0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik


Download 248 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/105
Sana31.01.2024
Hajmi248 Kb.
#1819530
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105
Bog'liq
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019

133


Soliq va 
majburiyatlar
olinmagan. Davlat yerining sotilganligi va sotib olinganligi to‘g‘ri- 
sidagi hujjat qozixonalarda imzolangan. Unda yer sotuvchining, ya’ni 
xonning o‘zi ham ishtirok etgan. Xususiy yer-mulk egaligi harbiy 
xizmatchilarga yer berish orqali ham shakllantirilgan. Harbiylarga be- 
rilgan yerlar tanho yerlari deb atalgan.
Mulklaming ko‘pchiligi 30 sotixdan 60 sotixgacha bo‘lgan. Yerlar 
ishlov berish uchun dehqonlarga ijaraga berilar edi. Dehqonlar xon 
yerlarida ham mehnat qilar edilar. Xon yerlarida ishlash nchun sa- 
farbar etilganlarning soni 10 ming nafargacha yetardi. Ular mardi- 
korlar, xususiy yerlarda hosilning 1/4 qismi uchun yollanib ishlovchi 
ycrsiz, ot-ulovsiz kambag‘allar esa chorikorlar deb atalar edi. Bundan 
tashqari, korandalar deb ataluvchilar ham bo‘lib. ular hosilning 1/2 
qismini olish sharti bilan yerlami ijaraga olib, o ‘z mehnat qurollari, 
ot-ulovlari bilan yollanib ishlar edilar.
Asosiy soliq - xiroj bo‘lib, uning miqdori ekin 
ekiladigan yer maydoni va ekin turiga qarab 
hosilning 1/3-1/5 qismigacha belgilanar edi. 
Ko‘chmanchi chorvadorlardan olinadigan zakotning turlari ko‘p edi. 
Ularning asosiylari „ q o 'r a b o s h i„ tu tu n haqi“, „yig'im soliq“ deb 
atalar edi.
„Qo‘raboshi“ - ko‘chmanchi chorvadorlardan mol boshiga va qo‘- 
rasiga qarab olinadigan zakot. Bu zakot qishda mollar qo‘ralarda tur- 
ganida yig‘ib olingan.
„Tutun haqi“ — bahor kelganda yangi o‘tloqlarga ko‘chishdan ol- 
din xonadon boshiga bittadan qo‘y bilan olinadigan soliq (zakot).
,,Yig‘im soliq“ esa zakot to‘lamaydigan toifalarning bekka beradi- 
gan 9 buyumdan iborat iiTomlari yig‘imi bo‘lgan.
Mehnatkash xalq deyarli hamma narsa uchun soliq to‘lar edi. 
Chunki hamma qo‘riq yerlar, chakalakzorlar, to !qaylar, daraxtzorlar, 
ko‘llar va barcha yaylovlar xonning ixtiyorida edi. Aholi qal’a devor- 
larini ta’mirlash, istehkomlar qurish, kanallar qazish, ariqlarni tozalash 
va yoT qurilishida ishtirok etish kabi majburiyatlarni o‘tagan.
Qishloq xo‘jaligi, 
Qo‘qon xonligida ham Xiva xonligi va Bu-
hunarmandchilik va 
xoro amirligida boTgani kabi sun’iy sug‘o- 
savdo 
rish mahorati mukammal egallangan va suv-
dan oqilona foydalanilgan. Asosiy qishloq xo‘jaligi ekini bug‘doy va 
paxta edi. Shuningdek, meva, sabzavot va poliz ekinlarining deyarli 
134


Xonlik shaharlari
barcha turlari yetishtirilgan. Chorvachilikda makkajo‘xori va beda 
yetakchi o‘rinda turgan.
Farg‘ona vodiysida paxtachilik yildan yilga rivojlana bordi. Ros- 
siyaning o‘zbek davlatlaridan, jumladan, Qo‘qondan paxta sotib ola 
boshlashi bu ekin maydonlarining yanada kengayishiga sabab bo‘ldi. 
Paxta savdosiga hatto boj ham bekor qilindi.
Qo‘qonda hunarmandchilikning miskarlik, zargarlik, o‘ymakorlik, 
kulolchilik, qog‘ozgar, to‘quvchi, do‘ppi tikuvchi, kashtachi, ko‘prik- 
soz, temirchi, novvoy, aravasoz, baxmalbof, bo‘yoqchi, dorukash, de- 
vorzan, degrez, kcrnchi, miltiqsoz, nayzagar, panjarasoz, pillakash, 
po‘stindo‘z, taqachi, paranjido'z, chevar, chitgar, gilamchi kabi turlari 
nihoyatda rivojlangan.
Qo‘qon xonligining iqtisodiy hayotida Buxoro amirligi, Xiva xon- 
ligi, Qashqar, Hindiston, Afg‘oniston, Eron, Xitoy va Rossiya bilan 
olib borilgan savdo aloqalari katta o‘rin egallagan. 1832-yilda imzo- 
langan Qo‘qon—Xitoy shartnomasiga ko‘ra, Qo‘qon xoni Qashqarda 
savdogarlardan boj yig!ish huquqini olgan.
Xonlikning bosh shahri - Qo‘qonga oid 
ma’lumotlar X asrdan boshlab uchraydi. 
Manbalarga ko‘ra, uning yoshi 2000 yildan ortiqdir. Ma’lumotlarda 
„Havoqand“, ,,Ho‘qand“ degan nomlar bilan qayd etilgan. Havoqand 
so‘zi ,,go‘zal“, ,,yoqimli“, ,,xushmanzara“, „shamol shahri“ degan 
ma’noni anglatadi, degan fikrlar ham mavjud. Mahalliy aholi o‘z 
shahrini Ho‘qandi latif yoki Qo‘qon deb ataganlar. Qo‘qon shahri 
X V III-X IX asr birinchi yarmida nafaqat xonlikning, ayni paytda, 
0 ‘rta Osiyoning yirik shaharlaridan biri edi. 1842-yilda Qo‘qon mus- 
tahkam devor bilan o‘raldi. Shaharga 12 darvozadan kirilardi. Sha- 
harning 12 darvozali bo‘lishiga sabab, uning ma’muriy jihatdan 12 
dahaga bo‘linganligi edi. Bu davrda shaharda 30000 aholi yashagan. 
XIX asr o‘rtalarida Qo£qondagi madrasalar ichida Madalixon, Nor- 
bo‘tabiy, Jome, Hokimoyim, Hoja dodxoh, Mingoyim madrasalari alo- 
hida ajralib turadi. Ularning har birida 38 tadan 100 tagacha hujrasi 
bo‘lgan.
0 ‘rta Osiyoning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan 
Andijon „Buyuk ipak yo‘li“da bunyod etilgan. Arab- 
lar istilo qilgan davrda shahar „Andukon" deb atalgan. Tarixchi 
olim, akademik A. Muhammadjonovning ta’kidlashicha, ,,Andijon“ soy

Download 248 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling