0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet88/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

35-§. Qo‘qon xonligida harbiy ish
. . 
Qo‘qon xonlari ham ichki va tashqi siyo-
Muntazam ^qojhinning 
satda qo‘shinning ahamiyatini juda yaxshi
anglaganlar. Shuning uchun ham Olimxon 
1805-yilda birinchi bo‘lib xonlikda 10 ming kishilik muntazam qo‘- 
shin tuzdi. Bu qcrshinning asosini tog‘li tojiklar tashkil etdi. Nav- 
kariya deb atalgan mazkur muntazam qo‘shin o‘qotar qurollar bilan 
qurollantirildi va tez orada barcha qo‘shinning zarbdor kuchiga
9—0 ‘zbekiston tarixi, 8-sinf
129


aylandi. Umarxon davrida ularning soni 12 ming kishiga yetkazildi. 
Xudoyorxon esa Usmonli davlatidan sifatli tayyorlangan miltiq (vin- 
tovka) olib keltirdi. Ayni paytda, xonlikda qilquyruq, qoraqozon va 
qoracherik deb ataluvchi nomimtazam qo‘shin ham saqlab qolindi. 
Ular yordamchi bo‘linma hisoblanardi. Yordamchi bo‘linma zaruratga 
qarab aholi soniga va hududlarning iqtisodiy ahvoliga qarab to ‘p- 
langan.
XIX asming 30—40-yillarida xonlikda jami 30 ming askar bor 
edi. Xonlikdagi barcha mehnatga yaroqli erkaklar harbiy xizmatga 
chaqirilishi mnmkin edi. Qaysi hudud qancha askar yuborishini huku- 
mat oldindan belgilab qo‘yardi. Muntazam qo‘shinga olish meros tar- 
zida bo‘lgan. Ya’ni ota vafot etsa yoki harbiy xizmatga noloyiq bo!lib 
qolsa, o‘miga o‘g‘li chaqirilgan. Askarlik ro‘yxatiga kiritilgan kishi 
o‘z xohishiga ko‘ra undan chiqa olmagan. Ayni paytda, oilaning yol- 
g ‘iz erkagi xizmatga olinmagan. Tinchlik vaqtlarda har kuni askarlar- 
ning 1/10 qismiga oila a’zolari bilan ko‘rishib kelishga ruxsat etilgan.
. . 
. . 
Qo‘shin tarkibiy jihatdan sipoh (otliq), to ‘p-
Qo shinning tarkibiy 
(artilleriya), sarboz (piyoda) va sara-
qismi va boshqarish 


| ,
langan maxsus bo lim (galabotit va mergan-
lar) deb ataluvchi 4 qismdan iborat bo‘lgan. 
Tabiiyki, u davrda otliq qo‘shin qo‘shinning asosini tashkil etgan. 
Muntazam tartibda xizmat qiladigan har bir otliq askarga davlat to- 
monidan bahosi 80 tillagacha turadigan ot va egar-jabduq berilgan. 
Xonlikda 20 ming nafar otliq askar xizmat qilgan.
Xudoyorxon nisbatan zamonaviy to'pchi qo'shimsx tuzdi. Qo‘shin 
qo’mondoniga harbiy harakat chog‘ida amiri lashkar unvoni berilgan. 
U qo‘shinning Bosh qo!mondoni sanalib, harbiy harakat uchun shax- 
san mas’ul bo‘lgan. Qo'shinda mingboshi (oliy qo‘mondon), amiri 
lashkar, qo ‘shbegi (o‘z qo‘shiniga ega beklik hokimi), botirboshi 
(bekliklardagi harbiy ishning ahvoli uchun mas’ul), valiy (noib, 
artilleriya qo‘mondoni), qal’abon (harbiy qal’alar uchun mas’ul 
shaxs), qo ‘rboshi (qurol-aslaha ishlab chiqarish ustaxonasi va om- 
borxona boshlig‘i), yovar (amiri lashkar maxsus bo‘linmasi boshli- 
g ‘i), to'pchiboshi (to’pchilar bo’linmasining boshlig‘i), to'qsoba (o‘z 
tug‘iga ega bo‘lgan harbiy bo'linma boshlig'i) va ponsadboshi (500 
nafardan iborat harbiy qo’shin qo’mondoni) kabi oliy darajali har­
biy mansablar mavjud edi. Harbiy harakatlar paytida xonning xos 
130


Qo‘shin ta ’minoti
soqchilari askarlarni jangda ruhlantirib turgan. Chekinayotganlarga 
burch haqida eslatib turish ham ularning vazifalariga kirgan.
Qozi askar harbiy harakat boshlanishidan oldin xon aomidan ji- 
hod e’lon qilgan. Bundan tashqari, o'ljani baholagan va qo‘shinning 
ma’naviy qiyofasi uchun ham javobgar bo‘lgan.
Qozi rais esa qo!shin muftiysi bergan fatvo ijrosining ta’min- 
lanishini nazorat qilgan.
Harbiy harakatlar chog‘ida har bir boMinmada 5 kishilik guruh 
ham faoliyat yuritgan. Ularning vazifasi yarador bo‘lgan askarlarni 
jang maydonidan olib chiqish hamda halok boMganlarni dafn etishdan 
iborat edi.
Harbiy harakatlarni boshlashdan oldin qo‘shin ilg'or (oldingi qism), 
maymana (o‘ng qanot), maysara (chap qanot) va markaz qismlariga 
bo‘lingan. Xonlikda 1000 kishidan iborat qo‘shin boMinmasi tu g ‘ 
(minglik), 500-1000 tagacha qo'shin hoMinmasi bayroq deb atalgan. 
Yuzlik bo‘linma esa elliklikka, elliklik esa o'nlikka bo'lingan.
Har bir davlatda, ayniqsa, kam taraqqiy et- 
gan davlatlarda qo‘shin saqlash juda katta 
xarajat talab qilgan. Xarajatlarning bari soliq tushumlari hisobiga 
qoplangan, albatta. Shuningdck. harbiy xarajatlarni qoplash uchun 
aholiga „miltiq puli" deb ataluvchi soliq ham joriy etilgan bo‘lib, 
u o‘rtahol oilalar uchun 2,5 tilla, hoy oilalar uchun 5 tilla miqdorida 
belgilangan. Harbiy xizmatchilarga unvoniga qarab bir yilga 200 tan- 
gadan 8 ming tangagacha pul, shuningdek, 20 botmondan 2 ming 
botmongacha g‘alla berilgan.
Yuzboshiga bir yilda 147 kumush tanga, ellikboshiga 98 tanga, 
o‘nboshiga 65 tanga, oddiy askarga esa 43 tanga haq to‘langan. Har­
biy harakatlar oldidan esa yuzboshiga 2 tilla, ellikboshi va oddiy 
askarga 1 tilladan berilgan. To!g!ri, xonlikning harbiy kuchlari, ular­
ning harbiy tayyorgarlik darajasi juda past bo‘lgan. Chunki qo'shin 
uchun zohitlar tayyorlaydigan maxsus harbiy bilim yurtlari tashkil 
etilmagan. Askarlarga harbiy ish maxsus harbiy ta’lim olmagan kishi- 
laming o‘z saviyalariga yarasha, to‘plagan tajribalariga tayangan holda 
o‘rgatilgan, xolos. Bunday kishilar shogirdpeshalar deb atalishgan. 
Muntazam qo'shin yiliga ikki marta harbiy ko‘rikdan o‘tkazib turil- 
gan.

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling