0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Botmon  - og‘irlik o‘lchov birligi, 1 botmon taxminan 164 kg.ga


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet90/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

132
Botmon 
- og‘irlik o‘lchov birligi, 1 botmon taxminan 164 kg.ga 
teng.
Strategik - umumiy maqsadga erishish uchun muhim boTgan.


3.
4.
5.
Muntazam qo'shin bilan nomuntazam qo'shinni taqqoslang, xulo- 
salaringizni daftaringizga tushiring.
Qo'qon xonligida nomuntazam qo'shin qanday nomlar bilan atalgan 
va ular qanday tartibda to‘plangan?
Xonlik qo'shinining tarkibiy qismlari haqida nimalarni bilib ol- 
dingiz?
Oliy martabali harbiy lavozimlar ro'yxatini tuzing.
Qo‘shin ta’minoti qanday amalga oshirilgan?
Yurtimizda joriy etilgan „Safarbarlik chaqiruv rezervi" xizmati qan­
day maqsadda joriy etilganligini va n qanday tartibda o'talishini 
aniqlab keling.
36-§. Qo'qon xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
Yer egaligi
Qo'qon xonligida ham barcha yer davlat mulki edi. 
Ayni paytda, u egalik shakliga ko'ra, amlok (davlat), 
xususiy va vaqf yerlariga bo'lingan.
Amlok yerning ma’lum qismi xonga tegishli bo'lgan va u 3 
qismga bo'lingan. Birinchisi xos mulk deb atalgan. Undan olingan 
daromad saroy ahli va soqchilari xarajatlari uchun sarflangan. Ikkin- 
chi qismi esa taqiq yer (qo'riq yer) deb atalgan va u yaylov, qa- 
mishzor va chakalakzorlardan iborat bo'lgan. Uchinchi qismi esa 
chek yerlar deb atalib, bevosita xonga tegishli bo'lgan. Xususiy yer 
egaligi yirik davlat amaldorlariga davlat oldidagi xizmatlari uchun yer 
ajratib berish, shuningdek, xususiy kishilarga sotish (mulki hur xolis) 
orqali vujudga keltirilgan. Xususiy yer egasi bo'lgan birinchi toifa 
vakillari yerga emas, balki undan olinadigan daromadga hamda shu 
yerda qurgau imoratiga egalik qilganlar. Shuningdek, yetishtirilgan 
hosilning 1/5 qismi miqdorida soliq to'laganlar. Yerni meros qilib 
qoldirish huquqiga ega bo'lmaganliklari uchun hozircha egalik qilib 
turgan yerlarning ma’lum qismi farzandlarida saqlanib qolishi uchun 
vaqf avlod qilganlar. Ma’lumki, vaqf yerlar sotilmaydi, hadya qilin- 
maydi va meros qilib ham qoldirilmaydi. Shuning uchun diniy mu- 
assasalar ixtiyoriga vaqf avlod qilingan yerdan olinadigan daromad- 
ning vaqf hujjatida ko'rsatilgan qismi yerni vaqf mulki ixtiyoriga 
o'tkazgan amaldorning avlodlariga tegishli bo'lardi. Ikkinchi toifa esa 
sotib olingan yerga bevosita egalik qilgan. Bunday yerlardan soliq

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling