0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

Xonlik hududining 


. . 
. . .
. , 
. . .
^
kengaytirilishi 
da 
harbiy islohot o‘tkazdi. Bu lslohot unga 
xonlik hududini kengaytirish maqsadida keng 
miqyosda harbiy harakatlar olib borish imkonini berdi. Chunonchi, 
Ohangaron vohasi, Chimkent, Sayram, Turkiston bosib olindi. Rossiya 
bilan savdo aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Sirdaryo o‘rta oqi- 
mining deyarli barcha o‘ng qirg‘og‘i (Qurama)ni xonlik tarkibiga 
qo'shib oldi. Bundan tashqari, 0 ‘ratepa va Xo'jand uchun Buxoro 
amirligi bilan ketma-ket mush harakatlari olib bordi, Bu ikki viloyat
121


goh u tomon, goh hu tomon tasarrufiga o‘tib turdi. Bir so‘z bilan 
aytganda, Olimxon hukmronligi davrida xonlik hududi deyarli ikki 
marta kengaydi.
Olimxon ichki siyosatda markaziy hokimiyatni yanada mustahkam- 
lashga harakat qildi. Bu yo‘lda qattiqqo‘llikka ham yo‘l qo‘ydi, Bu 
esa turli qabila rahnamolarining, ayrim yuqori mansabdorlarning kes- 
kin noroziligiga sabab bo‘ldi. Olimxon kambag'al va qalandarlarga 
yer hamda chorva mollari berib, ularni mehnatga jalb etdi.
Olimxonga qarshi kuchlar taxtga uning ukasi Umarxonni o‘tqazish- 
ga zimdan tayyorgarlik ko‘rdilar. Olimxon bu xabarlarga dushmanlar 
tarqatayotgan ig‘vo deb qaradi. Yaqinlashib kelayotgan davlat to‘nta- 
rishining oldini olish o‘rniga hozirgi Qozog‘iston Respublikasi hudu- 
didagi Chimkent, Sayram, Turkiston viloyatlariga 1810-yilning fevral 
oyida harbiy yurish uyushtirdi. Qishning sovug‘i qo‘shinda norozilik 
uyg'otdi. Qo‘shinning noroziligi fitnachilar uchun ayni muddao bo‘ldi. 
Ular qo‘shin orasida Olimxon vafot etdi, degan uydinnani tarqatdilar. 
Taxtga esa ukasi Umarxonni o‘tqazdilar. Olimxon xiyonatdan xabar 
topgach, Qo‘qonga qaytdi. Biroq yoTda fitnachilar tomonidan otib 
tashlandi. Olimxon tarixda davlatni xonlik maqomiga ko‘targan jasur 
hukmdor sifatida nom qoldirdi.
Umarxon ham barcha o ‘tgan hukmdorlar 
, . on 1 .. marxon 
qatori o‘z hokimiyatini mustahkamlashga ki-
nsbdi. Avvalo, kelgusida xonlik taxtiga xavt 
solishi mumkin bo‘lgan shaxslarni o‘rtadan olib tashladi. So‘ng o‘zi- 
ning nomi bilan kumush dirham zarb ettirdi. 1817-yildan boshlab 
zarb etila boshlangan kumush va tilla pullarga „Musulmonlar amiri, 
Sayid Muhammad Umar sulton“ deb yozila boshlandi. Umarxon pul 
zarb etish orqali rasman o ‘zining hukmdorlik maqomini tasdiqlab 
oldi.
Xonlik hududini yanada kengaytirish maqsadida 1812-yilda Buxo- 
roga qaramlikni e’tirof etgan Turkistonga ham qo‘shin jo ‘natdi va 
uni ishg‘ol etdi.
Bu yurishdan keyin din peshvolari Umarxon hokimiyatining qonu- 
niyligini asoslash maqsadida „Qaysi hukmdor 12 ming lashkarni ke- 
rakli qurol-yarog! va anjomlar, otlarini esa yem-xashak bilan ta’- 
minlasa, uni musulmonlar amiri (Amir al-muslimin) deb atash joiz“ 
degan fatvo chiqardilar.
122


Hisob-kitoblar xonlik bo'yicha Umarxondan fatvoda qayd etilgani- 
dan ancha ko‘p kishi ta’minot olishini aniqlab berdi. Shundan so‘ng 
Umarxon o‘ziga Amir al-muslimin unvonini qabul qildi va bu haqda 
xutba ham о‘qildi.
Usmonli davlati sultoni Qo‘qon xonligining Buxoro amirligidan 
to‘la mustaqil davlat ekanligini tan oldi.
Umarxon davrida xonlik hududi yanada kengaytirildi. Endilikda 
xonlik chegarasi shimolda Rossiya chegaralaridan Ko‘xiston va Qash- 
qargacha ulandi.
Umarxon 1822-yilda vafot etdi. Taxtga katta o‘g‘li Muhammad 
Alixon (Madalixon) o‘tirdi.
Muhammad Alixon 
9 ° ‘qon xonli8ininS hududi Umarxonning o‘g‘- 
li va vorisi Muhammad Alixon (Madalixon) 
davrida (1822-1841) yanada kengaydi. Qo‘qon qo‘shini Farg‘onaning 
janubida joylashgan, asosan, tojik o‘troq aholisi yashaydigan Qora- 
tegin, Darboz va Ko‘lobni ishg‘ol etdi. Biroq Madalixon tez orada 
ko‘ngli tusagan ishlarni qilaverishini qo‘llab-quvvatlovchi a’yonlar 
ta’siriga tushib qoldi. Yosh xon marhum otasining eng obro‘li a’yon- 
larini ta’qib qila boshladi. Umarxon davrida xon hokimiyati bilan 
mahalliy zodagonlar o ‘rtasida mustahkamlangan ittifoq buzila bosh­
ladi. Amaldorlarning ayrimlari surgun qilindi, ba’zilari qatl etildi 
va ba’zilari esa Buxoroga qochib ketishdi. U hatto ammasi Oftob- 
oyimning oilasiga ham shafqat qilmadi. Uning turmush o‘rtog‘i, xon- 
likning shayxulislomi va o‘g ‘li Hakimxonni badarg‘a qildi. Viloyat 
(beklik) hokimlari esa tez-tez almashtirib turildi. Bular aholining 
barcha tabaqalarini Madalixonga qarshi qilib qo‘ydi. Ruhoniylar xonni 
turli axloqsizlik va shariatga qarshi jinoyatlarda ayblab, unga qarshi 
ochiq targ‘ibot olib borishdi. Oxir-oqibat, 1841-yilda Madalixon o‘z 
ukasi Sulton Mahmudxon foydasiga taxtdan voz kechishga majbur 
bo‘ldi. Shuningdek, xondan norozi kuchlar Buxoro amiri Nasrullodan 
yordam so‘radilar. Amir Nasrullo 1842-yilda o‘z qo‘shinini Qo‘qonga 
qarshi safarbar etdi va Qo‘qonni bosib oldi. Madalixon, ukasi Sulton 
Mahmudxon o‘z a’yonlari bilan tutib olindi va Amir Nasrullo buy- 
rug‘iga binoan qatl etildi. Amir Nasrullo hatto Madalixonning onasi 
Nodirabegimga ham shafqat qilmadi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling