0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet97/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

143


Mohlaroyim —
Nodi г a
Uvaysiydan to‘rtta lirik devon va uchta doston meros Ъо‘НЪ qolgan. 
Uvaysiy asarlarida insonni e’zozlash, do‘stlik, vafo, sadoqat g‘oyalari, 
el-yurt dardi, xalq hasrati kuylanadi.
0 ‘zbck shoirasi, ma’rifatparvar davlat arbo- 
bi Mohlaroyim - Nodira (1792-1842) An- 
dijonda tug‘ildi. Otasi Rahmonqulibiy Andijon hokimi bo‘lib, Qo‘qon 
xoni Olimxonning tog‘asi edi. Umarxon Marg‘ilonga hokim etib 
tayinlanganidan keyin Nodira bilan turmush qurdi. Nodira Uvaysiy 
bilan tanishgach, uni yosh qizlar va kanizaklami o‘qitish uchun mual- 
limlikka taklif etdi. Nodira o ‘g‘li Muhammad Alixon taxtga o‘tir- 
gach, davlatni idora etishda faol ishtirok etdi, madrasalar qurdirdi. 
Olimlar, xattot va naqqoshlarni Qo‘qonga to ‘pladi, ko‘p kitoblarni 
qayta ko‘chirtirdi. Kitob muqovasining did bilan ishlanishiga e’tibor 
berdi. Yaxshi xattotlarga, naqqoshlarga tilla qalam, kumush qalamdon 
sovg‘a qildi. Nodiraning o‘zi ham o‘zbek, ham tojik tillarida ijod 
qildi. Mohlaroyim Nodira taxallusida 180 she’r jamlangan devon
Komila taxallusida 19 g ‘azal, Maknuna taxallusida 333 g‘azaldan 
iborat devon tuzdi. Nodiradan 10 ming misraga yaqin lirik adabiy 
meros qoldi. She’rlarida muhabbat, sadoqat, mehr-vafo, ayni paytda, 
Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari, oh-fig!onlari kuylanadi. Bundan 
tashqari, Nodira Navoiy, Fuzuliy va Bedil g‘azallariga muxammaslar 
ham yozgan.
Qo‘qon xonligida ijod qilgan iste’dodli shoir- 
lardan yana biri Boborahim Mashrab edi 
(1640-1711). U Namanganda tug‘ildi. 15 yoshidan boshlab tasavvuf 
ilmini egallay boshladi. 18 yil davomida dunyoning juda ko‘p mam- 
lakatlarini kezib chiqdi.
0 ‘z she’rlarida hukmron tabaqalaming mehnatkash xalqqa o‘tkazgan 
jabr-zulmlarini, ochko‘zligini, ba’zi soxta din peshvolarining, avom 
xalq ruhini do‘zax va oxirat azoblari bilan dahshatga solayotganligini 
ayovsiz fosh etdi. Xalqning og‘ir, ayanchli ahvoliga achindi. Mashrab 
bitgan quyidagi satrlar buning dalilidir:
Dili tig'i sitamdin рога bo‘lg‘on xalqni ko'rdim,
Tani dard-u alamdan yora bo ‘lg ‘on xalqni ко ‘rdim.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling