0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet92/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

135
Andijon


Toshkent
bo‘yidagi shahar, degan ma’noni anglatadi. Andijoo XV asrdan bosh- 
lab Farg‘ona vodiysining markaziga aylandi. Zahiriddin Muhammad 
Bobur davrida Andijonda xo‘jalik, fan va madaniyat ravnaq topdi. 
U ,.Boburnoma“da Andijonga ,,O shlig‘i vojir, mevasi farovon, qo- 
vun va uzumi yaxshi b o ‘lur... Movarounnahrda Samarqand va Kesh 
q o ‘rg ‘onidirt so'ngra mundin ulug'roq q o ‘rg ‘on y o ‘qtur. Uch darvo- 
zasi bor. To‘qqiz tarnov suv kirar", deya ta’rif bergan.
Qo‘qon xonligi tashkil topgach, shahar Andijon bekligining mar- 
kazi bo‘lib qoldi. XIX asr o‘rtalarida Andijon 4 dahaga bo‘lindi. Har 
dahaga qozi va mingboshi tayinlandi. Dahalar mahallalatga bo‘lingan 
bo‘lib, ularni oqsoqol boshqargan.
2009-yilda 2200 yilligi nishonlangan Toshkent ham 
0 ‘rta Osiyoning qadimgi shaharlaridan biridir. U turli 
davrlarda Choch, Shosh, Binkat kabi nomlar bilan atalib kelindi. XI 
asrdan boshlab esa hozirgi nomi bilan atala boshlandi.
Toshkent o‘z tarixida turli vaqtlarda yurtimizga bostirib kirgan 
davlatlarga qaramlik davrlarini boshidan kechirdi. 1503-yilda esa 
Shayboniylar davlati tarkibiga kiritildi. XVI asrda shaharda katta bun- 
yodkorlik ishlari amalga oshirildi. Chunonchi, Baroqxon, Ko‘kaldosh 
madrasalari kabi me’moriy obidalar bunyod etildi. 1723-yilda Tosh- 
kentni ko‘chmanchi jung‘orlar egallab oldilar. Jung‘orlarga qaramlik 
1758-yilgacha davom etdi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Toshkentda 
to'rt hokimlik vujudga keldi (Shayxontohur, Beshyog‘och, Ko‘kcha va 
Sebzor). 1784-yilda to‘rt hokimlik tugatildi va yagona Toshkent bek- 
ligi tashkil etildi. 1810-yilda Olimxon hukmronligi davrida Qo‘qon 
xonligi tarkibiga qo‘shib olindi.
Toshkent muhim xalqaro savdo yoMi chorrahasida joylashgani sa- 
babli hunarmandchilik yuksak darajada rivojlandi. Chorsu shahar ha- 
yotining markazi edi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling