0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet96/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Maxmur va Gulxaniy
142


Xalqini ко ‘rsang agar, о 'lasi-yu, qoq-u xarob, 
Ochligidart egilib, qomati misli kamalak.
Bori y o ‘q uylarini, banda, bayon gar qilsam,
Bir katak, ikki кара, uch olachuq, to'rt katalak.
0 ‘zbek mumtoz adabiyotining tanqidiy yo‘nalishini rivojlantirgan 
Maxmur merosi keyingi davrdagi qalam ahlining hajvgo‘ylik ijodiga 
samarali ta’sir ko‘rsatdi. Bu davr adabiyotining yana bir yirik na- 
moyandasi Gnlxaniy (Muhammad Sharif) edi. U 1770-yilda hozirgi 
Tojikistonning Tavildara tumanida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta ’limni 
qishlog‘ida oldi. Muhtojlik oqibatida Namanganga kelib mardikorlik 
qildi. Keyinchalik esa Qo!qonda istiqomat qildi. Bu yerda hammomda 
go‘lax (o‘t yoquvchi) bo'lib ishladi. Shu boisdan „Gulxaniy“ taxallusi 
bilan ijod qilgan.
Gulxaniy birinchi bo‘lib o‘zbek adabiyotida poeziyaga masalni 
mustaqil janr sifatida kiritgan ijodkor. Gulxaniyning butun sharq ada­
biyotida mashhur hisoblangan asari „ZarbulmasaV'dir.
Asardagi „Maymun va Najjor“, „Tuya bilan B o ‘taloq“, „Toshbaqa 
bilan Chayon“ kabi masallari chuqur axloqiy-ta’limiy ahamiyatga 
ega. Asardagi Yapaloqqush va Boyo‘g‘li, Ko‘rqush va Hudhud, Ku- 
lonkir Sulton va Malik Shohinlarning obrazlari orqali o‘sha davr ja- 
miyatidagi illatlarni, hukmron tabaqalarning xalqqa o ‘tkazgan jabr- 
zulmlarini, xalqning og‘ir turmush sharoitini haqqoniy tarzda katta 
badiiy mahorat bilan ochib berdi.
Qo‘qon adabiy muhitini Jahon otin (taxallusi Uvay- 
siy, 1779-1845) va Mohlaroyim (taxallusi Nodira) 
lar ijodisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Uvaysiy oilasi o‘z davrining il- 
g‘or va ma’rifatli oilalaridan edi. Otasi ham o‘zbek, ham tojik tilida 
qalam tebratgan. Oiladagi muhit Uvaysiyda ijod qobiliyatini yuzaga 
chiqardi. Uvaysiy Navoiy, Lutfiy, Bobur, Fuzuliy va Jomiy ijodlarini 
qunt bilan o‘rgandi.
Amir Umarxon Marg‘ilon hokimi bo‘lib turgan yillarda Uvaysiy el 
orasida tanilgan shoira edi. Undagi shoiralik iste’dodi Umarxonning 
xotini Nodirani o‘ziga rom etdi. Umarxon Qo‘qon taxtiga o ‘tirgach. 
Uvaysiy Qo‘qonga taklif etildi va bu yerda u juda ko‘p yoshlarga 
murabbiylik qildi. Nodira bilan ijodiy hamkorligi qaror topdi. Uning 
ijodi xalqparvarligi bilan ajralib turadi. Manbalarda ta’kidlanishicha,

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling