0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

151


Qoloqlikning oqibatlari
Dehqonchilik nochor ahvolda qoldi. Yerga ishlov berish o‘sha- 
o‘sha - bir juft ho‘kiz, so‘qa-omoch darajasida qolib ketdi. Sanoat 
ishlab chiqarishi rivojlantirilmadi. Rangli metallar, oltingugurt, mar- 
mar, toshko‘mir, neft kabi tabiiy boyliklarga ega bo‘lgan konlar 
bo‘lsa-da, ularni izlab topish, tog‘-kon ishlarini yo‘lga qo‘yishga 
e’tiborsizlik qilindi. 0 ‘lkada yirik daryolar bo‘lsa-da, baliqchilikni 
sanoat darajasiga ko‘tarish, kemasozlikni yo‘lga qo‘yishga e’tibor be- 
rilmadi. Oqibatda tovar-pul munosabatlari rivojlanmadi. 0 ‘rta Osiyo 
jahon bozoridan ajralib qolgani yetmaganidek, o‘zaro nizolar tufayli 
o‘zbek davlatlari o‘rtasida yagona ichki bozor ham tashkil topmadi.
O'zbekistonning Birinchi Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganidek, 
„ Yurt hukmdorlari va amaldorlari xalqning taqdiri va kelajagi haqida 
qayg ‘urish о ‘rniga, о z shaxsiy manfaatlarini hamma narsadan ustun 
q o ‘yib, Jaholat va g'ajlatga berilib ketishi oqibatida biz bugun ya- 
shayotgan mintaqa umumbashariy taraqqiyot jarayonlaridan uzilib, 
rivojlanishdan keskin orqada qolib ketdi".
0 ‘zbek davlatlarining jahon taraqiyotidan 
orqada qolishi o‘ta salbiy oqibatlarga 
olib keldi. Iqtisodiy qoloqlik va harbiy nochor] ik, ijtimoiy-siyosiy 
beqarorlik 0 ‘rta Osiyoni o ‘z tasarrufiga kiritib olishga intilayotgan 
davlatlarga qo‘l keldi.
Abdulla Qodiriy o‘zining ,,0 ‘tkan kunlar“ romanida Yusufbek hoji 
tilidan quyidagi alamli so‘zlarni bayon qilgan edi:
„Ittifoqning nima ekanligini bilmagan, yolg'iz o ‘z m anfaatishax- 
siyati y o ‘lida bir-birini yeb-ichgan mansabparast va shuhratparast 
muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo'qolmasdan turib, bizning odam 
bo ‘lishimizga aqlim yetmay qoldi... Biz shu holatda ketadigan, bir- 
birimizning tagimizga suv quyadigan bo'lsak, yaqindirki, podsho is- 
tibdodi Turkistonimizni egallar“.
Haqiqatan ham shunday bo‘ldi. 0 ‘zbek davlatlaridagi o‘zaro nizo 
va urushlar, parokandalik, oxir-oqibat, ularning Rossiya imperiyasi 
tomonidan mustamlakaga aylantirilishi uchun qulay imkoniyat yaratdi.
Yurtimizning o‘zgalarga qaramligi 1991-yil 31-avgustgacha davom 
etdi. 0 ‘tmish xotiralaridan zarur xulosalarni chiqargan yurt rahbarlari 
0 ‘zbekistonni rivojlantirish, mustaqilligini mustahkamlashning va ja ­
hon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘miga ega bo‘lishiga xizmat 
qiluvchi rejalarni hayotga muvaffaqiyatli tadbiq eta oldi.
152


Bugungi kunda esa muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev rah- 
barligida xalqimiz 2035-yilga borib jahonning eng rivojlangan 50 
ta davlati qatoridan joy olishdek ulug'vor maqsadni ro‘yobga chi- 
qarish yo‘lida buyuk bnnyodkorlik ishlarini amalga oshirmoqda. Siz 
bam hademay bu ulkan bunyodkorlik ishiga o‘zingizning munosib 
hissangizni qo‘shishingizga hech shubha yo‘q.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling