0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

118
Xonlik Shohrnxbiy 
vorislari davrida
Endi minglar sulolasi oldida sulola hokimi- 
yatiga qonuniy tus berish muammosi ham 
turar edi. Chunki Farg‘ona vodiysida katta


nufuzga ega bo‘lgan qipchoqlar qabilasi minglar hokimiyatini tan 
olmadi. Shohruxbiy vafot etganidan so‘ng taxtga o‘tirgan o‘g‘li Ab- 
durahimbiy otasi davrida boshlangan Qo‘qon shahrini obod qilish va 
keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini davom etdirdi va uni xonlik 
poytaxtiga aylantirdi. Shuningdek, davlatning hududini kengaytirish 
maqsadida Buxoro xonligi tasarrufida bo'lgan Xo‘jand. 0 ‘ratepa vilo- 
yatlarini qo‘shib oldi. Afsuski, u fitna qurboni bo‘ldi. Taxtni ukasi 
Xo‘jand hokimi Abdulkarimbiy egalladi (1733-1750). U akasining 
Qo‘qon shahrini obodonlashtirish borasida olib borgan ishini davom 
ettirdi. Shuningdek, shahar atrofmi devor bilan o ‘ratdi.
1740-yilda Farg‘ona vodiysiga jung‘orlar hujum qildi. Hujiun juda 
qiyinchilik bilan qaytarildi. Jung‘orlarga qarshi kurashda minglarga 
qipchoqlar yordam berishdi. 1745-yilda jung‘orlar yana hujum qildi. 
Dahshatli dushmanga qarshi minglar, yuzlar, qipchoqlar va qirg‘izlar 
birgalikda kurashdilar. Ularga o!ratepaliklar ham yordam berishdi. 
Garchand xonlikning mustaqilligi saqlab qolingan bo‘lsa-da, bu hujum 
xonlikning iqtisodiy va siyosiy ahvolini juda mushkul holatga solib 
qo‘ydi. Ayni paytda, jung‘orlarga qarshi birgalikda kurashgan o‘zbek 
qabilalarining ittifoqi uzoqqa cho‘zilmadi. Bunga qipchoqlaming zo‘ra- 
vonligi, talonchiligi sabab bo‘ldi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay 
markaziy hokimiyat qipchoqlar isyonini bostirdi. Abdulkarimbiy vafo- 
tidan so‘ng toj-u taxt uchun boshlangan kurashda oxir-oqibat Ab- 
durahimbiyning o‘g‘li Erdonabiy g‘olib chiqdi (1751-1762). Tez 
orada Qo‘qon xonligi Xitoy hujumiga uchradi. Unda Qo‘qonning 
yengilishi Erdonabiyning hokimiyatini inqirozga uchratdi. To‘g‘ri, 
Erdonabiy hukmronligi davrida xonlikning ichki va tashqi siyosatda 
muvaffaqiyatlarga erishilgan davrlar ham bo‘ldi. Chunonchi, u 0 ‘sh 
va 0 ‘zgan viloyatlarini ham bo'sundirdi. Qo‘qonni Buxoro amirligi va 
Sin imperiyasi (Xitoy) bilan tengma-teng kurasha oladigan davlatga 
ham aylantira oldi.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling