0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

daviat lavozhnlari 
sabdorlar ikki toifaga bo‘linganlar. Birinchi 
toifa umaro (dunyoviy ishlar masalalari bi­
lan shug‘ullanuvchilar), ikkinehisi esa ulamo (din ishlari bilan shu- 
g‘ullanuvchilar).
Umaro mansabdorlari ichida eng nufuzlisi mingboshi - Bosh va- 
zir, qo‘shinning Bosh qo'mondoni va tashqi siyosat masalalarida xon- 
ning bosh maslahatchisi edi. (Xiva xonligida Bosh vazir qanday nom 
bilan atalganligini eslang.)
Devonbegi ham yuqori davlat mansabi bo‘lib, u xonlik devon- 
xonasiga rahbarlik qilgan, shuningdek, moliya ishlarini boshqargan.
Mirza xazinaga tushgan tushumning hisob-kitobini olib borgan.
Dasturxonchi — xon dasturxoniga taom tortuvchi mansabdor edi.
Tarixdan ko'plab hukmdorlarning zaharlab o‘ldirilgani, zahar ko‘- 
pincha taomga yoki ichimlikka qo‘shib berilganligi ma’lum. Shuning 
uchun ham xon dasturxonchi lavozimiga eng ishonchli odamni qo‘y- 
gan.
Xiva xonligida bo‘lganidek, Qo‘qon xonligida ham mehtar lavo- 
zimi bo‘lgan. Biroq bu xonlikda u xonlikning moliya ishlariga mas’ul 
bo‘lgan devonbegining o‘rinbosari edi, xolos. Shuningdek, xonlikda 
shig'ovul, inoq, otaliq, dodxoh, qo'shbegi, parvonachi, xazinachi kabi 
yuqori martabali lavozimlar mavjud edi.
Ulamo mansablari ichida shayxulislom, qozi kalon, xo'ja kalon 
(naqib), qozi askar, muftiy, qozi a ’lam va rais lavozimlari alohida 
o‘rin tutardi. Ulamo mansablarini egallagan har bir shaxsning qanday 
masalalar bo!yicha mas’ul ekanligini avvalgi mavzularda bilib ol- 
dingiz.
Xonlik joylashgan va egallab olgan hududlar haqida nimalarni bilib 
oldingiz?
Xonlik hududi ma’muriy jihatdan qanday birliklarga bo'lingan?
128


3. Xonlikning davlat hoshqaruvi qaysi jihatlari bilan Buxoro amir- 
ligiga o‘xshaydi va qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
4. Xonlikdagi mavjud bo‘lgan yuqori davlat mansablarini Xiva xon- 
ligidagi shunday mansablar bilan taqqoslang.
Mulohaza ynriting!
Nima uchun o‘zbek xonliklarida davlat tuzumi boshqaruv shakli va 
yuqori davlat lavozimlari deyarli o'xshash bo‘lgan?
,,0‘zbek davlatlarining siyosiy hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar, 
davlat boshqaruv shakli va davlat lavozimlari11 jadvalini to‘ldiring.
Savollar
XVIII asrda davlatlaming siyosiy hayo­
tida ro‘y bergan muhim o'zgarishlar
Hokimiyat tepasiga kelgan sulolala 
nomlari
Davlat tuzumiga ko‘ra o‘xshashli 

Ma’muriy birliklarning soni 
Eng quyi ma’muriy birliklarning nomi
Qo‘shinning Bosh qo‘mondoni

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling