mansur (999-1000) davrida mamlakatda ham mahalliy feodal beklar, amaldorlar o’rtasida, ham hukmdor sulola vakillari o’rtasida o’zaro ichki nizolar, ziddiyatlar to’xtovsiz kuchayib bordi. Davlatning harbiy tayanchi hisoblangan turk askarlaridan iborat qo’shin safida ham birdamlik, hamjihatlik etishmasdi. Bu esa Somoniylar saltanatini jiddiy tanglikka duchor etishi tayin edi. Masalan, lashkarboshi Alptegin Somoniylarni 60 yil himoya qilib kelgan. Uning itoatida 30 ming otliq qo’shin bo’lib, zarur bo’lganda 100 ming suvoriyni o’z qo’liga kirita olardi. Shu boisdan ham Somoniylar bilan Alptegin o’rtasidagi ixtilof va ishonchsizlik oxir-oqibatda Somoniylarning puturdan ketishiga olib keldi. Shuningdek, mahalliy hukmdorlarning o’zboshimchalik, boshboshdoqlik xatti- harakatlarining avj olishi, ularni jilovlashga markaziy hokimiyatning ojizligi davlatning yanada zaiflashuviga sabab bo’ldi. Xalq norozilik harakatlari shu qadar alangalanib bordiki, hatto amir Abdul Malik vafoti bahonasi bilan 961 yilda Buxoro harbiy askarlari tomonidan boshlangan g’alayon amir saroyini talash, uni yakson qilish bilan tugallandi. Bunday jiddiy nizolar, ziddiyatli jarayonlar oqibatda Somoniylar davlati zaiflashib, inqirozga yuz tutdi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling